tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (9 - Qism...) (2-bet)

To`g`riqxona xovlisiga mashinani olib kirdim. Eshik oldida, Shirinni onasi, opasi va yana ikki ayol turishardi. Ulardan biri Shirinni sobiq qaynonasi edi. Shiringa ozor bergan insonni onasi. Sovuq nigohlari bilan atrofga bemano alanglar, Shirinni chiqishiga bo`layotgan tayorgarlikni ko`rib kibirli chehrasida istehzolga to`la, zaharli tabbasum balqib turardi.

Ichkarida chaqalog`ini ko`targancha Shirin chiqib kelayotgandi. Uni munosib qarshilash uchun qo`limga guldasta oldim.

- Hoy yigit! - boyagi ayol deyarli yo`limni to`sdi, - Siz kimsiz?

- Akasiman! -dedimda ayolni yo`limdan surib tashladim.

Shirin chiqdiy kutilmagan surpirizdan biroz esankirab qoldi. Hamma tabriklay boshladi. Ammam qo`lidagi chaqaloqni olganlaridan so`ng men ham guldastani tutqazib tabrikladim. Yonidagi ikkita hamshiralarga suyunchi berdim.

Shirin esa hamon o`ng`aysiz bir ahvolda, qimir etmay turardi.

- Shirinxon! - unga yaqin kelib shivirladim, - Jilmaying sizni tasvirga olishyabdi, -dedim.

Shirin jilmaydi, lekin ko`zlarida yolqin yo`q. Nigohida to`la istirob, zimdan chaqalog`ini ko`tarayotganlarni kuzatadi, qaynonasiga qaraydi.

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar