tungi.ru

Muttahamning parvozi (III- qism) (10-bet)

juda cheklashdi. Boz ustiga har tarafdan, koʻpgina pomeshchiklar omborlardagi davlat bankasining mulki hisoblangan gʻallani sota boshlaganligi haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Shu boisdan banka obligatsiyalarining narxi juda tushib ketdi. Obligatsiya egalari orasida vahima koʻtarildi. Savdo va birjadagi turgʻunlik, sanoatdagi inqiroz soliq toʻlovchilarning qurbsizligi dahshatli xavfga aylandi. Gazetalar sinish, korxonalarning yopilishi, ish tashlash, bud-shudidan, ishidan ayrilgan koʻplab kishilarning oʻz-oʻzini oʻldirishi haqidagʻi xabarlarga toʻlib ketgan edi.

Mamlakatda norozilik avjiga chiqa boshladi.

Hokimiyatni oʻz qoʻliga olib, inqirozni bartaraf qilishga qodir boʻlgan kuchli odam haqida borgan sayin koʻproq gaplasha boshlashdi.

Bu orada oʻrim mavsumi yaqinlashib qolgan boʻlib, mamlakatda yana moʻl hosil xavfi tugʻildi. Nikodim gazetalarni oʻqir ekan, bosh chayqardi.

— Jin ursin! Endi nima boʻlarkin?

23-bob

Koborovoda anchadan buyon hosil bayrami bunday xursaidchilik bilan oʻtkazilmagan edi.

Yangi pomeshchik pulni ayamay sarfladi. Chamasi, uning oʻzi ham gʻubordan chiqmoqchi edi shekilli. Tumonat mehmon yigʻildi. Birinchi boʻlib bir talay chamadonlari bilan pani Pshelenskaya yetib keldi; oʻsha kuni kechqurunoq polkovnik Vareda bilan opa-singil grafinya Charskayalar kelishdi. Ertasiga Koborovodaga ikki avtomobil' va ikki izvosh kuni bilan stansiyadan odam tashidi.

Xotini va oʻgʻlini olib voyevoda Sheymont, oqsoqol Tishko, ministr Yashunskiyning xotini, baron Rel'f rafiqasi bilan, Ushinkiy singlisi bilan, ikki ad’yutantini olib harbiy okrug komendanti general Chakovich, Ulyanitskiy, Xol'shitskiy, Kojes ordinatining xotini va yigirmaga yaqin qoʻshnilar hozir boʻlishdi.

Uyni mehmonlar bosib ketdi. Hamma xonalardan kulgi va gangir-gungir gap eshitilardi.

Kiborlar hayotini yaxshi koʻradigan Ninaning boshi osmonda edi. Butun oʻtgan hafta davomida u Kshepitskiy bilan birga sayr-tomosha programmasini tuzib, omborxonadagi oziq-ovqat va yertoʻladagi ichimliklar zapasini qayta-qayta hisoblab chiqqan va yangi hizmatkorlar yollab, mehmonlar uchun xonalar hozirlagan edi. Xullas, u qarindoshlar, yoru doʻst va tanish-bilishlarni munosib kutib olish uchun qoʻlidan kelgan hamma choralarni koʻrib qoʻygandi.

Jorj ham juda ilhomlanib ketgandi. U mehmonlar orasida oʻralashib yurar, xonimlarning koʻnglini xush etib, erkaklarga otxonalarni koʻrsatar va, umuman, hammaning e’tiborini oʻziga jalb qilishga urinardi. U, goʻyo Koborovoning egasi boshqa odam ekanligini unutib qoʻygandek, oʻzini yana toʻra deb his etardi. Kshepitskiy bilan pani Pshelenskaya Jorjning ruhan xastaligini mehmonlarga shipshitib qoʻyishgandi, shu sababdan mehmonlar uning ra’yiga qarab, bironta ham gapini qaytarishmas edi.

Nikodim barchani iltifot bilan kutib olayotgan boʻlsa-da, biroq oʻzini juda sipo tutardi; shu boisdan ham mehmonlarning unga nisbatan hurmati yanada oshib ketdi. Behisob mehmonlar kelganiga qaramay, u kutubxonaga kirib, ichidan qulflab olish odatini tashlamadi. Bu narsa atrofdagilarning koʻz oʻngida uning obroʻsini yanada oshirib yubordi.

Kechqurunlari parkda Varshavadan taklif qilingan orkestr muzika chalar, shunda barcha mehmonlar kechki salqinda huzur qilib sayr etishar, fonarlar bilan yoritilgan maysazorda tansa tushishar edi. Ba’zan ot minib izvoshlarga oʻtirib, oʻrmonga borishardi. Nina ostida sayr qilishni juda yaxshi koʻrardi.

Ertalabdan barcha tennis oʻyiniga berilib ketardi. Peshingi ovqatga qadar ikkala kortdan odam arimasdi. Darvoqe kechgacha har bir odam koʻngli tusagan ishni qilib yuraverardi. Yoshi kattaroq kishilar fabrika va ekinzorlarni qiziqib tomosha qilishar, yoshlar esa ot minishar, koʻlda choʻmilishar, motorli va eshkakli qayiqlarda musobaqalashar edilar.

— Joylaringiz juda chiroyli ekan, — deyishardi mehmonlar Nina bilan Nikodimga. — Koborovoni oltin kon desa boʻladi.

Barchaning vaqti chogʻ edi. Kashandalar uchun ajratilgan xonani bridj ishqibozlari egallab olishdi. Ular bir minut ham stol yonidan nari ketmasdi. Yemakxonadagi dasturxonlardan kun boʻyi ichimlik va yegulik arimasdi.

Uchinchi kuni katta bal uyushtirildi. Bu juda ajoyib bazm boʻldi. Taklif qilingan bir yuz qirq kishi oʻrniga bir yuz oltmish uch odam yigʻildi.

Bal kechqurun soat oʻnda boshlanib, kunduzi soat birda mazurka bilan tugadi. Mehmonlar molday ichishdi, shu boisdan xizmatkorlarning ishi boshidan oshib ketdi: butalar tagidan gʻirt mast mehmonlarni qidirib topib, ularni karavotlarga olib borib yotqizish kerak edi.

Nihoyat, hamma uxlagani tarqaldi, chunki kechqurun hosil bayrami oʻtkazilishi lozim edi.

Uy oldidagi maysazorning chor atrofiga, bochkalar qoʻyib chiqishdi. Dehqonlar uchun ochiq havoda stollar qoʻyilib, mehmonlarga ayvonda dasturxon tuzaldi. Voyevoda Dizmaning eng yaxshi oʻroqchi ayol bilan raqs tushishi lozimligini aytib, unga tegishib qoʻydi.

— Mexanizatsiyaning an’analarni yemirishini qarang-a, — deya qoʻshimcha qildi u. — Hozirgi kunda hosil bayrami oʻz ma’nisini yoʻqota boshladi.

— Afsus, an’analarimizga achinadi kishi, — dedi Nina.

— Gapingizga qoʻshilaman, lekin ahvol chindan ham shunday.

— Buning oqibati nima boʻlarkin? — deya xoʻrsindi Dizmaning mulkdor qoʻshnisi moʻysafid pan Roychinskiy. — Gʻirt tentaklik! Mashinalar hayotimizni goʻzallikdan mahrum qilib, uni xunuklashtirish bilan birga, kishilarning oʻrnini egallab olyapti.

— Kimning oʻrnini egallabdi? Kimni? — dedi jizzakilik bilan Dizma. — Koʻrib turibsiz-ku, hosil bayrami uyushtirdik, odamlar xursand. Yalangoyoqlarning bir qismi qirilib ketsa hech nima qilmaydi! Mashinalar hayotni farovonroq qiladi, xolos. Ana shunday!

U shartta orqasiga oʻgirilib, xonadan chiqib ketdi.

— Toʻppa-toʻgʻri, — deya bosh irgʻadi general.

— Bu deyman, u hm... diplomatiyani yigʻishtirib qoʻyib, juda ochiqchasiga gapirib yubordi-yu, — dedi hayrat ichida generalga qarab keksa pomeshchik.

Voyevoda koʻngilchanlik bilan jilmaydi.

— Azizim, menga ishoning: uning shunday gapirishiga haqi bor. Ogʻzi qiyshiq boʻlsayam, boyning oʻgʻli gapirsin, deganlar-ku axir. General Kambronni olsak, ana uni diplomat desa boʻladi.

Orkestr mashq boshlab yubordi. Uning oldiga dehqonlar yigʻila boshlashdi.

Nihoyat, yiroqda oʻroqchilar toʻdasi koʻrindi: Ular allaqanday soʻzsiz beloruscha kuyni xonish qilib kelishardi. Ularning bu gʻamgin, azaliy maqomida hosil quvonchi emas, jang maydonining dahshati ifodalanayotgandek edi. Chamasi, ming yildan buyon kuylanib kelayotgan bu qoʻshiqni eshitganida Nina doim ma’yuslanib qolardi. Uning nazarida hindular xuddi shunday xonish qiladigandek edi.

Bu orada oʻroqchilar ancha yaqinlashib qolishdi. Oldinda sonlari boʻliqqina, lorsillagan koʻkragi yoqasiga kashta tikilgan boʻz koʻylagini turtib chiqqan, baland boʻyli bir qiz kelaverdi. Uning kaltagina qizil yubkasi ostidan kelishgan durkin boldiri koʻrinib turardi. Dugonalari ipak paypoq va fransuzcha poshnali amirkon tufli kiyib olishgan boʻlishsa-da, bu qiz yalang oyoq edi. U boshqa qizlarga qaraganda ancha nochorroq koʻrinardi. Qiz suli boshoqlarini dastalab koʻtarib olgandi.

Ponimirskiyning yonida turgan baron Rel'f uning qoʻltigʻidan tutib, sekingina dedi:

— Juda zoʻr ekanmi! Haqiqiy Pomona-ya. Juda nasldor koʻrinadi. Qorni va sonlarining mushaklari juda baquvvat boʻlsa kerak. Nasl masalasida dehqonlar ancha nochor koʻrinadigan bunday chet joyda shunday ajoyib nusxani uchrataman, deb sira oʻylamagan edim, graf. Unday desam, hammasiyam koʻhlikkina. Jin ursin, hammasi zotdor-a! Voajab!

Jorj monoklini koʻziga joylab, Rel'fga nafratomuz qarab qoʻydi.

— Aksincha, buning hech ajablanarli joyi yoʻq, baron. Ponimirskiylar Koborovoga besh yuz yildan buyo egalik qilib kelishyapti. Bilishimcha, mening muhtaram ajdodlarimdan birontasi ham xalqqa uiing ayollari orqali ma’rifat tarqatish vazifasidan oʻzini olib qochgan emas.

— Tushunaman, tushunaman, — deya bosh irgʻadi baron. — Avom xalq esa doim biz zodagonlar otlar va qora mol naslini yaxshilashdan boʻlak ish bilan shugʻullanmasligimiz haqida gap sotadi. Manovi dehqonlarga bir nazar tashlashning oʻzi kifoya: shunda biz eng katta muvaffaqiyatga ana shu sohada erishganimiz darhol ayon boʻladi qoʻyadi.

— Kechirasiz, — deya uning gapini boʻldi Ponimirskiy, — «biz» deganda kimni nazarda tutyapsiz?

— Biz zodagonlarni-da.

— U holda biz bir-birimizni tushunmabmiz. Men Ponimirskiylar — ya’ni koʻhna zodagonlarni nazarda tutgan edim.

Jorj monoklini choʻntagiga tiqib, sholgʻomday qizarib ketgan baronga orqasini oʻgirib oldi.

Qoʻshiq va raqslardan soʻng bazm boshlandi.

Oqshom ancha salqin boʻlib, xonimlar sovqotayotganlaridan shikoyat qila boshlashgan edi, mehmonlar ayvondan uyga kirishdi. Bogʻda yolgʻiz Dizma qoldi. U mezbonlik burchidan ham koʻra koʻiroq oʻz huzurinn oʻylab oʻroqchi ayollar bilan tinmay tansa tushardi. Nikodim hammasidai ham haligi durkun qiz bilan koʻp taysa tushdi. Dizma uning qayligʻi — taxta tilish zavodida ishlaydigan norgʻul yigitning qovoq-tumshugʻi osilib ketganiga e’tibor bermay, payt poylab turib qizni parkka olib kirib ketdi.

Qiz ham pomeshchikning ra’yini qaytarmadi. Qayligʻi esa alamidan oʻlguday ichib, gʻirt mast boʻlib qoldi.

«Anovi ahmoq Ponimirskiy» bilan qilgan suhbatidan soʻng bir oz oʻziga kelish uchun parkni aylanib qaytayotgan baron Rel'f tasodifan bu voqeaning shohidi boʻldi. Shundan soʻng u:

«Demak, men haq ekanman: faqat koʻhna zodagonlargina emas, balki yangilari ham dehqonlar naslini yaxshilashning tashvishini tortar ekan», — deya xayolidan oʻtkazdi.

Sharq tomonda osmon asta yorishmoqda edi.

24-bob

Peshinga yaqin yetib kelgai xabar barchani hayajonga soldi: kabinet nste’foga chiqish haqida ariza beribdi va uning iste’fosi qabul qilinibdi.

Ulyanitskiy darhol shaharga qaytish haqida Varshavadan telegramma oldi.

Kabinetiing iste’foga chiqishi Koborovo mehmonlarining koʻpchiligiga shaxsan aloqador voqea boʻlib, ba’zi birovlar, mansablaridan mahrum boʻlishlari mumkin edi. Barcha faqat shu voqea haqida soʻzlashardi. Ulyanitskiy vestibyulda u yoqdan-bu yoqqa yurganicha tinmay soʻkinardi.

Yashunskaya xabarni eshitgan zahoti Varshavaga joʻnab ketdi.

Voyevoda Sheymont oʻz idorasiga telegramma berib, Varshavadagi hukumat krizisi tafsilotlari toʻgʻrisidagi barcha gaplarni oʻziga xabar qilib turishni buyurdi.

Kechqurun gazetalarni olib kelishdi. Gazetalarning barcha sahifalari bu voqea haqidagi xabar va mish-mishlar, vaziyatga berilgan qarama-qarshi baholar, turli taxmin va gumonlar bilan toʻlib ketgan edi. Ular faqat bir masalada — kabinet iqtisodiy krisizni bartaraf etolmagani boisidan qulagani va uning oʻrniga katta obroʻga ega boʻlgan odam rahbarligida yangi kabinet tuzish lozimligi haqidagi masalada yakdil edilar.

Bosh ministrlik lavozimiga nomzodlar orasida general Trochinskiyning familiyasi ham koʻzga tashlanib turardi. General kasalxona kassalarining boshqaruvchisi hamda madaniyat va san’at boʻyicha xalqaro kongress delegati sifatida ancha obroʻ orttirgan boʻlib, «Napoleon I, Aleksandr Makedonskiy va boshqalarning strategik xatolari» nomli broshyurasi bilan oʻz mavqeini mustahkamlab olgan edi. Avvalroq u «Yoʻqolsin kommunizm!» nomli kitobchasi bilan shuhrat qozongandi. Uning milliy muzey tomonidan sotib olingan bir surati ham juda mashhur edi. Surat moy boʻyoqlar bilan avtoportret janrida chizilgan boʻlib, unda muhtaram general chaqqonlik bilan bahaybat qoplonga nayza sanchayotgan payt tasvirlangandi.

Koborovoda bu nomzod har tomonlama muhokama qilindi. Ochigʻini aytganda, uning bosh ministr boʻlishiga hech kim qarshi emasdi.

Kechki ovqat mahali boyagi suratdagi boʻyoqlarning uygʻunligi haqida munozara boshlanib ketdi.

— Nik, — deya soʻradi Nina, — seningcha kim bosh ministr boʻlarkin?

— Buni men qayoqdan bilay.

— Har qalay ayt-chi?..

— Hm... Agar Trochinskiy boʻlmasa, ehtimol, Yashunskiy boʻlar...

Kayfi oshib qolgan Vareda stolga musht tushirdi:

— Yoʻq, Nikodim, bilasanmi, kim bosh ministr boʻlishi kerak?

— Kim?

— Sen.

Oraga jimlik tushdi. Barcha Dizmaga tikilib qoldi. Vareda hazillashdi, deb oʻylagan Nikodim peshanasini tirishtirib toʻngʻilladi:

— Koʻp ichib qoʻyibsan, Vatsek. Qoʻy bu gapni.

Nina oʻrnidan turdi. Shundan soʻng barcha bekaning ishorasi bilan mehmonxonaga oʻtdi. Polkovnik oʻzini oqlash uchun allanima degan edi, gʻovur-gʻuvur ichida uning soʻzlari eshitilmay qoldi.

— Qayiqlarga oʻtirib, koʻlda sayr qilishni taklif qilaman, — dedi xonimlardan biri. — Hamma yoq sutday oydin!

Barcha bu taklifga bajonudil rozi boʻldi.

Chindan ham sayr juda koʻngilli oʻtdi. Koʻl ulkan aqiq qatlamiga oʻxshardi. Uning sathida yulduzlar mayda dur donalariday aks etardi, ular orasida esa, voyevoda Sheymontning chamalashiga koʻra loaqal oʻn qirotlik gavharday keladigai toʻlin oy yarqirab turardi. Qayiqlar ohista choʻlpillab qirgʻoqdan uzoqlashishi bilan kimdir qoʻshiq boshlab yubordi.

— Afsus, — dedi xoʻrsinib Nikodim, — qoʻlimda mandolina yoʻq-da.

— Voy, siz hali mandolina chalasizmi? — deya ajablandi opa-singil Charskayalardan biri.

— Ha, chalaman. Ayniqsa, oydin kechalari qayiqda chalishni yaxshi koʻraman. Ilhomim qoʻzib ketadi. Tun, osmonda oy yarqiraydi, hamma yoqni ufqning hidi tutib ketadi...

Hamma xaxolab kulib yubordi. Oqsoqol Tishko esa:

— Pan rais shu yerda ham sodda qoʻshiqlarimiz ustidan kuldilar-a, — dedi.

Pshelenskaya yelkasini qisib qoʻydi:

— Nahot siz, pan rais shunday arzimagan narsalarga qiziqadi, deb oʻylasangiz?

— Boʻlmasam-chi, — deya uning gapini ilib ketdi oqsoqol. — Axir gʻalla bankasini yopish haqidagi qarorni men ham eshitdim. Shunday bankani-ya! Shunday ishni barbod qilishsa, uning asoschisiga alam qiladi-da... Shunday emasmi, pan rais?

— Xoʻsh, oʻzingiz qanday oʻylaysiz? — deya savolga savol bilan javob qildi Dizma.

— Buni qarangki, — tinmay davom etdi oqsoqol. — Hamma yoqdayam qanday ish qilinayotgani emas, balki bu ishni kim bajarayotgani katta ahamiyatga ega ekan. Bankaga pan rais rahbarlik qilayotgan paytlarida hammasi joyida edi.

— Balki hali hammasi iziga tushib ketar, — deya gap qotdi Dizma.

— Qayoqda deysiz, — dedi qoʻl siltab oqsoqol. — Bir necha oydayoq banka barbod boʻldi. Hamma gap odamda, ha, faqat odamda.

— Juda toʻgʻri aytdingiz, — dedi komil ishonch bilan Pshelenskaya.

— Xello, Nikodim! — deya qichqirdi nariroqdagi qayiqdan Ponimirskiy. — Oksfordda ijro etiladigan eshkakchilar qoʻshigʻini aytmaymizmi? A?

— Aytinglar, aytinglar! — deya iltimos qila boshlashdi xonimlar.

— Tovushimning mazasi yoʻq, — dedi zardasi qaynab Dizma.

— Yolgʻon gapiryapti! Tovushi yaxshi, — deya qichqirdi oʻz hazilidan chanoq boʻlib Jorj. — Temzada qanday kuylaganimizni unutdingmi? Lord Keledin of N'yudon tovushingni juda...

U gapini tugatishga ulgurmadi: Nikodim eshkakni suvga qattiq urib, Ponimirskiy va u bilan birga qayiqda oʻtirgan kishilarning ustiga suv sachratib yubordi.

— Kechirasizlar, — dedi soʻng Dizma, — unga faqat sovuq suv kor qiladi.

Ular orqaga qaytishib, bir necha minutdan soʻng parkka kirib borishdi.

Uy oldida kimningdir chang bosgan avtomobili turardi. Shofer motor ustiga engashib, uning allaqayerini tuzatmoqda edi.

— Kim keldi? — deya soʻradi Dizma.

— Pan direktor Litvinek.

— Litvinek? — Nikodim ajablanib, qoshini chimirdi.

Chindan ham u Qasrdagi rasmiy qabul marosimlarida prezident idorasining boshligʻi vazifasida ishlaydigan doktor Litvinek bilan tanishgan edi. Biroq ularning orasida doʻstona munosabat boʻlmay, Litvinekning tortinmasdan Koborovoga kelishi Nikodimni hayratga soldi.

Mehmonlar uyga kirishdi.

Vestibyulda Kshepitskiy qora sochlariga oq oralagan baland boʻyli bir kishi bilan gaplashib turardi. Dizma toʻgʻri ularning oldiga borib salomlashdi.

— Xoʻsh, hukumat krizisi nima boʻlyapti? — soʻradi gap orasida Nikodim.

— Men huzuringizga xuddi shu masala yuzasidan keldim, — deya javob qildi ta’zim bilan doktor Litvinek.

— Shu masala yuzasidan deysizmi?

Barcha nafasini ichiga yutib, quloq sola boshladi. Litvinek portfelidan konvert olib, bir oz sukut qilib turdi-da, soʻng dabdabali ohangda dedi:

— Muhtaram pan rais. Men bu yerga Jecha Pospolita prezidenti topshirigʻiga binoan uning nomidan yangi kabinet tuzish vazifasini oʻz zimmangizga olishni iltimos qilib keldim. Mana, prezidentning shaxsiy maktubi.

Shunday deya u Nikodimga qoʻlidagi koivertni uzatdi.

Dizma qip-qizarganicha angrayib qoldi..

— Nima... Nima?

Gapining qanday ta’sir qilganidan mamnun boʻlgan Litvinek xiyol jilmayib qoʻydi.

— Respublika prezidenti, pan rais, siz yangi kabinet tuzib, unga rahbarlik qilishni oʻz zimmangizga olursiz, deb umid qiladi.

Dizma talmovsirab konvertni oldi, undan titroq qoʻllari bilan maktubni chiqardi-dz, oʻqishga kirishdi, lekin koʻz oldi qorongʻilashib, harflar chaplashib ketdi.

Chindan ham prezidentning shaxsiy maktubida hozirgina Litvinek aytgan gaplar yozilgan edi. Dizma maktubni asta buklab, konvertga soldi. Uning tashvishga tushib qolgani yuzidan sezilib turardi.

— Prezident iltimosini rad qilmasligingizga ishonadi, pan rais. Siyosiy keskinlik va iqtisodiy krizis natijasida mamlakat halokat yoqasiga borib kolgan shunday bir paytda bu narsa juda katta ahamiyatga egʻa. Bu juda ogʻir masala. Biroq shaxsan davlat boshligʻining oʻzi va, umuman, butun jamiyat sizga gʻoyat ishonar ekan, faqat sizgina bu masalani muvaffaqiyatli hal etishingizga prezidentning imoni komil. Sizning xalq orasidagi obroʻyingiz, bilim va tajribangiz ishning koʻzini biladigan hukumat tuzishingizga, kuchli odamni zoriqib kutayotgan mamlakat farovonligini oshirishingizga kafolot beradi. Bu ishni siz... Faqat siz... bajara olishingizga oʻzim ham umidvor ekanligimni izhor etishga ruxsat etgaysiz, pan bosh ministr.

Shunday deya, u chuqur ta’zim qildi-da, indamay qoldi.

Mehmonlarning bari angrayib turishardi.

Litvinek umrida birinchi marta shunday vazifani ado etayotgani uchun hammani qoyil qoldirishga umid qilgan edi. U yanglishmadi.

Barchaning yuzida hayajon aks etardi. Hazilakam ishmi, ularning qoʻz oʻngida hokimiyat yangi — kuchli odam qoʻliga oʻtmoqda edi-da. Rangi dokaday oqarib ketgan Nina kreslo dastasini mahkam ushlab oldi. Varedaning basharasidan u hozir yigʻlab yuboradiganday tuyulardi. Kshepitskiy boshini baland koʻtarib, atrofdagilarga magʻrur koʻz yugurtirib chiqdi. Xayratdan koʻk koʻzlarini katta ochgan Jorj Ponimirskiy uning yelkasi osha mehmonlarga qarab turardi.

Hech kim oʻtirishga jur’at etmasdi.

Hammadan oldin voyevoda Sheymont es-hushini yigʻib oldi. U Nikodimning yoniga kelib, chuqur ta’zim qildi-da, uning qoʻlini qisdi.

— Sizga chin qalbimdan katta muvaffaqiyatlar tilayman, pan bosh ministr... Lekin tabriklamayman, chunki bu tarixiy daqiqada sizni emas, balki biz davlat grajdanlari va uning xizmatkorlarini tabriklamoq lozim.

Boshqa mehmonlar ham voyevodadan ibrat olib, Dizmani tabriklay boshladi. Nikodim qovogʻini solganicha tabriklayotgan odamlarning .qoʻlini birma-bir qisib chiqdi.

Dizma qanday sharafga muyassar boʻlayotganini juda yaxshi tushunardi. U, liskovlik nochor bir chinovnik Nikodim Dizma, endi katta bir davlatning jilovini oʻz qoʻliga olishi mumkin edi. U shaxsiy poyezdda yuradi, butun mamlakat, hatto butun dunyo uning nomini tilga oladi.

Lekin... lekin, aslida... unga buning nima keragi bor?

Yana Varshavada tahlikaga tushib yashaydi, yana biror boʻlmagʻur gapni valdirab qoʻyishdan choʻchib yuradi.

Ammo buyuk hokimiyat, oʻttiz milliondan ortiq kishiga hukmronlik qilishdan voz kechish osonmi! Bunday hokimiyatga, Ministrlar Sovetining raisi degan nomga hech 6oʻlmasa bir kungina erishishi uchun hayotini ham ayamaydigan minglab odamlar topiladi! Bosh ministr Dizmaning kabineti... Nikodim Dizmaning hukumati... Armiya chest' beradi, harbiy kemalar toʻplardan oʻq uzib, olqishlaydi... Bu haqda butun dunyo gazetalari yozadi axir... Hokimiyat, shon-shuhrat...

— Javobingizni kutaman, pan bosh ministr, — dedi yana doktor Litvinek.

Nikodim hushiga kelib, atrofdagi odamlarga koʻz yugurtirib chiqdi. Hammaning koʻzi unda edi. U tomoq qirib, oʻrnidan turdi.

— Uylab koʻrish uchun menga yarim soat muhlat bersangiz, — dedi u boʻgʻiq tovush bilan. — Pan Kshepitskiy, yuring.

Ular Kshepitskiy bilan birga Nikodimning kabinetiga kirishdi-da, eshikni ichidan

O‘xshash hikoyalar