tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XI- QISM...) (2-bet)

Yolvorib so`rayman, men sabab uni ko`zlari yoshlanmasin... Yo`qsa ko`zyoshi uvoliga men qolib ketaman... U sizni juda yaxshi ko`radi, Murod iltimos yoniga boring...

- Shodiya, hammasi yaxshi bo`ladi...

Shodiyani tinchlantirisha urundim. Rosti shu kungacha u haqida tasovurim boshqacha edi. Anu ishidan keyin esa, uni juda yomon ko`rib qolgandim. Qarshimda dugonasi uchun ko`zyosh to`kayotgan qizga qarab, bu qobib ichida, qalbi ummon qiz borligini ko`ra boshladim.

- Dugonamdan voz kechib ketmaysizmi?

- Yo`q... -dedim bosh chayqab.

- Madina meni deb ozor chekmaydi-a?

- Umid, qilman ha...

- U baxtli bo`lishga, quvonishga haqli... O`zi shundog`am, yaqinlaridan juda ko`p ozor ko`rgan...

- Menga ham bu dunyoda ammam bo`lak hechkimim yo`q degandi?

- Oyisi rahmatli Mavjuda xolamdan keyin... Dadasi boshqa uylandi. Savdo sotiq bilan Belarusya tomonlarga ketishdiyu, bollarini unib qo`ydi...

- Bollari! Ha Madinani aka bor edi, menimcha?

- Aka emas u iblis-s-s!... - birdan Shodiyani ko`zlarida juda kuchli nafrati olovi yondi. - Aka degan nomga noloyiq, DAYUS...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar