tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (4 - Qism...) (2-bet)

biladi, lekin bazan o`zini tushunolmay qoladi...

- O`sha qo`shni qizdan so`rab berolasanmi, bola nima qilasa qizni ko`ngli ko`tariladi?

- Bu juda osonku!

- Qanday? -dedim.

- Uyiga yaqin qoldi, mashinasini to`xtatib qo`ysa bo`lgani!

Qarasam mahallamizga kirib kelibmiz. Shirinni gapidan keyin ikkimizni ham yuzimizda samimiy kulgu paydo bo`ldi. Mashinani eshigi yonida to`xtatdim.

- Rahmat... -degancha Shirin mashinadan tushushga shaylandi. Shartta qo`lidan tutdim.

- Eshitdingmi qo`shni bola armiyaga ketayotgan ekan, qo`shni qiz uni kutarmikin?

- Qo`limni qo`yvarsayz aytanman...

Qo`lini qo`yib yubordim.

- Endi ayt!

- Avval siz ayting, qo`shni bola, qo`shni qizga maktub yozadimi?

- Yozadi?

- Aytib qo`ying, shunday maktub yozsinki, qo`shni qiz bu maktubni qalbida, bir umur asrab yursin...

Shirin so`zlarini tugatdiyu, javobimni ham kutmay yugurib ichkariga kirib ketdi.

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar