tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XII- QISM...) (2-bet)

bu so`zlar sanoqlikdek tuyuladi. Senga har kuni aytaversam, qiymati qadirsizlanib, yoki tugan qoladigandek tuyuladi. Tugab qolsa keyin nima qilaman deb o`ylayman!... O`ylanib qolding so`zlarim, senga g`alati tuyulyabdimi?

- Yo`q... -deya shivirladi, - Sizni tinglash yoqimli, so`zlarizdan ma`no izlayabman!

- Topdingmi?

- So`zsiz sevaman demoqchisiz!

- Barakalla a`qilligim... - qo`llarini kaftlari orasiga oldim, - Sevgimdan zarracha shufqa qilsang, ko`zimga qara, unga yuragim aksini ko`rasan... Qara ko`zimga!

Men tomonga yaqinroq, surilib ko`zimga tikildi.

- Ha, nimani ko`rding?

- O`z aksimni!

- Seni sevaman... - cho`ntagimdagi uzukni unga tutdim. - Bir umur yonimda bo`l, sen menga keraksan...

Undan ``Ha...`` degan javobni kutgandim. U esa, javob bermadi. Qosh-qavog`lari solinib, yuzlarida hasratnamo, arazga o`xshash bir ifoda aks etdi. Ko`zlarini uzuk solingan qutuchaga tikkancha o`z-o`ziga gapirgandek ohista pichirladi:

- Men sizga turmushga chiqolmayman...

O`rnidan turib, ko`p yil to`shakda yotgan bemorday chayqala-chayqala, daraxtlar panasida g`oyib bo`ldi...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar