MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar... ( I - QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...
(1 - Qism...)
* * *
AKBAR:
- Yoshlik chog`larimda do`stim Husniddinning, bobosi Nabijon buvani o`z bobom qatorida yaxshi ko`rardim, u kishiga havas qilardim. Sababi muruvatli, doyimo o`zgalarga yaxshilik qilishga oshiqadigan, bag`ri nihoyatda keng, bolajon, hammaga o`rnak inson edilar. Ularning eski qo`ng`iz Volga avtomobili bo`lar edi.
Haligidek esimda 7 yoshda edik. Har kuni maktabimiz yoniga kelib nabiralarini o`qish vaqti tugashini kutib turardilar va bir nechta bolani mashinasiga solvolib uy-uyimizgacha olib kelib qo`yardilar.
- Ho-o-o-y... azamatlar qani... -dedilar, doyimgidek yumshoq ovzda chaqirib.
- Akbar qara bobom kelibdilar, yururdik o`rtog`! -dedi Husniddin quvonganidan qichqirib.
5, 6 nafar sinfdoshlarimiz bilan qiy-chuv qilgancha Nabijon buvaga salom berib mashina ichiqa tiqilishdik. Menga old o`rindiqdan joy tegdi, Husniddin esa bobosini tizzasiga o`tirib, rulni ushlab oldi. Nazarimda mashinani bobosi emas Husniddinning o`zi boshqarib ketayotgandek. Unga shundoq havas bilan tilib qolibman-ki! Bunday qarashimni Nabijon buva payqab, kattakon qo`llari bilan asta yelkamni siladilar.
- Sengaham haydashni o`rgataymi? -dedilar.
Bir Husniddinga, bir bobosiga qarab olgach bosh irg`adim.
- Rostakasmigami?
Qah-qah otib kulvoldilar:
- Rostakasiga! O`zi kuching bormi?
- Ha... - bolalarcha soddalik bilan, tirsagimni qayib mushaklarimni qotirdim, - Manaaa!
- O`o`hoo! Kuchning ko`pku, polvonnn?
- Endi rostakasimiga o`rgatasizmi buvaaa? -dedim.
Kulib, kulib qo`ygancha bizni qishloq stadiyoniga olib bordilar va yonimdagi o`rindiqqa o`tirib mashina boshqarishni o`rgatdilar. Havasni, ishtiyoqni zo`ridan bo`lsa kerak tezda o`rganib oldim. Nabijon buva hamrohligida, stadiyonni ikk, uch bor aylanib chiqqan bo`lsamda, go`yoki o`sha temir aravada butun dunyoni aylangandek yuragim zavqlangan edi!
O`sha-o`sha ko`nglimda shunday orzu paydo bo`ldi; katta bo`lsam o`zimni shahsiy avtomobilim bo`ladi, uni minib yurtim shaharlarini kezaman der edim. Alloh peshonamga yozgan ekan, ming shukur yillar o`tib bu orzuyim ushaldi.
Yaqinda yangi bo`lmasada, harqalay holati yaxshi bo`lgan ``Lacetti`` rusumidagi avtomobilni sotib oldim. Biroq avtomobilni nomimga rasmiylashtirish, shinalar, faralarni, o`rindiqlarni yangi zamonaviylariga o`zgartirish ishlari tugaguncha bir necha kun kutishimga to`g`ri keldi. Anchagina yugur-yugurlar talaygina harajatlardan so`ng, hamma hujjatlar be`nuqson, avtomobilim huddi tasavurimdagi qiyofaga kirdi.
Mashinamni katta yo`lda haydab ko`rish istagimni, zo`ridan tun bo`lyi uyquda halovat bo`lmadim. Bobdoddan keyin esa sabrim chidamadi...
Hamkasblarga vadam borligi sabab, bugun ularga kichikroq ziyofat dasturxonini yozishni ham niyat qilgandim. Shuning uchun kecha harid qilgan bazi masalliqlarni oshpazga elitib berishim, kechga yaqin ziyfat dasturxonini hozirlatib qo`yishim zarur edi. Yegulik, ichimliklarni bagachga joyladim. Mashinaga o`tirar ekanman, ichki hayajonimni bosib olish uchun, bir lahza tong sukunatiga quloq tutdim...
Ayni shu lahzalarda mendan baxtli inson yo`qdek, biroq hamon ko`nglimni bir cheti hira tortadi.
``Nega bunday Akbar?`` deya o`zimni savolga tutaman!
Hamma ishim joyida! Qurilish ashyolari ishlab chiqaradigan korxonada muhandiz bo`lib ishlayman, yurishib turgan choyxonam, ikkixonali kvartiram, mana endi mashinam ham bor, Ollohimga ming shukur!
``Negaki, bu erishganlarimdan onam, dadam baxramand bo`lishmayabdi. Mana senga, sabab Akbar!``
Onamni sog`inib yana bir lahzaga hayol olib ketadi. Ko`z o`ngimda akamning to`yiga ko`rpa qavib o`tirgan onamni siymolari paydo bo`ldi.
- Assalom alaykum! Ona.
- Vaalaykum assalom toychoq...
- Toychoq demang ona, endi katta bo`lib qoldim, odamlar yonida uyalaman!
Onam jilmayib qo`yadilar va ko`rpa qavishda davom etadilar.
- Ona mashinam sizga yoqdimi?
Onam boshlarini ko`tarmay ko`rpa qavishda davom etadilar.
- Qayerdan olding?
- Hudo berdi!
Onam qavishdan to`xtab, o`ychan termulib qoldilar. Huddiki izoh kutayotgandek.
- Yoshligimizda dadam nima derdilar esizdami ona?
- Senichi esingdami?
- Ha ona, esimda! Dadam; nima so`rasang Hudodan so`ra, Olloh beminat beradi, der edilar. Ona dadam rost aytgan ekanlar, ming shukur hamma narsam bor...
- Parvardigorimga behisob shukurlar bo`lsin, - onam jilmayib biroz vaqit termulib turdilar, - Toychoq endi men uchun kelin so`ra!
Chaqmoq chaqib o`tgandek, birdan hayollarim to`zg`ab ketti. Onam bilan suhbatim bu mening halolimda kechdi, buni bilaman! Lekin kelin masalasi qanday hayolimga keldi bunisini o`zimham tushunmay qoldim. Ochig`i, shu chog`gacha uylanish haqida o`ylamagandim. Shuni uchun biror qizga jiddiy qaramadim ham! Hayolimga 3, 4 ta nomzod qizlar kela boshladim. Ammo negadur, ularni juftim o`rnida tasavur qilolmadim.
``Ko`p o`ylab boshingni qotirma Akbar, taqiringga bitilganini uchratasan albatta!``
Shu o`y-hayollarda mashimamni o`t oldirdim.
Mashinam asta joyidan qo`zg`aldi.
Gap bo`lishi mumkun emas, hammasi orzu qilganimdek... Shinam salon, yoqimli musiqa, soatdek aniq ishlayotgan divigitel ovozi va tezlik! Gaz pedalini bosar ekanman, yuragimni tariflab bo`lmas, jushqin hislar qarshab olayotganini sezaman, go`yo ruhim asfalt ustida uchayotgandek! Tezlik zavqidan rohatlanaman... Ajoyib bularni hammasi juda-juda ajoyib!
Bir zumda choyxonaga yetib keldim. Sherigim, hamkorim usta oshpaz Sohibnazar akaga ziyofat uchun kerakli masaliqlarni topshirb kechki vaqtga bir xonani tayorlab qo`yishlarini so`radim. So`ng biroz ul-bul yumushlariga yordamlashgan bo`ldim. Tong yorishdi, ishxonaga shoshildim.
Endi yo`lda avtomobillar qatnovi sezilarli darajada ko`paygan boyis, tezlikni meyoridan oshirmadim. Biroq shunga qaramay yo`l patrul hodimlarining nazariga tushib to`xtashga majbur bo`ldim. Harbiy darajasi, ism-sharifini aytib o`zini tanishtirib, hujjatlarni so`ragan dan hodimi bilan endi muloqotga kirishgan edimhamki, nogoh ko`zim yo`lning u yuzida chaqaloq ko`tarib olgan ayolga tushdi. U yo`lakda asta ketib borardi. Uning chehrasini uzoqdan ko`rgan bo`lsamda, uni tanidim. Allanechuk entikkan nigohlarim, bir vaqtlar qadirdon tuyg`ularni hadiya etgan insonning ortidan ergashib qoldi.
``Nahotki bu sensan?!``
Yo`l patrul xodimi hujjatlarimni qaytarib, ketishimga ruhsat berdi. Noiloj rulga qaytib o`tirdim va yo`limda davom etdim. Ammo hayolim qadirdonim bilan qolib ketti.
U haqida, u bilan bo`lgan suhbatlarim, eng ajoyib damlarni bir-bir ko`ngildan o`tqazib, ishxonaga yetib kelganimni sezmay ham qolibman. Endigina mashinadan tushushga taraddutlangandim, ko`zimga yana u ko`rindi!
``Bo`lishi mumkun emas!``
Yo`l davomida, uni juday ko`p o`ylayverganimdan bo`lsa kerak, yo`lakda suhbatlashib kelayotgan uchta student qizlardan birining chehrasi, unga o`xshab ko`rinib kettdi!!!
Tavba, shuncha yillardan so`ng sobiq sevgilimni chehrasini ko`rib, yuragim haprqib tomirlarimda qonim gupir oqa boshlaganidan bo`lsa kerak, ko`zlarim tinib, bosh chanog`imning qayerlaridadur yoqimsiz og`riq turdi. Be`ihtiyor ko`zlarimni yumib chakkalarimni barmoqlarim bilan uqalay boshladim. Bir necha sonyadan so`ng, og`riq yo`qoldi. Ko`zlarimni ochganimda esa boyagi qizlar yonimdan o`tib ketishirdi. Oynani tushirib, ularga yani bir bor qarab qo`ydim. Ammo endi ular orasida men tanigan qiz yo`q edi!
``Astag`furulloh! Bugun menga nima bo`layabdi?``
Hammasini charchoqqa, shu kuni tunda kam uhlagimga yo`yib qo`yaqoldim. O`sha yo`lda uchragan ayolni chehrasi, sobiq sevgilimni yodimga solib, huddiki mudrab yotgan his-tuyg`ularimni jonlantirib yubordi chog`i, uchragan har qanday qiz qiyofasida uning chehrasi ko`rishni boshlaganimdan salgina tashvishga tushdim!
``Nahotki seni shunchalar qattiq sog`ingan bo`lsam-a?!``
Tinchlanib hushimni yeg`ib olishga urundim. Shu asnoda yo`lda uchragan ayolning bir lahzaga ko`ringan chehrasini hotiralarimda qolgan qiyofasi bilan solishtira boshladim.
``Bu aniq o`sha qizmidi yoki unga o`shardimi?! Yo`q... yo`q balki u ham ko`zimga ko`rindimikin-a?``
Endi ongimni bir-birini imkor etuvchi, aldamchi o`y-fikrlar qamrab ola boshladi:
Uchragan ayol ham ro`yomidi?! degan fikr ongimni egallab oldi. Negadur ayni damda ko`zlarimdan shufhalana boshladim. Bundan esa hayollarimda bezovtalik paydo bo`ldi.
Ammo yuragim; u o`sha qiz ekanligiga shama qilayotgandek, allanechuk entikib, beyhalovat dupurlaydi.
Qiziq! Uni yana ko`rganimdan sevinishim kerkmi yoki hafa bo`lishim?!
``Ha... ha, yo`lda uchragan ayol ayni u edi! Ko`zlarim yanglishar ammo yuragim aldamaydi u o`sha... Lekin... Lekin uni qo`lida bola!!! Qo`lida bolasi bor edimi?! Ha... ha bolaisi bor edi... ming lanat! Bundan chiqdi hamma eshitganlarim rost ekan, rost!``
Bir necha oy avval u haqidagi turli mish-mishlarini eshitgandimu, ammo sirayam ishongim kelmagandi...
Boya negad qo`lidagi bolaga e`tibor bermadim? Afsus, ming afsuslar bo`lsinki, qo`lidagi bola, mish-mishlar haqiqatligini tastig`i edi.
Nogoh yurakdagi qayta o`t olgan ishq olovini asta so`nib, o`rnini achinish va andek nafrat egallab olayotganini tuydim.
O`zimni o`zim ovutib, beyhalovat yuargimga murojat qildim:
``Qo`y yurak bunchalar o`rtanma! - chap ko`ksimga yengilgina mushtladim, - Ahir bu taqdir, u qiz endi o`tmish. Ming dupurlab, faryod chekma u baribir eshitmaydi. Demak dunyo o`zi shunday yaralgan, go`zal qizlar be`vafo bo`lishadi! Mayli uni o`ylab o`zingni azoblama, u bunga arzimaydi. Hali bizni porloq kelajak kutib turibdi. Alloh nasib qilsa, taqdiringa bitilgan, bizga vafoli, mehribon qizni ham uchratamiz!`` deya o`zimga taskin berib, yurak hovurimni bosishga urindim. Asta mashinadan tushdim.
Yigit kishini bunchalik hislarga berilishi yaxshi emas, bir marta tuyg`ularga erk berib aldanganim yetar, endi taqdirga tavakkal qilib, sevgi-muhabbat mavzusida diydam qattiq bo`lishi kerak!
Hammasini unutib tongdagi kayfiyatimni qayta topvolishga umid qildim.
``Yo`g`inga kuyunma, boringdan suyun Akbarjon!``
Asta go`zal bir suluvni atrofida aylangandek, yangi ulovimni shinalaridan tortib faralarigacha, har bir qismiga sinchiklab nazar tashlagancha u-yog`-bu yog`ini yana bir karra ko`zdan kechirib oldim.
Shu payt ortimdan ayol kishini istehzoli kulgan ovozi keldi. Ortga o`grildim, hisobchimiz Zulayho opa!
* * * * *
NIYATXON:
- Bugun nihoyat hush-xabarlar eshitdim.
``Ey yaratgan egam o`zingga be hisob shukurlar bo`lsa, bolam tuzala boshladi. Bolamni o`zing panohingda asra!``
Tuni bilan palatada uning tepasida o`tirdim, hamma voqealarni bir-bir eslab o`z qadrimga, shanimga achinib tonggacha unsiz yig`lab chiqdim. Tong saharda doktirimiz kirib kelishdi. Dunyo tashvishlaridan beyhabar shiringina uhlab yotgan bolamni rang-ro`yini ko`zdan kechirib olgach, muloyim jilmaydilar:
- Niyatxon singlim, - bugun doktirimiz hotirjam ko`rindilar, demak hammasi yaxshi, ko`nglimdan o`tqazdim, - o`g`ilchangizni ahvoli yaxshi, bugun javob sizlar... Faqat ertaga paliknikada yana bir tekshiruvdan o`tib, natijalarini meng ketltirib berasiz! -deyishdi.
- Ho`p bo`ladi, rahmat do`ktir, - mehribon doktirimizni quchoqlab olishdan o`zimni bazo`r tiydim, - Umrizdan baraka toping opaaa!
Beihtiyor ko`zlarim yoshlandi. Ko`zlarimni yashirib bolamni yoniga engashdim. Ha... doyimgidek yana mavjlanib ko`zyoshlar quyulib kelmoqda, ammo bu safargi ko`zlarimda sevinch yoshlari, shukronalik yoshlari.
Bolamni uyqusini buzub yubormaslik uchun, astagina adyoliga o`ray boshlayman. Shu on ko`nglim bir nohushlikni sezgandek g`ash tortadi.
``Hademay yana anavu ayolning o`g`li keladi, tezroq ketishim kerak!``
Menga yaxshilik qilaman deya, o`zi bilmay yomonlikga duchor aylab qo`ygan honadoshim, beytob nabirasiga qarab yotgan Rizvonoy hola bilan imi-jimida sovuqqin hayrlashdimu, bolamni bag`rimga bosgancha tshqariga oshiqdim.
Kasalxona zinalaridan pastga tushib borar ekanman, qarshimda yana anavi erkak paydo bo`ldi. Birdan vujudimni sovuq tirtoq bosdi. Oyoqlarim qaltirib tek turib qoldim. Yonimga yaqinlashar ekan, u ham birdam sekinladi, hirsli ko`zlari jovdirardi, atrofda hechkim yo`qmikin degandek arqa oldiga qarab oldi. Sovuq yuzida g`olibona kulgu zohir edi.
- Asalim ketayabsizmi?
``Ilho tilingdan olsiz, begona ayolni ojizligidan foydalanib shilqimlik qilgan maraz!``
Ich-ichimdan qarg`ab yubordim, biroq bu so`zlarim tilimga chiqmadi.
- Jonim...
Jundor bilaklari men ton cho`zilayotgani ko`rgach, o`zimga keldim va jirkanib undan nari ketishga intildim. Biroq u poltoyimning yengidan tutib qoldi. Sal qolsa bolam qo`limdan tushib ketayozdi, qahir bilan ung yuziga chang solishga shaylandim.
- Qo`yvor orsiz uyalmaysanmi, begona ayolga tegajog`lik qilishga?
- Noz qilma jonim, baribir birga bo`lamiz-ku?
- Hudo jazoyingni bersin! -dedimu, uning kurakda turmaydigan izhorlarini ortiq eshitishga toqatim yetmay zinadan pastga oshiqdim.
- Haaaa qotangdan...
Yana nima deganini eshitmadim, faqatgina boyagidek g`olibona kulgusi eshitildi.
``Lanat, ming lanatlar bo`lsin sendek jirkanch erkakka!``
Tinmay uni qarg`ayman, lanatlayman. Biroq uning kalasxonada dardmad yotgan farzandi ko`z oldimga kelib, tavba deyman. O`sha norasida uchun qarg`ishlarim uning ablah dadasiga tegmasligini istayman!
Kun sovuq, bolamni bag`rimga bosgancha yo`l chetida yurib boraman. Hayolimni esa shu ikki, uch kunda bo`lib o`tgan voqealar bant etgan.
Navbatdagi lechenyalarni olish uchun, kasalxonada yotgan edik. Tunda yuqori isitma bilan, 3, 4 yoshlardagi qizaloqni olib kelishdi. Doktorlarni harkati bilan qizaloqni ahvoli salgina yaxshilandi. Qizaloqni yonida buvisi qoldi, dadasi esa tez-tez xabar olib palataga kirib chiqib turardi. Birinchi gal kelganda odob yuzasida salomlashdim. Keyingi kelganida esa o`zi savol berdi. Chiqib ketayotganida, qizidan habardor bo`lib turishimni so`rar, qaytib kelganida esa, qizchasini holini, qaysi doktirla habar olgan, nima degani kabi savollar bilan gaplashmoqchi bo`lar edi. Men esa odob yuzasidan haminqadar javob qaytarardim. Birinchi kun shunday o`tti, ikkinchi kun esa onaxon bilan ancha chiqishib qoldik. Avvaliga nega yaqinlarim kelmayotganidan qiziqdi. Ota, onam olamdan o`tganlar, erim yo`q, yolg`iz bolam bilan yashashimni bilganidan so`ng, allanechuk munosabatida iliqlikni sezdim. Avvalida o`g`li kelganda pinhona shivir-shivir qiladigan bo`lishdi. Keyin esa qiziqmasamda o`g`li haqida, uning toparmon-tutormonligi, dang`illana hovlisi, qimmatbaxo mashinasi haqida og`iz ko`pirtirib tez-tez gapiradigan bo`ldi. Tushga borib esa o`g`lini oylasi buzilib ketgani haqida so`z ochganda ko`nglimga havotur tushdi... Kechga borib esa, bu havotirim tastig`ini topdi. Men yoqib qolganim, kelin qilish niyati borligini aytib qoldi.
Har qancha rat etishimga qaramay, tuni bilan avrab-aldab bir bora gaplashib ko`rishimni qattiq iltimos qilgani uchun rat etolmadim. Uchunch kuniyam ertalabdan yana og`lini fazilatlarini mahtay boshladi. Agar bu onaxonning so`zlariga ishonadigan bo`lsam, demakki uning og`li farishta ekan!
Farishta bo`lsa, bo`laqolsin men uchun zig`ircha qizig`i yo`q! Ammo ko`nglim bo`lmasada, onaxonga; mayli deb qo`yganim uchun, bir marotaba uchrashib ko`rishda rozi bo`ldim. Qalbim eshigi faqat bir inson uchun ochilgan, shundan buyon begona erkaklar uchun hech qanday iliqlik bo`lmagan, bolmaydi ham! Faqatgina onaxonni ko`ngliga havola, shu palatada, bir-ikki daqiqa ko`rishish shartini qo`ydim.
Kechki tekshiruvdan so`ng karidor tinchlanib qolgandi mahal edi. Barcha bemorlar, yotib bo`lishgandi. Shu chog`, birdan eshik taqiladi. Odatda bu payt kasalxonaga hechkim qo`yilmasdi, lekin u yo`lini topib kirib olibdi. Onasini ruhsati bilan ichkariga kirib keldi. Yuzida tabassum, juda muloyim tarbiyali insonlardek salomlashib hol so`radi. Onasi o`g`liga allanimalarni imlab, ishora qilgancha, kutush zalidagi telvizirda sevimli seryali bo`layotganini bahona qilib, nabirasini yetalagancha chiqib ketti.
Men unga qaramadim ham, shunchaki bolamning tepasida, tik turgancha uning shirin uyqusini kuzatardim. U qizchasi yotadigan kravat chetiga omonat o`tirgancha, yeb qo`ygudek turmulardi.
Gapni avvalida nega bugun kech kelganini tushuntira boshladi. Aytishicha katta bir supermarket egasi ekan, bir ikki kun qizchasini betobligi oqibatida, ishga bormagani uchun uyerda soliqlar masalasida katta muammo yuzaga kelibdi! U bugun o`sha soliq hodimlarin onasini uch qo`rg`onini ko`rsatib, muammoni hal qilganmish!
``O`rgildim sendek, qonunni pisat qilmaydigan maqtanchoqdan!``
Uning bu kabi, mahtanchog`ligi biroz g`ashimni qo`zg`adi.
- Qonun-qoydalardan zo`r bolsangiz, demak jiddiy odam ekansizda? -dedim muloyimlik bilan kinoya qilib.
- Bo`lmasamchi, men o`z qoydalarim asosida yashayman! - qiyofasi yanda jiddiylashdi, - Men shunday insonman, gapni chuvalashtirishni yoqtirmayman... Senga to`g`risini aytaman. Seni bir ko`rishda yoqtirib qoldim, menga turmushga chiq! -dedi to`standan senlab gapirishga o`tib.
- Yo`q... - keskin javob qaytardim, - Men sizdek insonlar bilan hech qachon chiqisha olmayman...
- Chiqishib ketmiz! - miyg`ida kulib qo`ydi, - Rozi bo`l jonim... Seni baxtli qilaman!
To`satdan qo`llarimdan tutib oldi. Yonginamizda hali yoshigaham to`lmagan bolam uhlab yotardi. U hech nimani tushunmas, lekin o`zim udan uyalib ketdim. Siltanib-siltab uning qo`lidan chiqdimu, deraza tomonga yurdim.
- Chiqib keting!
- Haydama jonim, - quloqlarim ostida uning ovozi shivirladi, - Seni sevaman, rat etma!
Yelkamga jirkanch lablarini tegdi. Shunday qattiq quchoqlab olgandiki, qancha tipirchilamay, bu iblisni qo`llaridan chiqib keta olmasdim.
- Qo`yvor, hozir baqiraman!
- Hopde, hopdee iltimos! - bir harakat bilan meni o`ziga qaratib oldi, qo`llarim bilan uning ko`ksidan nari itarardim, ammo kuchum yetmasdi, - Siznikiman de! Seni baxti qilaman...
Uning hirs o`tida jovdirab turgan ko`zlarini ko`rdimu; bu odam sog` emas, degan o`y havosi vujudimni muzlatib o`tdi. Hozir yuragim tars yo`rqib ketdiyu, o`lib qoladigandek qo`rqib ketdim. O`z qo`rquvimdan ko`zim tinib, qulog`im shang`illab qoldi. Vujudimni ko`tara olmay qoldim, jirkanch quchog`idan chiqishning esa sira iloji yo`q, uning esa hamon titroq bosgan ovozi qulog`im ostida jaranglaydi. Biroq nima deyotgani tushuna olmayman!
``Yo rab, endi qanday qutulaman bu balodan!``
Shu payt tashqarida najotkor, hamshira ovozi eshitildi:
- Bemor... Bemor keredorda yurmang, palataga kiring!
- ....
Hayryan u meni qo`yib yuborib, ikki, uch qadam nari ketti. Men ham shoshgancha o`zimni tartibga keltirb, bolamni ko`tarib tashqariga chiqib ketishga shaylangan edim. Palata eshigi ochilib, onasi bilan qizchasi yetaklashib kirib keldi.
- Kelishib oldilarmi?
- Haaa oyijon, - yana boyagidek muloyim ovoz yangradi, - Niyatxon ajoyib ayol eknlar!
``Yoo Ollohim, mana bu buqalamunn qiyofali insonni!!!``
Vujudimda qahir g`azab vulqonday qaynab kelmoqda, ammo tilim qotib qolgandek, ularga e`tiroz bildira olmayabman.
- Vooy aylanay bolam! - o`g`lining so`zidan onasi quvonib ketti, - Bir-birlaringga yoqqan bo`lsanglar, bass...
- Oyijon endi men boraqolay, - mehribon o`g`il, mehirbon ota qiyofasi onasi va qizchasini bag`riga bosdi, - Hammasi yaxshi ko`ladi, siz havotir olmang!
U chiqib ketti, onasi esa ortidan duo qilib qoldi. Men esa bir daqiqa avval farishta niqobidagi shayton changaliga tushganimni o`ylab, dag`-dag` qaltirayman, qo`rqaman.
Mafiya bo`lsaya, shunday joyda shunchali, boshqa payt qo`liga tushib qolsam nima bo`ladi. Endi meni tinch qo`ymasa nima qilaman?! Shu kabi savollar bir on bo`lsada tark etmasdi.
- Qizim endi nima deysiz? - onasini savoli, sovuq muzdek seskantirib yubordi, beihtiyor bosh chayqadim, - Yo`q demang Niyatxon, o`g`lim tilla yigit. O`g`lizga otalik qiladi, siz nabiramga onalik qiling bir-birlaringni kamilarni to`ldirib baxtli oyla qurasizlar Hudo hohlasa!
Tanaga teygan o`qning og`rig`i keyin bilanadi. Menda ham shunday bo`ldi, boyagi tegajog`likni zalvorini endi his ettim, o`zimga ho`rligim kelib yuzlarimni kaftim bilan berkitib, o`kirib yig`lab yubordim!
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-