MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (9 - Qism...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...
RASM
Avvalgi 1 - 2 - 3 - 4 - 5 - 6 - 7 - 8 - Qismlar...
(9 - Qism...)
Biroz uning so`zlarini hayrat bilan tingladim. Bordiyu Shirinning bu so`zlarini eshitib tursamu, uni homiladorligini bilmaganimda va, ayni damda o`zini ko`rmayotgan bo`lganimda. Bir mehribon ayol bolasini erkalatyabdi deb o`ylagan bo`lardim. Bezovta hayollar og`ushiga cho`kib darvoza yonida turgancha uning so`zlariga quloq tutaman.
Ollohim, onalarni munchayam mehribon qilib yaratgan-a! Erka ohangda gapirganda, ovozi shunchalar shirali chiqadi. Aytayotgan so`zlari yoqimli tasirchanki, allanechuk qalbni erka bir tuyg`ular og`ushiga solib qo`yadi.
Hayolimni chalkash o`ylar bant etdi. Rosti Shurinning bu harakatini telbalik deyishimni ham demaslikni ham bilmayman. Chunki hayotimda ikkitagina homilador ayolni yaqindan ko`rganman xolos! Ulardan biri opam bo`lsa ikkinchisi manashu Shirin...
To`g`ri hozir menga g`alati tuyulayotgandur, lekin boshqa ayollar ham huddi Shirinday, tug`ulmagan bolasi bilan gaplashishar!!! Baliki onam ham men qornilaridaligimda shunday qilishgandur! Shularni bir-bir o`ylab ko`rarkanman, Shirinni bu harakatida salbiy jihatini ko`rolmadim...
U birdan sergaklanib, bir necha sonya jim bo`lib qoldi. Lekin men tomonga yuzini burmadi. Qornini ohista silagancha, endi salgina balnatroq ovozda qornidagi bolasiga murojat qildi.
- Bolajonim amaking bizni hali uzoq kuzatib turarmikin? - yolg`ondan qovoq solib, kiprik ostidan menga ko`z tashlab qo`ydi, - Amakingni qarashidan bizni a`qildan ozgan deb o`ylayabdi shekili! -dedi.
Uning so`zlaridan yuzimda kulgu zohir bo`ldi. Yoniga borib, ko`rpacha chetiga o`tirdim.
- Seni o`zingdan ham yaxshi biladigan va tushunadigan birorta inson bo`lsa, u ham kamina. Ishonaver Shirinim bu borada hech kim menga tenglasha olmaydi. Shunday ekan seni nega a`qildan ozgan deyishim mumkun?
- Ichizda o`yladizku!
- Yo`q! Balki jinday shufqa o`tgandur lekin yo`q...
Ohista qo`lidan tutdim va o`rnidan turib olishiga yordamlashdim.
- Rahmat...
- Arzimiydi... Shirin sendan iltimos boshqa, bunday qilmagin. To`g`ri men sen haqingda yomon o`ylamayman, lekin begonani ko`zi tushib qolsa u noto`g`ri hayolga borishi mumkun... Kel shu gaplaringni ichingda hayolan aytib qo`yaqolgin-a?
- Bo`midide!
- Nega ovozingni chiqarmasen his etmaydimi?
- Yoo... - kuldi, - Shunchaki chiroyli chiqmaydide!
- Eee seni qarayu... - qo`l siltadim, - Mayli buyog`i diydor kuni ham yaqin qoldiyu, farzanding tug`ulgandan so`ng bu g`alati odating, odatiy holga aylanadi...
- Diydor kuni kelguncha, bolajonim bilan yaxshilab chiqishib olaylik deyabmanda! -dedi, mening ham zavqimni oshirib, erkalanib kulgancha.
- Ha Shirin sen ajoyibsan ayolsan, - unga qo`limni uzatdim, - Shuni o`zing bilasanmi?
- Bilaman, -deya qo`limdan tutdi.
- Yur mashinaga chiqaylik, pilita olib kelgani boramiz!
Mashinaga o`tirgach, doyimgidek qo`lini duoga ochdi: ``Alhamdu lillahillaziy saxxara lana haza*`` deya pichirlagacha duoo o`qib yuzimizga fotixa tortdi. Uning yo`limiy be hatar bo`lishini so`rab o`qigan duosidan, ko`nglim tog`dek bo`lib ko`tarildi. O`zimni allanechuk baxtiyor his etib, bir lahza yonimdagi farishta misol ayolga termuldim.
Endigina katta yo`lga chiqqan edik.
- Sizga erkalik qilsam maylimi? -dedi to`satdan.
- Nima! - kulib yubordim, - Qanaqa erkalik?
- Hozir rosayam qurt yegim kelyabdi... Iltimos olib bering? -dedi, erkanamo jilmayib.
- Shumi erkaliging?
- Hmm! -dedi jilmaygancha bosh irg`ab.
- Seni qarayu, erkalik qilib kattaroq narsa so`ramisanmi? - burnini barmog`im bilan ohista turtdim, - Istasang oydan pishloq sotvolib beraman!
- Vooy! - labini to`sgancha qiqirlab kuldi, - Oyda pishloq bularkanmi?
- Oyda hamma narsa bo`ladi... -dedim, hazil qilib.
- Eee boringeee!
Kulishib-kulishib bir zumda manzilga ham yetibmiz.
- Shirin sen mashinadan tushma, man tezda pilitalardan olib qaytaman. Keyin yo`lni u yuziga o`tib, - yo`lni u yuzidagi mini marketga ishora qildim, - Huuuv, do`kondan senga qurt olib beraman!
- O`tirurib zerib ketdim. Tushib, o`sha yerga o`tib tursam bo`lmaydimi?
- Bo`ladi. Mana senga pul... - cho`ntagimdan biroz pul olib qo`liga tutqazdim, - Faqat yo`ldan ehtiyot bo`lib o`tgin-a?
Men qurulish mollari do`koniga, Shirin esa yo`lni u yuzidagi mini market tomonga ketti. Mo`ljallimdagi pilitalardan keragicha sotib oldimu, tezda qaytib chiqib mashinani orqa bagachiga solayotgan edim. To`satdan yo`l tomondan signal va qattiq tormiz ovozi eshitildi. Birdan ko`z oldim qorong`ulashib, tirnoqlarim uchugacha zirqirab ketdi.
``Shirin!``
Yuragim taka-puka hovotir bilan o`sha tomonga qaradim.
``Ollohga shukur!``
Hechnarsa bo`lmabdi, o`pkasini qo`ltiqlagan taksi haydovchisi, to`satdan qo`l ko`targan mijoz qarshisida biroz keskinroq tormiz bosib to`xtabdi holos.
``Hee shoshilgan eshak!``
Negadur qulog`im ostiga tormiz va sig`nal ovozi o`rnashib oldi. Ichimda esa yoqimsiz titroq tarqamasdi. Bagachni berkitdimu, Shirin kirib ketgan do`kon tomon shoshildi. Do`konga yaqinlashar ekanman, uning kattakon oynalaridan ichkarida turgan Shirinni ko`rib, yurak hovurim sal bosilgandek bo`ldi. Asta ichkariga kirdim. Sotuvchi qiz chaqaloqlar kiyim kechaklarini ko`rsatish bilan bant. Shirinni esa ko`zlari chaqnagan, labida tabassum, zavqlanib jajji liboslarni ushlab, turli tomonlarini aylantirib ko`rardi.
- Shirin...
- Labbey! - men tomonga o`grildi, - Aytgan narsayzni olib bo`ldizmi?
- Ha... O`zingchi? Qurt bor ekanmi?
Jilmaygancha yelka qisdi. Bundan malumki, chaqaloq kiyimlarini ko`rib, nimaga kirganini ham unutib qo`ygan.
- Sizlarda qurt bormi? -dedim, sotuvchiga yaqinlashib.
- Bor... *** so`mga to`rtadan!
- Manashu pulga yarasha bering...
Sotuvchi bir paketga ikki hovuch qurt solib berdi. Paket ichidan bir dona qurt olib og`zimga soldim va qolgani Shiringa uzatdim. Sotuvchi qiz Shirinni yoniga qaytib, boyagi kiymchalarni yana qo`liga oldi.
- Opa qaysi birini oladigan bo`ldiz, tanladizmi? -dedi.
- Yo`q... - Shirin birozgina hijolat bo`lib bosh chayqadi, - Hech birini olmayman, hozir pulim kamroq edi...
Sotuvchi qiz meni ko`rsatib ishshaydi:
- Pochchamdan olaqoling!
Shirin sotuvchi qizga nima deb javob qaytarishni bilamay, o`ng`aysiz bir ahvolga tushib qoldi. Mendan ko`mak kutti shekili, ko`z ostida bir qarab qo`ydi.
- Qancha ekan? -dedim, qiziqqan bo`lib.
- Donalabga *** so`m... Aaa kamplekti olsangiz *** so`m! Qay birini olasiz pochcha? -dedi qiz ayyorona jirjayib.
Sotuvchi qizning bu qadar, ayyorlik bilan aytayotgan so`zlari meni ham biroz dovdiratib qo`ydi. Ochig`i unga nima deyishni bilamay qoldim.
- Qay birini olishni o`ylab ko`rdizmi pochcha... -dedi qiz biroz shoshiltirib.
Shiringa bir qarab olgach, o`zimni dadilroq tutishga urundim.
- Albatta yaxshirog`ini olamiz!
- Lekin pochchajon, - sotuvchi qiz ayyorona jilmayib paket halgaga solingan kiymlarni men tomonga uzatdi, - Opamlarga manabu pushti rangdagisi ko`proq yoqdi. Bunisi esa biroz qimmatroq *** so`m turadi...
Sotuvchi qiz jarangdaor ovozda dadil-dadil gapirib o`z molini maqtab o`tqazishga urunardi.
- Opayzga yoqqan bo`lsa olamizda singlim! -dedim hotirjam jilmayib, sotuvchi so`ragan pulni sanay boshladim.
- Shoshmeng... - Shirin pichirlagancha bilagimdan tutdi, - Keraymas!
- Senga shu yoqdimi?
- Hmm, lekin...
- Unda olamiz, nega hijolat bo`lasan? - sotuvchiga pulni berib, qo`limdagi kiymlarni Shirinni qo`liga tutqazdim, - Rahmat singlim, savdoyizni barakasini bersin... -dedim quvnoq sotuvchi qizga munosib minnaddorchilik bildirib.
- Arzimida pochchajon! Opam esan-omon qutilib olsinlar, baxtli bo`lilar, - qo`l siltab hayrlashdi, - Yana kelib turilar...
Sotuvchi qiz judayam ayyor ekan, shu bilan tillari ham shirin. Lekin uning yaxshi niyatda aytgan ohirgi tilaklari qalbimizdagi eski jarohatlarni tirnab qo`ygandek bo`ldi.
Shirin chaqaloq kiymlarini bag`riga bosgancha, ortimdan ergashdi.
Qizni so`zlari qalbimizga shunchalar tasir qildi, go`yo tillarimizni ham muzlatib qo`ygandi. Yarim yo`lga yetgunimizgacha, ikkimizdan ham biror so`z chiqmadi.
- Shimasizmi? - Shirin oraga tushgan noqulaylikni tarqatish uchun, paketdan qurt olib menga uzatdi, - Qurt, shiming...
- Beraqol, -deya qurtni olib og`zimga soldim.
- Yaxshi qurt ekan-a? -dedi, pichirlagancha nigohini yashirib.
Qurtni shimarkanman, unga qarab, boyagi voqea asorati hamon taqib qilayotganini ko`rib turardim. Yuzidagi tabassumda beg`uborlik yo`qolib, sergap qiz birdaniga kamgap bo`lib qoldi. Shirin sezdirmasdiyu lekin biroz jahli chiqqandi. Mendan hijolat tortib, uyalardi. Hatto ko`zimga qarayolmayotganini sezdim.
- Shirin... Boyagi qizni gaplarini o`ylayabsanmi?
- Ha... - boshini ko`tardi, - Nega siz indamadiz? -dedi.
- O`zingchi?
- Men nimayam derdim? Birga emasligimizni bilib noto`g`ri tushunadimi, deb qo`rqdim! -dedi, hursunib.
- Men ham shuni o`yladim, - uni tinchlantirish uchun asta qo`lini siqib qo`ydim, - Aytganimizda nima o`zgarardi, baribir bizga yetti yot begona bo`lsa! -dedim.
Shirinni esa yarasini yangilab qo`yilganigami hanuz jahli chiqardi.
- O`zi g`alati qiz ekan, surushtirmay gapirganini qarang! -dedi.
- Aslida qizda ayb yo`q. U ham ko`rib turganiga ishonib gapiraverdi..
- Balkim!
- Kel bundan muammo yasamaylik!
- Ho`p...
Oraga tushgan sovuqlikni quvish haqida o`ylay boshladim. Buni qanday qilsh yo`lini topdim ham.
- Senga bitta qiziq latifa aytib beraymi? -dedim.
- Mayli ayting. Bir kulishaylik...
- Unda eshit; ``Yigit qizga SMS yozayabdti:
- Shalom shevgilim! Yaxshimishan?
Qiz hayron bo`pti:
- Jonim nega ``S`` harifi o`rniga ``SH`` harifini yozyabsiz?
Yigit:
- Og`zimda nosim borda-da, ashalim! -deyarmish.``
Shirin birpas o`ychan turdiyu, kafti bilan lablarini to`sgancha qiqirlab kulib yubordi.
- Tushindingmi? -dedim.
- Ha... Og`zida nosi bo`lsa, u yozayabdi ekan! -dedi, latifani ma`nosini shahrlarekan miriqib kulardi.
Shu ko`tarinki kayfiyat bilan uyga ham yetib keldik. Yana beton qorishtirish uchun harakatni boshladim. Shirin esa stulga o`tir olgancha, qo`lidagi chaqaloq kiyimchalarini paket haltasidan chiqarib olib taomosha qilardi. Hursandligidan kiyimchalarni bag`riga bosib, og`zi tinmay gapirardi. Kiyimlar qanday chiroyli tikilgani, beyjirimligi, matosining yumshoqligi yana men tushunmagan allanimalar haqida. Betonga suv quydim va ivib olguncha biroz nafas roslay deb Shirinni yoniga o`tirdim.
- Manabuni qarang, matosini ushlab ko`ring! -dedi, menga ham qo`lidagi ko`ylakchani uzatib.
- Qiziqsana Shirin, men qayoqdan bilaman! Bunaqa narsalarni ayollar tushunsa. Kelgin shularni oyinglarga ko`rsataqolgin! -dedim, qo`lini qaytarib.
- Uuufff... - qornini silagancha qovog`ini soldi, - Bolajonim amakingni qaraya, bir marta ushlab ko`rib: Shirin judayam chiroyligini tanlabsan barakalla deb qo`yishi shunchalik qiyinmikin? -dedi, jahil qilib yelkamni yelkasi bilan ohista turtib.
- Qani berginchi! - qolidan ishtonchani oldim, - Bolajon bu ishtonchangni chiroyliligini qaraya! Shirinxon onangni didli judaham balant ekana? -dedim menam Shirinni qorniga qarab.
- Bolajonim ayt; yomon amaki ekansiz, oyijonmi ustimdan kulmeng degin? -dedi.
- Yo`q bolajon. Sening oyijoni ustidan kulmayabman, bor gapni aytyabman! - ishtonchaga sinchiklab qarasam, rostdan notog`ri tikilgan ekan, - Iya bolajon men aslida aldayatgan ekanman-ku!.. Qaraya shoshqoloq oyingni a`qlini o`g`irlab qo`yibsan, bilmasdan senga teskari tikilgan ishtoncha tanlabdi, farosati oyijoning! -dedim, kinoyali iljayib.
- Nima? -dedi, hayron bo`lib.
- Nima, nima? Buni qara didi balant qishni qiz! Teskari tikilgan ekan-ku! -dedim, ishtonchani chokiga ishora qilib.
- Aaaa! - bosh chayqagancha jilmaydi va qornini siladi, - Bolajonim amaking rosdan ham hech nimani tushunmas ekanlar! -dedi ustimdan kulgandek labini tishlab.
- Kim tushunmas ekan?
- Sizda!
Shirin qo`limdagi ishtonchani olib tushuntira boshladi. Aytishicha chaqaloqlarga kiyimini bo`rtmalari botmasligi uchun, chokini tashqariga qilib tikishar ekan!
Shirinni so`zlari qiziq tuyulib yuzimda kulgu zohir bo`ldi.
- Kulyabsizmi? Siz ham chaqaloq bo`lganizda shunaqa kiymlar kiyganizni unutmen! -dedi.
- Sen chaqaloq paytimni ko`rganmisan?
- Ko`rmasam ham bilaman!
- Bilmas ekansan u paytda ham modaga qarab kiyinardim...
- Olasiza, gapniyam!
Hazil, huzib bilan kayfiyatimiz hushlab suhbatlashib o`tirgandik. Uni qorni qimirlab qo`yayotgani ko`rib qoldim.
- Shirin qorning qimirlayabdi!
- Bolam tepyabdi, - mehir bilan qornini silagancha o`rnidan turdi, - Mana turdim, jonim turdim!
Qiziqib so`radim:
- Pastdan qanday buyruq bo`lyabdi?
- Oyi o`tirmasdan turib, u-yoqdan-bu yoqqa yuring deyabdi! -dedi kulib.
- Ishqilib tug`ulaman demayabdimi? -dedim, birozgina havotir bilan.
- Yo`q hali bor... -dedi, bolasi tepinib harakat qilayotganidan allanechun sevinib.
- Unda yaxshi!
Yaqinimga keldi, so`roqsiz qo`limni ushlab kaftimni qorniga qo`ydi.
- Sezyabsizmi? - jilmaydi, - Tepyabdi, sezyabsizmi?
U bu harakatini go`yo beihtiyor bajardi. Lahza o`tib tushunganda esa, uyalganidan duv etib qizarib ketti.
Bir necha sonya bir-birimizga termulib qoldik. Qo`lim hamon uning qornida, biroq bola tepkisini sezmasdim. Kaftlarim bo`rtib turgan, kindikni his etardi holos.
Yuragimda achishgan og`riq turdi, ikki hovuch orasiga tushib qolgan qushchadek tipirchilay boshladi. Huddi yuragim qushchadek uchub ketayu, qaytib o`rniga kelmaydigandek tuyulardi. O`zimni tiyolmay Shirinni bo`ynidan quchub, boshini chap ko`ksimga qo`ydim.
Bechoragina titrab, yuragi hayajonga to`lib yuzini ko`ksimga bosdi.
- Nima qilganiz bu? - dedi, birov eshishitib qoladigandek shivirlab.
- Eshit...
- Nimani?
- Yuragim nolasini bir lahza tingla! - ohista chakkasiga yuzimni bosib ko`zlarimni yumqdim va qulog`iga shivirladim, - Armon yig`layabdi...
``Senga yaqin bo`lish menga qanchalik yoqimli bo`lsa, shuncha azob ham beradi. Maysal yaprog`iga qo`ngan shabnam tomchisini to`kib yuborish uchun tong saharda erkalangan subh sabosining ojizgina epkini kifoya qiladi. Shu onda mening yuragim ham o`sh yaproqqa qo`ngan shabnam tomchisidek omonat! Salgina turtki uni chil-chil qiladiyu, butun dard-og`riqlarini to`zondek olamga yoyadi. Bu to`zonda sen qolib ketishimdan qo`rqaman! Sendan yolvorib so`rayman, yuragimni hadikda qoldirib bunchalik azoblama!``
Shirinni asta qo`yib yubordim. Bu ishimdan shunchalar hijolat bo`lardim, buni so`z bilan tariflash qiyin. Shirin ku gapirmasam ham bo`ladi, uyalganidan ko`zimga qarayolmay yer chizardi. Lekin o`zimda jurat topib birozgina engashib kaftimni yana uni qorniga qo`ydim.
- Bolajon sen ham yuragim ovozini eshitdingmi? -dedim.
- Ha, lekin tushunolmadim, deyabdi... -dedi Shirin ko`zimga qarashga urunib.
- Bolajon bu yuragim sen uchun ham o`z eshiklarini katta ochib seni juda yaxshi ko`rishini aytdi! -dedim.
- Oyijonimnichi deyabdi? -dedi, Shirin.
- Hafa bo`lmaginu, oyingni biroz kamroq!
Shirin jilmaydi, endi u ko`zlarini olib qochmasdi...
* * *
Hovlidagi ishni tugatgandan so`ng oradan bir oycha vaqt o`tgandi.
O`sha kuni, qo`shni qishloqda bir hoji otani hotirasiga bag`ishlab o`g`illari tomonidan qishloqlararo uyushtirilgan futbol musoboqasida edik. Sovringa kattagina qo`chqor tikilgan edi. Birinchi bosqiqdan o`tganimiz nishonlab kunni kech qilib uyga qaytgandim. Shu kuni onam suyunchiladilar; Shirin shiringina qizaloqning onasi bo`lgani aytib. Eshitib ko`nglim tog`dek ko`tarildi.
``Umri uzoq, baxti-saodatli qiz bo`lib ulg`aysin ilohim!``
Shu orada ikki, uch kun vaqt o`tti. Kechki ovqat ustida edik. Nuriya ammam chaqirib kirdilar.
Salom alikdan so`ng, kichik qog`zchaga yozilgan telefon raqamini tutqazdilar.
- Rustam, telefoningda manabu raqamga qo`ng`ir qilib bergin. O`zimni telefonimni puli tugab qolibdi!
- Ho`p bo`ladi...
Raqamni terib, telefonni ammamga uzatdim. Telefonni olib o`rnilaridan turib nari ketdilar. Biz quloq tutmasdik, ammo masofa uzoq bo`lmagani uchun ammamni: yeg`lama, hammasi yaxshi bo`ldi, ko`nglini to`q qil degan so`zlarini shundoq eshitib turardik. Ammam 4, 5 daqiqa suhbatlashgach telefonni qo`ydilar. Shirin bilan suhbatdan kayfiyatlari tushub ketgandi.
- Nima bo`ldi Nuriya? - dadam hovotirlanib so`radilar, - Hech qanday muammo yo`qmi? Shirina qiziz, chaqalog`i sog`-omoni?
- Ha ularni ikkovlari ham ollohga shukur yaxshilar!
- Unda nima gap, nega yig`lama dediz qizizga?
- Ko`rmaysizni bu qiz tushmagurni ko`nglini nozikligini! - ular mahzun jilmaydilar ammo ichki bir ezilish bilan so`zlarni davom ettirdilar, - Hamshiralar boshqalarga yaxshi qarab, ung yaxshi qaramagan emish, shu ko`ngillariga og`ir botib yeg`latibdi...
- Iyaaaa! Nega yaxshi qaramaydi?
- Tushunarli, - onam suhbatga aralashdilar, - Bazi hamishiralar poraho`r bo`lib ketishyabdi, cho`ntagiga biroz pul qistirmasez ko`ngildagidek e`tibor berishmaydi!
- Tavba... -dada dimog`ida kinoyali kuldilar, - Insof bersin...
Oraga skunat cho`kdi, hamma ko`zi so`ri chetiga o`rnatildan televizirdayu, lekin hayollari boshqa tomonlarda.
- Haligi aka!.. - Nuriya ammam bu skunatni buzdi, - Ertaga Shiringa ruhsat berishar ekan. Mashinayzda borib olib kelsak degandim. Shunga votiz bo`ladimi? -dedilar.
- Ha, mayli bemalol, - dadam men tomon imladilar, - Mana Rustam olib borib keladi... -dedilar.
- Rahmat... - ammam birozgina iymanib menga murojat qildi, - Shirin qattiq tayinladi. Tong yorishmay vahli borilar deya! O`g`lim sal vahliroq harakat qilasanda ho`pmi?
- Ha, hovotir bo`lmang, hammasi siz aytgande bo`ladi, -dedim.
Nuriya ammam kelishib olgach, o`rnidan turdi. Onam eshikkacha kuzatib qo`ydilar. Eshik oldida ham bir nimalarni gaplashib, bir muddat turib qolishdi. Onam qaytib kelganlarida ular ham o`ychan, tushkun bir holatda edilar.
- Onasi tinchlikmi?
- Nuriya ham ancha cho`kib qolibdi, - degancha bosh chayqadilar, - Afsus Shirin qizni ham taqdira, ohshamadi...
- Shuni ayt onasi, Shirana boshqacha qiz edi!
- Boyaqish hozir har doyimgidanda ko`proq e`tiborga muhtoj, - onam o`ychan bosh chayqadilar, - Eshitdizmi dadasi, tong yorishmay kelilar deganini?
- Haa! - dadam tajublanib onamga qaradilar, - Nima dimoqchisiz?
- Dadasi hozirgi yigitlar, to`g`riqxonadan oylasini olib chiqishni ham dabdabali qilib yuborishyabdi. Uzun mashinalarda, video tasmalga oldirib, karnay surnalar bilan, eh-hee!!! - onam kuyunish bilan tebrandilar, - Shirin qiz eridan ajrashgan. Uyerda esa har kuni derazadan chaqaloqlarni qanday olib chiqib ketishayotgani ko`rib turadi...
Onamnini bu gaplaridan keyin, nima uchun Shirin; tong yorishmay kelilar deganini tushundim. Shirinning ko`nglidan nimalar o`tayotgan ekan? Bu faqat uning o`zigagina ayon!
- Oyi, dada! Ertaga Shirinni chiqishiga videochi chaqirtirib, karnar surnaylar bilan chiroyli tasvirlaga tushurtirsam qalay bo`larkin?
- O`g`lim sohtalikni nima keragi bor? -dedilar, onam.
- Sohtalik bo`lsa ham Shirin yaqinlari e`tiborini his etsa o`ksib yurmasdida! Aytishidayu qiz ko`ngli gul deb...
- Fikring menga maqul o`g`lim, - dedilar dadam men tomon bo`lib.
- Shiringa zo`r surpiriz tayorlayki, hali o`ziham hayron qoladi... -dedim, o`z rejalarimdan o`zim zavqlanib.
- Shoshma o`g`lim! - onam yana e`tiroz bildirdilar, - O`z bilarmonlik qilmasdan avval Nuriya bilan gaplashib qilganing yaxshi, bu ishni!
- Ho`p oyi...
Shirinni baxtiyor ko`rish, ko`nglini ko`tarish uchun chiroyli niyatni ko`ngilga tuyib qo`ydim. Tong otgach, Shirinni olib kelgani ketmasimizdan avval niyatimni ammamga aytdim. Unchalik hohishlari bo`lmasada, lekin e`tiroz bildirmadilar.
- Mayli o`g`lim o`zin bilasan, biroq juda oshirib yuborma! -dedilar.
Hullas ammam bilan kelishgan holda, ularni to`g`riqxona eshigi oldida qoldirib, o`zim rejamni amalga oshirishga kirishdim. Videochi va fotagirif yigitlarni, hiyobonda ishlaydigon multfilm qahramonlari libosini kiyadigan ikkita aktiyor topdim. So`ng chiroyli guldasda, quchganda quchoqni to`ldiradigan oppoq yumshoq ayiqcha sotib oldim.
Hullas ana-mana deb to`g`riqxonaga borganimda soat 9 dan oshgandi. To`g`riqxona xovlisiga