tungi.ru

Muttahamning parvozi (II- qism) (9-bet)

darvozadan ichkari kirdi. Lekin zinapoyadan yuqori koʻtarilishi ancha qiyin boʻldi: u goʻyo ogʻir yuk koʻtargan odamdek arang qadam tashlardi.

— Rosa sillamni quritishibdi-yu, alvastilar!

Ignatiy unga kecha va bugun oʻnga yaqin odam yoʻqlab kelgani, bir necha marta sekretar' soʻragani, keyin pan rais qaytdimi, deya yigirma martacha qoʻngʻiroq qilganini gapirdi. Lekin hammasidan ham bir surbet joniga tegibdi. U soʻkinib toʻpolon koʻtaribdi va pan raisning uyda yoʻqligiga sira ishongisi kelmay, kvartiraga kirmoqchi boʻlibdi. Nuqul, oʻsha pan raisning mendan berkinib oʻtiribdi, dermish...

— Koʻrinishi qanaqa uning?

— Past boʻyli, baqaloq bir odam...

— Familiyasini aytdimi?

— Aytdi. Bonchekmidi, shunga oʻxshashidi…

— He, jin ursin, — deya soʻkindi rais. — U ablahning menda nima ishi bor ekan?!

— Agar yana kelsa, zinadan ketiga tepib tushirishim mumkin, — dedi Ignatiy.

— Hojati yoʻq.

Shu payt telefon jiringlab qoldi. Kshepitskiy qoʻngʻiroq qilayotgan ekan. U juda muhim ishlar borligini aytib, hozir oldingizga borsam maylimi, deya soʻradi.

— Biror gap boʻldimi?

— Yoʻq, hech gap boʻlgani yoʻq.

— Mayli, kutaman.

Nikodim Ignatiyga qora qahva hozirlashni buyurib, divanga yonboshladi.

U Kshepitskiyga grafinya Konespol'skayanikida boshidan kechirgan sarguzashtlarini aytish yoki aytmaslik haqida oʻylanib qoldi. Keyin buni sotqinlik deb hisoblashlari mumkin degan xayolga borib, oʻzini xavf-xatarga qoʻymaslikka qaror qildi.

Ignatiy xatlarni keltirdi. Bular shaxsiy maktublar boʻlib, sekretar' ularni ochib oʻqimasdi. Ninadan uchta xat va Kunitskiydan uzundan-uzoq telegramma kelibdi. Chol oʻz telegrammasida temir yoʻlga shpal yetkazib berish masalasi bilan shoshilinch ravishda, shugʻullanishni iltimos qilibdi. Chunki hozirgi kunda bu masala katta ahamiyatga molik boʻlib qolgan emish.

Dizma telegrammani oʻqib tugatmasdanoq xonaga Kshepitskiy kirib keldi. U gapni grafinya Konespinskaya bilan qilingan sayohat haqidagi hazildan boshlab, bir nechta latifa aytib berdi. Soʻng bankadagi ishlarning hammasi joyida ekanligini xabar qilib, gap orasida soʻradi:

— Pan rais, anovi Bochek kim boʻladi oʻzi?

Nikodim xijolat tortdi.

— Bochek deysizmi?

— Ha, ha, hoʻv bir marta kelgan semiz odam-da. U har kuni, goʻyo siz uni qabul qilajagingizga imoni komildek, surbetlik bilan bankaga kelyapti. U sizning eski tanishingizmi?

— Shunga oʻxshashroq.

— Menga u telba boʻlib koʻrindi.

— Nega?

— Oʻsha Bochekka sizning faqat juma kunlari qabul qilishingizni aytganimda, u toʻpolon koʻtardi. «Juma kuningga balo bormi, — deydi. — Pan raising juma kuni xohlagan odamini qabul qilaversin. Hali qarab turinglar, meni kiritmaganlaring uchun u sizlarning adabingizni beradi... Kim boʻlibdi oʻsha pan raislaring...» — deydi nuqul.

Dizma sholgʻomdek qizarib oʻtirardi.

— Yana nimalar dedi?

Kshepitskiy papiros tutatib, yelkasini qisdi.

— Janjalkash, qoʻpol odam ekan... U hatto, hali unga koʻrsatib qoʻyaman, deb poʻpisa ham qilib qoʻydi...

Nikodim qovogʻini solib toʻngʻilladi:

— Hm, shunaqa odam deng... Pan Kshepitskiy, agar u yana kelsa, oldimga kiritib yuboring... Juda tentak odam oʻzi... Doim shunaqa edi.

— Yaxshi, pan rais.

Kshepitskiy bu gapni odatdagi tovushi bilan aytdi, biroq Dizma uning yo biror narsani sezib qoltani, yoki ba’zi narsalarni aniqlamoqchi ekanligiga shubhalanmay qoʻygandi. Nikodim nima qilib boʻlmasin Bochekning ovozini oʻchirishga ahd qildi.

Kshepitskiy Dizmanikida ovqatlangaii qoldi. Suhbat Koborovo haqida borardi.

— Qishloqda yashash maza-da, hamma yoq jimjit, toza havo, — dedi xoʻrsinib Dizma.

— Bu deyman, Koborovo sizda yaxshi xotira qoldiribdi-ku, — deya gap qotdi Kshepitskiy. — Ha, ajoyib joy! Nima qilasiz choʻzib, Ninani eridan ajratib, unga uylanint-qoʻying.

— Agar Koborovo uniki boʻlganida-yu, jon deb uylanardim-a.

— Lekin rasman Koborovoning egasi Nina hisoblanadimi?

— Xoʻsh, shunday boʻlsa nima qilibdi? Kunitskiy undan hamma mulkka vakolatnoma olgan.

— Vakolatnomani bekor qilish mumkin.

Nikodim yelkasini qisdi.

— Lekin veksellarni bekor qilib boʻlmaydi-da.

Kshepitskiy xayolgʻa choʻmib, hushtak chala boshladi,

— Butun gap ana shunda! — gap qotdi Dizma. Kshepitskiy indamay hushtak chalaverdi.

— Ertaga qanday ishlar bor? — soʻradi Nikodim.

— Ertagami!.. Hech qanday? O yoʻq, Ha, darvoqe, sirkka taklifnoma bor. Hamma yoqda duv-duv gap: kurash boʻyicha jahon chempioni kelibdi — fmiliyasini unutibman..U Pol'sha chempioni Velyaga bilan kurash tushar ekan. Siz fransuz kurashiii yaxshi koʻrasizmi?

— Boʻlmasam-chi. Demak, boramiz-a? Soat nechada ekan?

— Sakkizda.

Dizma sekretari bilan xayrlashdi-da, uxlagani joʻnadi. U pijamasini kiya turib, boʻynidagi oltin yulduzni koʻrib qoldi. Nikodim uni darhol yechib, gugurt qutisiga soldi va yozuv stolining tortmasiga yashirib qoʻydi. Soʻng chiroqni oʻchirib, har ehtimolga qarshi choʻqinib oldi.

Uning xavotir olganicha bor ekay. Ertasi kuni soat birda Bochek hozir boʻldi. Uning ogʻzidan aroq hidi anqib turardi.

Dizma muomalasini oʻzgartirdi.

U Bochekning qoʻlini qisib, stul surib berdi-da, xushmuomalalik bilan, menda nima ishingiz bor edi, deya soʻradi. Shundan soʻng Bochek tortinib oʻtirmadi. U haddidan oshdi, hatto takallufsizlik qilib, ransning yelkasiga qoqib qoʻydi.

Gʻazabi qaynab ketgan Dizma stuldan sakrab turib oʻshqirdi:

— Yoʻqol! Ablah! Yoʻqol!

Bochek unga istehzo bilan qarab qoʻydi-da, oʻrnidan turdi.

— Hali shunaqami? Endi mendan koʻrasan, boʻlmasam. Sendaqa kattakondan oʻlgurdimu!

— Senga nima kerak oʻzi? Pul kerakmi, yaramas? — deya oʻshqirdi Dizma.

Bochek yelkasini qisib qoʻydi.

— Pul boʻlsa ham teshib chiqmaydi.

— Oʻ-oʻ... Ablah!..

Nikodim choʻntagidan yigirma zlotiy oldi-da, bir oz oʻylanib turgach, yana bitta yigirmatalik chiqardi.

— Nega achchigʻlanyapsiz, pan Nikodim, — deya gap boshladi murosasozlik bilan Bochek, — axir sizga yomonlik qilayotganim yoʻq-ku!

— Yomonlik qilmaganmish-a... Nega sekretarning oldida valdirading boʻlmasa?

Bochek stulga oʻtirdi.

— Pan Nikodim, bir-birimizni payimizni qirqmay tinchgina yashasak boʻlmaydimi? Siz menga yordam berasiz, men esa sizga yomonlik qilmayman...

— Axir seni ishga kiritib qoʻydimu!

— Shuyam ish boʻldi-yu, — dedi yelkasini qisib Bochek, — qandaydir toʻrt yuz zlotiy deb sakkiz soat mashaqqat chekasan. Buning ustiga gumbir-gumbirini aytmaysizmi. Yoʻq, bu ish menga toʻgʻri kelmas ekan.

— Balki, seni ministr qilib tayinlash kerakdir, a? — deya iljaydi Dizma.

— Kulmang, pan Nikodim, sizni pravleniye raisi qilib tayinlashdimi axir?

— Chunki mening kallam bor, tushundingmi — kallam!

— Hammaniyam oʻz kallasi bor. Menimcha, siz rais boʻlib turgan bir paytda, sobiq boshligʻingiz boʻlgan menday odamning oyiga sakkiz yuz zlotiydan kam maosh olishi uyat boʻlsa kerak.

— Esingni yedingmi, Bochek? Sakkiz yuz zlotiy-a... Senga kim beradi bunday maoshni?

— Ayyorlik qilmang! Siz istasangiz bas — shunaqa odamlar topiladi.

Dizmaning koʻzlarida nafrat uchqunlandi. U bir qarorga kelib qoʻygan edi.

— Hay, mayli, pan Bochek, sizni... hm... davlat vino omborlari direktorining oʻrinbosari qilib tayinlashga toʻgʻri keladi... Xohlaysizmi shu ishni?

— Mana bu boshqa gap. Ehtimol, kvartira ham berishar. Axir oilamni koʻchirib kelishim kerak.

— Kvartira ham berishadi, albatta. Toʻrt xonali, juda yaxshi kvartira. Oshxonasi ham bor. Isitish va elektr quvvati uchun haq toʻlanmaydi.

— Maoshi-chi?

— Maoshi ming zlotiyga yaqin.

Toʻlqinlanib ketgan Bochek oʻrnidan turib, Dizmani quchoqladi.

— Eh, pan Nikodim, siz bilan biz hamshaharmiz axir, demak, bir-birimizga yordam berishimiz lozim.

— Albatta...

— Men doim sizga doʻst boʻlganman. Ba’zi birovlar, xaromi, tashlandiq bola, deb sizdan oʻzini chetga olardi.

— Bas qil, jin ursin seni!

— Aytyapman-ku, ba’zi birovlar deb... E-e, nimasini aytay, butun Liskov sizni yomon koʻrardi, ammo men sizni hatto uyimda ham qabul qilardim.

— Shu ham katta ish boʻldi-yu, — deya burnini jiyirdi Dizma.

— Bir vaqtlar katta edi, — dedi loqaydlik bilan Bochek, — bahslashishdan nima foyda?

Nikodim qovogʻini soldi. Unga hammasidan ham tashlandiq ekanligini eslatganlari alam qildi. Shunda u birdan oʻzi bilan Bochek ikkoviga Varshava torlik qilib qolganini aniq his etdi... Ha, faqat Varshava ham emas.

Eh-a, agar sobiq yordamchisining dilida nimalar kechayotganini bilganida edi! U sirayam quvonmagan boʻlardi.

— Gap bunday, pan Bochek, — dedi Dizma, — bor hujjatlaringizni olib ertaga keling. Chunki sizni bu ishga joylashtirib qoʻyishning oʻzi boʻlmaydi. Sizni direktor oʻrinbosari lavozimiga loyiq ekailigingizni isbotlamoq uchun ancha yelib-yugurishga toʻgʻri keladi.

— Gʻoyat minnatdorman, pan Nikodim. Bu ishingizdan keyin oʻzingiz ham xursand boʻlasiz.

— Xursand boʻlishimni oʻzim ham yaxshi bilaman, — deya toʻngʻilladi Nikodim. — Endi yana bir narsani aytib qoʻyay: bu haqda hech kimga ogʻiz ochmang, aks holda bu ishning ishqibozlari koʻpayib ketadi. Tushundingizmi?

— Tushundim, albatta.

— Boʻlmasam gap tamom. Ertaga oʻn birga kelasiz. Shu payt eshik taqillab, ostonada Kshepitskiy paydo boʻldi.

Bochek Dizmaga quvlik bilan koʻz qisib qoʻydi-da, iloji boricha besoʻnaqay gavdasini egib, ta’zim qildi.

— Salomat boʻling, pan rais. Hammasini bajo qilaman.

— Xayr, ketaverishingiz mumkin.

Nikodim Kshepitskiy olib kelgan qogʻozlarni koʻzdan kechirayotgan kishi boʻlib, zimdan Bochekni kuzatayotgani ni payqab qoldi.

— Xoʻsh, nima gap, pan Kshepitskiy?

— Hammasi joyida, pan rais. Mana, sirkka taklifnoma.

— Darvoqe. Demak, borar ekanmiz-da.

— Grafinya Charskaya qoʻngʻiroq qilgan edi, unga sizning bandligingizni aytdim.

— Afsus.

— He-he-he... Tushunaman. Bu opa-singil Charskayalar juda ketvorgan qizlar-da... Bultur deng...

U gapini tugata olmadi, chunki shu payt kabinetga Vareda otilib kirdi.

— Salom, Nikus'! Qayoqlarda gʻoyib boʻlib yuribsan?

— Yaxshimisan, Vatsus'? Kshepitskiy ta’zim qilib, chiqib ketdi.

— Bilasanmi, oldingga kirishimning sababi bor — snrkka bormaysanmi? Dunyoda eng kuchli odam Trakko kelibdi, bizning chempionimiz Velyaga bilan kurash tusharmish.

— Oʻzim ham bormoqchi boʻlib turuvdim.

— Qoyil! — Vareda Dizmaning tizzasiga shapatiladi. — Barcha ulfatlar yigʻiladigan boʻldik: Ushitskiy, Lyanitskiy, Romanovich...

Telefon jiringlab qoldi.

— Allo!

Kshepitskiy yana grafinya Charskaya qoʻngʻiroq qilayotganini aytib, ulaymi, yoʻqmi, deya soʻradi.

— Ulayvering... Allo!.. Ha, menman, yaxshimisiz?

Nikodim trubkani kafti bilan yopib, Varedaga shivirladi:

— Grafinya Charskaya!

— Bay-bay, bay-bay... — bosh chayqadi javoban polkovnik.

— Yoʻgʻ-e, nimalar deyapsiz, sira xalal berganingiz yoʻq. Aksincha, gʻoyat xursandman.

Nikodim trubkani boʻyniga qistirib, Vareda uzatgan papirosni tutatdi.

— Kechirasiz, adabiyotdan hech baloni bilmayman... Chin soʻzim... Qachon dedingiz? Xoʻp, yaxshi... Opangizning sogʻliqlari qalay?.. Hm... Bilasizmi, men ham. Lekin bu haqda telefonda gaplashmaganimiz ma’qul... Teatrga, deysizmi?.. E-e-e... Men bilan sirkka bormaysizmi? Yoʻq, bugun dunyoda eng kuchli odam kurash tushar ekan... Otimi?.. Vatsek, uning oti nimaydi? Italiyalik Trakko... Yoʻq, oldimda doʻstim Vareda oʻtiribdi.

— Nikus', unga mendan salom deb qoʻy.

— Sizga salom deyapti... Boradi, albatta... Demak kelishib oldik-a... Sizni oʻz mashinamda ola ketaman... Xayr.

Nikodim trubkani joyiga qoʻydi-da, jilmaydi.

— Eh, xotinlar, xotinlar...

— Borishadigan boʻlishdimi? — soʻradi polkovnik.

— Albatta!

— Boʻlmasa, yur, ovqatlanib olaylik.

— Kshepitskiyni ham ola ketamiz.

— Oʻzing bilasan, — deya rozi boʻldi Vareda.

Ular restoranda Ulyanitskiyni uchratib qolishdi-yu, oʻyin-kulgi qizib ketdi.

— Bul'dog bilan laycha haqidagi latifani bilasizlarmi?

— Ehtiyot boʻl! — deya ogohlantirdi uni Vareda. — Kimda-kim eski latifani aytib bersa, bir shisha kon'yak yutqazadi.

— Oʻpkangni bos, Vatsus', — dedi jiddiy ohangda Ulyanitskiy. — Bu qonunni joriy etgan odam kaminaning oʻzi boʻladi. Xoʻp, eshitinglar. Marshalkovskayaning burchagida bir iskovuch it oʻtirgan ekan.

— Sen bul'dog degan eding-ku...

— Boshimni qotirmasang-chi. Shunday qilib, iskovuch oʻtirgan ekan. Saksonskiy bogʻidan bahaybat bul'dog it yugurib chiqibdi...

Dizma oʻrnidan turib, mingʻirladi.

— Meni kechirasizlar...

— Nima, sen bu latifani eshitganmiding? — deya soʻradi Vareda.

Nikodim latifani eshitmagan boʻlsa-da:

— Ha, eshitgandim, — deya javob qildi.

U shosha-pisha pal'tosini kiyib, shveysar ochib turgan eshikdan yugurib koʻchaga chiqdi.

Shofyor motorni oʻt oldirdi-da, mashina eshigini ochdi.

— Siz uyga ketavering, — dedi shofyorga Dizma.

U mashinani joʻnab ketishini kutib, bir oz turdi-da, soʻng Belyanskaya koʻchasi tomon ozgina yurib taksiga oʻtirdi.

— Korol'kova bilan Vol'skaya chorrahasiga haydang.

Bir vaqtlar «Fil» mayxonasida mandolina chalib yurgan kezlari Nikodim bu yerga oshnalari va tasodifiy tanishlari bilan tez-tez kelib turardi. Mayxona shinavandalari saxiyliklari tutib ketgak paytda butun orkestrni ham uylariga taklif qilguchi edi.

Tor va uzun Korol'kova koʻchasida bunday mayxonalardan bir nechtasi bor edi.

Avtomobil' aytilgan chorrahaga yetib bordi. Nikodim mashinadan tushib, shofyorning haqini toʻladi-da, joʻnab ketgach, Korol'kova tomon burildi.

Koʻchaning ikki chetida bir-biriga oʻxshab ketadigan fabrika korpuslari qad koʻtargan edi. Ba’zi joylarga taxta devor oʻrnatilgan boʻlib, yogʻoch uylar qaqqayib turardi. Ularning derazalaridagi sargʻish darparda ortidan xiragina lampochkalar miltillab koʻrinardi. Bu uylar ishchilar uchun qurilgan pivoxonalar edi. Pivoxonalar bir-biriga shu qadar oʻxshab ketardiki, ularni bir-biridan ajratib boʻlmasdi.

Nikodim tanish yoʻldan adashmay bordi-da, torgina eshikni oyogʻi bilan turtib ochdi. Shu zahoti burniga tuzlangan karam bilan pivoning nordo hidi urildi. Xonaning yarmini old tomoniga oq parda tutilgan vitrinaga oʻxshash keng peshtaxta egallagan edi. Gʻisht yotqizilgan polga yangigina qirindi sepilgandi. Yashil parda ortidan garmonika bilan gʻijjak sadolari eshitilib turardi. Peshtaxta ortidan qovogʻi soliq qizil yuzli erkak bilan yoshi oʻtib qolgan ikki ayol turardi. Zalda faqat ikki stol band edi.

Nikodim peshtaxta oldiga bordi.

— Kattasidanmi? — soʻradi xoʻjayin.

— Quyavering, — deya javob qildi Dizma.

U stakandagi aroqni ichdi-da, tuzlangan baliqqa qoʻl choʻzdi.

— Xoʻsh, pan Malinovskiy, ishlar qalay?

— Yomon emas, asta-sekin qimirlab yotibmiz.

— Ambrozyak, garmonchi Ambrozyak hali ham sizda ishlaydimi?

— Nimaydi? — hushyor tortib soʻradi xoʻjayin.

— Yana bitta quying, — dedi Dizma va xoʻjayin uzatgan aroqni simirib, tuzlangan qoʻziqorinni gazak qildi.

— Nahotki, meni tanimayotgan boʻlsangiz, pan Malinovskiy?

— Bu yerga juda koʻp odam kelib ketadi... — dedi loqaydlik bilan mayxona egasi.

— Mening otim Pizdray. Panskayadagi «Fil» qovoqxonasida ishlardim.

— Panskayada deysizmi?

— Ha. Mandolina chalardim. Otim Pizdray.

Xoʻjayin Dizmaning iltimosini kutib oʻtirmay, stakanga yana aroq quydi.

— Ha, ha tanidim... Xoʻsh, ishlar qalay?

— Yomon emas...

Nikodim aroqni ichdi.

— Ambrozyak u yoqdami? — deya soʻradi u boshi bilan parda tomonga ishora qilib. — U mening oshnam boʻladi.

— Oʻsha yerda, — deya loʻndagina javob qildi xoʻjayin.

Nikodim tishkovlagichni ogʻziga tiqdi-da, uch-toʻrt qadam yurib, chit pardani ochdi.

Parda ortida odam koʻp edi, orkestr, chamasi birontaning zakazi boʻyicha boʻlsa kerak, uzoq chaldi.

Biroq garmonchi Dizmani darhol tanidi. Shu boisdan ham u tango kuyini chalib boʻlishgach, Nikodimning oldiga keldi.

— Yaxshimisiz, Pizdray!

— Salomatmisiz! — quvnoq javob qildi Dizma. — Pan Malinovskiy, bizga ikki krujka pivo bering.

— Eski oshnalar uchrashib qolgani uchun bir ryumkadan dorisi ham boʻlsin, — deya qoʻshimcha qildi garmonchi.

Ichishdi.

— Biror ishingiz bormi? — soʻradi Ambrozyak. Nikodim bosh irgʻadi.

— Hozir qayerda ishlayapsiz?

— Qishloqda, — javob qildi Dizma bir oz oʻylanib turgach.

— Tirikchilik qilsa boʻladimi?

— Boʻladi.

— Xoʻp, ishingiz bor ekan, bir chetga oʻtaylik boʻlmasa.

Ular krujkalarnni qoʻlga olib, deraza oldiga borishdi.

— Ambrozyak, — deya gap boshladi Dizma, — menga bir oshnachilik qilishingiz kerak.

— Oshnachilik deysizmi?

— Menga yulduzni narvonsiz uradigan yigitlardan uch-toʻrttasi kerak.

— Qaltis ishmi? — tovushini pasaytirib soʻradi garmonchi.

Nikodim stulda chayqalib qoʻydi.

— Bir nusxa payimni qirqyapti.

— Durustroq kishimi? — deya qiziqsindi Ambrozyak.

— Qayoqda... Arzimagan odam.

— Nima? Gumdon qilish kerakmi?

Nikodim yelkasini qashidi.

— Yoʻq, nega endi, valdiray bermasligi uchun ovozini oʻchirib qoʻyish kerak.

Garmonchi aroqni ichib, polga tupurdi.

— Boʻpti, toʻgʻrilaymiz, lekin bu ishdan yuz zlotiyning hidi kelyapti, Ehtimol, yuz yigirma zlotiy ham ketar.

— Bu yogʻidan koʻnglingiz toʻq boʻlsin, — deya oshnasini ishontirdi Dizma.

Ambrozyak bosh irgʻab, oʻrnidan turdi-da, parda orqasida gʻoyib boʻldi. Dizma kuta boshladi.

Garmonchi bir ozdan soʻng mitti koʻzlari chaqnab turgan ogʻzingina malla soch bir yigitni boshlab keldi.

— Tanishinglar: mening oshnam Pizdray, Franek Lgvandovskiy.

Malla soch yigit tomirlari oʻynab chiqqan, gavdasiga nomunosib besoʻnaqay qoʻlini uzatdi.

— Kim oʻldi? — deya soʻradi u.

— Shunchaki bir ish bor... — dedi xayolga choʻmib Dizma.

— Ish bor ekan, demak tomoqni hoʻllash kerak.

Nikodim xoʻjayinni chaqirdi.

— Pan Malinovskiy, bir shisha tozasi bilan choʻchqa goʻshtidan keltiring.

Ambrozyak mallaga engashdi.

— Pan Franek, kimlarni olmoqchisiz?

— Antek Klyavish bilai Qaynatani olsam deyman.

— Faqat uch kishi boʻlasizlarmi? — deya shubhalanib soʻradi Dizma.

— Nima? Juda kuchlimi?.. Tullaklardanmi yoki xommi?

— Xom. Qishloqdan kelgan... Oʻlguday semiz.

— Toʻgʻrilaymiz, — dedi bosh irgʻab Franek. — Kechirasiz, oʻzlari kim boʻladilar?

— Bu bilan nima ishing bor, Franek? — deya gapga aralashdi Ambrozyak. — Mening oshnam deyapman-ku, shu yetmaydimi senga? Nega hamma ishga tumshugʻingni tiqaverasan?

— Tumshugʻimni tiqayotganim yoʻq, shunchaki qiziqdim, xolos. Boʻpti, gapiring.

Nikodim stolga engashib, tushuntira boshladi.

Levandovskiy bilan garmonchi hafsala bilan ichishmoqda edi. Dizma ham ulardan qolishmasdi. Xoʻjayin buyurishlarini kutib oʻtirmasdan boʻsh shishani olib, oʻrniga yana bitta yarimtalik va sovuq kotletlar bilan tuzlangan bodring keltirib qoʻydi. U bironta odam Levandovskiy bilan «gaplashganida» ish aroqsiz bitmasligini yaxshi bilardi.

Ambrozyak orkestrga chaqirishganlari sababli bir necha marta oʻrnidan turib, yana qaytib keldi. Xoʻjayin gaz chiroqni yoqdi. Eshik tinimsiz ochilib turardi, pivoxona odamga toʻlayotgandi.

Koʻpchilik Levandovskiy bilan salomlashar, u esa javoban beparvogina bosh irgʻab qoʻya qolardi.

Dizma Levandozskiy toʻgʻrisida koʻp eshitgandi. Biroq Nikodim butun Volya bilan Chistoyega vahima solgan bu mashhur kallakesarning yosh bolaga oʻxshagan bir yigit ekanligini xayoliga ham keltirmagandi. Harqalay, Dizma ishni ishonchli qoʻllarga topshirayotganini yaxshi bilardi.

Nikodim yeb-ichilgan narsalarning haqini toʻlab, Franekka sekingina yuz zlotiy qistirganida soat sakkiz boʻlgan edi.

— Eng muhimi — choʻntaklarini yaxshilab qaranglar, biror nishona qolmasin, — dedi Dizma Franek bilan xayrlashayotib uning tomirlari oʻynab chiqqan qoʻlini qisar ekan.

Ambrozyak Nikodimni eshikka qadar kuzatib chiqib, Franekning «mixday yigit» ekanligini aytdi-da, oʻn zlotiy qarz soʻradi. Soʻng Dizma bergan pulni choʻntagiga sola turib, istehzo aralash dedi:

— Qishloqda rosa ishlayotganga oʻxshaysiz. Pul degan narsa serob koʻrinadi!

— Ishim yomon emas.

Koʻcha boʻm-boʻsh edi. Dizma Vol'skayaga chiqib, tramvay kuta boshladi. Koʻp oʻtmay toʻqqizinchi ham keldi.

Цirkda odam qaynardi. Gʻovur-gʻuvur ichida u yoqdan-bu yoqqa yelib yurgan bolalarning ovozi eshitilib turardi:

— Shokolad, limonad, pechen'e!

Nikodim opa-singil Charskayalar bilan sirkka kirib kelgan ham ediki, orkestr marsh chalib, polzonlar maydonga saf tortib chiqishdi.

Ular oʻnta boʻlib, barchasi norgʻul, mushaklari boʻrtib chiqqan, boʻyni buqanikiga oʻxshash yoʻgʻon, triko kiygan badanini jun bosgan edi. Ular safni buzmay maydonni aylanib

O‘xshash hikoyalar