Muttahamning parvozi (I- qism) (10-bet)
yoʻliqishiga shama qilishdi. Bosh ministr basharasini bujmaytirib, mazkur vaziyatda butun kabinetining iste’fo berishi mumkin emasligi va qisman rekonstruksiya yoʻli bilan qutulish lozimligini ochiqdan-ochiq aytdi.
Bu oʻrinda bosh ministrga gapi oʻtadigan Terkovskiyning xolis xizmat qilgani shubhasiz edi.
Ish pirovardiga yaqinlashib qolgandi, shu boisdan masalani uzil-kesil hal qilish kerak edi. Ammo Yashunskiy oʻz oʻrinbosari, vitse-prezident Ulyanitskiy bilan maslahatlashmay turib bir qarorga kelishni istamadi.
U Ulyavitskiyni ertalabdan beri kutardi. Ministr hatto bir necha bor oʻrinbosarining uyiga telefon ham qildi, biroq har gal uiga, xoʻjayin hali uxlab yotibdilar, deb javob berishdi.
Shuning uchun ham soat ikkilarga yaqin Ulyanitskiy kabinet eshigida paydo boʻlganida, Yashunskiy uni koyiy ketdi:
— Nima, esingni yeb qoʻydingmi? Tuni bilan ichasan, bu yerda esa asfalasofilinga ketay deb turibmiz.
— Avval salomlashsak boʻlardi, — dedi moʻylovini silab Ulyanitskiy.
— Yaxshi, salom, — toʻngʻilladi ministr. Ulyanitskiy kresloga oʻtirib, papiros tutatdi. Yashunskiy esa qoʻllarini choʻntagiga tiqqanicha katta-katta qadamlar bilan xonada u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi.
— Sen yaxshi shartnoma tuzibsan. Tabriklayman, — doʻrilladi Ulyanitskiy.
— Tabriklaydigan joyi yoʻq, — deya quruqqina javob qildi ministr, — chamasi, bundan keyin yana bittagina qogʻozga qoʻl qoʻysam kerak.
— Nega unday deyapsan?
— Chunki navbatda qoʻl qoʻyadigan qogʻozim iste’fo haqidagi ariza boʻladi.
— Nikodim Dizmani bilasanmi? — soʻradi Ulyanitskiy bir oz sukut saqlab turgach.
— Bilaman. Terkovskiyning ta’zirini 6ergan odam-da. Uning bu ishga nima aloqasi bor?
— Biz bugun ertalabgacha birga ichdik. Bir necha kundan beri u bilan ichyapman.
Yashunskiy yelkasini qisdi:
— Battar boʻl.
— Aksincha, juda yaxshi boʻldi.
— He, jin ursin!.. Ochiqroq gapir! Hozir topishmoq oʻynashga hushim yoʻq!
— Quloq sol. Biz u bilan krizis haqida gaplashdik. Men unga ahvolning chatoqligi va uning yaxshilanishi amri maholligini aytdim. Hech qanday chora yoʻq, dedim unga. Nikodim boʻlsa bunga javoban: «Chora bor — davlat gʻalla zapaslarini sotib olishi kerak», — deydi.
Ulyanitskiy gapirishdan toʻxtab, ministrning koʻziga tikildi. Yashunskiy yelkasini qisdi.
— Davlat gʻallani sotib olishi kerak, deydimi?
— Ha, ha!
— Boʻlmagan gap! Davlatning puli yoʻq.
— Shoshma, shoshma, men ham unga shunday dedim. U boʻlsa: «Pulmi? Pulning keragi yoʻq», — deydi.
— Qanaqasiga endi? — deya ajablandi Yashunskiy.
— Quloq sol. Juda ajoyib gap. Eshitib ogʻzim ochilib qoldi. Baxtimizga hamma gʻirt mast edi, hech kim eshitmadi.
— Qani, qani, gapir!
— Boʻlmasam eshit! Pulning keragi yoʻq, gap pulda emas, deydi. Davlat obligatsiya chiqarishi mumkin. Masalan, yuz million yoki ikki yuz million zlotiylik, deylik. Pul oʻrniga ana shu obligatsiya toʻlanadi — vassalom. Olti yillik muddat bilan toʻrt protsentlik obligatsiya. Olti yil ichida esa gʻalla bozorida oʻldim deganida, bir marta qulay vaziyat yuzaga keladi. Ana oʻshanda bor gʻallani mamlakatimizning oʻzida yoki chet elda sotib yuborishimiz mumkin.
— Shoshma, shoshma, — deya uning gapini boʻldi ministr, — ancha durust fikr.
— Durustmish-a! Genial fikr!
— Xoʻsh, keyin nima dedi?
— Men senga aytsam, bu Dizmaning kallasi juda ishlar ekan. Buning foydasi juda katta, deydi. Birinchidan, narh-navo barqarorlashadi, ikkinchidan, muomaladagi pul koʻpayadi. Shu yoʻl bilan davlat yuz-ikki yuz million zlotiylik pul chiqarish imkoniga ega boʻladi. Chunki obligatsiyalarda egasining nomi koʻrsatilmaydi va shu yoʻsinda naqd pul oʻrnida ishlatilaveradi. Undan tafsilotlarini soʻragan edim, «Men mutaxassis emasman», — deb qoʻya qoldi. Hammasini senga aytib bermoqchi.
— Menga?
— Ha, senga. Uning senga ixlosi baland.
— Shoshma-chi, demak, ishning mohiyati... Ulyanitskiy Dizma bilan qilgan suhbatini takrorladi-da, butun rejani raqamlar bilan bayon qilib berdi.
U bu loyihaga shu qadar qiziqib ketdiki, hatto mashinistkani chaqirib, gazetaga maqola ham yozdirmoqchi boʻldi. Biroq vazminroq Yashunskiy uni toʻxtatdi. Masalani har taraflama oʻylab, muhokama qilib pishirish lozim edi. Bu fikr unga ham juda yoqib qolgan edi. Ammo bunaqa ishlarda shoshqaloqlik qilish yaramasdi.
— Avvalo bu gap mutlaqo sir saqlanishi lozim. Ikkinchidan, oʻsha Dizma bilan yana bir marta gaplashib olish kerak.
— Unga hoziroq qoʻngʻiroq qilishim mumkin.
— U hali ham Varshavadami?
— Boʻlmasam-chi. «Yevropa» mehmonxonasida turibdi. Bir ishrat qilish uchun kelgan ekan.
Ministr ajablandi.
— Yoʻgʻ-e, nimalar deyapsan? Ishratbozga oʻxshamaydi-ku. Meni bilishimcha, u koʻproq irodali odamlar sirasiga kirsa kerak. Bunday odamlar yoʻlboshchi, tashkilotchi boʻladi...
— Tillo yigit, — deya oshnasini maqtadi Ulyanitskiy.
— Qolaversa, oʻzimizning odam. Qani endi uddasidan chiqsak! Unda Terkovskiyning shaykasi dumini qisib qolardi. Men-chi? Ya’ni, biz-chi? Tushunyapsanmi, Yas'?
— Boʻlmasam-chi...
Ular shu bugun kechqurunoq Dizma bilai gaplashib olishga qaror qilishdi. Ministr oʻz tashrifnomasiga bir necha soʻz yozib, Dizmani chaqirib kelish uchun «Yevropa» mehmonxonasiga odam yubordi. Yashunskiyning xatini olib kelishganida, Dizma endigina uygʻongan edi. Xatda koʻrsatilgan vaqtgacha u kiyinib, shoshilmay ovqatlandi. Ministrlikkacha bir necha minutda yetib borsa boʻlardi. Shu boisdan ham Nikodim choʻntak soatiga qarab qoʻydi va u yerga piyoda joʻnadi. Yetib borgach, u qoʻngʻiroq chugmasini bosgan edi, shveysar eshikni ochib, Dizmaga xoʻmrayib qaradi-da, dedi:
— Sizga nima kerak? Idora allaqachon yopilgan.
— Sekinroq! Sekinroq, — deya kekkayib pishilladi Dizma. — Men ministr Yashunskiyning oldiga keldim.
Shveysar ta’zim qilib bukchaydi.
— Afv etasiz, bilmay qolibman. Ministr pan Ulyanitskiy bilan birga sizni kabinetda kutyaptilar.
U tavoze bilan Dizmaning pal'tosini yechib oldi.
— Kuzatib qoʻyishga ruxsat eting... Kabinet shu yerda, ikkinchi qavatda joylashgan.
Nikodim hali bu voqeaning ahamiyatini oxirigacha tushunib ulgurmagan edi: bir minutdan soʻng u ministr bilan suhbatlashadi; u Koborovodan joʻnayotgan paytida mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydigandek tuyulgan narsalar endi ma’lum bir shakl kasb etib, amalga oshmoqda edi. Voqealar yoʻnalishi goʻyo shiddatli oqimdek Dizmani olib ketayotgandi. U buni his etsa ham, biroq voqealar mohiyatini anglay olmasdi. Nima sababdan bu ishlarga u, ya’ni Nikodim Dizma aralashib qolganini tushunmasdi.
Taklifnoma olgach, u darhol gap gʻalla obligatsiyalarini chiqarish toʻgʻrisida, Ulyanitskiy zavq bilan eshitgan Kunitskiyning oʻsha rejasi haqida borajagini tushundi. Nikodim hammasidan ham ministr undan bu ishning tafsilotlarini soʻrab-surishtirishidan choʻchirdi. Ehtiyot boʻlish kerak! Eng muhimi — shuncha paytdan beri joniga oro kirib kelayotgan uslubni qoʻllab, kamroq gapirish kerak.
Ulyanitskiy bilan Yashunskiy uni samimiy kutib olishdi.
Dizma bilan Ulyanitskiy allaqachon senlashib gaplasha boshlaganlari boisidan suhbat darhol doʻstona tus oldi. Yashunskiy gapni maqtovdan boshlab, Nikodimga 15 iyuldagi banketda Terkovskiy bilan gʻijillashib qolganini eslatdi.
— Oʻshandayoq men: agar mamlakatimizda siz kabi odamlar koʻproq boʻlganida, ishlarimiz butunlay boshqacha boʻlardi, degandim. Ha, ha, imonim komil, butunlay boshqacha boʻlardi.
— Bunday maqtovga arzirmikinman...
— Nikodim, oʻzingni koʻp kamtarlikka solaverma! — Quvnoqlik bilan doʻrilladi Ulyanitskiy.
Soʻng gʻalla obligatsiyalari haqida gap ochildi. Dizmani ikki kishilashib soʻroqqa tutishdi. Toʻgʻri, ikkala amaldor ham qishloq xoʻjaligida hech vaqoni tushunmasliklarini aytishdi, biroq shunga qaramay Dizma qovun tushirib qoʻyishdan choʻchib, juda ehtiyotkorlik bilan gaplashdi. Uning xotirasi yaxshiligi joniga oro kirdi: Nikodim asta-sekin Kunitskiy aytgan hamma gaplarni esladi. Har ehtimolga qarshi u «oʻzining» rejasi haqida Ulyanitskiydan eshitganini ham qoʻshib qoʻydi.
Yashunskiy juda xursand boʻlib ketganida kaftini kaftiga ishqardi. Qosh qoraya boshladi. Chiroqni yoqar ekan, ministr shoʻx ohangda dedi:
— Xoʻsh, azizim pai Dizma, ochigʻini aytsam, sizni soʻzamol deb boʻlmas ekanu, lekin kallangiz yaxshi ishlarkan. Demak, hamma ish joyida. Bir narsa yodingizda boʻlsin — bu gaplar mutlaqo sir saqlanishi lozim! Vaqtincha albatta. Chunki hali bu masala ustida koʻp bosh qotirish kerak. Yas' qonun loyihasini tayyorlaydi. Keyin unn miiistrlar kabinetining iqtisodiy komitetiga taqdim qilamiz, men esa ertaga bosh ministr bilai gaplashaman. Fahmlashimcha, yagona qiyinchilik — bu omborlar masalasi. Yangilarini qurish haqida soʻz ham boʻlishi mumkin emas. Bizga kredit berishmaydi. Darvoqe, eng katta qiyinchilik hatto bu ham emas. Harqalay, pan Nikodim, ajoyib loyihangizni amalga oshirishda oʻzingiz ham qatnashasiz. Gapimga ishonavering.
— Ha, albatta, — deya doʻrilladi Ulyanitskiy.
— Siz hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmaysizmi, ishqilib? Shunga umid qilsa boʻladimi?
Dizma gardanini qashib qoʻydi:
— Nega endi boʻlmas ekan, ishlayveramiz-da...
— Sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Mening fikrimcha, eng muhimi — u yoki bu ishni kim bajarishiga bogʻliq. Bunda shaxs masalasi birinchi oʻrinda turadi!
Yashunskiy yozuv stolining tortmalarini qulflab qoʻydi. Ulyanitskiy shveysarga qoʻngʻiroq qildi.
Nikodim Kunitskiyning iltimosini bajarishga qulay fursat kelganini angladi.
— Pan ministr, — deya gap boshladi u, — mening sizdan bitta iltimosim bor edi.
— Shunaqa deng? Marhamat, qulogʻim sizda. — Shunday deya ministr Dizmaga qiziqib tikildi.
— Gap bunday... Grodnodagi davlat oʻrmonlari direksiyasida allaqanday Ol'shevskiy degan odam ishlar ekan. Oʻsha Ol'shevskiy nuqul Koborovo taxta tilish zavodiga pand berib kelyapti... U Kunitskiyni yomon koʻradi, shuning uchun doim haligi... anovi-chi... davlat oʻrmonidan beriladigan yogoch kontingentini kamaytirgani kamaytirgan.
— Ha, rost, — deya uning gapini boʻldi ministr, — esimda bor: hatto qandaydir shikoyatlar ham boʻlgan edi. Bu Kunitskiy juda qiziq odam koʻrinadi. Unga biror aloqangiz bormi?
— Xudo saqlasin, faqat ish yuzasidan.
— Nikodim, uning qoʻshnisi, Kunitskaya xonimning ishonchli vakili. Kunitskiy esa shu kunda xotini bilan arazlashib yurgan ekan, — deya tushuntirdi Ulyanitskiy.
— Pan Nikodim, sizga ochigʻini aytaman, — dedi javoban ministr, — men Ol'shevskiyning buyruqlarini bekor qilishni istamasdim. Eshitishimcha, Kunitskiy firibgar, muttaham odam ekan. Lekin sizga soʻzsiz ishonaman. Ayting-chi, chindan ham yogʻoch kontingentini oshirish davlatga foydalimi? Ha yoki yoʻq, deb javob qilavering.
— Ha, — bosh irgʻadi Dizma.
— Ol'shevskiy pani Qunitskayaning taxta tilish korxonalariga bekordan bekorga toʻsqinlik qilayotgani rostmi?
— Rost.
— Boʻpti, kelishdik. Men boshqarish san’ati tez qaror qabul qila bilishidan iborat, deb hisoblayman.
Yashunskiy tashrifnomasini olib, allanimalar yozdi-da, soʻng uni Dizmaga uzatib, jilmaydi.
— Marhamat! Mana Ol'shevskiyga koʻrsatma yozdim. Shunga qaramay ertaga ertalab unga kerakli telefonogramma yuborishlarini buyuraman. Siz qishloqqa qachon qaytmoqchisiz?
— Indinga.
— Afsus. Lekin sizni tutib turmayman. Oʻzim xabar yuboraman. Yas', senda pan Dizmaning adresi bormi?
— Bor. Innaykeyin, biz u bilan ertaga pani Pshelenskayanikida boʻladigan bridj oʻyinida uchrashamiz, Nikodim ham u yerga borib turar ekan.
— Juda yaxshi. Xoʻp, sizga yana bir bor katta rahmat, oq yoʻl tilayman.
Shunday deya ministr Nikodimga ikkala qoʻlini uzatdi. Hammalari pal'tolarini kiyishdi. Ulyanitskiy Dizma bilan birga borib ovqatlanmoqchi edi, biroq ministr qoʻymadi.
— Yana oʻlgudek ichasan, vaziyat esa juda jiddiy, qiliq koʻrsatadigan payt emas hozir.
Ular Krakov qasabasiga chiqib xayrlashishgach, Nikodim mehmonxona tomon yoʻl oldi.
Yoʻlda u yoritilgan vitrinalardan birining oldida toʻxtab, choʻntagidan ministrning xatini oldi-da, oʻqib chiqdi:
«Direktor Ol'shevskiyga. Grodno.
Nikodim Dizmaning Koborovo taxta tylish zavodi ishi boʻyicha qoʻygan talablarini darhol ijobiy ma’noda hal qilishingizni soʻraymai.
Yashunskiy».
Nikodim maktubni avaylab karmoniga solib qoʻydi.
— Obbo jin urgur-ey! — dedi u balaid ovozda. Uning bu xitobidan ham mamnunligi, ham ajablanganligi va hammasidan ham koʻproq oʻziga oʻzi qoyil qolganligi sezilib turardi.
Dizma oʻzini ancha dadil seza boshladi. Yaqinginada oʻzi tenglashishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan bu begona muhit odamlari undan, ya’ni Dizmadan allaqanday fazilatlar topishgan edi. Qim bilsin, ehtimol, ular haqdirlar...
Ha, Dizma oʻzidan juda xursand edi.
Mehmonxonada Nikodimni yana bir xushxabar — uning nomiga yozilgan ensiz och kul rang konvert kutib turgan ekan. Konvertdan tanish atir hidi anqib turardi. Pochta qogʻozining varagʻi bir tekisda chiroyli yozuv bilan toʻldirilgan boʻlib, tagiga Nina Kunitskaya deb imzo chekilgan edi.
Nikodim jilmaydi:
— Buni qara-ya! Qani oʻqib koʻraylik-chi, nima deb yozgan ekan.
U karavot yonidagi chiroqni yoqib, botinkasini yechdi-da, oʻrnashibroq yotib, oʻqiy boshladi:
«Hurmatli pan Nikodim!
Sizni mening maktubim, ehtimol, undan ham koʻproq iltimosim hayratga solsa kerak. Agar Sizga murojaat qilishga jur’at etgan boʻlsam, bu faqat Sizning menga koʻrsatgan mehribonligingiz tufayli, jahlingiz chiqmasligiga umid qilganimdan, xolos.
Gap kichik bir narsani xarid qilish ustida ketyapti: men Grodnoda yaxshi tennis toʻplarini izlab topolmadim. Agar Siz Varshavadan bir dyujina toʻp olib kelsangiz, Sizdan gʻoyat minnatdor boʻlardim.
Toʻgʻri, magazinniig oʻziga xat yozishim mumkim edi, ammo men Sizning oʻzingiz tanlab olib kelishingizni istayman. Ehtimol, Sizning Varshavadaligingizda vaqtingizni olmasligim kerak edi. Chunki u yerda Siz uchun vaqt juda qimmatli boʻlsa kerak. Axir ishingiz koʻp. Buning ustiga koʻngil ochishingiz kerak — teatrlar, qabul marosimlari va qolaversa... Kasyaning ogʻzidan gullashicha, jazmanlariga gul yuborishni yaxshi koʻradigan goʻzal ayollar... Koborovoda goʻzal ayollar yoʻq, lekin bu yerning gullari Varshavanikiga qaraganda chiroyliroq...
Qachon qaytasiz?
Aslini olganda, men «qaytasiz» soʻzini ishlatmasligim kerak edi. Axir, kishi faqat, oʻz yaqinim deb hisoblaydigan odamning oldiga qaytadi, inson hayot yoʻli yoki dilidagi muhabbat tuygʻusi bogʻlab turgan kimsaning oldigagina qaytishi mumkin...
Koborovo bugun ma’yus va noxush. Mana bir necha kun boʻldiki, u menga shunday tuyulyapti. Uni qanchalik sevishimni va qanchalik nafratlanishim lozimligini oʻzingiz bilasiz-ku, axir. Sizdan iltimos qilaman, oʻz hasratlarimni toʻkib, kayfiyatingizning quvnoq garmoniyasini buzganim uchun mendan ranjimang. Nimayam derdim, tan olaman: menga Sizning suhbatlaringiz yetishmayapti, juda yolgʻizman.
Koborovo Sizning qaytishingizni kutyapti, pan Nikodim, — kechirasiz, men yana oʻsha soʻzni ishlatdim, — ha, u Sizning kelishingizni kutyapti.
Nina Kunitskaya».
Dizma xatni ikki marta oʻqib chiqib, konvertni hidlab koʻrdi-da, oʻylay boshladi. «Unga yoqib qolibman... Nimayam derdim, hali yosh, eri esa munkillab qolgan. Balki, foydalanish kerakdir?»
Lekin shu payt, agar Kunitskiy biror narsani sezib qolsa, oldiga solib quvmasmikin, deya diliga gʻulgʻula tushdi. Ammo shu zahoti endi ahvol keskin oʻzgarib ketganligini esladi.
«Gʻing deb koʻr-chi, aljigan chol! Endi kekirdagingdan xippa boʻgʻib olishim mumkin! Kim bilan gaplashayotganligingii bilasanmi? Kimsan, ministrning doʻsti bilan-a?! Tushundingmi?»
Nikodim oʻrnidan turib, sarpoychang oyna oldiga bordi. U hamma lampalarni yoqdi-da, ikki qoʻlini beliga tirab, boshini yuqori koʻtarganicha oʻzini oynaga sola boshladi. U shu paytgacha oʻz husnimga yetarli baho bermagan ekanman, degan xulosaga kelmaguncha shu alfozda turdi.
«Odam yoshligidan oʻzini oynada koʻraverib koʻnikib ketadi. Koʻnikkanidan keyin esa oʻziga oʻzi oddiygina odam boʻlib koʻrinaveradi...»
Nikodimning gʻoyat dimogʻi chogʻ edi. U kinoga bordi, soʻng mayxonaga kirib ovqatlandi. Keyin ertasiga peshinga qadar uxladi. Nonushtadan soʻng magazinlarni aylanib, bir yoʻla Ninaga tennis toʻplari sotib oldi. Peshinda yaxshilab ovqatlanib olgach, qosh qorayguncha qadar xonasida yotdi. Uni shofyor kelib uygʻotdi: frak kiyib, yoʻlga tushish kerak edi. Shahar minglab chiroqlardan charogʻon edi, reklamalarning qizil neon chiroqlari ilon izidek oʻchib-yonib turardi.
Marshalkovskaya va Xmel'naya koʻchalari burchagida toʻxtashga toʻgʻri keldi. Politsiyachi koʻndalang koʻchadagi izvosh va avtomobillarni oʻtkazmoqda edi. Nikodim beixtiyor yoʻlovchilarni tomosha qilib, ajoyib avtomobilning yumshoq oʻrindigʻida oʻtirish qayoqda-yu, trotuarda turtinib-surtinib yurish qayoqda, deb oʻylay boshladi.
Birdan u kimdir oʻziga tikilib qarab turganini sezib qoldi: Marshalkovskaya koʻchasi bu yerdd uncha yaxshi yoritilmagandi, shu boisdan ham u qizni anchagacha taniyolmay turdi.
Man'ka!
Nikodimning eti junjikib ketdi. U boshini ichiga tortib, yuzini yoqasi bilan yashirmoqchi boʻldi. Biroq kechikdi.
Man'ka tirsagi bilan yoʻl ochib, trotuar, chetiga keldi. Mana u shu qadar yaqinlashdiki, hatto qoʻlini choʻzib Dizmaning yelkasidan tutishi mumkin edi. Ammo Man'ka bunday qilishga jur’at etmadi... Nihoyat, u boʻgʻiq ovoz bilan soʻradi:
— Nikodim! Tanimayapsanmi?
Ortiq mugʻambirlik qilib boʻlmasdi. Nikodim qizning toʻpolon koʻtarishidan, roʻmol oʻragai manovi qizni shofer sezib qolishidan choʻchirdi. Shuning uchun hiyla ishlatishga qaror qildi; u qiz tomon oʻgirilib, barmogʻini labiga qoʻydi-da: :
— Jimm... Ertaga kelaman, — deya shivirladi.
Qiz, tushundim, degandek bosh irgʻab, oʻz navbatida pichirlab soʻradi:
— Soat nechada?
Biroq u javob olishga ulgurmadi. Politsiyachining qoʻlidagi tayoq imosi bilan avtomobil' bir silkinib, shitob bilan joyidan qoʻzgʻaldi.
Man'ka oldinga engashib, anchagacha avtomobilning ortidan qarab turdi.
«Jin ursin! — deya xayolidan oʻtkazdi Dizma. — Gaplashmoqchi boʻlganiga oʻlasanmi. Tasqara! Avtomobilni ham oʻgʻirlagan boʻlsa kerak, deb oʻylagandir-da».
Oʻ oʻzicha kulib qoʻydi, biroq bundan buyon kechqurunlari Marshalkovskaya koʻchasidan yurmaslikka ahd qildi.
Qiz bilai uchrashishning va, umuman, oʻtmishni eslab koʻnglini buzishning nima hojati bor?
Pshelenskayaning uyini Dizma uchinchi marta koʻrayotgandi va har gal bu kvartira unda yangicha taassurot qoldirmoqda edi. Bugun barcha eshiklar lang ochiq boʻlib, hamma yoq charogʻon edi. Ikki-uch xonaga yangigina koʻk movut sirilgan karta stollari hamda oppoq dasturxon yozilib, ustiga pirojniy va buterbrod toʻla patnislar terilgan oddiy stollar qoʻyib qoʻyilgandi.
Mehmonlar hali yigʻilishmagan ekan. Dizma bir necha xonani aylanib chnqdi-da, mehmonxonadagi divanga borib oʻtirdi. Binoning narigi chetidagi allaqaysi xonadan ikki kishining borgan sayin balandroq ovoz bilan janjallashayotgani eshitilib qoldi.
— Shunday qilib bermaysanmi? Ayt, bermaysanmi, — deya baqirardi erkak kishi.
Ayol kishi bunga javoban uzoq gapirib, allanimalar dedi.
Biroq Nikodimning qulogʻiga chertib aytilayotgan ayrim qargʻish soʻzlarigina chalindi:
— Ish yoqmas yalqov... Bunday tekinxoʻrlarni... Tovlamachi!.. Nonkoʻr!
— Oxirgi marta soʻrayapman!.. — doʻrilladi erkakning ovozi. — Ikki yuz zlotiy berasanmi, yoʻqmi?
— Bermayman!
Shu payt koʻcha eshikdagi qoʻngʻiroq jiringlab qoldi. Jaijal tinib, bir zumdan soʻng mehmonxonaga lablarida tabassum bilan pani Pshelenskaya kirib keldi. Uning ortidan nazokat bilan jilmayib Kshepitskiy kelmoqda edi. Koʻcha eshik tomondan taqir boshini yaltiratib allaqanday bir chol paydo boʻldi.
Mehmonlarni bir-biri bilan tanishtirar ekan. Pshelenskaya hozirgi erkaklarning sira aytgan vaqtlarida kelmasliklaridan shikoyat qila boshladi. Ular, professor, deya murojaat qilishayotgan cholning qulogʻi ancha ogʻir ekan, chunki uy bekasi erkaklarning beburdligi haqidagi gapini toʻrt marta takrorlagan boʻlsa-da, professor hamon:
— Kechirasiz, nima, nima? — deya qayta soʻrardi. Toqati toq boʻlgan Pshelenskayaning joniga Kshepitskiy ora kirdi. U oldinga oʻtib jilmayganicha:
— Tara-tara-bum-toq-toq, qari ahmoq! — dedi. Bunga javoban chol bosh irgʻab, ishonch bilan:
— Ha, ha, kechqurunlari ancha sovuq boʻlyapti, — dedi. Dizma xaxolab