tungi.ru

Muttahamning parvozi (III- qism) (9-bet)

burkangan ichki jihozlari koʻrinib turardi..

Biror avtomobil' yoki kareta poyandoz oldiga kelib toʻxtagan zahoti olomon kelgan odamni darhol tanir va gʻovur-gʻuvur qilganicha:

— Knyaz' Rostotskiy... Italiya elchisi... Ministr Yashunskiy... — uning nomini takrorlardi.

Bashang kiyingan xonimlar, yaltiroq mundir yoki frak kiygan erkaklar birin-ketin kostyolga kirib borishardi. Hamma yoqni atir-upa, gul va benzinning hidi tutib ketgan edi.

Kostyol odamga toʻlib ketganiga qaramay, mashinalar hamon kelib turardi.

Mana, poyandoz oldiga ajoyib limuzin kelib toʻxtadi. Undan Nikodim Dizma tushdi.

— Kuyov, qaranglar, kuyov keldi, rais Dizma... Gazetalarda uning rasmlarini koʻrgan odamlar Dizmani darhol tanishdi. Uzoqdan kimdir:

— Yashasin rais Dizma! — deb qichqirdi.

— Yashasin rais Dizma! Yashasin rais Dizma! — deya takrorlay boshladi olomon.

Odamlar boshlaridan shlyapalarini olib silkitarkan:

— Yashasin!.. Yashasin Dizma! — deya qichqirishardi. Nikodim zinapoyada toʻxtab, silindrini silkitib qoʻydi.

Uning jiddiy yuziga yoqimli tabassum yugurdi.

Olomon uni zavq-shavq bilan olqishlay boshladi. Shu payt Ninaning karetasi yetib keldi. Qayligʻi sharafiga chalinayotgan gulduros qarsaklarni eshitib, keliining koʻziga yosh keldi.

— Koʻrdingmi, — deya shivirladi uning qulogʻiga pani Pshelenskaya, — polyaklar ulugʻ odamlarning xizmatini qadrlay bilishadi.

Nikodim qayligʻining oldiga tushib, olomonning qiyqirigʻi ostida uni mehrob tomon boshladi. Organ sadolari yangradi.

Varshavada anchadan beri shunday dabdabali toʻyni koʻrishmagan edi.

Nikoh marosimi tugagach, kelin-kuyov sharafiga yana olqishlar eshitildi. Kareta an’anaga binoan Iyerusalim xiyobonini aylanib chiqdi. Turna qator boʻlib borayotgan mashina va karetalar Yevropa mehmonxonasi oldiga borib toʻxtashdi. Bu yerda ikki yuz qirq knshiga dasturxon yasatilgan edi.

Mehmonxona oldida ham ularni sinchkov odamlar toʻdasi kutib turgan ekan. Bu yerda ham: «Yashasin Dizma!» — degan xitoblar eshitildi.

Nikodimning ogʻzi qulogʻida edi. Ninaning chehrasi tabassumdan porlab turardi.

Ular behisob mehmonlarning tabriklarini qabul qila boshlashdi. Bazm mahali ham tabrik soʻzlarning keti uzilmadi. Tabrik telegrammalarini oʻqishning oʻzn bir soat vaqtni oldi, shu boisdan ham bal faqat soat oʻn birda boshlandi. Kuyov shu qadar berilib tansa tushdiki, uning bir vaqtlar Liskovda qozongan muvaffaqiyatlaridan bexabar mehmonlar oʻzaro taxminan shunday gaplarni aytishardi:

— Rais Dizmani shu qadar hazilkash odam, deb kim oʻylabdi deysiz!

yoki:

— Kuyov toʻraning bir oz kayfi oshibdi, mana endi, xursandchilik qilyapti.

— U xursandchilik qilmay, kim xursandchilik qilsin? Xotini qoʻgʻirchoqdakkina, Koborovo esa har qanday magnatga ham, nasib qilavermaydigan joy.

Hamma ishga bosh-qosh boʻlib turgan Kshepitskiy balni tugatishga ishora qilganida oppoq tong otgan edi. Soat sakkizdan yigirma minut oʻtganida kelin-kuyov Koborovoga joʻnashi lozim boʻlgan poyezd yoʻlga chiqardi.

Mehmonlarning koʻpchiligi ularni vokzalga kuzatib chiqdi. Temir yoʻl ministri ularning ixtiyoriga ajratib bergan salon-vagon gulga toʻlib ketgandi. Soʻnggi tabriklar, xitoblar yangragach, poyezd bir hushtak chaldi-da, asta joyidan qoʻzgʻaldi.

Nina bilan Nikodim ochiq derazalar oldida koʻllarini silkitib turishardi. Perronda behisob dastroʻmol va shlyapalar lipillay boshladi. Nihoyat, parovoz tezligini oshirgach perron shaharni chulgʻagan kul rang tutun ichida koʻrinmay qoldi.

Nina erining boʻynidan quchdi.

— Yo parvardigor, qanday baxtliman-a! Nik, ayt-chi, meni bunday baxtga, senga yetkazgan narsa nima oʻzi?!

— Hm... Nima yetkazdi, deysanmi?..

— Ha, Nik, qanday qilib senday buyuk, dono, shunday izzat-ikromga sazovor boʻlgan odamning xotini boʻlib qoldim? Ayt, Nik, qanday qilib, a?..

Dizma xayolga choʻmib, iyagini qashib qoʻydi. Ha deganda javob topa olmagach, uning zardasi qaynab ketdi.

— Xotinim boʻlsang nima qilibdi, — deya toʻngʻilla-di u. — Shundan boshqa tashvishing yoʻqmi?

Ularning lablari bir-biriga tutashdi.

Stansiyadan uyga qadar yoʻlga otquloq yaproqlari toʻshalgan boʻlib, uning ikki chetiga yosh qayinlar oʻtkazilgan edi. Stansiya binosi ham yashil gulchambarlar bilan bezatilgan edi. Perron Koborovo korxonalarining ishchi va xizmatchilari hamda tevarak-atrofdagi qishloqlardai kelgan hangamatalab kishilar bilan toʻlib ketgandi. Ularning koʻpchiligi kecha radio orqali berilgan reportajni: mashhur solistlar, xor va organ ijro etgan «Veni Greator» gimni va kuyov sharafiga aytilgan «vivat» xitoblarini eshitishgan edi.

Shu boisdan ham ularning perronga toʻplanishganiga ajablanmasa boʻlardi.

Uzoqdan poyezd koʻringanida, gangir-gungir gaplar tinib, havaskor muzikachilardan iborat orkestr marsh chalib yubordi. Tantanali damlar yaqinlashib qolgandi.

Birinchi qatorda yuqori lavozimdagi xizmatchilar saf tortishdida, qoʻlida dala gullaridan iborat guldasta tutgan oppoq koʻylakli qizchani oldinga chiqarishdi. Bu bugʻ tegirmoni direktorining qizi edi.

Afsus! Mashinistning e’tiborsizligi tufayli salon-vagon perrondan ancha narida, gʻalla ombori bilan hojatxona oʻrtasida toʻxtadi. Shundan soʻng koborovolik «kiborlar» kelin bilan kuyovning vagondan tushishiga yetib borish uchun loʻkkilab yugurishga majbur boʻldilar. Harqalay, ular vaqtida yetib borishdi, qizcha Ninaga guldastani topshirdi. U she’r ham oʻqib berishi kerak edi, biroq oʻzini yoʻqotib qoʻygan qizaloq, aytib turishlariga qaramay, ogʻzini ocholmay qoldi. Nina uning yuz-koʻzlaridan oʻpdi. Dizma tabrik soʻzlarini vagon zinasida turib eshitdi. Soʻngra u quyidagilarni aytishni lozim topdi:

— Chin qalbimizdan minnatdormiz! Men va xotinim bizni shunday ochiq koʻngil bilan kutib olganingizni sira ham unutmaymiz. Toʻyimiz munosabati bilan sizlarga mukofot berishlarini buyuraman... Koborovoda ishlaydigan odamlarning barchasi mukofotlanadi. Nimayam derdim... Men xarajat qilishdan qoʻrqmayman...

Uning soʻzlari kuchli «vivat» sadolariga koʻmilib ketdi. Orkestr gumburladi.

Qoʻshni vagondagi yoʻlovchilar bu manzarani qiziqib tomosha qilishardi, ba’zilari esa, yerdagilarga qoʻshilib, allanimalar deya qichqirishardi.

Ayniqsa, uchinchi klass vagoni derazasidan boshini chiqarib, oʻzi ham nimaligini bilmay bor ovozi bilan «Vivayt! Vivayt!» deya qichqirayotgʻan ozgʻin yahudiy hammadan ham oshirib yuborayotgan edi:

Uydagi xizmatkorlar ularni non-tuz bilan kutib olishdi.

Nikodim patnisga ikkita besh yuztalik qoʻydi-da!

— Oʻzinglar boʻlishib olinglar, — dedi.

Kshepitskiy uylarni ancha-muncha oʻzgartirib yuboribdi.

Yuqorini, Ninaning avvalgi xonalarini u mehmonxona qilib bekaning yotoqxonasini Nikodimning xonasi yoniga koʻchiribdi. Yotoqxonalarning ikki tomonida vanna boʻlmalari jihozlanibdi. Uyning butun chap qanoti Jorj Ponimirskiyga ajratilibdi. Parkdagi pavil'onda esa Kshepitskiyning oʻzi turadigan boʻlibdi.

Toʻy va yoʻl kelin-kuyovni ancha toliqtirib qoʻygan edi. Ular darhol uxlagani yotishdi. Nina bilan Nikodim kechqurunoq, ertaga ertalab Jorjning pavil'oniga borib, uni uyga koʻchib oʻtishni taklif qilamiz, deb kelishib qoʻyishdi.

Dizma oʻrinda choʻzilib yotar ekan, bu uchrashuv haqida aicha oʻyladi va Ponimirskiyning oldiga Nina bilan birga bormaganim ma’qul, degan fikrga keldi. Kim bilsin, bu telba yana qanday nagʻma koʻrsatadi?

«Jinniligi tutib, sirimni oshkor qilib qoʻyishi mumkin, axir!»

Shu boisdan ham u xizmatkorga oʻzini soat yettida uygʻotishni buyurdi. Nikodim yanglishmagan ekan: u oʻrnidan turgach, xotinining yotoqxonasiga kirgan edi, Ninaning hamon uxlab yotganini koʻrdi. Darvoqe, Nina hech qachon vaqtli turmasdi.

Nikodim darrov kiyinib xizmatkorga beka bilan nonushta qilajagini aytdi-da, parkka joʻnadi.

U Jorj bilan nima toʻgʻrisida gaplashishni oldindan oʻylab qoʻygan edi. Lekin shunga qaramay, pavil’onga yaqinlashgach, Nikodim yuragi poʻkillayotganini sezdi. U faqat Ponimirskiy bilan uchrashgan kezlaridagina ana shunaqa choʻchirdi. Agar Jorjning telbaligi, uning gʻaroyib qiliqlari nazarda tutilsa, buning sira ajablanarli joyi yoʻq edi, albatta.

Nikodim kirib borganida, graf oʻrinda chordona qurib, hushtak chalganicha shirguruch yeb oʻtirgan edi. Koʻrpa ustida yotgai it goho-goho erinibgina egasining tarelkasini yalab qoʻyardi.

Ponimirskiy Dizmani xizmatkor uning ortidan eshikni yopganidan keyingina koʻrib qoldi.

— Salom! — dedi Nikodim.

— A! — dedi kulib graf — Hurmatli kasbdosh! Manavi la’nati boʻtqani olib qoʻying, kasbdosh!

Nikodim itoatgoʻylik bilai buyruqni bajardi-da, karavot yonidagi stulga oʻtirdi. Ponimirskiy unga istehzoli jilmayib qarab turardi. Uning kasalmand bolanikidek qonsiz yuzidagi katta-katta koʻzlari, qirra burnn, doim qimirlab turadigan yupqa lablari — xullas, butun basharasidan mamnunligi sezilib turardi.

— Sogʻligʻingiz qalay? — deya gap boshladi Dizma. — Eshitishimga qaraganda, ancha betob boʻlganmishsiz?

— Rahmat. Tashvishlanmang, kasbdosh.

— Men kasbdosh sifatida emas, — dedi birdan Dizma, — kuyov sifatida tashvishlanyapman.

— Nima-a-a-a?..

— Sizning kuyovingiz sifatida, deyapman, — deya takrorladi, dadilroq boʻlish uchun ovozini balandlatib Dizma.

— Bu nima deganingiz? — oʻshqirdi graf.

— Bumi, bu siz bilan qaynagʻa-kuyov boʻldik deganim; men singlingizga uylandim.

Ponimirskiy koʻrpani bir chetga otib, pushti pijamasida roʻyirost oʻrnidan turdi-da, Nikodim tomon egildi:

— Yolgʻon! Yolgʻon gapiryapsan, ahmoq!

Dizma quturib ketdi. Olomonning olqishlariga sazovor boʻlgan, arkoni davlatlar bilan oshnachilik qilib yurgan ulugʻ Dizmani allaqanday odam haqorat qilib oʻtirsa-ya! Nikodim sapchib oʻrnidan turdi-da, Jorjni tirsagidan tutib, toʻshakka uloqtirdi.

Ponimirskiy ogʻriqning zoʻridan ingrab yubordi. It jon-jahdi bilan akillay boshladi.

— He... Iblis! — deb yubordi Dizma. Eshik ochilib, kasal boquvchi ayol bilan xizmatkor paydo boʻldi.

— Mazangiz qochdimi, janobi oliylari? Ehtimol, yordam kerakdir? — deya soʻradi ayol.

— Qorangni oʻchir! Yoʻqol! — oʻshqirdi Dizma. Xizmatkorlar gʻoyib boʻlishdi.

Nikodim papiros tutatdi-da, Ponimirskiyga ham portsigarni tutdi. Jorj bir oz ikkilanib turgach, bir dona papiros oldi.

— Ana koʻrdingizmi, graf men bilan hazillashib boʻlmaydi. Shunday qilib, men synglingizga uylandim. Oʻtgan kuni toʻyimiz boʻldi. Xoʻsh, bunga nima deysiz?

— Sharmandalik!

— Nega endi sharmandalik boʻlarkan?

— Kimsan grafinya Ponimirskaya sizdek bir tuban, toʻpori odamga tegib oʻtirsa-ya! Pan... pan... familiyangiz nimaydi?

— Dizma, — deya eslatdi Nikodim.

— Kulgili familiya, — dedi yelkasini qisib Ponimirskiy.

— Demak, siz singlingizning jinoyatchi Kunikka xotin boʻlib qolishini afzal koʻrar ekansiz-da? A?

— Yoʻq... Harqalayi. Menimcha, siz gʻoyat yaramas odam boʻlsangiz-da, Kunikchalik firibgar boʻlmasangiz kerak? Darvoqe, bunday firibgar boʻlish uchun sizda aql yetishmaydi, chunki...

— Ogʻzingizga qarab gapirsangaz boʻlardi, janobi oliylari, — deya qovogʻin soldi Dizma.

Ponimirskiy jimib qoldi.

— Siz meni haqorat qilgandan koʻra, xudoga shukur qiling.

— Rostdan-a?!

— Ha, xudoga shukur qiling. Men oldingi kuyovingizga oʻxshab sizni tahqirlamayman. Siz uyga koʻchib oʻtasiz va butunlay erkin yuraverasiz. Biz birga yashaymiz, uchovlon ovqatlanamiz, mehmonga boramiz, mehmon qabul qilamiz....

Ponimirskiyga jon kirdi.

— Rostdan gapiryapsizmi?

— Boʻlmasam-chi.

— Minishga ot ham berishadimi?

— Istagan narsangiz muhayyo, boʻladi. Mayda harajatlar uchun pul ham olasiz. Qarzlaringizni boʻlsa toʻlab qoʻydim. Lekin mening ham oʻz shartlarim bor.

— Qanaqa shartlar ekan? — soʻradi bezovtalanib Ponimirskiy.

— Avvalo — tilingizni tiyib yurasiz. Oksford bilai Kurlyandiya sizning uydirmangiz ekanligini hech kim bilmasligi kerak.

Jorj kulib yubordi.

— Demak, odamlar bu safsataga ishonishibdi-da?

— Nega ishonishmas ekan?

— Axir basharangizga bir qarashning oʻzi kifoya-ku!

Dizma qovogʻini soldi.

— Bu yogʻi bilan ishingiz boʻlmasin. Tilni tiyish lozimligini unutmang. Ikkinchidan esa, hech kimga bildirmay menga ingliz tilini oʻrgatasiz.

— Men-a? — dedi gʻazabi qaynab Ponimirskiy. — Men sizdek tuban odamni oʻqitishim kerakmi? Qanday surbetlik!

— Oʻchir ovozingni, maymun! — deya oʻshqirdi Dizma. — Ikkitadan bittasini tanla: yo mening taklifimni qabul qilasan, yo seni darhol Tvorkiga joʻnataman.

Ponimirskiy labini tishlab, yigʻlab yubordi.

— Brut, Brut, — deya hoʻngrardi u itini silab, — Eshityapsanmi? Xoʻjayiningni yana jinnixonaga tiqishmoqchi... Brut!

Uning qonsiz yuzidan katta-katta yosh tomchilari oqib tushardi. Buni koʻrib Dizma hatto ajablanib ham qoʻydi.

— Xoʻsh, — deya soʻradi u, — qay birini tanlaysan?

— Meni senlab gapirmang, — deya norozilik bildirdi Ponimirskiy va darhol tinchib qoldi.

— Nega endi senlamas ekanman? Qaynagʻa-kuyov boʻlganimizdan keyin... Biz bir-birimiz bilan sensirab gaplashishimiz kerak. Odamlar nima deyishadi? Kasbdosh boʻlsak, qaynagʻa-kuyov boʻlsagu bir-birimizni «pan» deb chaqirsak?

— Qiziq! — istehzo aralash jilmaydi Ponimirskiy. — Nahotki oramizdagi farqni tushunmasangiz?

— «Farq» deganing nimasi? Unday desam, toʻgʻri, bitta farq bor: men aqli raso odamman, sen esa — telbasan! Xullas, xohlaganingni tanla. Qaytaga manmen bilan hazillashib bulmasligini unutma! Tumshugʻingga shunday solamanki, ogʻzingdagi tishlaringdan bitta qolmaydi!

Shunday deya u Ponimirskiyning koʻzi oldida mushtini doʻlaytirdi. Uning dagʻdagʻasiga qaramay Ponimirskiy xursand boʻlib ketdi.

— Rostdan-a? Qiziq. Shunday zarb boʻlishi mumkinligi haqida eshitgandim-ku, ammo oʻz koʻzim bnlan koʻrmagan edim. Bilasizmi? Hozir Antoniyni chaqiraman, siz uni urib, oʻsha zarbingizni koʻrsatasiz. Xoʻpmi?

Graf qoʻlini qoʻngʻiroq tomon choʻzgan edi. Dizma uni toʻxtatdi.

— Oʻzingni goʻllikka solma? Men Antoniyning emas, sening tumshugʻnngga solaman. Gʻing deb koʻr-chi. Xoʻsh? Rozimisan?

Ponimirskiy qoʻllarini bukib, ogʻir xoʻrsindi.

— Qanday xoʻrlik, qanday isnod! Men ana shu tuban, ana shu toʻpori odam bilan sensirab gaplashishim va bu ham yetmaganday, shu zehni past nusxaga ingliz tilini oʻrgatishim kerak! Uning kalla suyagini qarang, axir bu maymunning kalla suyagi-ku!

Dizma oʻrnidan turdi-da, soatiga qarab, dedi:

— Hay mayli, salomat boʻl!

— Ketyapsizmi?.. Yana birpas oʻtiring, boʻlmasam yolgʻiz oʻzim zerikib ketaman.

— Endi yolgʻiz qolib zerikmaysan. Seni shu bugunoq Tvorkiga joʻnataman.

Ponimirskiy karavotdan sakrab turdi-da, qalt-qalt titraganicha Nikodimning yoniga yugurib keldi. — Yoʻq, yoʻq! Men hammasiga roziman.

— Rozimisan?

— Ha.

— Tilingni tiyib yurasanmi?

— Ha.

— Menga ingliz tilini oʻrgatasaimi?

— Oʻrgataman.

— Mana bu boshqa gap. Endi meni ismimnn aytib chaqiraver.

— Isming esimda yoʻq!.. Qandaydir ahmoqona ism edi.

— Nikodim;

— Xoʻp yaxshi... Nikodim.

— Demak, biz endi oshnamiz-a?

— Nima? Nima?

— Demak, tilimiz bir-a?

— Ha, ha, tilimiz bir.

— Qani, Jorj, qoʻlingni ber. Hozircha xayr!

Ular qoʻl siqishdi-da, Dizma chiqib ketdi. Ponimirskiy gilamga oʻtirib olib, nimagaligini oʻzi ham bilmay qotib-qotib kula boshladi. Nihoyat, xizmatkorni chaqirdi:

— Antoniy! Antoniy! Antoniy!

Eshik ochilib, xizmatkor kirib kelgan edi, Ponimirskiy unga musht oʻqtalib, qichqira ketdi:

— Nega mendan yashirding?!

— Nimani yashiribman, panich?

— Singlimning erga tegayotganini-da! Qari eshak!.. Qani boʻl, tezroq narsalarni yigʻishtir.

— Yigʻishtir deysizmi? Nega endi, panich?

— Biz koʻchyapmiz. ..

— Qayoqqa?

— Uyga.

22-bob

Kelin bilan kuyov Koborovoga kelgach, ikki kundan soʻng u yerga Kshepitskiy ham yetib keldi — u oʻz boshligʻining ba’zi ishlari bilan Varshavada tutilib qolgan eda.

Kshepitskiy ishga qizgʻin kirishib ketdi: davlatga shpal yetkazib berish lozim boʻlib, bahorgi ishlar ham koʻz-quloq boʻlib turishni talab qilardi. Shu boisdan ham u Nikodim bilan Ninaga uncha koʻp vaqt ajratolmasdi, Darvoqe, ular buning uchun xafa ham emasdi. Nina bilan Nikodim kunlarini vaqtchogʻlik bilan oʻtkazishmoqda edi: ular qayiqda suzishar, avtomobilda sayr qilishar, ot minib dala kezishar va bil'yard oʻynashar edi.

Nina oʻzini juda baxtiyor his etardi. Toʻgʻri, ba’zan uning dilida gumonsirashga oʻxshash bir narsa iaydo boʻlardi, biroq u Nikodimning barcha nuqsonlarinn buyuk odamning tentakligiga yoʻyib qoʻya qolardi. Nihoyat, uning eridan minnatdor boʻladigan tomoni ham koʻn edi! Agar kunduz kuni u ba’zan oʻylanib qolsa, qosh qorayib, tun tushishi bilan hammasini unutardi qoʻyardi. Qalbining qa’rida uzoq vaqt mudrab yotgan hissiyot endi Ninaning a’zoyi badaiiga yoyilib, uning asosiy oʻy-xayoliga aylangan edi.

Kelin bilan kuyov kunlarini shod-xurram oʻtkazishardi, shu boisdan ham ularning totuvgina umr kechirishlari oʻz-oʻzidan ma’lum boʻlib qolgan edi.

Faqat ikki oydan keyingina ular qoʻshni pomeshchiklarnikiga borib, ular bilan tanishish va oʻz uylarida mehmon qabul qilish haqida oʻylay boshlashdi. Boz ustiga yozda pani Pshelenskaya bilan varshavalik boshqa mehmonlarning kelishi kutilmoqda edi.

Nikodim talaygina vaqtini ma’lumotini oshirish uchun mutolaa qilish bilan oʻtkazardi: u, yolgʻiz oʻzi yoki Ponimirskiy bilan birga kutubxonada qamalib olib, kitob oʻqirdi. U bu ishni istar-istamas qilsa-da, biroq kitob oʻqish va chet tillarni bilishning naqadar foydali ekanligini yaxshi tushunardi.

Kechki ovqat mahali u ba’zan oʻrni kelganda oʻqigan kitoblari haqida gapirib qoʻyardi, soʻzlarining suhbatdoshlariga qanday ta’sir qilishini zimdan kuzatib, u yoki bu yozuvchining dunyoqarashi toʻgʻrisida safsata sotardi. Faqat Ninagina emas, hatto Kshepitskiy ham uning gapiga odob bilan quloq solishardi. Koʻp oʻtmay Koborovodagilar Nikodim kutubxonaga qamalib olgan paytlarida, pan pomeshchik ilmiy ish bilan shugʻullanyaptilar, deydigan boʻlib qolishdi.

Ora-sira Dizma ekinzor va fabrikalarni borib koʻrardi. Xoʻjalikni boshqarish tashvishlari Kshepitskiyning zimmasiga yuklangan edi. Daromadning kundan-kun oʻsib borishi yangi boshqaruvchining ishni doʻndirib bajarayotganidan dalolat berib turardi.

Jorj Ponimirskiy tez kunda yangi sharoitga koʻnikib ketdi. U Nikodimning norozi boʻlishiga oʻrin qoldirmay, oʻzini kiroyi odamdek tutardi. Toʻgʻri, ba’zan biror narsaga shama qilib, istehzo bilan kulib qoʻyar, biroq kuyovning bir xoʻmrayishi bilan darhol pisib qolardi. Singlisi bilan u deyarli gaplashmasdi. Jorj avvaldan Ninani yoqtirmas edi. Boz ustiga u ayollarning fikrlay olish qobiliyatini tan olmasdi. U uzoq vaqt mahrum boʻlgan erkinlikdan lazzatlanib yurardi: ot minib sayr qilar, hatto avtomobil' ham haydar edi. Dizma dilida, zora biror falokatga yoʻliqib gumdon boʻlsa, degan umid bilan uning mashina haydashiga ruxsat bergan edi.

Biroq doim tentaklik qilib yuradigan Jorj oʻz jonini saqlash masalasiga kelganda juda ehtiyotkor boʻlib qolardi. Uning beozor telbaligi tez kunda tevarak-atrofdagi qishloqlarda anchagina latifalar toʻqilishiga sabab boʻldi.

Jorj Kshepitskiy bilan doim gerdayib muomala qilardi. U boshqaruvchi bilan ikki barmogʻini uzatib salomlashar va agar Kshepitskiy unga «janob oliylari», deya murojaat qilmasa, savoliga mutlaqo javob bermay qoʻya qolardi. Kshepitskiy uning bu qiligʻidan kulib, Jorjdan sira xafa boʻlmasdi.

— Gʻalati yigit, — derdi u, — qiliqlarini koʻrsam, doim kulgim qistaydi. Qishloqda shunaqa ermak ham kerak boʻlarkan. Ilgari qirollar nima sababdan saroyda masxaraboz saqlashganini endi tushundim.

— Jin ursin uni! — deya toʻngʻillardi Dizma.

Bu orada Varshavadagi eski doʻstlardan tashvishli xabarlar kela boshladi.

Iqtisodiy krizis kundan-kun zoʻrayib borardi. Tez kunda u Koborovoga ham oʻz ta’sirini koʻrsatdi.

Qogʻoz fabrikasi va taxta tilish zavodi faqat davlat buyurtmalari bilan ishlamoqda edi. Iqtisodiy inqiroz Dizmaning manfaatlariga ham yomon ta’sir qildi. Biroq baxtiga Kshepitskiyning uddaburonligi va davlat buyurtmalari tufayli hamon durustgina daromad olinayotgandi. Qoʻshni pomeshchiklarga nisbat qilinganda Dizma Qorundek badavlat koʻrinardi. Boyoqishlarning ishlari kundan-kun chappasiga ketmoqda edi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, oʻttizga yaqin yer-mulk kim oshdi savdosiga qoʻyib sotilishi e’lon qilindi.

Darvoqe, boshqa yoqlarda ham ish bundan yaxshi emasdi. Ziroatchilar sun’iy oʻgʻitlar ishlatmay qoʻyishdi, sarf-xarajatlarini juda cheklashdi. Boz

O‘xshash hikoyalar