tungi.ru

Muttahamning parvozi (I- qism) (9-bet)

deya xitob qildi polkovnik. — Anchadan beri kutyapsizmi?

— Atigi chorak soatdan beri, — dedi shosha-pisha Dizma.

— Tanishtirishga ruxsat eting: pan Dizma, direktor Shumskiy! — deya ularni bir-biriga tanishtirdi polkovnik. — Hozir sevimli oshnamiz Yas' Ulyanitskiy ham kelib koladi.

— Oʻsha askiyaboz-a? — dedn sevinib Shumskiy. — Juda ajoyib boʻpti-da!

— May oyida Krinitsada boʻlganimizda uning qanday qiliq koʻrsatganini xayolingizga ham keltirolmaysiz.

— Rostdanmi?

— Pansionatimizda Kurovskiymi, Karkovskiymi degan bir odam yashardi. Bilasizmi, haqiqiy jentl'menlardan: u kishi tennis deysizmi, Bayron, Bodler, Uayl'd, Kanale Grande, «Kazino de Pari» deysizmi, hammasidan bor edilar. Vinoning navlari, shohi-ipakning turlari — hammasini bilardi. Buning ustiga yuqori doiralarda qarindosh-urugʻlari bor ekan. Xullas, u kishidan oʻtadigani yoʻq edi. Ayollar uni koʻrishganida es-hushlarini yoʻqotib qoʻyishardi. Stol atrofiga yigʻilganimizda har kuni suhbat oʻsha suxandonning monologi yoki leksiyasiga aylanib ketardi. U tinmay gapirar, soʻz oʻyini qilar, oʻnga yaqin tilda aforizmlar aytar, xullas, hammani ogʻziga qaratib oʻtirar edn.

— Ha, gap degan mana bunaqa boʻpti! — deya xitob qildi Shumskiy. — Agar uning tili chuchuk boʻlib, yana zontik tutib yurgan boʻlsa, oʻlay agar, oʻsha nusxa tashqi ishlar ministrligida ishlagan.

Polkovnik xaxolab kulib yubordi.

— Oʻlmang, topdingiz! Ont ichishim mumkin, zontnkni qoʻlidan qoʻymasdi.

— Xoʻsh, u yogʻi nima boʻldi?

— Tasavvur qiling-a, beshinchimi, oltinchi kunimi tushlik ovqatga ketayotgan edik, Yas': «Xudo haqqi, ortiq chidayolmayman», — deb qoldi. Ovqat mahali u oʻsha mahmadonaning qarshisiga borib oʻtirdi. U jentl'men boʻlsa, shoʻrva keltirishganida suxandonligini boshlab, quyuq ovqat keltirishganda ham gapini tugatmagan edi. Qani, nima boʻlarkin, deb kutdim. Yas' indamay oʻtirardi. Haligi nusxa boʻlsa, hamon irshayib, barchani maftun etishga urinardi, mahoratini namoyish etardi. Bir mahal u mavsumning moda boʻlgan rangi haqida gap boshlagan edi, oshnamiz Yas' pichoq bilan vilkani bir chetga qoʻyib, oʻrnidan turdi-da, haligi suxandon tomon engashib, bor ovozi bilai «oʻ-oʻ-oʻ-oʻ!» deb baqirsa boʻladimi...

Dizma bilan Shumskiy oʻzlarini kulgidan toʻxtatisholmadi.

— Nima, — deya soʻradi Shumskiy, — faqat «oʻ-oʻ-oʻ-oʻ» dedi-qoʻydimi?

— Ha, faqat «oʻ-oʻ-oʻ-oʻ» dedi-qoʻydi. Lekin Ul'yanitskiyning ovozi qanday yoʻgʻonligini bilasan-ku oʻzing. Keyin nima boʻlganini bir koʻrsang edi! Haligi nusxa sholgʻomday qizarib, pafasi ichiga tushib ketdi. Hamma yoq jimib qoldi, barcha labini tishlab yerga qarab oʻtirardi. Shu payt kimdir chidayolmay piqillab kulib yubordi. Faqat shu yetmay turgan ekan. Qahqahadan hatto stol ham silkina boshladi. Xudo haqqi, odamlarning bunday kulishganini sira koʻrmagai edim.

— Yas-chi?

— Yasmi? Yas' indamay ovqatini yeyaverdi.

— Anavi nusxa nima qildi?

— Manfur odam ekan! U turib ketishini ham, joyida oʻtiraverishini ham bilmay, dovdirab qoldi. Nihoyat, oʻrnidan turib, chiqib ketdi. Keyin oʻsha kuniyoq Krinitsadan tuyogʻini shiqillatdi.

— U yogʻi nima boʻldi? — soʻradi bu voqea juda yoqib qolgan Nikodim.

— Boʻlak hech nima boʻlgani yoʻq, — deya javob qildi polkovnik. — Faqat Ulyanitskiy oʻsha voqeadan soʻng Krinitsada eng mashhur odam boʻlib qoldi.

Nihoyat, Ulyanitskiy ham keldi.

U juda novcha odam boʻlib, yuzi yapasqi, burni bodringday, ikki qoshi bilan moʻylovi oʻrniga toʻrt tutam tim qora soch yopishtirib qoʻyilgandek tuyulardi. Uning qoshlari bilan moʻylovi pir-pir uchib turardi, ammo qa’riga tortgan kichkina koʻzlari boʻshliqning allaqaysi nuqtasiga qimir etmay tikilib turardi.

U stol yoniga oʻtirishi bilanoq, kayfi oshib qolgan Nikodim oʻz hurmatini izhor qila boshladi.

— Polkovnik bizga Krinitsada qilgan hazilingiznn gapirib berdi. Qoyil! Oʻsha mahmadonaning rosa adabini beribsiz-da!

Ul'yanitskiyning yuziga tushgan bir tutam sochi qimirlab turardi.

— Shu ham gap boʻpti-yu! Sizning koʻproq omadingiz bor ekan. Terkovskiyning ta’zirini bergan odam, siz-ku, axir?

— Shu, shu, — deya tasdiqladi Vareda. — Oʻzimizning yigit. Sezib turibman, hali ogʻayni boʻlib ketasizlar, Sizlarning salomatligiigiz uchun.

Ular molday ichishib, vaqt yarim tundan ogʻgach, ikkinchi qavatdagi dansingga chiqishganida, hammasining kayfi oshib qolgan edi. Yana shampanskoye keltirishni buyurishdi. Stol yonida qizlar paydo boʻldi. Djaz gʻoyat shoʻx bir kuyni chalgan edi, Dizma xonimchalardan birini taklif qilib, oʻyin tushib ketdi. Ulfatlar uni diqqat bilan kuzatib turishdi. Nihoyat, Nikodim joyiga kelib oʻtirgach, bir ovozdan Dizmaning haqiqiy ulfat ekanligi tan olinib, u bilan brudershaft qilib ichish taklif etildi... Bu taklifga hech kim e’tiroz bildirmadi, albatta. Shundan soʻng ular orkestr polkovnik Varedaning talabi bilan chalgan «Koʻp yil yashagin...» kuyining sadolari ostida brudershaft qilib ichishdi.

Toʻrt oshna Kunitskiyning avtomobiliga chiqib oʻtirishganida tong ota boshlagan edi. Polkovnikni uyiga olib borib qoʻyishga qaror qilishdi. Konstantinga yetib borishgach, shofer passajirlarni uygʻotdi. Shumskiy Dizma bilan muloyimgina xayrlashdi — uning Varshavaga qaytgisi kelmay qolgandi.

— Vatseknikida tunab qoʻya qolarman. Xayr, Nikodimchik, yaxshi bor!

Ulyanitskiyni Nikodim Koloniya Stashitsaga olib borib qoʻydi-da, soʻng oʻzi mehmonxonaga qaytdi.

Uxlashdan oldin Dizma bugungi voqealarni eslamoqchi boʻldi, biroq miyasining gʻuvullashi va tinimsiz hiqichoq tutishi, fikrini bir joyga toʻplashga xalal bermoqda edi. Shundan soʻng u, bor-e, degandek, qoʻlini siltadi-da, oʻzini toʻshakka tashladi.

U uygʻonganida boshi ogʻrimoqda edi. Vaqt peshinga yaqinlashib qolgandi. Nikodim frak bilan shimini yechmay yotganini sezib qoldi — kostyumi gʻijimlanib ketibdi. U avvaliga oʻzidai jahli chiqdi, biroq keyin Vareda va ikki nufuzli amaldor bilan qilgan ichkilikbozligi ministrning oldiga kirishga qoʻl kelishini oʻylab bir oz yengil tortdi.

Shundan soʻng Nikodim bugun Pshelenskayanikiga tushlik ovqat qilgani borishi lozimligini esladi. Kostyumini dazmollatish kerak.

Kunitskiyga Nikodim, ministrning yoʻqligi sababli Varshavada tutilib qolishini xabar qilib, telegramma yubordi.

Pshelenskayanikiga Dizma avtomobilda joʻnadi: uyning derazalari koʻchaga qaragan boʻlib, ehtimol, bironta odam mashinani koʻrib qolishi mumkin. Buning esa katta ahamiyati bor edi.

Ochigʻini aytganda, Dizma Ponimirskiyning xolasi va yana allaqanday Kshepitskiy bilan nima toʻgʻrida gaplashishini bilmasdi, eng muhimi esa, bu gaplardan biron foyda chiqishiga koʻzi yetmasdi. U shunchaki kiborlar xonadonini koʻrishga qiziqib qolganidai borishga rozi boʻlgan edi.

Dizma ostonadan hatlab oʻtishi bilanoq bu uyga birinchi marta kelganidagi besaranjomlik shunchaki favqulodda hodisa boʻlganini fahmladi. Endi hamma yoq sokin va batartib boʻlib, kishini qandaydir salobat bosardi. Toʻgʻri, bu kvartirani Kovorovodagi uyga taqqoslab boʻlmasdi, albatta. Biroq uning allaqanday jozibali tomoni bor ediki, ana shu oʻziga xoslik Dizmaga juda yoqdi.

Xizmatko unga mehmonxonaningʻ eshigini ochib berdi va oradan bir necha minut oʻtgach, pani Pshelenskayaning oʻzi ham paydo boʻldi. Bu gal endi u haqiqiy aristokrat xonimlardek kiyinib olgandi. U bilan birga oʻttiz beshlarga borgan bir kishi ham kirib keldi.

— Pan Kshepitskiy! Pan Dizma! — deya ularni bir-biriga tanishtirdi Pshelenskaya.

Kshepitskiy nazokat bilan ta’zim qildi. Uning oʻzini beparvo tutishi va dimogʻi bilan gapirishi Nikodimga yoqmadi. Lekin u, Kshepitskiyning kelishgan yigitligi va hatto Liskovdagi sud kotibi, butun uyezdda xotinlarga xushomad qilishga ustaligi bilan mashhur boʻlgan pan Yurchakdan ham chiroyliroq ekanligini tan olishga majbur boʻldi.

— Siz bilan tanishish sharafiga muyassar boʻlganimdan gʻoyat xursandman. Siz toʻgʻringʻizda koʻp eshitgandim, — dedi Kshepitskiy va shimining pochasini tortib kresloga oʻtirdi.

Bu odam boshidanoq ayyor va ikki yuzlamachi boʻlib koʻringanidan Dizma u bilan ehtiyot boʻlib gaplashishga qaror qildi. Shu boisdan ham u dudmolgina javob berdi:

— El ogʻziga elak tutib boʻlarmidi — doim biror narsani gapirishadi.

— Meni kechirasiz, — gap qotdi pani Pshelenskaya, — sizning qanday ajoyib siyosatchi ekaningizni faqat bugun pan Kshepitskiydan eshitdim. Uyat boʻlsa-da, tan olishim kerak, biz ayollar siyosiy masalalarni mutlaqo tushunmaymiz.

— E, juda oshirib yubordingiz-ku, — deb e’tiroz bildirdi Kshepitskiy va shimining boshqa pochasini ham tortib qoʻydi.

Dizma nima deyishini bilmay tomoq qirdi. Uning baxtiga, shu payt mehmonxonaga xizmatkor kirib, ovqat tayyor ekanlignni xabar qildi. Ovqat mahali Pshelenskaya bilan u, goh familiyasini atab, goh oddiygina qilib Zizya deya murojaat qilinayotgan Kshepiksiy Dizmadan Koborovoda nimalar boʻlayotganini surishtirisha boshlashdi. Pshelenskayani asosan «boyoqish Ninaning» eri bilan akasiga munosabati qiziqtirardi, Zizya esa Nikodimdan koʻproq Kunitskiyning daromadi, Koborovodagi ishlarning ahvoli toʻgʻrisida soʻrardi. Dizma bexosdan bu masalalarni yaxshi tushunmasligini sezdirib qoʻymaslik uchun iloji boricha qisqaroq javob berishga harakat qilardi.

— Marhamat qilib aytsangiz, Jorjning kasali juda sezilarlimi, uni huquqdor shaxs sifatida tan olish mumkinmi?..

— Nima desam ekan... U telba, albatta, lekin, ehtimol, biror muddat oʻznni tiyib tura olar...

— Juda toʻgʻri aytdingiz, — gapni ilib ketdi Pshelenskaya. — Uning kasali ham xuddi ana shu oʻzini tiyib turish markazlarining zaiflashib qolganidan iborat: lekin u zaruratni tushunsa, menimcha, ma’lum muddat oʻzini tiyib tura oladi.

— Ehtimol... — deya mingʻirladi Dizma.

— Faqat bir narsadan xavfim bor, — davom etdi Pshelenskaya, — Nina bizning rejamizga qoʻshilmasligi mumkin.

— Unga bu ishlarni aytishning nima hojati bor? — deya yelkasini qisdi Kshepitskiy. — Hammasini imi-jimida bajaramiz. Eng muhimi adliya ministrligidan odam topish. Lekin taqdir pan Dizmadek odamii bizga koʻmakka yuborgan ekan, buning tashvishini qilmasak ham boʻladi. Shunday emasmi?..

— Eh, Jorjning sizdek kasbdoshi, doʻsti u bilan xuddi shu paytda uchrashib qolganingiz juda soz boʻldi-da! — deya xitob qildi pani Pshelenskaya.

Qahva ichnsh uchun kichik mehmokxonaga oʻtishdi. Kshepitskiy choʻntagidan yon daftari bilan qalam oldi.

— Men qisqagina doklad tayyorlashni lozim topdim, — deya gap boshladi u. — Ruxsat etasizmi?.. Xoʻsh, umuman olganda, ishning ahvoli mana bunday. Bizga quyidagilar ma’lum: kir yuvuvchi xotin Genavefa Kunikning oʻgʻli, asli Krakovdan boʻlgan oltmish olti yoshli muttaham Leon Kunik bir vaqtlar oʻgʻrilangan narsalarii sotib olishdan gumon qilingan. Bu narsa L'vov politsiyasining aktlarida qayd etilgan. Keyinchalik u sudxoʻrlik bilan shugʻullangan va har xil nayranglar ishlatib, Ponimirskiylar oilasining boyligini oʻzlashtirgan...

— Pani Kunitskayaning aytishicha esa, — deya uning gapini boʻldi Nikodim, — bu yerda hech qanday nayrang boʻlmagan emish.

— Ha, albatta... Lekin har bir faktni turlicha talqin qilish mumkin. Xe-xe-xe... Agar prokuror kerakli koʻrsatma olsa, qanday ish tutishni oʻzi biladi. Bundan tashqari, bizga Kunikning toʻqqiz yil muqaddam yangi hujjat olgani va unga otasining ismini yozdirib, familiyasini «Kunitskiy» qilib oʻzgartirgani ma’lum. Bu esa qonunga xilof ish. Keyin, hammamiz uning temir yoʻl qurilishiga shpal yetkazib berish xususida sudlashganini bilamiz. Afsuski, oʻshanda bu shpallarning aslida boʻlmaganligi isbotlanmagandi. Kunitskiy begunohligini tasdiqlovchi hujjatlar yordamida oʻzini oqlashga muvaffaq boʻlgan edi. Ammo, turgan gap, bu hujjatlarning hammasi qalbaki.... Ularni yozib bergan temir yoʻl xizmatchisi keyinchalik qochgan va dom-daraksiz gʻoyib boʻlgan. Bu hujjatlarning hammasini topib, yana sudga taqdim qilish mumkin. Xoʻsh, bunga nima deysizlar?

— Ha, albatta! — xitob qildi Pshelenskaya.

— Men ham shunday fikrdaman, — deya gap qotdi Dizma, Kshepitskiyga gumonsirab qarar ekan. Kshepitskiyning qiyiq koʻzlarida qandaydir oʻt chaqnashi, yuzining uchib turishi, qirra burni va uzun iyagi uning sergakligi va har daqiqada qarshi hujumga oʻtishi mumkinligidan dalolat berib turardi. Kshepitskiy tilining uchi bilan yuqori labini yaladi-da, davom etdi:

— Eng muhimi — undan Koborovoni tortib olish kerak. Barcha qiyinchilik ana shunda. Yuridik jihatdan Koborovo pani Ninaning tasarrufida hisoblanadi. U esa bu ishga sirayam rozi boʻlmaydi.

— Ha, rozi boʻlmasa kerak... — dedi Dizma Kshepitskiyning fikriga qoʻshilib.

— Shu boisdan ham, — deya davom etdi Kshepitskiy, — yagona chora Jorjning Kunitskiy ustidan prokurorga ariza berishidir. U oʻz arizasida singlisini soxta guvohlik berish uchun Kunitskiy majbur etganini koʻrsatishi lozim...

— Hmm...

— Bunday aybni esa Jorj faqat huquqdor shaxs sifatida tan olingandan keyingina qoʻyishi mumkin. Shuning uchun ham sud organlaridan Jorjning ruhiy holatini ikkinchi marta tekshirib koʻrish uchun ruxsat olish kerak! Men advokat bilan maslahatlashdim. U qoidaga muvofiq qaytadan koʻrish mumkinligini aytdi. Faqat bu haqda Jorjning qarindoshlaridan birontasi iltimos qilishi kerak ekan.

— Men oʻlsam ham bunday qilmayman! — deya e’tiroz bildirdi Pshelenskaya. — Oʻlsam ham! Boshimga shuncha tashvish orttirganim ham yetar. Bir kami gazetalarda nomimni bulgʻashlari qoluvdi...

— Juda yaxshi, pani Fina, — dedi zardasi qaynay boshlagan Kshepitskiy. — Demak, siz, bu ishni Nina qilishi mumkin, deb hisoblar ekansiz-da?

— Yoʻq, — deya gapga aralashdi Dizma, — Nina bunday qilishga hecham rozi boʻlmaydi.

— Jorjning esa boshqa qarindoshi yoʻq, — dedi Kshepitskiy tirnogʻi oʻsiq bashorat barmogʻini yuqori koʻtarib.

— Baribir bu ishga aralashmayman... Baribir...

Kshepitskiyning jahli yuziga tepdi.

— Mayli, — dedi u quruqqina qilib. — Demak, bu haqda ortiq gapirishning hojati yoʻq. Bu ishingiz bilan Jorj siz bilan menga beradigan qirq ming zlotiyni hamda Bibi Xul'chinskayaning turmushga chiqishini yoʻqqa chiqardingiz.

Oraga jimlik choʻkdi.

— Afsus, — deya qoʻshimcha qildi Kshepitskiy, — faqat pan Dizmani bekordan bekorga ovora qildik.

— Aralashmayman, xudo haqqi, aralasholmayman! — oʻz gapida qattiq turib oldi Pshelenskaya.

— Shoshilib nima qilamiz! — dedi bir oz oʻylab koʻrgach Nikodim, — Bu masalani keyinroq gaplashsak ham boʻladi.

— Bu orada biror chora topilib qolar, — dedi yengil tortib pani Pshelenskaya.

Kshepitskiy sapchib oʻrnidan turdi.

— Bu orada, bu orada! Bu orada menga pul kerak, juda kerak!..

— Sizga bir oz pul topib berishga urinib koʻraman, — deya mingʻirladi ikkilanib Pshelenskaya.

— E, topib beradigan oʻsha besh yuz yoki ming zlotiyingizni boshimga uramanmi! — dedi qoʻl siltab Kshepitskin.

Pshelenskaya qip-qizarib ketdi.

— Balki, buni keyinroq gaplasharmiz. Bu gaplar pan Dizmani qiziqtirmasa kerak, deb oʻylayman.

— Kechirasiz, — deya toʻngʻilladi Kshepitskiy.

— Yana kofe ichasizmi?

Pshelenskaya chashkalarga kofe quydi-da, soʻng dedi:

— Ehtimol, siz, pan Dizma, Ninaga gapirib koʻrarsiz. Agar u erini yomon koʻrsa... Pan Dizma har qanday toʻsiqlarni ham yengishga, har qandan xarakterga ham ta’sir koʻrsatishga qodir odam koʻrinadilar.

— Ha, albatta, lekin u kishiga bundan nima foyda, — dedi bir oz hayosizlik bilan Kshepitskiy.

— Zizya, — deya e’tiroz bildirdi Pshelenskaya, — pan Dizma Jorjning doʻsti-ku, axir! Shunday emasmi? Menimcha, shuning oʻzi ham kifoya qiladi.

Kshepitskiy basharasini bujmaytiryb, barmoqlarini qirsillatdi.

— Keling, ochiqchasiga gaplashaylik... Men dunyoda begʻaraz odamlarning borligiga ishonmayman. Meni kechirasiz, muhtaram pan Nikodim, ishonmayman, vassalom! Menimcha, siz... hm... ishbilarmon odam sifatida... Ochigʻini ayting, Jorj sizga biror narsa va’da qilganmi?

— Bu nima deganingiz? — tushunmadi Dizma.

— Biror narsa va’da qilganmi, deb soʻrayapman?

— Pul beraman, deb va’da qilgan, demoqchimisiz?

Pshelenskaya Dizmaning ranjishidan choʻchib, Kshepitskiy mutlaqo unday demoqchi emasdi, siz uning gapini boshqacha ma’noda tushunmang va hokazo, va hokazo, deya kechirim soʻray boshladi. Darvoqe, Kshepitskiyning oʻzi ham haddidan oshirib yuborganini sezib, Jorjning sudlashishi munosabati bilan boʻladigan xarajatlarni nazarda tutganini aytdi.

Ishning qovushmayetganini payqagan Pshelenskaya bu haqda keyinroq gaplashishini taklif qildi va Dizmaning Varshavada yana ikki haftacha turishini eshitgach, uni kelasi seshanbada uyida boʻladigan bridj oʻyiniga taklif qildi. Dizma avval bridj oʻyinini bilmasligini bahona qilib, kelishdan bosh tortdi, biroq unga karta oʻynash shart emasligini aytishgach, rozi boʻldi.

— Yigirma-oʻttiz odam boʻladi, — dedi uni koʻndirish uchun Pshelenskaya, — ular orasida tanishlaringizii ham uchratasiz: menikiga general Rujanovskiy, ministr Yashunskiy, rais Grodzitskiy, vitse-ministr Ulyanitskiylar kelib turishadi.

— Polkovnik Vareda-chi? — birdan yangi oshnasnni eslab soʻradi Dizma.

— Ilgarilari kelib turardi. Siz u bilan tanishmisiz?

— Ha, u mening doʻstim, — dedi beparvogina qilib Nikodim.

— U holda polkovnikni ham taklif qilaman. Juda uddaburon odam. Agar yanglishmasam, prokuror Vajik bilan yaxshi munosabatda. U esa, esimda bor, Varedaning birinchi xotiniga uylangan...

— Ha, ha, — deya tasdiqladi kulib Kshepitskiy. — Gamel'beyn xonimni aytyapsiz-da! Vajik esa bizga katta yordam berishi mumkin.

Dizma Pshelenskaya bilan xayrlasha boshladi, Kshepitskny ham Mokotovga borishi lozimligini aytib, oʻ-nidan turdi.

— Men sizni eltib qoʻyaman, — deya taklif qildn Dizma. — Mashinam darvoza oldida turibdi.

Pshelenskaya Kshepitskiyni olib qolmoqchi boʻlgan edi, biroq u qat’iyan bosh tortdi.

— Yoʻq, qololmayman. Kechqurun ovqatlangani kelaman. Hozircha xayr!

— Pani Pshelenskaya qarindoshingiz boʻladimi, — deya soʻradi Dizma ular koʻchaga chiqishgach.

— Yoʻq, shunchaki eski tanishim. Uning eri bilan doʻst edik.

— Nima, pani Pleshenskayaning eri oʻlganmi?

— Tirik, — dedi javoban Kshepitskiy koʻzlarini xiyol qisib. — Faqat hozir kim bilan yashayotganini bilmayman. Chet elda kayf-safo qilib yuribdi. Eh-e, avtomobilingiz juda zoʻr-ku! Birinchi sort! Benzinni koʻp yeydimi?

— Oʻttiz litrdan ortiq sarflaydi, — dedi jilmayib shofer va eshikni yopib qoʻydi.

— Qani endi shunaqa mashina boʻlsa, soz boʻlardi-ya, — deya gap qotdi Kshepitskiy.

Yoʻlda u, agar pulini ololsa, nimalar qilmoqchi ekanligi toʻgʻrisida gap sotib ketdi. Suhbatdoshining sukut saqlashidan Kshepitskiy, Dizma juda ayyor, ehtiyotkor odam boʻlsa kerak, degan qarorga keldi.

Nihoyat u Politexnika instituti oldida tushib qolgach, shofer Dizmaga oʻgirilib dedi:

— Men bu panni taniyman — Kshepitskiy. Bir vaqtlar poygachi otlari bor edi. Lekin omadi kelmadi.

— Pixini yorgan odam-a?

— Ehe-a, nimasini aytasiz, — dedi boshini chayqab shofer.

7-bob

Bu devorlariga toʻq yashil gulqogʻoz yopishtirilgan, derazalari shiftga tegay deb turgan Lui-Filipp uslubidagi keng bir kabinet edi.

Kattakon yozuv stoli yonida boshini qoʻliga tirab oʻtirgan ministr Yashunskiy deyarli bir soatdan beri qishloq xoʻjaligining ahvoli haqida mingʻirlab axborot berayotgan mansabdorning gaplarini tinglardi.

Mansabdor goho-goho bloknotini bir chetga qoʻyardi-da, semiz portfelidan gazeta kesmalarini olib, maqolalardan ayrim joylarini oʻqib berardi. Maqolalarda raqamlar bilan birga nuqul: «eksport», «sentner», «bugʻdoy», «fojiali ahvol» soʻzlari takrorlanardi.

Chamasi, bu axborot yaxshilikdan darak bermasdi, chunki ministrning peshanasi tirishib turardi. Bu ajin hatto u jilmayib, aniq va puxta tayyorlangan axborot uchun mansabdorga minnatdorchilik bildirganida ham yoʻqolmadi.

Chet eldan qaytgach, Yashunskiy ishlar gʻoyat qoʻrqinchli ahvolga tushib qolganini koʻrdi. Qishloq xoʻjaligidagi qiyinchiliklar, kutilayotgan moʻl xosil oppozitsion matbuotning qattiq hujumiga sabab boʻldi: hatto hukumat doiralariga yaqin gazetalar ham norozilik bildirib, toʻngʻillay boshlashdi.

Yashunskiy hamkasblari bilan qilgan suhbatidan obroʻsiga ancha putur yetganiga va mabodo iste’foga chiqqudek boʻlsa, barcha ministrlar mamnun boʻlishiga ishonch hosil qildi. Rost, buni unga toʻgʻridan-toʻgʻri aytishgani yoʻq. Ammo hukumatning yanglish iqtisodiy siyosati munosabati bilak biron odam baloga yoʻliqishiga shama

O‘xshash hikoyalar