Oshkora qotillik qissasi (qissa) (6-bet)
oʻxshab don Roxelio de la Florning ustarasida soqolini olgan. Xullas, ikkovlon tunkezarlarga xos me’rovona qiyofada roʻparadagi qorongʻi derazaga tikilishgancha indamay, shoshilmay musallasni ichib tugatishgan, bu orada hangama-doʻkonga paydar-pay kirib-chiqib, joʻrttaga savdoda yoʻq mollarni soʻrab-surishtirishgan, yagona niyatlari — Vikariolar Sant'yago Nasarni oʻldirmoqqa shaylanib rostdan shu yerda oʻtiribdimi — xuddi shuni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, ishonch hosil etmoq boʻlgan.
Sallohlar haq deb qarab oʻtirgan xonada shu tun chiroq yonmagan. Sant'yago Nasar uyiga tonggi soat 4-u 20 da qaytgan, zinapoya chirogʻi butun kecha yoniq turganidan oʻz xonasiga yorugʻda bemalol oʻtib, chirogʻini ham yoqmay, kiyiminiyam yechmasdan karavotga oʻzini tashlaganu dong qotgan. Bir soat uxlagach, yepiskopni kutishga chiqadi, kechikmasin, deb Viktoriya Gusman uni vaqtliroq uygʻotgan. Biz Sant'yago Nasar bilan birga sahargi soat uchgacha Mariya Alexandrina Servantesning islovatxonasida aysh qilgandik: xuddi oʻsha paytda Mariya bibi mashshoqlarning javobini berib, raqsxona chiroqlarini oʻchirib, bu visol uyining gullariga — zanji jononalargayam bir oʻzlari, jazmanlarsiz sal uxlab, hordiq chiqarishsin, deb ruxsat bergan edi. Uch kundirki, zanji dilbarlar tinim bilmay xizmat qilishdi: avval oliynasab mehmonlarning koʻnglini ovlashdi, ular joʻnab ketgach, bizga oʻxshab toʻydan keyin oʻziga hamsuhbat topolmay yurganlarga eshiklarini lang ochib qoʻyishdi. Mariya Alexandrina Servantes — tengqurlarim uni, oʻlsagina koʻzi yumiladigan xotin, uxlamaydiyam-uxlatmaydiyam, deyishardi — umrimda uchratganim ayollarning eng dilbari va xushkalomi boʻlib, koʻrpada ham odamzotning jonini kirgizardi, ammo anchagina oʻziga qattiq juvon edi. U shu yerda tugʻilib-oʻsgan, butun umri ana shu dorulshahvatda kechgan; bu xonadon eshiklarini dunyodagi boriki ikki oyoqli erkak zoti uchun keng ochib koʻygan edi, bir necha xonani soatbay ijaraga berib, koʻp foyda koʻrgan; kattagina tashqi hovli sahnidagi raqs maydonchasi chiroqlari ustiga Paramaribo dagi chin bozoridan sotib olingan oshqovoqlarning ichini oʻyib, quritib, qalpoqcha tarzida oʻrnatishgandi. Tengdoshlarimni — butun bir avlodning yigitligini ilk bor barbod etib, juda erta koʻzini ochgan ham shu juvon edi. U bizga keragidan salgina ortiqcha narsalarga oʻrgatgan boʻlsa-da, biroq, eng muhimi, jahonda koʻrpada yolgʻiz yotishdan kam bemaza tomosha yoʻqligi xususidagi oddiy haqiqatni anglatganidan minnatdormiz. Sant'yago Nasar uni birinchi koʻrganidayoq aqlidan ozayozgandi. Oʻshanda men uni, hoy bola, oʻzingni tiy, nafsim mening balodir, boshga ming dard solodir, deb ogohlantirgan edim. Lekin gapimga quloq osmagan, Mariya Alexandrina Servantesning nagʻmalari bechorani qip-qizil jinni qilib qoʻygan edi. Ibrohim Nasar uni 15 yoshida oʻsha fitnaparvar dilbarning toʻshagidan tortib olib, «Tangrital’at» qoʻrgʻoniga bir yilcha qamab qoʻygunicha koʻnglining kunduziyam, kechasiyam, kulgisiyam, yigʻisiyam oʻsha edi. Oʻsha zamonlardan beri ikkovining oʻrtasida ishqiy gʻavgʻolardan xoli chuqur ehtirom bor edi, juvon Sant'yago Nasarning izzat-hurmatini joyiga qoʻyardi: agar u yaqin-orada yurgan boʻlsa, boshqa birov bilan yotmas edi. Oʻsha kuni u bizni kutilmaganda koʻchagacha kuzatib chiqdi, charchadim, dedi, ta’til kunlarim tugab qolgandi, shuni nazarda tutdimi, menga muruvvat nigohini tikib ishora qildi, yana yashirincha qaytib kirishim uchun eshikni tambalamay, yoʻlak chirogʻini oʻchirishni joʻrttaga unutib, orqasiga qayrildi.
Sant'yago Nasar kiyim oʻzgartirish bobida ustasi farang edi, zanji dilbarlarni yechintirib-kiyintirish — uning eng sevimli ishi edi, bu mashgʻulotsiz turolmasdi, gohida qoraxonlarni shunday liboslarga burkab tashlardiki, ular hatto oʻzlarini oʻzlari taniyolmay qolishardi. Yigit fohishalarning kiyimlarini oʻzgartiraman deb libos tanlab javonlarning tit-pitini chiqarib yuborar, bularning barchasini — shu badbaxtlar boshqacha kiyinib, oʻzlarini unutishi, taskin topishi uchungina qilardi. Bir gal bitta zanjiniso dugonasining libosida oʻzini u deb oʻylab, hayratdan rosa yigʻlagan. U menga: «Oʻshanda oʻzimga oʻzim xuddi koʻzguning ichidan chiqib kelganday tuyuldim», dedi. Oʻsha oqshom Mariya Alexandrina Servantes Sant'yago Nasarning oxirgi marta sevimli mashgʻulotini takrorlab, mazza kilishiga yoʻl bermagandi, shu ishlaring menga sirayam yoqmaydi, umrimni zaharlagan narsalarni esimga soladi, deya sasigandi. Shundan keyin biz mashshoqlariniyam ergashtirib, koʻchama-koʻcha sangʻib qoʻshiq aytdik, bu paytda aka-uka Vikariolar Sant'yago Nasarni oʻldirish qasdida poyla-shayotgan edi. Sant'yago Nasarning kallasiga qaysi goʻrdan ham soat toʻrtda Ksiusning uyi joylashgan tepalikka chiqib, yangi kelin-kuyovga qoʻshiq aytib berish fikri tugʻilibdi — nachora, koʻndik.
Biz ularning derazasi tagida qoʻshiq aytish bilan kifoyalanmay, bogʻchaga karata portlagich baqamushaklar ham otdik, biroq tevarak jimjit, hayot asorati sezilmas edi. Uyda hech kim yoʻqdir, degan oʻy birortamizning xayolimizga kelmapti. Darvoza oldida atlas bogʻlogʻichlar, sha’mgullar bilan bezatilgan tepasi ochiq avto-mobil' turardi. Ukam Luis Enrike, u oʻshandayam mohir mashshoqlarday gitara chalardi, kelin-kuyov sharafiga oʻzi toʻqigan, kirdikorlaru fitna-fasodlar xususidagi nikohga aloqador qoʻshigʻini aytardi. Bu dam yomgʻir yogʻmayotgandi, aksincha, osmon oyli, xavoi jaxon ochiq, musaffo edi, jarlik tubidagi qabristonda asriy soʻngaklar aralashgan turli chirindilar yonib, tovlanar edi. Bir tarafda oyning oppoq yogʻdulari ichra choʻmilib, jilvala-nayotgan yam-yashil bananzor, tund botqoqliklar, undanda narida Karib dengizining ufk sarhadlariga tutash nurafshon sohillari koʻzga chalinar edi. Sant'yago Nasar ummon yuzasidagi yugurik olovni bizga koʻrsatib, u — Senegaldan safarga chiqib, Kartaxende las Indias bandargohiga kiraverishda ichidagi bor yuki, bandi qullari bilan suvga gʻarq boʻlgan qulfurushlar kemasidagi bir mugʻarriqning ruxi gʻaribi, dedi.
U Anxela Vikarioning bir lahzalik er-xotinlik turmushi bundan ikki soat avval zavol topganini bilmasdi, albatta, shuning uchun xam yigitning koʻngli shundan alagʻda boʻlyapti, deb oʻylash notoʻgʻri edi. Bayyardo San Roman, agar mashinani yuritsam, motorning tovushi badbaxtlikni oldinroq odamlarga ovoza qilib qoʻymasin deb, bechora zoniyani onasining uyiga ataylab iiyoda olib borib tashlab kelgan; soʻngra Ksiusning xayrli, ulkan, kimsasiz xonadonida chiroqlarniyam yoqmay, uzoq vaqt nestu mustar boʻlib oʻtirgan.
Tepalikdan qaytib tushganimizda, ukam, bozordan qovurilgan baliq olib, nonushta qilaylik, dedi, ammo Sant'yago Nasar, biror soat uxlab, oʻzimni oʻnglab olay, yepiskopni kutishga chikaman, deb koʻnmadi. U Kristo Bedoyya bilan birga unda-bunda chiroqlari yona boshlagan eski bandargoh yoʻlidagi koʻchadan oʻtib, dengiz qirgʻogʻi boʻylab uyiga joʻnadi: muyulishdan qayrilarkan, bizga qarata qoʻl silkidi — shu uni oxirgi koʻrishimiz edi.
Kristo Bedoyya ikkovi keyinroq bandargoxda uchrashmoqqa kelishib, hovlining orqa eshigi yonida xayrlashishgan. Itlar uning kelganini sezib, odatdagiday irillashgan, Sant'yago Nasar kalitlarini shiqirlatib, maxluqlarni tinchitgan. Yigit ichkariga kirib ketayotganda Viktoriya Gusman qahva qaynatayotgan edi.
— Hoy, arab, — degan u xoʻjayiniga, — kaxvang qaynab qoldi, sovimasdan ich.
Sant'yago Nasar qahvani keyinroq ichaman, besh yarimda Divina Flor meni uygʻotsin, xuddi egnimdagiday toza kiyimimni tayyorlab qoʻysin, degan. U yotogʻiga chiqib ketgancha, bir daqiqa oʻtar-oʻtmas gadoy xotin kirib kelganda, Klotil'de Armentaning sut doʻkonida eshitgan gapini oqizmay-tomizmay Viktoriya Gusmanga yetkazgan. Soat 5 u 30 da Viktoriya Gusman, — u qizi Divina Florni choʻjayindan doimo ehtiyotlar, yotogʻiga yolgʻiz yoʻlatmas edi, — xoʻjasining buyrugʻini ado etib, kanop surpdan tikilgan kostyumini olib kirgan.
Mariya Alexandrina Servantes eshik ilgagini solmay ochiq qoldirgan ekan. Men ukam bilan xayrlashgach, yoʻlakka burildim, u yerdagi yashang lolalar oʻsgan gulxonada zanji dilbarlarning ermagi, erkatoyi mushuklar mudrab yotgandi, maxluqlarga sezdirmasdan yotoqxonaga qadam qoʻydim. Chiroq oʻchiq edi, ostona hatlashim bilanoq dimogʻimga xotin kishining xush boʻyi urildi, qorongʻida «yovvoyi mushuk»ning ehtiros otashi-la porlayotgan koʻzlarini koʻrdim, soʻngra, cherkov jomi chalinmagunicha bu olamda nelar roʻy bergan — bundan xabarim yoʻq.
Uyga ketayotib, ukam tamaki sotib olish niyatida Klotil'de Armentaning doʻkoniga kirgan. Bazmda u rosa toʻyib ichgan emasmi, doʻkonda boʻlib oʻtgan gaplarni elas-elas esladi, ammo Pedro Vikario unga tutgan bir qultum araq bamisoli ajalning oʻqi ekan, degan, oʻsha yodida qolibdi. «Xuddi alangani ichimga yutib yuborganday boʻldim», dedi ukam menga. Mudrab oʻtirgan Pablo Vikario ukamning sharpasini sezib, shartta oʻrnidan turgan-da, pichogʻini koʻrsatib:
— Hozir biz Sant'yago Nasarni soʻygani boramiz, — degan.
Ukam uning bu gapini eslay olmadi. «Agarda shunday deganini eshitganimdayam, bari bir ishonmasdim, — dedi ukam menga bu hakda bir necha bor. — Egizaklarning biror kimsani oʻldirmoqchiligi, ayniqsa toʻngʻiz boʻgʻizlaydigan sallohpichoq bilai soʻyishga ahd qilgani oʻshanda avliyoning ham kallasiga kelmasdi». Soʻngra Vikariolar undan Sant'yago Nasarning qayerdaligini surishtirishgan, avval birga edinglar, ayt, deyishgan, afsuski, ukam ularga ne deb javob berganini xotirlay olmadi. Klotil'de Armenta va birodar Vikariolarning tergovchiga iqror boʻlishicha, ukamning gapidan ular yoqa ushlab qolishgan. Ukam: «Sant'yago Nasar oʻldi», degan.
Keyin u uchchoviniyam yepiskopchasiga choʻqintirib duo etgan-da, munkib, eshikka koqilib, tebranganicha tashqariga yoʻnalgan. Maydon oʻrtasiga yetganida padar Amadorni uchratgan. U hayitlik ridosiga burkanib, bandargoh tomonga shoshilardi, ortidan bir necha rohib-xizmatchi ergashib borardi, bu toʻda orqasidagi shotirlar esa yepiskopning kemadan tushiboq ibodat oʻtkazishi uchun koʻchma mehrobni koʻtarib olishgandi. Bu sharafli maxluqlarni koʻrgan Vikariolar shoshib choʻqinishgan.
Klotil'de Armentaning menga aytishicha, kashish uning uyi yonidan rohiblar guruhini ergashtirgancha indamay oʻtib ketgach, koʻnglidagi soʻnggi ishonch rishtasi ham uzilgan. «Padarimiz men yozib yuborgan xatni olmaptilar-da, degan xayolga bordim», dedi ayol menga. Biroq oradan qancha yillar kechib, padar Amador u dunyoning ogʻir xayolidan qutulib, bu dunyoning nogironu notavonlari toʻla Kalafella «Shifo uyi»da davolanib yotganida menga iqror boʻlganidek, unga Klotil'de Armentaning xatini yetkazishgan, bandargohga joʻnashidan oldinroq esa undan-da beshbattar shumxabarlarni eshitgan. «Boʻtam, ochigʻini aytsam, oʻshanda ne yoʻl tutmoqqa ishtibohlanib, hayron boʻlib qoldim, — dedi chol. — Dastavval fikri ojizimdan, bu mening emas, fuqaroparvar mahalliy hokimiyatning ishi, degan oʻy kechdi, ba’daz yoʻl-yoʻlakay Plasida Lineroga bir-ikki ogʻiz soʻz aytmoq darkor, degan qarorga keldim». Ming afsuski, kashish maydonni aylanib oʻtayotganda oʻz ahdini unutgan. «Ma’lumingizkim, oʻshal roʻzi mash’umda, baayni yepiskop hazratlari tashrif etguvchi kunda esim joyida emasdi», deya keyin u oʻzini oqladi. Qosidlar shum niyatiga yetgani xususidagi gapni eshitgach, padar Amador shunchalar ranju nadomat chekkanki, nima qilarini bilmay, oxiri, xuddi butun shaharga oʻt ketganday, birvarakayiga barcha jomlarni chala boshlagan.
Ukam Luis Enrike oshxona eshigi orqali uyga kirgan: biz kechroq qaytganimizda otamni uygʻotib yubormasligimiz uchun onam u eshikni bekitmas edi. Ukam oʻringa yotishdan oldin hojatxonaga chiqqan va oʻsha yerda, xala chanogʻida oʻtirganicha uxlab qolgan; keyinchalik kichik ukam Xayme maktabga joʻnash oldidan uning toshtaxtaga yuztuban tushgancha soʻlagini oqizib, xurrak otib yotganiga koʻzi tugagach, uydagilarga aytgan. Rohiba singlim esa, yepiskopni kutgani ham chiqmay, oʻtgan kecha toʻyda koʻproq pmib qoʻyganidan hamon boshi ogʻrib turgan ekan, buni npitib, sudralib hojatxonaga chiqqan. Luisni uygʻotaman deb rosa uringan, ammo chogʻi kelmagan. Singlim: “Men xalaxonaga kirganimda soat beshga zang urgandi», dedi. Margot singlim bandargohga borishdan oldin bir poklanib olay deb gʻuslxonaga oʻtayotganida, Luis Enrikeni haligidaqa ahvolda koʻrgan va amal-taqal qilib, itning oʻligiday choʻziltirib yotoqxonaga sudragan. Ukam karaxt holda uyqu aralash yepiskop kemasining choʻziq-choʻziq ovozini eshitgan, soʻng koʻzini yirib-yirtib sal ochganu kiprigini koʻtarishgayam madori yetmay, yana koʻzi yumilgan. Shu uxlaganicha tosh qotgan, rohiba singlim ustidan koʻrpani vajohat ila tortib-yulqiganda:
— Sant'yago Nasarni oʻldirishdi! — deya ayyohannos solganu uyqusi oʻchib, oʻrnidan turgan.
Sant'yagoning vahshiyona pichoqlangani bir boʻldiyu doktor Dionisio Iguaran yoʻqligi bois padar Karmen Amadorning uni shafqatsizlarcha yorgani bir boʻldi. «U be-chora jon uzib qutulmagan ekan, biz uni yana bir bor chavaqlab yorib, oʻldirdik, oʻzing gunohimdan oʻt, e parvardigor, — deya pushaymon chekdi padar Amador Kalafelledagi xastaxonada. — Biz ham nochor edik, shahar hokimi yorasan deb buyurgandi-da, oʻzingiz bilasiz-ku, u odamyovvoyining amri qanchalik ahmoqona boʻlmasin, bajarishdan boʻyin tovlay olmasdik». Ammo moʻysafidning aytganlari unchalik ham toʻgʻri emasdi. Polkovnik Aponte oʻsha talatoʻp dushanbada viloyat hokimiga sim qoqib, uni ahvoldan xabardor etgan, u janob esa, tergovchi yetib borgunicha qoʻlingizdan keladigan chorani koʻravering, deya farmon bergan. Shahar hokimi 6u rutbaga erishgungacha qoʻgainda zobit sifatida xizmat qilgan boʻlsa-da, adliya soxasidan mutlaqo bexabar, bu ham yetmaganday oʻlguday takabbur edi, shu bois mazkur holatda ishni nimadan boshlash lozimligini birovdan soʻrashga or etardi. Shuning uchun u, jasad yorilishi kerak, deb qoʻyaqoldi. Kristo Bedoyya tibbiyot bilan shugʻullanardi, Sant'yago Nasarning yaqin doʻsti edi, u shahar hokimini bu ishni qilmaslikka koʻndirdi. Soʻng polkovnik doktor Dionisio Iguaran kelgunicha murdani muzxonada saqlanglar, deya amr etdi, lekin odam jasadi sigʻadigan bunday muzxonali xolodil'nik topilmadi, bozordagi birdan bir katta muzlatgich ham buzuq ekan. Rasmana tobut yasattirib keltirguncha mayitni katta xonaning oʻrtasiga, temir karavotga yotqizishdi, hamqavmlari u bilan shu yerda vidolashishdi. Yotoqxonadan hamda qoʻshni xonadonlardan bir necha ventilyator opchiqildi, ammo marhumni koʻrgani kelganlar shu qadar koʻpayib ketdiki, oqibatda javonlar xoliroq joyga surildi, qafasdagi qushlar, katta-katta gultuvaklar chetroqqa olindi, biroq shundan keyin ham dim boʻlaverdi, xonada turib boʻlmay qoldi. Itlar oʻlikning isini olib, bezovtalanib, sarosimalanib gʻingshiy boshladi. Men kirganimda tuban maxluqlar tinmay uvlashar, ayni asnoda oshxona tomonda jon uzayotgan Sant'yago Nasar talvasali ingranib yotar, Divina Flor boʻzlay-boʻzlay eshik tambasi bilan itlarni urib, hayhaylab haydar edi.
— Kel, manavi ochofatlarni haydashib yubor! — dedi u meni koʻriboq. — Ichagini yeyman deydi-ya, ajal kelgurlar!
Biz itlarni ogʻilga qamadik. Bir ozdan keyin Plasida Linero, dafn oʻtguncha itlarning qorasini oʻchirib turinglar, dedi. Ammo choshgohda, nima boʻlganini hech kim bilmay qoldi, maxluqlar ogʻildan qochib chiqishib, quturganday uyga yopirilishdi. Plasida Linero ana shunda oʻzini yoʻqotib qoʻydi.
— La’nati hayvonlar! — qichqirdi u. — Otib tashlanglar!
Onaning amri darhol bajo etildi, xonadon suv qoʻyganday jimjit boʻlib qoldi. Xayriyatki, jasad ortiqcha xavotir tugʻdirmas, ayniqsa, yuziga hech narsa qilmagandi — Sant'yago Nasar qoʻshiq aytayotgandagi ifoda chehrasida hamon qotib turardi; Kristo Bedoyya uning osilib, qornidan chiqib ketgan ichak-chavagʻini joy-joyiga qoʻyib, ustidan movut bogʻlami bilan oʻrab-chirmab tashladi. Biroq kunbotarga yetmay yaralardan sariq xiltu fasod sizib chiqib, atrofni pashsha bosdi, ogʻzining tevaragini binafsharang dogʻ qopladi, soʻngra u suvdagi bulut koʻlankasiday siljiy-siljiy sochining ildizlarigacha qamrab oldi. Marhumning yuzidagi hamishagi yoqimli, samimiy ifoda oʻrnini xunuk, gʻayri bir alomat chllladiki, onasi uning betiga roʻmolcha yopib qoʻydi. Shunda polkovnik Aponte ortiqcha kutish oʻrinsizligini chmgladi va padar Amadorga, oʻlikni yoring, deb buyurdi. Bir haftadan keyin goʻridan kavlab olib, yana ichini yorilsa, bundan beshbattar boʻladi», dedi u. Padar bir paytlari Salamankada tibdan, xususan, jarrohlik ilmidan ta’lim koʻrgandi, ammo shahodatnoma olmasdan di-mii maktabga oʻtib ketgandi;- albatta, kashishning oʻlik yorishi qonundan tashqari ish ekaniga hatto shahar hokimining ham aqli yetardi. Shunga qaramay, buyrugʻi ijro etilishini talab qildi.
Jasadni shu yaqin-oʻrtadagi maktab binosida yorishdi, 6u ham bir xunrezlik boʻldi; padar Amadorga endigina tib ilmidan saboq olayotgan, ayni kunlarda ta’tilga kelgan talaba yigit, ne qilganlarini daftarga yozib borgan dorixonachi koʻmaklashdi, uchovlon birgalashib, oʻlikni qassobday yana soʻyishdi. Ularning qoʻlida bir-ikkita mayda-chuyda jarrohlik asboblari bor edi, xolos, zaruriyatdan roʻzgʻorda ishlatiladigan oddiy pichokdan ham foydalanishdi. Marhumning a’zoyi badani chapparastasiga chavaqlab tashlanganini nazardan soqit etsak, padar Amador yozgan hisobot risoladagiday edi, shu boisdanmi, tergovchi uni asqotib qolar degan niyatda sud xujjatlariga tirkab qoʻygan.
Sallohlar Sant'yago Nasarning tanasiga pichok sanchaverib gʻalvir qilib yuborishgandi, zarbalardan yettitasi uning ayni jon joyiga tekkandi. Jigar ikki yeridan deyarli boʻlib tashlangan. Oshqozonning toʻrt joyiga juda qattiq tigʻ urilgan, ulardan biri hatto oshqozon bezini ajratib yuborgandi; yoʻgʻon ichak olti yeridan ogʻir yaralangandi, tigʻ ingichka ichakka dovur yetib borgandi. Orqadan urilgan yagona zarb pastdan uchinchi qovurgʻa orasidan oʻtib, tigʻ oʻngdagi buyrakka sanchilgan edi. Qorinda ancha-muncha shilta xiltlar toʻplangandi; oʻsha chiqitlar ichidan Sant'yago Nasar toʻrt yasharligida yutib yuborgan tilla medal'onni topib olishdi. Koʻkrak qafasining ikki nuqtasi jarohatlangan: biri — oʻng yonboshda, ikkinchisi qovurgʻa ostida edi, ayni shu zarb oʻpkaga tegib oʻtgandi; ikkinchisi chap qoʻltiqda edi. Qoʻl panjalari va bilaklarining olti joyi tilingan edi. Vujudning ikki uzviga — oʻng songa va qorin toʻqimasiga enlatib urilgan pichoq ham ancha chukur botgan ekan. Oʻng qoʻlning kafti bamisli chopilganday edi, sud hisobotida bu haqda: «Chormixga tortilgan Iso alahissalomning vujudidagi tamgʻaga oʻxshaydi», deb yozilgan. Miyasining vazni oddiy inglizning miyasidan 138 misqol ogʻir edi, shunga suyangan holda padar Amador sudga bergan hisobotida Sant'yago Nasar — miyasi butun yigit ekan, u kelajakda donishmandlardan biri, boʻlardi, degan mulohazani bildirgan. Hisoboti soʻngida u jigarning choʻzilib ketganini, bu marhumning jigari shamollaganida raso davolanmagani oqibati ekanini ta’kidlagan. Suhbatlarimizdan birida kashish menga: «Bari bir umri tugab, jigari kilkillab, haqqa yetishib qolgan ekan», dedi. Doktor Dionisio Ituaran haqiqatan ham bir vaqtlar, Sant'yago Nasar sariq boʻlganida, uni muolaja etgandi, jasadni yorish ustida gap aylanganda, u odamlarning omiligidan ori kelib, nihoyatda gʻazablandi. «Bu padar shu qadar nodonki, toʻgʻrisini aytsam, kashishlikdan boʻlak ishga yaramaydi, — dedi doktor menga. — Odatda issiq mintaqadagi oʻlkalarda tugʻilgan insonlar jigari ispanlarnikidan kattaroq boʻladi, shu haqiqatni unga anglatishdan koʻra oʻlish osondir». Padar Amadorning hisobotida ta’kidlanishicha, yettita yaraning har biri bittadan ajalni chaqirgan, qiskasi, u koʻp qon ketishi oqibatida oʻlgan.
Azamatlar oʻshanda bizga butunlay bir boshqa jasadni qaytarib berishdi. Suyak kesishayotganda bosh chanogʻining yarmini koʻchirib yuborishgandi, marxumning mamot
soya sololmagan mardona chehrasi tanib boʻlmas darajada oʻzgarib ketgandi. Bundan tashqari, kashish qorinni yorib, bir koʻtarishda uning ichini qoʻporvorgan ekan, keyin ichak-chavaqni joylashtirishga ojizlik qilib, jaholatdan xunobi oshib, axiri duoi fotiha bilan ularni yuvindichelakka tashladi. Maktab derazasiga yopishib olib, oynakoʻzlariga burnini tirab jarrohiya jarayonini kuzatayotgan soʻnggi