Muttahamning parvozi (II- qism) (8-bet)
rohiba qullik rohatini his etishi va Iroda Sultoni, Yulduz Ustozi, Aql Manbai boʻlgan Buyuk Oʻnuchinchini qidirib topadigan bibi-himoyatgoʻyni saylashlari lozim ekan.
Qogʻozda yozilishicha, tanlangan odam gʻoyat zoʻr iste’dod sohibi boʻlishi kerak emish. U serfazilat va dono odam boʻlmogʻi va eng muhimi, bukilmas iroda egasi va jisman barkamol boʻlishi kerak ekan.
Buyuk Oʻnuchinchi oʻz vazifasini uch yil davomida bajarar, shundan soʻng uning oʻrniga boshqa odam tanlanar ekan, Shu paragrafda Buyuk Oʻnuchinchi rohibalarga istagan ishini buyurishi va itoatsizlarni jazolash huquqiga ega ekanligi bayon etilgandi. Loja sirlarini oshkor etgan odam oʻlim jazosiga hukm etilar ekan.
Soʻngra marosimlar tasvirlangan boʻlib, unda ruhan va jisman qoʻshilish, may ichish, ibodat qilish va marhumlar bilan suhbatlashish toʻgʻrisida gap borardi.
Oxirida mazkur ordenni jodugarlik va duoxonlik bilan chalkashtirmaslik lozimligi haqida eslatma berilgan edi.
Nikodim qogʻozlarni dastaladi-da, oʻylanib qoldi.
Buning ins-jinslar bilan bogʻliq boʻlgan qandaydir uyushma ekanligʻi turgan gap edi. U Varshavadan chiqmasdan burun bu gaplarni bilganida qani endi. He-he! U holda oʻnta grafinya ham uni bu yerga olib kelolmasdi. Hozir boʻlsa...
Agar yoʻq desa, kim bilsin, bu «rohibalar» uni nima qilishadi... Ular Nikodimni oʻz sirlaridan voqif qilib boʻlishdi, endi ular Nikodim sirni oshkor etishidan choʻchib, biror baloga giriftor etishlari ham mumkin. Bu yerda sirni oshkor qilgan odam oʻlim jazosiga hukm etilajagn koʻrning hassasiday qilib yozib qoʻyilibdi.
— Qayoqdanam ilashdim bu alvastilarga!
Nikodim qoʻllarini choʻntagiga tiqib, xonada u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. Keyin u, ish men oʻylaganchalik chatoq boʻlmasa kerak, deb oʻylab qoldi. Axir lojaning boshligʻi oʻzi boʻlib, barcha buyruqlarni ham oʻzi beradi-da. Balki bir sinab koʻrish kerakdir?
Harqalay, zaharlanib oʻlish yoki ins-jinslarning qargʻishiga uchrashdan koʻra shu ham afzal edi.
Nikodim bu gʻalati taklifni qabul qilishga moyil boʻlib qoldi. U, bir koʻngli, u yogʻi nima boʻlishiga qiziqayotgan edi. Dizma Oʻnuchinchilik vazifasini uddalay olmasligidan choʻchimasdi, haligi qogʻozning bir joyida ustoz faqat lojaning ma’naviy dohiysi hisoblanishi, aslida barcha ishlar va marosimlarni tashkil etishga bibi-himoyatgoʻy rahbarlik qilajagi yozilgan edi.
Soat yettiga bong urib, eshik taqillaganida Dizma bir qarorga kelib qoʻygan edi.
Uning oldiga Stellaning yolgʻiz oʻzi kirishidan Nikodim bir oz xavotirga tushib qoldi. Chunki koʻzlari doim kulib turadigan, quvnoq va serharakat grafinyaning oʻzini tutishidan bu ish juda oddiydek tuyulardi. Qora soch Stella esa nimasi bilandir juda ayyorga, buning ustiga aqlli, qattiq qoʻl ayolga oʻxshardi.
U ichkari kirib eshikni qulfladi. Shunda Nikodim oʻzini jin koʻchada tayoq ushlab turgan qaroqchiga duch kelgan odamdek his etdi.
— Soat yetti boʻldi, — dedi Stella tovushi doʻrillab.
— Darrov-a? — Dizma jilmaydi. — Vaqtni tez oʻtishini qarang-a!
— Qanday qarorga keldingiz? Xudoning amriga qarshi chiqmassiz, ishqilib?
— Yoʻq, qarshi chiqmayman.
— Demak, men Buyuk Oʻnuchinchi oldida, oʻz sultonim va hukmronim qarshisida turgan ekanman-da.
Stella shunday dedi-yu, boshi yerga tekkuday boʻlib ta’zim qildi. U shu qadar past egildiki, semiz otning sagʻrasiday lorsillagan keti toʻmpayib chiqdi.
Soʻngra u qaddini rostladi-da, Dizmadan lotinchalab allanimani soʻradi va javob kutib, unga tikilib qoldi.
Yana sarosimaga tushib qolgan Nikodim:
«Obbo, rosa tirgʻildi-yu bu alvasti!» — deya xayolidan oʻtkazdi.
Panna Stella bir minutcha kutib turgach, yana lotincha savolini takrorladi. Biror narsa deb javob berishdan boʻlak chora qolmagan edi. Nikodim gimnaziya va nbodatxonada eshitgach biror lotincha iborani eslashga zoʻr berib urina boshladi. Soʻng birdan yengil tortib, msh oldi:
— Terra est rotunda .
Dizma bu gapning ma’iisini eslayolmasdi. Uning berilgan savolga aloqador yoki aloqador emasligini tasavvur qilish haqida gapirmasa ham boʻlardi. Nikodimning peshanasiga sovuq ter chiqdi, biroq u lotinchalab javob berganidan juda mamnun edi. Boz ustiga ancha oʻrinli javob berganga oʻxshaydi, chunki Stella yana ikki bukilib, ta’zim qildi-da, qoʻllarini qovushtirib, doʻrilladi:
— Amring vojib boʻlgʻay, ustoz.
Soʻngra eshikni ochib, odatdagi tovushi bilan ovqat tayyorligini aytdi.
Dasturxonga qoʻyilgan taomlar juda totli va serob edi. Dizma faqat stolga vino qoʻyilmaganidan ajablandi. Grafinya Charskayalardan biri kayfiyatni yaxshilash uchun biror qultum sharob talab qilgan edi, Konespol'skaya jilmayib dedi:
— Yoʻq, oltinginam, hozir emas. Bir oz sabr qilasan.
Hammasining kayfiyati jiddiy edi. Xonimlar qizarib oʻtirishardi, ba’zilari hayajonining zoʻridan tuz ham totishmasdi. Ular Dizmaga bezovtalanib tikilib oʻtirishardi.
Mehmonlar qahva ichish uchun buduarga oʻtishgach, xizmatkorlar tarqab ketishdi. Shundan soʻng Konespol'skaya qoʻshni xona eshigini ochib, gaplarini hech kim eshitmayotganligiga imoni komil boʻlgach, Stellaga qarab imo qildi. Hamma jimib qoldi. Stella oʻrnidan turib, gap boshladi:
— Qadrli dugonalar, sizlarni rohiba egachilarim deb atamasimdan oldin barchangizning, jumladan sening ham, ustoz, — shunday deya u Dizmaga qarab ikki bukilib ta’zim qildi, — xona-xonalaringizga tarqalishingizni iltimos qilaman. U yerda sizlar qoq yarim tunda boshlanadigan buyuk misteriyaga jisman va ruhan tayyorlanish uchun xayolot ogʻushida boʻlishingiz lozim. Sizlar yolgʻiz qolib, turmush tashvishlarini miyangizdai chiqarib tashlashingiz, xonalarda hozirlab qoʻyilgan oq jubbalarni kiyib olishlaringiz darkor. Tayyor boʻlganingizdan soʻng meni kutmogʻingiz kerak, men har biringizni alohida chaqirib kelaman. Tarqalinglar va hozirlik koʻringlar.
Shunday deya u eshik tomon yoʻl olib, ostonada Dizmaga ta’zim qildi-da, gʻoyib boʻldi. Boshqalar ham xuddi shunday qilishdi. Konespol'skaya Dizmani unga ajratilgan xonaga kuzatib qoʻydi va bosh irgʻab xayrlashdi.
«Yana nima balolarni boshlayapti ular! Chamasi, ins-jinslarni chaqirishsa kerak», — deya xayolidan oʻtkazdi Dizma va atrofga alangladi. Nikodim, bu xonada biror gʻaroyib narsaga duch kelsam kerak, deb oʻylagandi. Biroq yanglishibdi: yozuv stolidagi qora chamadonni hisobga olmaganda, hamma narsa oddiygina edi.
Toʻyib ovqatlanganidan uni mudroq bosdi, Nikodim ahvolni bir oʻylab koʻrish uchun kushetkaga choʻzildi.
U boʻlajak tungi marosimdan choʻchinqirab turardi. Bu ishlarda oʻzining qanday rol' oʻynashini u tasavvur ham qilolmasdi. Xoʻsh, unga qanday vazifa yuklasharkin? Tugʻri, Nikodim u yerda boshliq boʻladi, lekin bu mochagʻarlar boshliqdan nimalarni talab qilishlari mumkin!.. Axir ular hamma narsani talab qilishlari mumkin: iblis chaqir, deyishsa-chi?
— Tuf-e! — deya gilamga tupurdi Nikodim.
Shu payt uning miyasiga bu mashmashalardan kasallikni bahona qilib qutulish mumkin degan fikr keldi. Masalan, bod kasalini roʻkach qilishi mumkin. Bir marta, Koborovoda, shu kasalni bahona qilib qutulgan edi.
Dizma Koborovoni eslab, ta’sirlanib ketdi. U yerda qanday osoyishtalik, ovqatini aytmaysizmi, hech qanday ish yoʻq... Keyin Nina... U oʻpishini qanday yaxshi koʻrardi-ya!
Nikodim, ayniqsa, Kasya joʻnab ketganidan soʻng Koborovodagi hayotim juda ajoyib boʻlib qoldi, deb oʻyladi. Kunitskiy anovi proyektini unga aytib nima qilardi-ya! Oʻsha proyekti tufayli bankaga rais boʻlib qoldi...
«Qoʻy, oshna, nolima... Aslini olganda noliydigan joyi ham yoʻq», — iljayib qoʻydi oʻzicha Nikodim.
Aqli borgan sari oʻtmaslashib borardi. Nikodim haligi ovqatdan boʻshashib, uxlab qoldn.
U qattiq uxlab qolganidan eshikning taqillaganligi ham, Stellaning qadam tovushlarini ham, chamadon qulfining sharaqlab ochilganini ham eshitmadi. Faqat Stella uning yelkasidan ushlab silkiganidan keyingina koʻzini ochdi.
U darhol hammasini esladi. Stella unga astari qizil shoyi xalatga oʻxshash bir kiyim uzatdi. Nikodim sakrab turib, koʻzlarini ishqadi.
— Vaqt boʻldi, ustoz! — deya shivirladn Stella.
— Vaqt boʻldimi?
— Ha. Hamma kutyapti. Tezroq jubbani kiyib oling.
— Sizning oldingizda-ya? — ajablanib soʻradi Nikodim.
— Yoʻq, men chiqib turaman. Hamma kiyimingizni yeching-da, jubba bilan shippakni kiyib oling.
Juvon unga tumshugʻiga oltin yulduz tikilgan mayin tuflini uzatib, xonadan sekingina chiqib ketdi.
Dizma bir soʻkinib qoʻydi-yu, biroq tezgina kiyindi, ikki-uch minutdan keyin tayyor boʻldi. Jubba bilan shippak unga bir oz kattaroq keldi. Yalangʻoch badanga kiyilgan sovuq shoyi uning uyqusini butunlay qochirib yubordi.
Nikodim oynaga qarab, jilmayib qoʻydi. Jubba uning tovonigacha tushar, ochiq chokli yengi va keng yoqasi juda gʻalatn koʻrinardi.
Yana Stella paydo boʻldi. U Nikodimning qoʻlidan tutdi-da, indamay qorongʻi koridordan boshlab ketdi. Hamma yoq jimjit edi. Ular koridordan ancha yurib, zinadan pastga tushishdi va yana koridordan chiqib qolishdi. Stella koridor oxiridagi eshik oldida toʻxtab, uni uch marta taqillatdi. Eshik ohista ochildi. Ular qorongʻi xonaga kirishdi. Eshik yopilib, qulf sharaqlagach, Konespol'skayaning tovushi eshitildi:
— Hammasi joyida. Eshiklar qulflandi. Xizmatkorlarga ertaga tushgacha kelmaslikni buyurdim.
— Yaxshi, — dedi Stella Nikodimning qoʻliii qoʻyib yubopmay, — kirib, joyingga oʻtir.
Dizma Lyalya ham oq jubba kiyib olganini payqadi. Grafinya bir zumga qalin pardani ochib, ichkari kirib ketdi. Parda ortidan qizgʻish shu’la tushdi. Stella Nikodimga bir oz kutib turishni buyurdi-da, oʻzi ham parda ortida gʻoyib boʻldi.
Qoʻshni xonadan gʻovur-gʻuvur ovozlar eshitilib turardi. Kutaverib siqilib ketgan Nikodim pardani ochib qaramoqchi boʻlgan ham ediki, birdan uning oʻzi ochilib, ostonada Stella paydo boʻldi-da, anchagacha ta’zim qilib turdi.
Parda ortidagi zalda mebel' yoʻq edi. Polga gilamlar toʻshalgan boʻlib, har yer-har yerga rang-barang yostiqlar qoʻyib qoʻyilgandi. Oʻrtada qizil atlas sirilgan zarhal kreslo turardi. Kreslo ustida uch dona sham yoqib qoʻyilgandi.
Shiftga osigʻliq qandil xonaga qizgʻish shu’la sochib turardi.
Ikki tomonga qator kreslolar qoʻyilib, ularda oq jubba kiygan ayollar oʻtirishardi. Orqa tomondagi devorga uch xil nur sochayotgan yulduz tasvirlangan choyshab osilgandi. Pastdagi choyshabga esa qizil qogʻozdan qirqilgan harflar bilan: «Terra est Rotunda», deb yozib qoʻyilgandi.
— Joyingga chnq, sultonim! — deya xitob qildi Stella va Nikodimni taxt oldiga boshlab bordi.
Dizma taxtga oʻtirgan zahoti ayollar uni yarim doira shaklida qurshab olishdi. Stella bir qadam olgʻa chiqib, gap boshladi:
— Sirdan voqif boʻlganlar! Siz, Uchrangli yulduz rohibalari, hozir koʻksida bilim, hukmronlik va baxt timsoli porlashi lozim boʻlgan sen, ustoz, men, sizning kamina bibi-himoyatgoʻyingiz Uchrangli Yulduz Ordenining oʻttiz uchinchi lojasini ochiq deb e’lon qilaman. Lojamizning yoʻl koʻrsatuvchi iborasi qilib, Buyuk Oʻnuchinchining irodasiga koʻra ulugʻ ma’noga ega boʻlmish hikmat: «Terra est Rotunda» tanlandi. Bu hikmatda ordenimiz butun yer kurrasiga ildiz otajagiga ishonch, lojamiz ulkan zanjirning bir halqasi boʻlib qolishiga umid va biz tirik rohibalarga bu zanjirni tutashtirish lozimligi haqidagi farmon oʻz ifodasini topgan. Eslataman, ordenimiz qonuniga binoan har birimiz agar boshqa bir a’zo chap qoʻlini peshanasi, yuragi va koʻksiga tegizib ilohiy soʻzni aytsa, darhol uning buyrugʻini bajarishi lozim. Marosimni boshlashdan avval sizlarga voqif boʻlganlar aqoidini yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman...
Dizma quloq solmay qoʻydi. Bu kutilmagan ahvoldan u shu qadar hayratga tushgan ediki, hatto fikrini bir joyga toʻplayolmay ham qolgandi. Nikodim ayollarga koʻz yugurtirib chiqdi. Ulardan ba’zilari bu gʻalati kiyimda juda jozibali koʻrinardi. Ochiq yelkalari yaltiroq shoyi ichidan suzib chiqayotgandek tuyulardi, koʻkraklarining esa yarmi ochiq... Bu ayollar orasida oʻzining yolgʻiz ekanligi haqidagi fikr Dizmaning hirsini qitiqlardi.
U endi bu haqda bosh qotirmasdi, faqat: Nahotki? Qachon? — deya oʻylardi.
Bu orada Stella gapini tugatib, qizil qutichadan ingichka tilla zanjirga osilgan kichkinagina oltin yulduzni chiqardi. Hamma yoq jimjit edi, u Nikodimning oldiga keldi-da, uning boʻyniga oʻsha yulduzni osdi va uch qadam orqaga chekinib, gilamga yuz tuban yiqildi. Boshqa ayollar ham xuddi shunday qilishdi. Faqat Lyalyagina eshik oldiga borib, vklyuchatel' tugmasini bosdi.
Chiroq oʻchdi. Nikodim bir seskanib tushdi. Gʻira-shira xona, tepasida yonib turgan uch dona shamning zaif yogʻdusi, yuz tuban yotgan oq kiyimli ayollar — bularning bari uning yuragiga vahima solnb, hayajonlantirar edi.
Birdan Stella mudhish ovoz bilan baqira boshladi:
— Salom senga, salom, hayot, muhabbat va oʻlim sultoni!
— Salom... salom! — deya titroq tovush bilan takrorlashdi boshqa ayollar.
— Salom, salom, iroda manbai!
— Salom... Salom! — takrorlashdi yana ayollar.
— Salom... senga, bilim soqchisi!
— Salom... Salom!..
— Salom senga, hayot ustozi!
— Salom... salom! — Salom senga, lazzat ijodkori!
— Salom... salom!
Dizma bu hamdu sanoga quloq solar ekan, oʻzicha: «Aqldan ozibdi bu xotinlar!» — deya oʻyladi.
Soʻngra Stella aljishdan toʻxtab, Dizmaning oldiga yugurib keldi-da, Nikodim oʻzini oʻnglab olmasdanoq uning labidan oʻpdi. Pani Lyalya, grafinya Charskayalarning ikkovi va boshqa xonimlar ham hayratdan serrayib oʻtirgan Nikodimning labidan oʻpishdi.
— Endi idishlardagi buxurni yoqinglar, — deya buyurdi Stella.
Xonaning burchaklaridan gʻalati xushboʻy hid tarqatib, koʻkimtir tutun chiqa boshladi.
Ayollar yana Dizmani qurshab olishdi.
Stellaning ishorasi bilan ular bir-birlarining qoʻllaridan tutishib, yarim doira tashkil etishdi. Stellaning oʻzi esa qoʻllarini koʻkka koʻtarib baqira boshladi.
— Kel, Hukmron!
— Kel... — deya takrorlashdi barcha ayollar.
— Koʻrsat bizga himmatingni! — xitob qildi Stella.
— Koʻrsat.
— Oramizga kelib tur!
— Kelib tur!
— Oʻz vakiling dilini och!
— Och...
— Ustozimiz jismiga kir!..
— Kir...
— Unga oʻt yoq!
— Yoq!
— Unga bitmas quvvat bagʻishla!
— Bagʻishla...
— Unga oʻz nafasingdan olov ufur!..
— Ufur...
Nikodim allanechuk boʻlib ketdi.
— Kimni chaqiryapsizlar oʻzi? — soʻradi u qandaydir boʻgʻiq tovush bilan.
Bunga javoban ayollar dahshat bilan qichqirib yuborishdi. Kimdir shu qadar qattiq chinqirdiki, Nikodimning sochlari tikka boʻlib ketdi.
— Gapirdi!.. Keldi!.. Bu oʻsha!.. — deyishardi ayollar.
— Kim axir? — soʻradi Dizma qoʻrquvdan dagʻ-dagʻ titrab. — Kimni chaqiryapsizlar?
Shu zahoti orqa tomondan qattiq oʻkirish eshitildi. Nikodim sapchib turmoqchi boʻldi-yu, biroq majoli kelmadi. Boshni aylantiruvchi tutun orasidan rang-barang uchqunlar lipillab koʻrinardi.
— Yerga yiqiling, — deya uv tortdi kimdir. — U keldi! Sharaflar boʻlsin senga, sharaflar, muhabbat, hayot va oʻlim sultoni! Sharaflar senga, zulmat hukmroni!..
Opa-singil Charskayalardan kichigi asabiy ravishda xaxolab kula boshladi, ayollardan biri oʻrnidan sakrab turib, Stellaning pinjiga tiqilganicha qichqirdi:
— Uni koʻryapman, koʻryapman!
— Kimni? — deya baqirdi kapalagi uchib Dizma.
— Oʻshani, oʻshani, iblisni...
Nikodimning nazarida kimdir sovuq qoʻli bilan tomogʻidan boʻgʻayotgandek boʻldi. U dahshat bilan bir chinqirdi-da, shilq etib kresloga yiqildi..
Buyuk Oʻnuchinchi hushidan ketgan edi.
U hushiga kelgach, avvalo ogʻziga allaqanday suyuqlik quyilayotganini sezdi. Nikodim koʻzini ochdi. Uning naq tumshugʻi oldida Stellaning qop-qora koʻzlari yaltirab turardi. U butunlay hushiga kelib ulgurmasidanoq Stellaning lablari uning labiga yopishdi. Shunda Nikodim: tilida yana nordon hidli shirin suyuqlik mazasini tuydi. May! Nafasi qayta boshlagan Nikodim Stellani itarib yubordi. Tutun ichida ayollarning egnidagi jubbasi oqarib koʻrinardi. Ular qoʻshii xonadan stolchalar keltirib, ularning ustiga shisha va qadahlarni qoʻya boshlashdi. Konespol'skaya qoʻlidagi shishachadan qadahlarga uch-toʻrt tomchi allaqanday suyuqlik tomizardi, soʻngra ularga may quyishardi.
Har bir ayol qoʻliga qadah oldi. Stella Dizmaga bokal uzatdi.
Xona ichi gʻovur-gʻuvur boʻlib ketdi. Nikodim maydan bir hoʻplam ichib, lablarini choʻlpillatdi.
— Shirin ekan...
— Kelinglar, — ilohiy peyotl lazzatini suraylik! — xitob qildi zavq-shavqqa toʻlib Stella.
Qadahlar boʻshatilib, yana toʻldirildi.
— Mayga nima qoʻshyapsizlar?
Opa-singil Charskayalardan biri Nikodimning yonida turgan edi. U kreslo dastasiga oʻtirdi-da, lablarini Dizmaning qulogʻiga tekkizib, zavq bilan shivirlay ketdi:
— Peyotlning ilohiy zahri, qanday ajoyib-a... Tomiringda oʻynayotganini sezyapsanmi, sultonim? Rost-a? Qanday joʻshqin, qanday serzavq!.. Toʻgʻrimi?..
— Toʻgʻri, — deya iqror boʻldi. Nikodim va bokaldagi mayni simirib ichib yubordi.
U oʻzining gʻalati boʻlayotganini sezib qoldi. Qalbi kutilmaganda quvonchga toʻlib, atrofdagi barcha narsalar unga chiroyli koʻrina boshladi. Shu tobda hatto past boʻyli Stella ham koʻziga jozibali koʻrinib ketdi.
Hammalarining dimogʻi chogʻ edi. Ayollar kula-kula Nikodimni qurshab olishdi, qiy-chuv koʻtarilib, hayosiz qoʻshiqlar eshitila boshladi. Ayollardan biri qoʻlidagi qadahni devorga urib sindirdi-da, «Evoe!» — deya qichqirganicha jubbasini shartta yechib tashlab, raqsga tushdi.
— Ofarin! Ofarin! — deya qichqirishdi boshqa ayollar.
Gilam bir zumda yechib tashlangan atlas jubbalardan oqarib ketdi. Kichkina shishachadan qadahlarga sehrli sharbatning koʻkimtir tomchilari tinimsiz quyilardi.
Kimningdir qoʻli tegib ketgan shamdon toʻqillab polga tushdi. Xona ichi qizgʻish tusga. kirdi. Gʻira-shirada ehtirosli shivir-shivir va asabiy kulgi eshitilardi, xolos...
12-bob
Ogʻir darparda yonidagi tirqishdan xonaga botib borayotgan quyoshning qizil shu’lasi tushdi. Nikodim ogʻirlashib qolgan qoʻli bilan soatini paypaslab topdi.
Soat olti boʻlgan edi.
Qiziq. Uning na boshi ogʻrir, na ogʻzidan kakra mazasi kelardi. Odatda esa ichkilikbozlik qilganining ertasiga doim shunday boʻlardi.
U faqat oʻzining lattaday boʻshashib ketganini his etardi.
Biror harakat qilish u yoqda tursin, hatto koʻzini ochishga ham majoli qolmagan edi.
Lekin oʻrnidan turmogʻi kerak. Varshavaga joʻnashi lozim. Bankadagilar har nimani oʻylashi mumkin...
Nikodim qoʻngʻiroq chaldi.
Salobatli xizmatkor kelib, vanna tayyorliginn xabar qildi.
Dizma erinibgina pijamasini kiydi-da, vannaxonaga yoʻl oldi. U vannaxonadagi oynada oʻz aksini koʻrib kapalagi uchib ketdi: rangi dokadek oqarib, koʻzlarining osti koʻkarib ketgan edi.
— Jin ursin, rosa boplashibdi-ku...
Nikodim kiyindi-da, oyoqlarini arang surgab, pastga tushdi.
Pastda uni Lyalya Konespol'skaya.kutib turgan ekan. Grafinya uning salomiga javoban boʻshashibgina qoʻl uzatdi.
— Qorningiz ochmi?
— Yoʻq, rahmat, . .
U xonimga koʻz qirini tashlagan edi, koʻzi uning odatdagidek oʻynoqi koʻzlariga tushib, qulogʻigacha qizarib ketdi.
«Obbo jin urgur-ey! — deya xayolidan kechirdi. Nikodim. — Sira uyalmaydiyam-a... Tundagi voqealarni unutmagandir axir?»
— Men ketishim kerak, — dedi Nikodim bir oz sukut qilib turgach.
— Marhamat, avtomobil' sizning ixtiyoringizda.
Ular oddiygina xayrlashishdi. Bundan Nikodim yanada koʻproq xijolatga tushdi. Mashina shossega chiqib olgʻach, u orqasiga oʻgirilib qaradi.
— Choʻchqalar! — toʻngʻilladi Nikodim komil ishonch bilan.
— Eshitaman, — deya unga oʻtirildi shofer.
— Haydayvernng, haydayvering, sizga gapirayotganim yoʻq.
— Kechirasiz.
Dizma tungi voqealar haqida oʻylay boshladi. Unga qoʻrquv azob bermoqda edi. Nikodim hammasidan ham bu ishga iblisning aralashgan boʻlishi mumkinligidan choʻchirdi. Lekin u bir narsadan juda xursand edi: ma’lum boʻlishicha, u yuqori doiralarda graf yoki knyaz' kabi huquqga ega ekan. Hatto undan koʻproq desa boʻladi. Uning gapiga quloq solishlari kerak; Nikodim bu xonimlardan istaganiga imo qilsa bas, u xonim, oddiy fohishadek, darhol qoʻyniga kiradi.
Lekin Dizma bu takabbur va olifta xonimlarni ilgari mutlaqo boshqacha tasavvur qilardi.
Nikodim magʻrurlanib kulib qoʻydi. Kshepitskiy toʻgʻri aytgan ekan: xotinlarning bari bir goʻr koʻrinadi.
Yomgʻir tomchilay boshladi. Avtomobil' banka oldida toʻxtaganida u sharillab quymoqda edi.
Dizma trotuardan yugurib oʻtib, darvozadan ichkari