tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (VIII- QISM...) (2-bet)

yaqin atrofda...

Shoshib burchakda taxlangan ko`rpachani oldida, oyog`im tagiga buklab qo`ydi. Bir on uni bu ishiga tajublanib turib qoldim. Ko`rpacha ustiga chiqdiyu, bo`yini bo`yimga, tenglab, labini yuzimga bir bosdiyu, bo`ynimdan mahkam quchoqlab oldi.

- Kechring, andishasizligimni... - qulog`im ostida shivirladi, - Sizni sog`indim...

Asta belidan quchdim. Uning sochlari yuzimni siypalar, nafasi qulog`imga urulib o`tar, yengil jismini butun tanam bilan his qilardim. Go`y muhabbatim ila uni qo`rg`onlab, oldim.

``Go`zal, dilbarim iforli bo`ylaringga jonim qurbon!``

Har nafasimda, uning bo`ylaridan hidlayman, diydoriga qonmoq istayman. Ammo ming yil, uni shu zayl quchib tursamda diydoriga, iforiga to`ymaydigandekman!

- Yana uchrashamizmi? -deya shivirladi.

Asta yanog`idan bo`sa oldim va yanada qattiqroq bag`rimga bosdim.

- O`zim seni endi topdimku, Madinam...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar