tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XV- QISM...) (2-bet)

Shodon kunlarda yozilgan, baxtga limmolim qaralamalardan o`qigan bo`ldim. Daftarchani joyiga qo`yarkamnan, yostiqni yonida turgan boshqa bir sheriy kitobga ko`zim tushdi. Qo`limga oldim, Zebo Mirzo! Sevimli kitoblaridan biri, negadur shu sheriy kitobni juda ko`p o`qiydi, barcha sherlarini yoddan biladi. Hatcho`p tiqilgan sahifani ochdim.

Bilaman: men uning tengi emasdim,

Lekin sevdim tengsiz muhabbat bilan.

Hijron tunlarida bor edi qasdim,

Men uni o`qidim yo`niq dard bilan.

``Ehh, shuncha dard yetmagandek, yana g`amgin sherlar o`qib, yurakni battar cho`ktirishni nima keragi bor?``

Kitobchani yopib, asta joyiga qo`ydimu, o`ringa qaytib yotdim. Suyukli dildorimni quchgancha uxlashga urundim...

* * *

Bir haftaga qolmay, Madina yana avvalgidek quvatga kirb, boshimda parvona bo`la boshladi.

Nima bo`lsa, bo`ldi hayot davom etadi. Mashinani minib, pul topishga harakat qila boshladim. Mashinada bir oylani e`htiyoji uchun, kerag`idanda ko`proq topish mumkun ekan. Shahar baribir shaharda! Hayot asta maromiga tusha boshladi. Biroq baribir, yuzimga tortilgan mahzunlik pardasidan qutila olmasdim...

* * *

Ohirga kunlarda, yarim tungach, o`y-hayollar og`ushida bir mahalga uyqum kelmasdi, tongda esa, uyquda tura olmasdim.

Negadur bu qoshoq erta uyqu boshdi. Tong otmay uyg`onib ketdim. Qarasam Madina yonimda yo`q! Nargi honada chiroq yonuq. Ornimdan qo`zg`ldim. Eshik yoniga keldimu, hayratdan taqqa to`xtadim.

``Madinam nomoz o`qiydimi?!``

Madinani joynomoz ustida ko`rdim. Harir rumolini iyagi ostidan, tanqib o`rab olgan. Pichirlab oyat o`qir, ohista ruku` va sajdalarga borardi.

``Farishtam!``

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar