tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (8 - Qism...) (2-bet)

olib chiqardim. Hiyobon yoniga borib, mashinadan tushmay oynadan hiyobonda sayr qilayotgan baxtiyor insonlarni kuzatgancha, bolalik hotiralarimizni eslab miriqib suhbatlar qurardik. So`ng eson omon, uyiga olib kelib qo`yardim. Kunlar shu zalda o`ta boshladi. Qilayotgan ishim kun sayin ko`zga ko`rinib, hovlimizni chiroyi ochilib borardi. Haisob kitobimga ko`ra, yana uch kunlik ish qolgandi.

- Assalom alaykum, hormang usta, - Shirin qo`lida qovoq ko`targancha eshik qoqib kirib keldi, - Men ham kelyabman...

- Va`alykum assalom, hush ko`rdik, - qo`lidagi qovoqqa imladim, - Bugun qovoq somsa yeymizmi?

- Um-um, - sho`xchan bosh chayqadi, - Bugun sizga qovoq manti, pishirib beraman...

- Ishqilib qiynalib qolmaysanmi Shirin? -dedim, kun sayin harakatlari og`irlashib borayotganini sezib.

- Hovotir olmen, stulda o`tirib qiladigan ishku! Faqat oshxonada ko`proq bo`laman...

- Qancha bo`lsangdan, tavoming o`zingni nomingdaqa shirin bo`lsin...

- Bunishdan tashvishlanmang, pishganda ko`rasiz...

Tushga yaqin u vada qilgan manti ham pishdi. Bu gal darvozaxonaga sholcha solib yerga joy qildi. Ikkimiz ham ko`rpachani ikki yoniga o`tirdik. Tavomdan taralayogan ifor ishtahamni qitiqlaydi.

- Kel Shirin tezroq boshlaylik...

- Avval siz boshlang, -dedi, yonimga kosadagi qatiqni surib.

- Bismilloh, - bir dona mantini olib, qatiqqa botirib og`zimga soldim, - Immmm... Shirin bunga nima qo`shib pishirasan-a?

- Mehir... -dedi, mamnun jilmayib.

- Qo`llaring dard ko`rmasin!

Shirin ikkimiz mantilarni qoringa joyladik. Choy ho`plagancha ishimni chamalab buyog`iga qancha pilita ketishini hisobladim.

``Jin urgur!``

Hovli yuzasidagi shakil to`liq chiqishi uchun, qizil pilitadan 7, 8 kamlik qilar ekan!

- Obboo! - Shirinni yolg`iz qoldirgim kelmay- Shirin mashinada, qurulish mollari sotadigan do`konga boraman. Men bilan birga borasanmi?

- Qoq abet bo`lsa, mashina ichi rosa issiqdur-a?

- Mashinada kandetsaner bor!

- Mayli unday bo`lsa boraveraman, faqat avval dasturxonni yeg`ib qo`yayin aaa!

- Ho`p sen dastuxonni yeg`guningcha, men ariqdagi suvni berkitib kelaman, yana yo`lga toshib ketmasin!

Shirinni uyda qoldirib, ketmonni olgancha ariq boshiga ketdim. Berkitib qaytib darvoza oldiga kelganimda ichkaridan Shirinni ovozi keldi. Taqqa to`xtadim va eshidan asta ichkariga qaradim.

Tavba! O`sha kuni ammam aytganda uncha e`tibor bermagan ekanman. Shirin rosdan ham qornini silagancha, tug`ulmagan bolasi bilan gaplashib o`tirardi...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar