tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (VII- QISM...) (2-bet)

harakat qildim...

Shu orada hushxabar eshitdim. Qishloqdagi tengqurlarim orasida birinchi bo`lib men harbiy xizmatga boradigan bo`ldim.

Hullas yigitlik burchimni bajarish uchun jo`nadim.

* * *

Bir yillik hizmat davri, juda esda qolarli voqealarga boy bo`ldi. Ham manan, ham jismonan ulg`aydim. Qurol ushlashdan, tashqari, Paxta terishni ham o`rganib qaytdim. Uyga qaytishimni bayramdek kutib olishdi. Yaqinlarim, qarindoshlar, do`stu-birodorlar ko`rib quvondim...

Bir kun vaqt o`tdi. Armiyadagi odatlarni tashlamay, ertalab yugurib kelib, turnikka tortia boshladim.

- Ha, askar? -dedi kishik akam, turnukka tortilayotganimni ko`rib.

- Sog`lom tanda, sog` a`qil...

- Sog`lom aqil bilan, tug`ondan suv ochib, tomorqaga yaxob bermasizmi?

- Huddi shunday...

Ketmonni yelkaga tashlab to`g`on bo`yiga ketdim. Ikki soat avora bo`lib suv ochib keldim. Qarasam suv Sadirni tomorqasiga kirib yotibdi.

Madinaga yo`liqib, tuyg`ular tuzog`iga tushmasaydim, degan hayolga ularni uyini chaqirdim.

- Sadir akaov...

Hovlida 3, 4 yoshli bola koptok tepayotgan ekan. Meni ko`rdiyu baqirdi:

- Oyi.. Bitta amaki dadamni so`rayabdi!!!

``Oyi dedimi?``

Quloqlarimga ishonmadim. Madina ona bo`ldimi? Qanaqasiga! Bu bola kottaku?

- Keling...

Umuman begona ayol, bo`y ko`rsatdi. Unga hayron boqarkanman, salomlashdim.

- Sadir akam uydamilar?

Ayolni ko`zlari, birdan namlandi. Rumoli uchi bilan, labini to`sib yuzi teskari burdi.

- Sadir akangiz o`tib qolishgan!

Tilim aylanmay qoldi. Go`yo ustimdan bir chekan suv quyib yuborgandek. Duduqlanib hamdardlik bildirdim va yuzimga fotiha tortdim...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar