Muttahamning parvozi (II- qism) (10-bet)
aylanib chiqishdi.
Dizma opa-singil Charskayalar bilan oʻz lojasi tomon oʻtdi. Polkovnik Vareda allaqachon yetib kelgan ekan. Mariyetta kulib yubordi:
— Nima balo, soʻqimga boqilganmi hammasi! Nikodim va opa-singil Charskayalar Vareda bilan salomlashishdi.
— Huv anavisining oti Mik, — deya tushuntirdi Vareda. — Gavdasi oʻspirin bolanikiga oʻxshaydi-yu, lekin u manovi barzangilarning koʻpchiligidan kuchliroq.
Polvonlar yana saf tortishgan edi, sud'ya ularni tomoshabinlarga tanishtira boshladi.
Har birining Angliya chempioni, Braziliya chempioni, Yevropa chemiioni kabi bironta unvoni bor edi.
Ikki polvonning omi aytilganda chapakvozlik, ayniqsa, avjiga chiqdi: tomoshabinlar Pol'sha chempioni Velyaga bilan italiyalik barzangi Trakkoni olqishlamoqda edi.
Soʻng sahnada ikkita polvon: semiz, qoʻllari maymunniki kabi uzun nemis bilan xushbichim mulat Mik qoldi. Mik oʻz raqibi yonida karkidon oldida turgan ohuga oʻxshardi.
Hushtak chalinib, polvonlar bel olishdi.
— Tayyor! — deya qichqirdi Dizma mulat nemisning ogʻirligidan gilamga yiqilayotganini koʻrib.
— Yoʻq, oshna, — jilmaydi Vareda, — mulat tushmagur juda epchil. Uning kuragini yerga tekkizishning oʻzi boʻlmaydi.
Chindan ham mulat raqibining changalidan osoigina sirgʻilib chiqdi. Shunda nemis pishillaganicha uni yana gilamga itqitish uchun dast koʻtarmoqchi boʻlgan edi, mulat kutilmaganda sakradi. Avvaliga bu nemisga qoʻl keladigandek tuyuldi, biroq ahvol bir zumda oʻzgardi qoʻydi: mulat chaqqonlik bilan umbaloq oshdi. Uni koʻtarib turgan nemis muvozanatini yoʻqotib qoʻyib, chalqanchasiga yiqildi. Mulat bir sakrab, raqibining koʻkragiga chiqib oldi.
Shu payt ularning oldiga yugurib kelgan sud'ya nemisning ikkala kuragi yerga tekkanini qayd qildi. Bu ahvol bir zumda davom etdi, xolos, magʻlub boʻlgan nemis raqibini noʻnoq suvorini yiqitgan ot kabi ustidan silkib tushardi-da, pishqirib oʻrnidan turdi.
Biroq olishuv tugagan edi. Jyuri raisi, mulatning gʻalabasini e’lon qildi. Mulat jilmayib tomoshabinlarga ta’zim qila boshladi. Magʻlub boʻlgan nemis soʻkina-soʻkina sahnadan chiqib ketdi. Chor atrofda oʻtirgan odamlar uni qiyqiriq va hushtaklar bilan kuzatib qolishdi.
— Bu mulat muncha chiroyli boʻlmasa! — dedi mahliyo boʻlib Mariyetta Charskaya. — Xuddi birinjdan quyilganga oʻxshaydi-ya! Pan rais, ayting-chi, agar uni oʻzimiz bilan restoranga olib ketsak odobsizlik boʻlmaydimi?
— Mariyetta, nimalar deyapsan oʻzi! — deya uni toʻxtatdi opasi.
— Noqulay boʻlsa kerak, — gap qotdi Dizma.
Ammo boshqalar bu odatdagi vaqtichogʻlik boʻladi deyishdi. Ularning aytishlaricha, alohida kabinetda oʻtirishsa hech nima qilmasmish.
Bu orada sahnaga yana bir juft polvon chiqdi.
Dizma kurashni berilib tomosha qila boshladi. U kurash keskin tus olgan paytlarda mushtini qattiq qisar va jon-jahdi bilan:
— Bos uni!.. — deya baqirardi.
Pastda polvonlarning ogʻir gavdasi u yoqdan-bu yoqqa dumalar, ular inqillab-sinqillab bir-birlarini yiqitishga urinishardi. Yuqorida oʻtirgan tomoshabinlar esa hushtak chalishar va «ofarin» deya qichqirishardi.
Bir necha juft polvonlar kurashib boʻlishgach, nihoyat sahnada programmaning asosi boʻlgan tomosha boshlandi.
Maydonga eng kuchli polvonlar tushishdi. Chorpaxil qoʻllari gʻoyat uzun, burni puchuq, sochi ustara bilan olingan Pol'sha chempioni Velyaga ulkan maymunga oʻxshardi. Uning qarshisida yoʻgʻon oyoqlarini kerib norgʻul Trakko turardi. Uning mushaklari boʻrtib chiqqan edi.
Butun sirk jimib qoldi. Shu payt sud'yaning hushtagi eshitildi.
Raqiblar goʻyo bir-birlarini sinamoqchi boʻlgandek, shoshmay bel olishdi. Chamasi, ularning ikkovi ham olishuvning naqadar qiyin boʻlyshini yaxshi bilardi. Biroq ularning har biri oʻz usulini qoʻlladi. Polyak kurashni shiddat bilan olib bormoqchi edi. Italiyalik esa ku chini bir maromda sarflab, raqibining sillasini quritishga ahd qilgandek koʻrinardi. Shu boisdan ham u deyarli qarshilik koʻrsatmadi va bir necha siltovdan keyin gilamga tizzasi bilan yiqildi.
Velyaga uni chalqanchasiga yiqitmoqchi boʻldi, Ammo oradan bir necha minut oʻtgach, barcha harakati zoye ketayotganinn koʻrib, raqibining boʻynini jon-jahdi bilan ishqay boshladi.
— U nima qilyapti? — deya soʻradi Mariyetta. Vareda unga engashib, koʻzini polvonlardan uzmay tushuntira boshladi.
— Buning otini uqalash deyishadi. Urush mumkin emas, tushundingizmi? Uqalash esa mumkin. Shunday qilganda boʻyin mushaklari zaiflashadi.
— Joni ogʻrisa kerak axir.
Italiyalik polvon ham xuddi shunday qarorga keldi shekilli, raqibining changalidan sirgʻalib chiqib, oʻrnidan turdi va Velyaganing orqa tomonidan quchoqlab oldi. Biroq semiz Velyagaga italiyalikning qoʻllari yetmadi; u qornini shishirgan edi, Trakkoning qoʻllari ochilib ketdi.
Tomoshabinlar qarsak chalib yuborishdi.
Darvoqe, boshidanoq ular pol'shalnk polvon tarafini olishlari aniq edi.
Biroq olishuvdan natija chiqmayotgani uchun Velyaga quturib ketdi. Tomoshabinlarning qiy-chuvi uni battar qizishtirib yubordi:
— Velyaga, boʻsh kelma!
— Bos makaronxoʻrni!
— Yashavor, Velyaga!
Polvonlarning koʻzi qonga toʻldi ular oʻqtin-oʻqtin pishqirib qoʻyishardi.
Olishuv borgan sari qizgʻin tus ola boshladi. Kurashchilarning badanini ter bosdi.
Velyaga shiddat bilan hujum qilar, italiyalik jon-jahdi bilan qarshilik koʻrsatar, biroq oʻzini yoʻqotmay, qoidaga binoan kurashardi. Bu orada Velyaga har nima qilib boʻlsa ham raqibini yengishga urindi; sud'ya hatto bir necha bor kurashni toʻxtatishga majbur boʻldi, chunki Velyaga gʻirromlik qila boshlagan edi.
Birdan u Trakkoni nel'son usuli bilan boʻgʻib olishga muvaffaq boʻldi. Uning bahaybat qoʻllari italiyalikning qoʻltigʻidan oʻtib, ensasida birlashdi.
Цirk suv quyganday jimib qoldi.
Polvonlar turgan joylarida qotib qolishdi — biroq ularning bunday turishi gʻoyat katta kuchni talab qilardi: shu tobda ularning tarang tortilgan mushaklarn hozir terisini yorib chiqadigandek tuyulardi. Velyaga yana zoʻr berdi. Italiyalikning qip-qizil yuzi koʻkarib ketdi. Ogʻriqning zoʻridan uning koʻzlari kosasidan chiqib, osilib qolgan tilidan soʻlak oqa boshladi.
— Qanday jirkanch-a! — deya xitob qildi Mariyetta va koʻzlarini yumib oldi.
— Velyaga uni oʻldirib qoʻyadi! — qichqirdi qoʻrqib ketgan opasi. — Pan rais, bu dahshat-ku axir!
— Menga desa, boʻynini uzib tashlasin! — deya javob qildi Dizma.
— Uyalmaysizmi, pan rais, — deya yana gapga aralashdi Mariyetta.
— U taslim boʻlishi mumkin, — dedi yelkasini qisib polkovnik.
Biroq italiyalik polvon taslim boʻlishni xayoliga ham keltirmasdi. U dahshatli ogʻriqqa bardosh berib, sira boʻsh kelay demasdi.
Velyaga ham buni tushundi. U vaqt tugayotganini koʻrib, nima qilib boʻlsa ham raqibini yengishga ahd qildi. .
U italiyalikni yon tomonga siltab, chalib yiqitdi-da butun ogʻirligi bilan bosib, kuragini yerga tekkizdi.
Hamma yoqni gulduros olqish tutib ketdi. Qiyqiruv chapakvozlik, minglab oyoqlarning tapir-tupuridan sud'yaning hushtagi va bosh arbitrning qoʻngʻiroq chalishi eshitilmay qoldi.
— Qoyil, yashavor Velyaga! — deya qichqirardn peshanasi ter qoplagan Dizma.
Bu orada polvonlar oʻrnilaridan turishdi.
Velyaga tomoshabinlarga ta’zim qila boshladi, Trakko esa sud'yalar kollegiyasining stoli oldiga borib, koʻkarib ketgan boʻynini ishqaganicha, nimanidir tushuntira ketdi.
Nihoyat gʻala-gʻovur tindi. Sud'ya sahna oʻrtasiga chiqib, e’lon qildi:
— Pol'sha chempioni Velyaganing Italiya chempioni Trakko bilan kurashi durang natija bilan tugadi. Velyaga raqibini taqiqlangan usul bilan yiqitdi. Shu boisdan ham jyuri...
Qiy-chuv koʻtarilib, sud'yaning keyingi soʻzlari eshitilmay qoldi.
— Yolgʻon! — Velyaga chalgani yoʻq!
— Yoʻqolsin gʻirrom sud'ya!
— Velyaga yutdi!
— Yoʻqolsin makaronxoʻr!
Nihoyat, sud'yalar kollegiyasining raisi soʻz oldi:
— Olishuv durang natija bilan tugadi, chunki Velyaga raqibini chalib yiqitdi. Ringdagi sud'ya ham, men ham buni aniq koʻrdik.
— Yolgʻon, chalgani yoʻq! — deya qichqirdi Dizma.
— Men emas, siz yolgʻon gapiryapsiz, — dedi jahl bilan sud'ya.
— Nima? — gʻazabi qaynab boʻkirdi Dizma. — Nima dedingiz? Men chalmadi deyapman. Men davlat gʻalla bankasining raisi boʻlaman. Hushtak tutgan anovi nusxadan koʻra menga koʻproq ishonish mumkin.
Цirkni gulduros qarsaklar tutib ketdi.
— Ofarin, ofarin!
— Toʻgʻri, aytyapti.
Shunda sud'yalar kollegiyasining raisi yana oʻrnidan turib, qichqirdi:
— Kurash natijasini tomoshabinlar emas, sud'yalar kollegiyasi hal qiladi. Olishuv durang bilan tugadi.
Butunlay oʻzini yoʻqotib qoʻygan Nikodim butun sirkka eshittirib oʻshqirdi:
— B... yebsan!
Uning gapi tomoshabinlarga katta ta’sir qildi. Yuqori qatorlardan gulduros olqishlar eshitilib, odamlar xaxolab kulishar, hozirgiia Dizma aytgan gapni baqirib takrorlashardi.
— Ketdik bu yerdan, — dedi Nikodim, — aks holda yorilib oʻlaman.
Ular sirkdan kula-kula chiqishdi.
— Endi chinakamiga mashhur boʻlasan, — deya gap qotdi Vareda.
— Qoʻysang-chi...
— Meni aytdi deyaver. Ertaga butun Varshava faqat shu haqda gapiradi. Mana koʻrasan. Odamlar oʻtkir soʻzni yaxshi koʻrishadi...
Ertasi kuni bu voqea haqida faqat gapirishibgina qolmay, balki barcha gazetalar uning tafsilotlari bilan yozib ham chiqishdi. Ba’zilar esa kecha qahramonining rasmini ham bosib chiqarishdi. Nikodim oʻzidan dargʻazab edi.
— Men toʻgʻri aytdim. Nega endi ular meni odobsiz odamga chiqarib qoʻyishyapti?
— Hechqisi yoʻq, arzimagan gap, — deya unga taskin berdi Kshepitskiy.
— Gʻazabimni qaynatib yuborishdi, ablahlar.
13-bob
Kroxmal'naya koʻchasi bu paytlarda doim boʻm-boʻsh boʻladi. Buning ajablanadigan joyi yoʻq: vaqt yarim tundan ogʻib qolgan boʻlib, bu yerning aholisi esa ishga joʻnash uchun ertalab soat oltida oʻrnidan turadi.
Darvozaxonalarning birida uch erkak allakimni kutishganicha devorga suyanib oʻtirishardi. Sirtdan qaraganda ular uxlab qolgandek koʻrinishadi, ammo papiroslarining ahyon-ahyonda miltirashiga koʻra ular uygʻoq edi.
Jeleznaya koʻchasi tomonidan kimningdir ogʻir qadam tashlab kelayotgani eshitildi. Erkaklardan biri emaklab borib, burchakdan moʻraladi-da, soʻng orqasiga qaytib shivirladi:
— Oʻsha.
Qadam tovushi borgan sayin yaqinlashib kelardi, bir minutdan soʻng darvozaxonadagi kishilar qora kuzgi pal'to kiygan past boʻyli baqaloqni koʻrib qolishdi,
Orqasidan kimningdir kelayotganini sezgan yoʻlovchi oʻgirilib qaradi.
— Gugurtingiz yoʻqmi mabodo? — deya soʻradi undan ozgʻingina malla soch yigit.
— Bor, — dedi javoban baqaloq va choʻntagini kovlay boshladi.
— Familiyangiz Bochekmi? — soʻradi kutilmaganda malla soch yigit.
Baqaloq unga ajablanib qaradi.
— Buni qayoqdan bilasiz?
— Qayoqdan deysizmi? Sen tilingni tiymagan tomondan, ablah.
— Nima gap oʻzi?
Baqaloq gapini tugata olmadi. Ogʻir musht uning burni bilan yuqori labini yorib yubordi; shu zahoti kimdir uning miyasiga urdi, kimdir bor kuchi bilan qorniga tepdi.
— Yo tangrim! — deya qichqirdi baqaloq va zovurga qulab tushdi. Uning miyasi gʻuvillab, ogʻzidan qonning shoʻrtang mazasi paydo boʻldi.
Haligi odamlar bu bilan cheklanishmadi. Ulardan biri baqaloqning ustiga engashib, qorni va koʻkragi aralash uraverdi, boshqasi trotuardan sakrab oʻtib, poshnasi bilan basharasiga tepdi.
Dahshatli ogʻriq Bochekning kuchiga kuch qoʻshdi. U semizligiga qaramay, sapchib oʻrnidan turdi-da:
— Qorovul! Qorovul! — deb dodlay boshladi.
— Ovozini oʻchir uni! — deya hansirab shivirladi malla soch yigit.
Sherigi Bochekning trotuarda yotgan shlyapasini olib, uning dabdalasi chiqqan basharasiga bosdi.
— Voy-dod... Yordam beringlar! — deya boʻgʻilib qichqirdi baqaloq.
Uzoqdagi chorrahada kimningdir qorasi koʻrindi.
— Jim! Franek, kimdir kelyapti.
— Voy-dod! Oʻldirishyapti!
— Nimayam qilardik, pichoq bilan tinchitishga toʻgʻri keladi.
Buklama pichoqning prujinasi shiqillab ochildi-da, uzun tigʻ naq sopiga qadar baqaloqning tanasiga sanchildi. Franek uning yana uch-toʻrt joyiga pichoq urdi.
— Tayyor boʻldi.
Yigit pichogʻini Bochekning pal'tosiga artib oldi. Ikki sherigi uning choʻntaklarini tintib, soati, pasporti va karmonini olishdi...
Bir zumdan soʻng Kroxmal'naya koʻchasi yana huvillab qoldi.
Velosiped mingan ikki politsiyachi — tungi patrul' bu koʻchaga burilganda tong ota boshlagan edi.
— Uni qara, — deya xitob qildi politsiyachilardan biri, — kimdir yotibdi!
— Mast boʻlsa kerak.
Ular velosipedlaridan tushib, halqob boʻlib qolgan qonni koʻrishdi-yu, darhol gap nimadaligini tushunishdi.
— Choʻchqaday chavaqlab ketishibdi-yu!
— Tomirini ushlab koʻr-chi.
— Sovib boʻlibdi.
— Obbo itvachchalar-ey! Komissariatga borish kerak.
Shu haftada uchinchi odamni soʻyib ketishlari.
Sovuq kuz yomgʻiri shivalay boshladi.
«Bugun tunda VIII komissariat patruli Kroxmal'naya koʻchasida elliklarga kirgan bir erkak murdasini topdi.
Tez yordam vrachi erkakning yurak xaltasi oʻtkir qurol bilan yorilgani, koʻp qon ketgani va miya suyagining singani sababli oʻlganini qayd etdi. Basharasi qattiq majaqlangani boisidan uning kimligini aniqlab boʻlmadi. Uning yonidan hech qanday hujjat topilmadi. Murda yorish uchun oʻlikxonaga joʻnatildi. U ichki partiya nizolarining qurboni boʻlgan, deb taxmin qilinyapti».
Dizma gazetani buklab, stolni cherta boshladi.
— Xoʻsh, men nimayam qila olardim? — dedi oʻziga oʻzi Nikodim yelkasini qisib.
Avvaliga Bochekning oʻlimi uning yuragiga gʻulgʻula soldi. U, politsiya meni albatta qidirib topadi, deb oʻyladi. Keyin marhum kechalari tushimga kirib chiqsa-ya, — deya qoʻrqa boshladi.
Lekin, boshqa tomonini olganda, oʻzi uchun xavfli boʻlgan bu odamning endi yoʻq boʻlgani, uning oʻlimi bilan hamma xavf-xatar bataraf etilgani haqidagi fikr asta-sekin qoʻrquvni yengib, oxiri Nikodimning dilidan oʻni butunlay quvib chiqardi.
Undan, banka pravleniyasining raisidan kim ham shubhalanardi, deysiz!
Bochekning oʻlimiga, u, ya’ni Dizma aybdormi? Hamma balo Bochekning oʻzidan chiqdi.
«Hammasiga oʻzi aybdor. Ahmoq... Mana oqibati...»
Kabinetga Kshepitskiy kirib, eshikni yopdi-da, sirli jilmayib dedi:
— Pan rans, bir mijozni qabul qilmaysizmi? Juda qiziq odam.
— Kim ekan u?
— Sizning yaxshi tanishingiz.
Dizmaning rangi dokaday oqarib ketdi; u sakrab oʻrnidan turdi-da, butun gavdasi qaltirab, titroq tovush bilan soʻradi:
— Kim?!
Uni qattiq vahima bosdi. Shu payt unga eshik ortida basharasi majaqlanib, qonga belangan Bochek kutib turgandek koʻrindi.
— Sizga nima boʻldi, pan rais? — deya soʻradi tashvishlanib Kshepitskiy.
Dizma yozuv stoliga tayandi.
— Mazangiz qochdimi?
— Kunitskiy.
— E-ha, Kunitskiy... Yaxshi...
— Uni qabul qilasizmi?
— Mayli, kirsin,
Kabinetga oʻsha-oʻsha pitrak va qizil yuz Kunitskiy yugurib kirdi. Dizma bilan ostonadayoq salomlashib, allanimalarni bidirlay ketdi.
Nikodim gap nimada ekanligini tushuna olmay, cholga bir minutcha merovsirab qarab turdi.
— Ha, azizim pan Nikodim, yoshimga yosh qoʻshilyapti-yu, lekin men qariyotganim yoʻq. Mana sizning ham koʻrinishingiz juda yaxshi. Xoʻsh, siyosat bobida qanday yangiliklar bor? Ishlaringiz qalay? Hamma turgʻunlik uchun soliqlardan shikoyat qilyapti, azizim: dastmoya soligʻi odamni pichoqsiz soʻyayapti axir. Ijtimoiy zarurat uchun olinayotgan soliqlarni aytmaysizmi! Kabinetingiz ajoyib ekan, juda did bilan jihozlanibdi... Azizim pan Nikodim, marhamatingizni ayamasangizu men bilan ponushta qilsangiz, qalay boʻlarkin? Ertalabdan beri tuz totganim yoʻq. Ajoyib kabinet! Men bilan Koborovoga joʻnamaysizmi, a? Toʻgʻri, havo aynigan, lekin hamma yoq osoyishta. Asablar dam oladi, keyin boyoqish Ninaning ham boshi osmonga yetardi — juda yolgʻiz bechora. Ikki-uch kunga borib kelsangizchi, a?
— Keyingi haftada borarman. .
— Rahmat, azizim, rahmat. Qani, yuring, nonushta qilaylik, boʻlmasam. Balki, «Baxus»ga borarmiz, a?
— Rahmat, borolmayman. Bugun knyaz' Rostotskiynikida nonushta qilishim kerak.
Bu yolgʻon kutilganidan ham ziyoda ta’sir koʻrsatdi. Kunitsqiy ogʻzining tanobi qochib, tanish-bilishlari tufayli unga qanday imkoniyatlar yaratilayotgani toʻgʻrisida gapira ketdi.
Soʻngra cholning bu yerga kelishidan maqsadi ham ma’lum boʻldi: u temir yoʻl shpallari haqida gap ochdi. Kunitskiy yaltoqlanib, bu ishdan koʻradigan foydasi haqida gapirar va anovi sud protsessi tufayli u, ya’ni Leon Kunitskiyga buyurtma berishni istamasalar, u holda ishni Nina Kunitskayaningʻ nomiga rasmiylashtirishi mumkinligini uqtirardi.
— Juda mushkul ish, — dedi javoban Dizma.
— Xe-xe-xe, qadrli pan Nikodim, bir imo qilsalar bas... Azizim, keling, oʻsha temir yoʻl ministri bila bir gaplashib koʻring.
Chol Nikodimning jon-holiga qoʻymay axiyri roz boʻlishga majbur qildi.
— Faqat shartnoma bir yoqli boʻlguniga qadar, bu yerdan ketmay turasiz; yodingizda boʻlsin, men bu ishda hech balo tushunmayman.
Kunitskiy boshi osmonga yetib, garchi Dizma kabi geniy uchun hech qanday yordamning kerak emasligiga ishonchi komil boʻlsa-da, zarur boʻlib qolsa, kerakli ma’lumotlarni berish uchun Varshavada qolajagiga pan raisni ishontirdi.
Kabinetga Kshepitskiy kirib, gapning beliga tepdi. Kunitskiy ertaga kelishini va’da qilib, Dizma bila xayrlashdi.
— Yulduzni benarvon uradigan chol-da, oʻziyam? — dedi uning ortidan Kshepitskiy.
— Nimasini aytasiz! — deya tasdiqladi Nikodim. — Uni chuv tushirish juda qiyin.
Kshepitskiyning uzun yuzi nafratomuz tabassumda burishib ketdi.
— Menimcha, pan rais, bunaqa olgʻirni oʻzidan epchilrogʻi chiqib aldab ketadi.
Dizma kulib yubordi. U oʻzini xuddi shunday epchillardan deb hisoblardi. Nazarida, hatto Kshepitskiy ha xuddi shunday oʻylayotgandek edi. Harqalay sekretarining iljayib turishi shundan dalolat berardi.
— Nimani oʻylayapsiz? — deya qiziqib soʻradi Dizma.
— Hozirgi kunda qulay fursatni qoʻldan boy bermaydigan kishilarninggina oshigʻi olchi ekanligini oʻylayapman, — dedi javoban Kshepitskiy.
— Qanaqa qulay fursatni aytyapsiz? Kshepitskiy boshini yuqori koʻtarib, ingichka kekirdagini qashidi-da, goʻyo shunchaki aytganday qilib dedi:
— Koborovo havas qilsa arziydigan joy-da.
— Nimasini aytasiz!..
— Hammagayam nasib boʻlavermaydi u.
Dizma bosh irgʻadi.
— Lekin Kunitskiyga nasib qilibdi.
— Balki... u sizga ham nasib qilar?
Pikodim sekretariga gumonsirab qaradi.
— Menga-ya?
— Hozirgi zamonda u yoq-bu yogʻini oʻylab oʻtirmaydigan odamlarning kuni tuqqan.
— Siz vijdonlilik xalal beradi, demoqchimisiz? Kshepitskiy darhol javob bermadi, u Dizmani diqqat bilan kuzatib turardi.
— Pan rais, — dedi u nihoyat har bir soʻzini tarozuga solib, — sizga nisbatan oddiy xayrixoh emasligimni oʻzingiz ham bilsangiz kerak?
— Ha, bilaman.
— Boʻlsaman, sizga ochigʻini aytay... Sizning foydangizni koʻzlayapman. Yashirmayman, oʻzimniyam unutayotganim yoʻq, albatta. Bizning zamonamizda tentak odamlargina yutqizadi.
Shunday deya Kshepitskiy xayolga choʻmdi. Dizma toqatsizlaiib, uni qistadi:
— Gapira, qolsangiz-chi, jin ursin sizni!
— Ochigʻini aytsam, jahlingiz chiqmaydimi, pan rais?
— Nima, meni ahmoq deb oʻylayapsizmi?
— Xudo saqlasin. Shuning uchun ham aytyapman-da...
Kshepitskiy stulni Dizmaga yaqinroq surib oʻtirdi.
Uning basharasidan jiddiy oʻyga tolgani sezilib turardi.
— Pan rais, Kunitskiyning xotini sizni hali ham sevadimi?
— Sevganda qandoq! Har kuni mana bunday xatlar yozadi.
Kshepitskiy Nikodimga engashib, qulogʻiga bir nimani shivirladi...
Ular bankadan chiqib, avtomobilga oʻtirishganida soat toʻrt boʻlay deb qolgan edi.
— «Voha»ga hayda! — deya qichqirdi Dizma shofyorga va sekretarining tizzasiga shapatiladi. — Kallangiz yaxshi ishlar ekan. Ishqilib, uddalasak bas.
— Nega, uddalamas ekanmiz, albatta, uddalaymiz! Demak, gap bitta, a? — dedi Kshepitskiy Dizmaga qoʻlini choʻzib.
— Boʻlmasam-chi! — shunday deya Dizma sekretarining qoʻlini mahkam qisib qoʻydi.
Oʻsha kuni kechqurun Nikodim Dizma temir yoʻl ministri injener Roman Pil'xenning uyiga bordi.
Ministr tabiatan vazmin, doim jilmayib turadigan, ozgʻingina, qora soch bir odam edi. U soʻzlarga kichraytirish qoʻshimchasini qoʻshib gapirishni yaxshi koʻrardi. Ministr va uning yahudiysimon malla soch xotini Dizmani samimiyat bilan kutib olishdi..
— Raisjon, azizim! — deya xitob qildi Nikodimni koʻrgan zahoti Pil'xen. — Sirkda xoʻp ajoyib soʻz aytibsiz-da! Iloyim chivincha chaqsin sizni! Kulgidan