tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (VI- QISM...) (2-bet)

Madina, sho`rva pishirganmisiz o`zi? Avval yog`ni dog`lamadizku? -dedim, pichirlab.

- Vuu-uy! -dediyu, birdan harakatdan to`xtab qoldi. Havotirda Durtan tog`aga bir qarab oldi. So`ng hazil qilganimni tushundi. - Ahir bu qaynatma sho`rvaku? Nima meni sinayabsizmi?

- Sinamadim, shunchaki hazilimdan yuzizda tabassum ko`rmoqchi edim.

- Tabassum, hammaga ham ulashiladigan narsa emas... -dedi, arazlab yuzini burib.

- Yo`g`e, boya men sizga kulib qaradim. Hech yo`q o`sha qarzizni qaytaring!

- Umid ham qilman...

Ayni shu topda, hujrada yotgan Durman tog`a, pinakka ketib, hurrak ota boshladi. Ikkimiz ham o`sha tomon qaradigu, bey ehtiyor kulib yubordik.

Uning chehsari yorishib, yana o`sha beyg`ubor kulgusini ko`rdim. Qonimizda hissiyotlar jo`sh urib, bir-birimizga tikilib qoldik. Uning ko`zlariga qarab, hushomad qilishdan o`zimni tiyolmadim.

- Sen bugun, juda chiroylisan...

U bu hushomadimdan, go`yo cho`chib ketdi.

- Mendan nafratlanasiz deb o`ylagan edim?

- Harakat qildim, lekin sendan nafratlanish qo`limdan kelmas ekan!

- Endi bunday gaplarni keragi yo`q... - partugini yechi, stul ustiga qo`ydi, - Qozonni shopirib turing...

Shu bilan, sho`rva pishganda ham, Durman tog`a osh qilganda ham, qaytib o`choq boshiga kelmadi.

Ziyorat yakuniga yetib uyga qaytarkanmiz, bu safar Madina meni mashinamga o`tirdi. Orqa o`rindiqda bo`lgani uchun, yon tomondagi oynada, uni bemalol ko`ra olardim. Shamolda silab erkalayotgan zulfini, tez-tez yig`ib olishlari, musiqaga quloq tutib o`ychan qolishi, bazi-bazida ayollar suhbatiga aralashib qo`yishi. Bularning hammasi menga juda yoqardi. Uyga kelgach, yangamlar avval tushdi. Madina orqa o`rindiqdan sumkasini olarkan, bir fursat yolg`iz qoldik. Shu onda hislarimni tizgini nazoratimdan chiqib ketdi. Ortimga o`grildimu, o`rindiqlar orasidan, qo`lidan tutdim.

Ko`zlari jovdirab:

- Qo`yvoring... -dedi iltijoli shivirlab.

- Telefon qil, kutaman...

- Iltimos, qo`yvoring ko`rib qolishadi!

Uning butun vujudii titrar, ko`zlari jovdirardi. Men esa hech narsani o`ylamasdim, faqat uni...

Ko`zim qo`lidagi telefonga tushdi, tezda qo`lidan oldim-u, o`zini qo`yib yubordim. Telefon mo`merini bilib olmoqchi edim. U telefoni menda qoldirib ketib qoldi.

Shu bilan oradan birmuncha vaqt o`tib qaytib, chaqirib chiqdi.

- Telefonimni mashinangizda unutibman... -dedi.

- Mana oling... -qo`liga berarkanman, pichirladim. - Qo`ng`iroq qil...

``Yo`q!`` deganday salgina bosh chayqab qo`ydi.

Oradan ikki kun vaqt o`tsahamki telefon qilmasdi. O`rinda yotgancha o`yga cho`maman, g`irt ahmoqliq qilganim, tuyg`ularga berilganimni o`ylayman. U esa to`g`ri yo`l tutganidan, hursand bo`laman.

Birdan telefon jiringladi. Ekranga bir ko`z tushladim, raqamlar ko`ringani uchun, uncha etibor bermay ko`tardim.

- ``A`lo, eshitaman...`` - skunat, - ``Kim bu?``

- ``Assalom alaykum!!!``

Sirli qizning, hayajonga to`la titroq bosgan ovozi...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar