tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (8 - Qism...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...

RASM

Avvalgi 1 - 2 - 3 - 4 - 5 - 6 - 7 - Qismlar...

(8 - Qism...)

Bahor oyida uyni bir sidirg`a remontdan chiqargandik. Pundamentiga granit yopishtirildi, lekin ustalarni tig`iz vaqti sabab, hovli yuzasiga biton plita yotqizish kechiktirildi. Yozga chiqib, shu ishni tugatib qo`yishga qaror qildim. Shu masalada dadam bilan maslahat qilgandim.

- O`zinga yoqqani tanlab, o`zing usta topib qildiraver, mana harajatlar uchun! - deya, qo`limga pul tutqazib.

- Ho`p bo`ladi...

Pulni olib, beton plitalar ishlab chiqaradigan joylarga bordim. O`zlarini mutahasislar bilan gaplashdim. Aytishlaricha pilitani ikki hili bor ekan, qum bilan teriladigan va suyuq beton bilan.

Vaqti kelganda hovliga og`ir yuk mashinasi kirishini hosobga olgan holda betonga terish varyantida to`xtaldim. Beton pilitalarni tanlab yoqqaniga buyurtmani berdimu, yaxshi usta qidirishga tushdim. Telefon orqali surushtirib bir, ikkita ustasini ham topdim. Lekin sezon vaqtida uarni ham ishilari ko`p ekan. Shu orada bir hafta vaqtni o`tqazib yubordim. Qishloqda bir tanishimni uyida ham ayni shunday ish bilan shug`ullanadigan, ustalar ishlayotgani eshitib ularnikiga bordim. Gaplashib ko`rsam bu ishdan so`ng yana birnecha mijozlari qarab turganini aytishdi. Qisqasi kuzgacha menikiga qo`llari tegamas emish. No iloj kutishga rozi bo`ldim. O`sha yerda, ustalarni ishi sifatini kuzatib o`tirgandim. Qarasam plita yotqizish juda u qadar murakkab vazifa emas ekan. Qo`llarida rezina bolg`achalar, ip tortib oshgan ipga qarab terib ketishyabdi. Qiziqib yonlariga tushib uch, to`rtta terib ko`rdim.

``Voh qo`limdan kelar ekan!``

Shundan so`ng, o`zim qilsam ham bo`laverar ekan degan fikr miyamga o`rnashdi qoldi. Kechgacha ustalarni ish usullarini sinchiklab kuzatib o`tirdim. Bu ishda eng muhimi yuza tekkisligi ekan. Uyga qaytganimda esa, hovlini chamalab ko`rdim va o`zim yotqizishga qattiyan qaror qildim. Lekin avval yana bir bor, dadam bilan maslahat qildim.

- Yigit kishini qo`linda hamma ish keladi. Faqat o`zida ishtiyoq, harakat bo`lsa bo`lgani. Qo`lingdan kelishga ishonsan qilaver o`g`lim, qarshiligim yo`q! - dedilar menga ishonib, qo`llab quvvatlab.

- Hudo hohlasa sizni uyaltirib qo`ymiman, -deya dadamni qo`llashiyu, o`zimdagi ishityoq bilan yeng shimarib bismillohni aytib ishga kirishdim.

Birinchi kunim hovlini shaytonga qo`yib, qoziqlar qoqib, chilvir ip tortib tekizlab chiqishga ketdi. Ikkinchi kuni esa buyurtma qilgan qizil va kulirang biton plitalarni olib kelishdi. Shebyonka sement olib keldirib ishni boshlab oldim. Avval chorbog` bilan hovli o`rtasiga beton to`siq quydim. Bir o`zim bo`lganim uchun bir kunlik ishga naqt to`rt kun sarf ettdim. Lekin natija yomon emas, havaskor uchun!

Beton qotib ulgurganidan so`ng afalopkalarni bo`shatib olish uchun tong saharda turgan edim. Dadam tepamga kelib qilgan ishlarimdan sevinib ketdilar.

- Bir o`zing quydingmi? -dedilar jilmayib.

- Ha, yaxshi chiqibdimi? -dedim, o`zimdan g`ururlanib.

- Malades... Yashavor ota o`g`il, - belimdan quchib, bir ko`tarib qo`ydilar va yelkamga qoqdilar, - Barakalla...

Ishimni sifati kutganimda chiroyli chiqqandi. Bu esa dadam juda sevinibtirib yubordi. To`g`irini aytsan, ayni shu lahzada men ota mehridan sarhush bo`ldim. Farzand uchun otani baxtiyor ettish. Qandaydur ajayoib boshqacha bir tuyg`ularni junbushga keltiradi. Otani ko`zida sendan fahrlayotganini ko`rgan lahzalaringda, hayot ko`zinga chiroyli ko`rinib, shu olamda yashashyotganingdan chinakamiga rohatlanasan ekan.

Nonishtadan so`ng, oyim ishga ketishga taraddut ko`rar ekanlar, tushlikda nima yeyotganim haqida gap ochdilar. Ayni imkonyatdan foydalanib dadamga murojat qildim.

- Dada mashinan tashlab ketmaysizmi? -dedim.

- Nimaga? -dedilar, onam, hayon bo`lib.

- Tushlik tayorlashga erinyabman. Mashina bo`lsa g`izzillab shaharga chiqib birornima yeb kelaverardim! -dedim.

- Beraqoling dadasi, -dedilar onam, meni tavom pishirib yeyishga uqvusizligimni tushungan holda.

- Mana...

Dadam mashina kalitini tutqazdilar. Ularni piyoda qoldirganimni kalitni olgach o`yladim va bundan hijolat bo`ldim.

- Endi o`zilarchi?

- Biz onajoning bilan taksida qatnab turamiz...

- Balki olib borib qo`yarman?

- Ancha bo`lgandi biyoda yurmaganimizgayam... - dadam oyimga hazil qilib kuldilar, - Oying bilan bir yugursak ish joyimizga yetib olamiz. Bilasanmi o`g`lim oying siportshikolada yugurish bo`yicha birinchi o`rinda turardi. Endi esa...

Dadam onamni biroz to`lishib qolganlariga shama qildilar. Onam esa munosib javob qaytardilar. Ota onamni bir-biga bo`lgan hazil-huzidan mehir muhabbatida yuzimga samimiy tabassum yoyildi.

Ota, onam yuguruvchi atlet bo`lishgan. Bir birlariga ko`ngil qo`yib oyla qurishgan. Ularga qarab yurakdagi muhabbat o`tlari hamon yonib turgani tushib olishim qiyin emasdi. Yoshlik davrlarin eslab bir, birlariga hazil qilgancha ishlariga ketayotgan, ota-onamning ortlaridan qarab qolar ekanman, shundan insonlarni zurriyodi bo`lishimga sababchi parvardigorga shukuronalar aytardim...

* * *

Qo`shchinor oshxonasiga borib tabaka yeb, tushlikdan qaytib kelayotgan edim. Yo`l-yo`lakay, kechki ovqatda yegani yog`li patir olvolish uchun to`xtadim. Mashinadan tushganimda atrofni handalak isi tutib ketganini sezdim. Qarasam biroz narida handalak, sotishayotgan ekan! Har qalay yangilik qimmat bo`lsada uch, to`rta oldim.

Handalak hidi go`yo butun shaharni tutib ketgandek. Allanechun kayfiyatni ko`tarib odamni mast qiladi! Qo`limdagi handalaklarni hidlab-hidlab olarkanman yoshligimdagi bazi voqealar esimga tushib, yuragim allanechuk boshqacha bolib ketdi. U paytlar amakim paykalga qovun, tarvuz, hanalak ekar edilar. Adashmasam 8, 9 yashar bola edik. Qiziq zo`ridan qoq abetda Shirinni velasapedimga nindirib olib uyumizdan anchayin uzoq paykalga handalak yegani olib borgan edik. O`ziyam rosa mazza qilgandik. Lekin uydagilarga aytmay ketganimiz uchun, rosa adabimizni berishgandi. Keyinchalik bu voqeani Shirin har handalak yeganda eslab qo`yadigan bo`lgandi...

Shirinim farishtam, hudo hohlasa 1, 2 oyda u ham ona bo`ladi. Lekin men o`zim bilan ovora bo`lib shu choqqacha; holing qalay deb so`raganim ham yo`q. Uyga qaytar ekanman, yana to`rtta handalak, ular uchun ham ikkita patirdan olvoldim. Uyga kelib to`g`ri Shirinni chaqirdim.

- Shirin-n-n! Kim bor, ammaaaa! - ehh, noqulay vaqtda chaqiribman, ammam Shirinni urishib berayotgan ekanlar. No iloj chaqirib qo`yganim uchun qiytib ketishim o`rinli bo`lmasdi, - Amma uydamisizlar?

- Huuu! Kelaver o`g`lim!

Janjal ustiga kepqolganimdan, ammam biroz hijolat chekib salomlashgacha qarshi oldi. Qo`limdagilar uzatdim.

- Ovora bo`lib nimalarni ko`tarib yuribsan?

- Yangilik amma...

- Shirin buyoqqa chiqgin qizim, - ammam ostona panjarasi tagida turib, qo`llaridagi patirlarni yuqori ko`tardilar, - Manabularni olib oshxonaga oborib qo`ydin...

Shirin ostonada paydo bo`ldi. Yeg`lagani uchun, ko`zlari qizargan. Qovog`i soliq, arazlab turgani shundoq seziladi. Lekin meni iliq qarshi oldi.

- Assalom alaykum, qo`shni! -dedi.

- Va`alaykum assalom...

Handalaklarni ko`rib, darov chehrasi ochildi.

- Meni handalakni yaxshi ko`rishim, qattan bildiz?

- Handalakni ko`rsam, yodimda bir jajji qizaloq tushadi. Hozir o`sha qizaloq katta bo`lib ketti, lekin ko`rib turibman, qalibi o`sha-o`sha. Adashmadimi? -dedim, qo`limdagi bitta handalakni unga uzatib.

- Yo`q adashmadiz, - handalakni yutoqib, ko`zlarini yumgancha to`yib hidladi, - Oh-h-h-h, munchayam shirin bo`lmasaya!

Uning bu bolalarcha harakatidan, ammam ikkimiz kulvordik.

- Qizim handalakni hushbo`y islaridan hidlab-hidlab ol, zora seni injiqliging yo`qolsa! -dedilar ammam.

- Shirin hali, injiqlik qilib ammamni qilyabsanmi? -dedim, yolg`ondan koyigan bo`lib.

- Eeh. Rustam, o`zi bor yo`q injiqlik shundada, - ammam Shirindan arz qila boshladilar, - Na issiqqa ko`nadi, na sovuqqa!

Shirin muloyim jilmaygancha, bosh chayqadi.

- Oyi-i-i, darov qizizi yomonlaysiz-a! Qachon injiqlik qildim?

- Qara Rustam tan olmaydi yana... - ammam bosh chayqadilar, - Boyagina zerikib ketyabman deb yeg`lab o`tirgan senmiding yo boshqasimi?

- Ha, Shirin menam boya yeg`layotganingni eshitgandim... - oyisini so`zlarini tastiqladim, - Ammamni yuraklarini siqavermada, - o`zimcha tanbeh berdim, - Zeriksang qishoqni bir aylanib kel. Qishlog`imiz qanday chiroyli bo`lib ketgan. Hali turmushga chiqmagan qancha sinfdosh qizlarimiz bor, ko`rishib gaplashib kelasan! - dedim.

- Rustam, qo`y o`g`lim. Bunga aytganingni foydasi yo`q. Men ming marotaba aytdim: bor Shirin dunonalaringni ko`rib, ko`ngil yozib kel deb, bu qaysar esa davroza hatlab ko`chaga chiqmaydi!

Ammamni arzlariga quloq tutib, Shiringa qarayam. Uniyat tushunsa bo`ladi, homilador ayol begona ko`zdan o`zini asraydi.

- Qishloqqa borishni istamasang, mana o`zimizni mahalla yo`liga chiq. Yonimizda rayisni bog`i bor, ko`rpacha solib salqinginada kitob o`qib o`tirsang ham bo`ladi. - so`zlarimga quloq tutib, asta yonimga tushdi, so`rini chetiga o`tirdi, - Shirin holaysanmi kutubxonadan zo`r-zo`r adiblarni asarlardan olib kelib beraman, istaysanmi?

- Yo`q... Birorta asar o`qisam, o`zim ham o`sh asar ichiga kirib ketib qolaman. Qaytanga battar yuragim siqiladi...

- O`shani uchun telviziram ham ko`rmaydi, -dedilar ammam Shirinni so`zlarini tastiqlab.

Televizirdayam nuqul oylaviy mash-mashalar haqidan kinolar qo`yishadi. Shirin ham o`z taqidiriga o`xshash voqealarni ko`rib siqilsa kerak deb o`yladim.

- Shirin. Agar hop desang, hohlasang diniy mavzudagi kitoblardan ham topib beraman! O`qisang dillaring yorishib ketadi, yuraging ham siqilmidi. Nima deysan? -dedim.

- Rahmat, unday kitoblar o`zimdayam bor...

- Kitob o`qish yoqmasa, kechaga chiqib aylanib kelmasang, unda nima qilasan?

- O`g`lim tentak qizni bir ko`rsang edi. - ammam suhbatga qo`shildilar, - Qornidagi bolasi bilan gaplashib o`tiraveradi, qiz tushmagur...

- Bolajonim, buvinglarga o`zing aytgin, onamni yolg`iz tashlab ketaversez men bilan gaplashmay kim bilan gaplashsinlar degan? -dedi Shirin, jilmayib menga ko`z qisib qo`yarkan.

- Ko`rdingmi Rustam?

- Ha, ko`rdim amma, bu qizizni esi joyidamas?

- Menam shuni aytaman...

- Yoki rosdan ham zerikib ketgan, - Shiringa qardim, - Uyda o`tirib zerikkan bo`lsan, bizikiga chiq...

- Sizlarnikida nima qilaman?

- Hovliga plita terib, biton quyyabman...

- Obboo! Hali shu holimga, menga biton qorishtirtirmoqchimisiz? -dedi, ustimdan kulgandek.

- Ha, nima qipti! - ammamga qaradim, - Do`ktirlar aytadiku, og`irayoq ayol ko`p harakat qilish kerak deb, to`g`rimi amma? - dedim, ko`z qisib.

- Hoooo, gaplarini qarang! - naz qilgancha o`rnidan turib zina tomon yurdi, - O`rgildim sizdaqa mehribonimdan!

Ochigini aytsam Shiringa homiladorli juda yarashib, chiroyiga chiroy qo`shilibdi. Homiladorlik Shirinni fel-atvoriga ham ijobiy tasir o`tqazganini sezib olish qiyin emas. O`zini tutishida, sho`xchan gap-so`zlarida qandaydur bolalarcha beyg`uborlik bor.

Sal narsaga arazlashi, uyalmay yig`lab olishi, bo`lar bo`lmasa injiqlik qilishi... Aslida bunday fel-atvor bilan istalgan insonni o`zida bezdirib qo`ysh onson. Lekin homilador ayolda buning aksi kuzatiladi. U bunday feli bilan yomon ko`rinish o`ringa, o`zini yaqinlarga yanada ko`proq suyduradi.

O`ylab qaralsa, homilador ayolni kun sayin qorni kottalashib, beysunaqay bo`lib qoladi. Lekin ayni shu narsa unga o`zgacha jozib baxsh etadi. Qizbolalik davrini ortta qoldirib, ayol onalikka tayorlanishi...

Hammaga malum ona bu mehir timsoli. Ayol vujudida bir mo`jiza shakillanib borishi mobaynida, unda ham onalik mehri oshib boradi. Ona mehri esa chegara belimas, eng oliy tuyg`udur. Qandaydur bu mo`jizali holat, homilador ayoldan atrofga mehir ufurib, undan o`zgacha bir tarovat taraladiki, buning oqibatida shu qorni katta ayol yaqin-atrofdagilarga yoqaveradi. Men ham Shiringa qarab turar ekanman, uni shu damda doyimgidanda ko`proq sevishimni his etaman!

Dilimni alam o`rtay boshlaydi. Ming afsuski, Shirinimni qornidagi bola menga begona!

Taqdir menga ravo ko`rgan, qalbimdagi istiroblar bulog`i yana ko`z ocha boshlagani sezib, uyga ketishga taraddutlandim.

- Amma duo qiling men ham uyga kiray, ishlarim ko`p edi. -dedim, qo`llarmini duoga ochib.

- Iloho omin, sen bizga oqibatli ekansan, olloh seni o`z panohida asrasin, hech qachon kam bo`lma o`g`lim...

- Omin... Ho`p hayr amma... - Shiringa qo`l siltadim, - Shirin o`sha gap, menga bitta yordamchi kerak!

Bu gapni albatta uning g`ashiga, tegish uchun aytdim.

Uyga chiqdim, kiyimlarimni alishtirib ishni boshladim. Beton qorishtirish uchun mo`ljallangan, mahsus temir listga shebyonka va sement to`kib o`rasiga suv quydim. Qorishtirish onson bo`lishi uchun biroz ivitib qo`ydim. O`zim esa hovli yuzasiga tushurmoqchi tasvirlaridan eng maqulini tanlash uchun yana bir ko`zdan kechirib chiqa boshlagan edim. Eshik taqqilladi, shundoq qarasam Shirin jilmaygancha qarab turardi.

- Hormang usta?

- Bo`r bo`ling, - yoniga yugurdim, oyoq ostiga tortilgan iplarga qoqilib tushmasligi uchun, avaylab qo`lidan tutdim, - Ehtiyot bo`ling qo`shni qiz, hammayerda ip tortib qo`yganman!

- Yordamga chiquvdim...

- Juda yaxshi qilibsiz, - o`tirishi uchun stul qo`ydim, - Qani stulga o`tring...

- Rahmat, - asta joylashib oldi, - Men sizga qarashgani chiqdim, yana bitta kurak yo`qmi enga ham? -dedi yonidagi devorga suyalgan kurakni dastasidan tutib.

Undagi shijoat meni suyuntirib yubordi.

- Vooy o`zimni mehnatkashim!

Qo`lidagi kurakni oldimda, barmog`imni loyga teqqazib, ohista burniga surtadim.

- Mana...

- Bu nima qilganiz?

- Qo`y artma, shu holicha uyga kirganingda Rustamga qarashvordim desang ammam ishonadlar... Beton qorishtirishni esa menga qo`yib beraver!

- Unda men nima qilaman?

- Sen shu stulda, meni zeriktirmay gapirib o`tirsang bo`lgani... Ho`sh qo`shni qiz shu ish qo`lingdan keladimi?

- Vooy onson ekananu, do`ndirib tashayman!

- Bo`lmasam boshlang, men ham boshladim, - qo`limga kurakni oldim - Bismilloh...

Shitob bilan beton aralashtirishni boshladim.

- Vuuuy? -dedi, kurak temir liska ishqalanganda chiqayotgan g`ichirlagan yoqimsiz ovozdan yuzni tirishtirib.

- G`ashing kelyabdimi? -dedim kulib.

- Him!

- Hozir qulog`ing o`rganib qoladi.

Shirin biroz kuzatgach, ishim qiyinligini ko`rdib, o`rnidan turdi. Yordamlashish uchun chelakdagi suvdan cho`michda olib, betonni quruq joyiga sepa boshladi.

- Barakalla o`zimni aqilligim!

- Birorta sherik topsayz bo`lar ekan...

- Bir o`ziz qiynalib qolasiz demoqchimisan?

- Ha... Qiynalib qolmaysizmi?

- Qiynalaman... Lekin shu ishni boshdan ohirigacha o`zim qilishga qaror qilganman. Shuni uchun qiynalsam ham bir o`zim ohiriga yetqazaman...

- Ha, demak o`zizni irodayzni sinovdan o`tqazayotgan ekansizda?

- Bilasanmi Shirin insonlar ko`pincha birovga bergan vadalarini bajarganlaridagina o`zlarini lavzi halon deyishadi... Lekin inson aksaryat o`zi-o`ziga bergan vadasini bajarishga kelganda irodasizlik qiladi. Mana masalan alkash kayfi tarqab bosh og`rig`idan tanasi aziyat chekkanda ichida albatta aytadi; men ichishni tashlayman deb. Lekin aroqni ko`rganda vadasini unutadi. Yoki dardmand bo`lgan kishi olaylik - tunlari uyqusizlikdan qiynalganda ollohni eslab duolar qilishni boshlaydi, tuzalib ketsam to`g`ri yo`lda yuraman deb o`ziga vadalar beradi. Biroq dardlaridan forih bo`lgach esa barchasini unutib qo`yadi. Ajrashib ketayotgan oylalarni qara, ulardan qanchasi yigit yoki qiz sevib sevilgan chog`larda baxtli bo`lishni istab o`zlariga so`z beradilar, bu aniq! Ammo sinovlar kelgan chog`da, shu vadalarini unutib osongina ajrashib qo`yaqolishadi. Bu esa lavzi halollik emas... Istasang shunga o`xshash yuzlab misollar keltirishim mumkun! Shukurki bu olamda o`zga bergan vadasiniyam o`ziga bergani bajaradigon irodasi, e`tiqodi mustahkan insonlar ham juda ko`p. Men ham shu insonlar qatorida bo`lishni istayabman! -dedim.

- Faylasuf bo`lib ketinge-e!

- Bu faylasuflik emas, o`zimni hayotiy qoyidam...

- Sizga havasim keladi!

- Nima uchun?

- Bilmadim, shunchaki...

Oraga skunat cho`kdi. Aralashtirgan betonlarni olib borib to`kdim va tekisladim. Chanqab ketgandim. Stol ustida choynakda choy bor edi. Bordimda piyolani to`ldirib, Shirinni qo`lidga tutqazdi. O`zimga ham quyib Shirinni qarshisiga cho`nqayib o`tirdim.

- Nega jimsan, gapirmisanmi? -dedim, uni suhbatga chorlab.

Biroz o`ychan turdida, so`ng jilmaydi.

- Handalakni qayerdan oldiz?

- Yo`lda sotishayotganini ko`rib, qo`shnim Shirinxon yaxshi ko`rardi deb sharta olaqoldim. - hazilomus ohangda so`zlab kayfiyatini ko`tarisha urundim, - Yedingmi o`zing?

- Him yedim, judayam totli ekan. Rahmat...

- Yoqqan bo`lsa ertaga tushlikka chiqqanimda yana olib kelib beraman...

- Tushlik qilgani biror joyga boryabsizmi? -dedi, hayron bo`lib.

- Qo`shchinor oshxonasiga chiqib kelyabman.

- Sizaaa! Kochada ovqatlanishni yomon ko`rardizu?

- Ilojim qancha. Oyim ishda bo`lsalar, mazali ovqat qilish o`zimni qo`limdan kemaydi. Bunday og`ir ishlar qilgandan keyin, issiq ovqat yemasang yana bo`maydi...

- Sizga ham qoyilmasman, - yolg`ondan qovog` uydi, - Bir og`iz Shirin deb chaqirsayz olam guliston-ku. Uyda bekorchi bo`lsam, o`zim chiqib tushligizni tayorlab beradim...

- Rostanmi?

- Ha...

- O`zimni mehribonim, bilmabmande! Mana erdan boshlab har kuni chiqib mazali tavomlar pishirib berasanmi?

- Jonim bilan...

- Qoyil. Hozir meni juda shod qilding Shirin... Bu g`amho`rliging evaziga esa men seni har kuni ikki soat mashinada shaharni aylantirib kelaman. Ho`sh mehribonim shunga rozimisan?

- Bo`pti kelishdik...

Shirin bilan gaplashsam, o`zga bir olamga tushib qolgandek bo`laman. U men bilan istalgan mavzuda ajoyib suhbatdosh bo`la oladi. U bilan miriqib suhbatlashib, kechgacha ikki bayok beton qorishtirib, to`rt yarim kvadrat pilita teribmiz.

Ertasi kuni, tongi nonushtada, onam dadam bilan o`tiriganimizda Shirin haqida gap ochdim.

- Oyi, dada bugundan boshlab tushlikimni Shirin pishirib beradigan bo`ldi...

- Nega? -dedilar ikkovlari ham.

- Kecha biznikiga kirgandi, tushligizni o`zim qilib beraman dedi...

- Yaxshikuya... Lekin u... - onam biroz tajjublandilar, - Ishqilib uruntirib qo`ymaginda, har holda... -dedilar, uni homiladorligiga shama qilib.

- Yo`q hovotir olmang, o`ziniyam bilasizu qanaqa ehtiyotkor ekanligini!..

- Unday bo`lsa Rustam mashinaga ehtiyojing yo`g` ekanda? -dedilar dadam.

- Shuni aytomqchi edim, - gapni boshidan boshladim, - Kecha u-bu narsa olib ko`rgani kergandim. Ammam Shirinni urushib berayotgan ekanlar. Hullas aytishlaricha Shirin zerikib qolib yeg`lab o`tirgan ekan. Uyda o`zim yolg`iz ish qilyabman zerikkanda bizniki chiq, tepada gapirib turasan degandim. Taklifim maqul kelib biznikiga chiqdi. Gap olarida, tushlikni ko`chada yeb kelayotganimni bilib o`zim pishirib beraman dedi!

- Baraka topsin...

- Lekin dada uni har kuni ikki soat shahar aylantirishga vada berib qo`ydim!

- Demak mashina yana senga kerak ekanda?

- Ha, agar ho`p desayz. Bo`lmasa taksi chaqiraman.

- Mayli o`g`lim mashina qolaqolsin...

- Yaxshi aytibsan, - onam ham bu ishimni maqulladilar, - Shirin o`zi bolaligina sal uyatchan, tortinchoq qiz. Sendan boshqasi bilan chiqishib ketavermaydi. Aylnib kelsanglar uniyam ko`ngli yoziladi. Lekin o`g`li judayam ehtiyot bo`lgin. Mashinani sekin hayda, iloji boricha vahliroq borib vahliroq qaytiylar shomga qolib ketmaylar...

Oyim, dadam bizlarni nafaqat boshqalarni ham, so`zlarini tinglab uni to`g`ri tunina olish hislatlari menga juda yoqadi. Har qanday vaziyatda ham vazminlikni yo`qotmaydilar. O`ylab qolaman, hech bir vaqt ishonchlarini paymol qilmaganimdan bo`lsa kerak, menga bo`lgan bunchali ishonchlarini yuqoriligi.

Har qanday farzand uchun, ota-onaning bunday ishonchiga sazovor bo`lish. Uni faqatgina yuqoriga yuksalishi uchun hizmat qiladi.

* * *

Shirin vadasida turdi. Har kuni biznikiga chiqib tushligimga mazali taovlar pishirib bera boshladi. Men ham o`z vadamni bajarar edim. Kechga qolmay ishlarni yeg`ishtirib Shirinni shahar aylantirgani olib chiqardim. Hiyobon

O‘xshash hikoyalar