MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (1 - Qism...) (2-bet)
- Do`stim bugun havo bulutli-aaa?... -dedim, atayin kulgiga olib.
- Havo rangini nima aqolasi bor?!
- Yutuq uchun o`ynamadikku, g`olib yo mag`lub nima farqib bor, shunchaki o`yinku? -dedim.
- O-o-ola... Agar bu so`zlarni sendan boshqasi aytganda ishonardim! -dedi.
Yoshlidan futbol desa hamma narsani unib qo`yardik. Yutsak mag`rurlanib yutqazsak, chidolmay urushib ketardik. Do`stim bugun nimadur bo`lganini sezganday manoli, jilmayib turdida labini qulog`im oldiga olib kelib:
- Huddi sevgan qizingni, boshqasi ilib ketganday oshiqday juda asabiysan? -dedi, o`zi bilmagan holda nishonni aniq olib.
Avaz bir paytlar meni huddi shunday ahvolda ko`rgandi. O`shanda bir musht urub hushimni joyiga keltirgani yodimda. Do`stim yana mushtini ko`rsatib, o`sha kunni yodimga solganday tirjaydi.
- Hafta og`ir o`tdi, shunga asablar charchagan... -deb qo`yaqoldim, kulib.
- Asabiylashmaslikni davosi bor!
- Nima ekan, davosi?
- Asabbiylashmaslik uchun o`rtog`, bitta jononni quchoqqa olish kerak, shunda asablar ham hadeb buzulavermaydi! -uylanishim kerakligiga shama qildi, - Haya jonon deganimga uchragan jononga yopishaverma yana! Men halolini aytyabman! -dedi salgina jiddiylashib.
- Albatta kuyovbola, - endigina uylanganganiga bir oydan oshib qolgan, do`stimning yelkasiga do`stona qoqdim, - Ko`chadagi jononni qorasi o`chsin! -dedim, uning so`zlarini maqullab.
Avazni so`zini boshqa jo`ralarim davom ettirdi. Shu tariqa 4, 5 bo`ydoqlar qotorida men ham bo`ydoqlar haqidagi hazil-huzullarga nishon bo`ldim. Kulguga berilib sal bo`lsada, istiroblar unut bo`lgandek edi.
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-