MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (11 - Yakuniy qism...) (2-bet)
kulib turaveradi. Sizlar esa hamon sirtimizga qarab hulosa chiqarasizlar! Tiriklaru, marhumlar hammangiz o`zlarizcha taqdirimizni belgilashga urunasizlar... - achinarli yuzimni opamga ko`rsatishdan uyalib boshimni egib oldim, - Nuriya opa oqko`ngil, mehribon inson, bir so`z bilan aytganda tilla ayol. Bilsiz yoshligimizdan o`zimizga yaqin olib amma deymiz, hurmat qilamiz. Shunga yarashga bizlar bilan ammadek munosabatta bo`lishadi. O`tmishini eshitgansiz, erlari bilan ko`ng qo`yib oyla qurgan. Hatto o`lib ketgan eriga hanuzgacha sadoqatli ayol. Erlari tiriklik chog`ida bir do`stiga qizini vaqda qilib qo`ygan ekan. Nuriya opa esa olamdan o`tib ketgan erini so`zini qonun bilib, Shirinni o`zi yaxshi bilmagan, betayinga turmushga uzatvordi... Bir so`z bilan aytganda sadoqad deb bizga shavqatsizlik qildilar. Shirin bilan bir birimizni yaxshi ko`rishimiz bilib tursalarda, bizni aka singil deya o`zlarini aldadilar. Shirinni ko`z yoshlariga ham qarab o`tirmadilar. Oqibatda birgina olamdan o`tib ketgan insonning vadasi Shirinni baxtsiz qildi... Nuriya opa qilgan bemanilikni eslab bazan jahlim chiqib ketadi. Yelkamdan silab o`g`lim deyishadiyu, lekin qancha azob berganlarini o`ylasharmikin deyman! Shirinning to`yi belgilangan kunlarni hotirlagudek bo`lsam hamon yuragim zir tutrab turadi. Sevgan insoningni to`yida hizmat qilish, uni ko`zi to`la yosh bilan zimdan seni taqib etayotgani har lahzda his qilish. Qanchalik azob beradi... Ichimdan o`tgani o`zimga ayon, buni siz his etishiz uchun Rustam bo`lib tug`ulishiz, men sevganchalik Shirinni seva olishiz kerak! Ana o`shanda uni boshqa honadonga olib ketishayotganda, jimgina ortidan baxt tilaysizu ayriliq hissini haqiqiy og`rig`ini tuyasiz. Hatta isitmangiz chiqib, uch kungacha to`shakka mihlanib yotasiz... Hozir bir daqiq, - shoshagancha devordagi ko`zgu ortiga berkitilgan maktubni oldim, - Ishonasizmi hanuzgacha Shiringa dil izhori qilmaganman. Oylar mabaynida manashu sevgi maktubini yozgandim. Lekin buyam yetib bormagan! - maktubni opamni qo`liga tutqazdim, - Endi esa munosabatlarimiz shu darajadaki, unga; SENI SEVAMAN deya olmayman ham! Orzu, umid bilan yashasamda baribir unga yetisha olmasliimni bilaman. Sevgimni tilimda izhor etsamu, unga yetisholmasam keyin ko`ziga bir umur qaray olmasligimdan cho`chiyman... - bir lahza o`yga toldim, onam bilan munosabatlarimiz yodimga tushdi, - Opa ishonasizmi yo`qmi, o`z onamni yonida o`tirishdan bezillayman. To`y haqida gap ochmasinlarda deb yurak hovichlab turaman... Bir kuni siz qayni singlizni tavsiya etib ketgan ekansiz. Bir hafda davomida onam har mahalda shu haqida gapiraverdilar. Kechki ovqat paytida yana shu mavzuda gap ochishdi, men yana rat ettim. Shunda dada: sog`lig`ing joyidami o`zi? -deyishdi. Bilasizni erkak uchun bu so`zning zalvori qanchalik og`ir va shandaliki ekanligini? Siz buni tasovur qilolmaysiz, o`ylamaysiz. Sizni nazlizda qiz topib menga yaxshilik qilyobman deb o`ylaybsiz!.. Bir voqea esimda. U paytlar siz turmushga chiqmagan ediz, pochcham sizni ortizdan yurardi va bir safar ko`cha boshigacha kuzatib kelgandi. Shunda uni urmoqchi bo`lgandim. Siz esa: uni urma, deyolmagansizu, lekin ko`ziz yoshovlab urushish odobdan emasligini uqtirmoqchi bo`lgansiz. O`shanda meni shashtimdan siz nasihatiz emas, ko`zizdagi sevgi olovi qaytargandi... Taqdir ekan mana oyla qurdilar, baxtlisiz... Lekin nima uchun meni atrofimdagi hamma yaqinlarim sevib, sevilib yashashadiyu, bizga kelgan begonalarni ravo ko`rishadi?
- Kechir, men bilmabman!
Opamni yeg`i aralash ovozini eshitib, boshimni ko`targanimda ko`zlari jiqqa yoshga to`lgandi ko`rdi. Demak opam tuyg`ularimni his qilyabdi.
- Yaxshi ko`rganing bo`lsa ayt dediz. Mana men aytdim. Shirinni juda yaxshi ko`raman, unga bo`lgan muhabbatim hech qachon so`nmaydi. U hatto erdan qaytgan juvon bo`lsa ham... Lekin aytingchi opa dadamni, oyimni ko`ziga qarab men juvonga uylanaman deb qanday aytaman?
- Kechir ukajonim, - opam bo`ynim quchdi, - Rosdan ko`r ekanman shuncha dardingni his qilmabmab! Ammo tashvishlanma men oyimga yotig`i bilan tushuntiraman. Oyim esa dadamga...
- Yo`q keraymas! - opamni ko`z yoshlarini artdim, - Opa bu gaplar shu yerda qolsin. Men aytmadim, siz eshitmadiz.... O`zi bo`ldi, umid qilib yashashdan charchadim. Endi taqdirga tan beraman. Bugun eshitgan bo`lsez Shiringa sovchi keldi. O`ylashimcha onasi uni uzatib yuboradi... - jilmayib opamni bag`rimga bosdim, - Meni tushunganizdan hursand bo`ldim. Iltimos opa onamga hechnimani aytib yurmang. Bu yog`iga yaxshi o`g`il sifatida onamni baxtli qilib, orzuyini ushaltirib, duosini olmoqchiman... Siz menga Rayhona bilan yana bitta uchrashuv uyushtirib bera olasizmi?
- Ha...
- Uni yaxshi bilasizmi?
- Birozgina!
- Menga u haqida gapirib bering qanday qiz o`zi?
- Umi?
Opam bilan uzoq gaplashib o`tirdik. Shu bilan o`ringa yotar ekanman, ertaga umuman boshqa inson bo`lib uyg`onishga qaroq qildim.
* * *
Oradan naqt ikki hafta vaqt o`tgandi. Rosti shu vaqt davomida onamni og`zini uzoq poyladim. Lekin negadur hech to`ydan gap ochmasdilar. Opam ham Rayhonanni tarifu, tasnifini keltirib rosa mahtab qo`ydilaru, ammo ikkinchi uchrashuvni tashkil qilolmadilar. Menimcha Rayhona o`tgan uchrashuvga bormaganimdan hafa bo`lgan bo`lsa kerak!
Taqdirga tan berib, hammasiga qo`l siltb o`z ishlarimga sho`ng`idim. Uch turt kun avval kurkalar uchun fermerdan yarim pretsep jo`hori olib yanchitish uchun dkuvga tashlab kelgandim. Yakshanba dam olish kuniga chiqarib berishlarini tayinlagan edim. Ertalab telefon qilib yanchib, qoplab qo`yishgani aytishdi. Nonushta ham qilmay erta tongda uydan chiqib ketdim. Borib o`nta qopga qoplangan yemni matarolga yuklab uyga olib keldim. Tushurib omborga joylab bo`gunimcha soat ham o`ndan oshib qolibdi. Nonushta qilmaganim uchun qornim ham judayam ochib ketgandi. Nonushta tayorlab bersinlar deb onamni chaqib daxlizga kirdim.
Jiyanlarim kelganda o`ynaydi deb onam ikkita katta sumkada o`yinchoqlar olib kelishgandi. Ichida qo`g`irchoq, o`yinchoq idish tavoqlari, o`yinchoq tibbiyot anjomlari, mashinachalar o`yinchoq askarlardan tortib logolargacha bor edi. Shirinni biror yumushi bor shekili yoki yakshanba oyim, dadam uyda bo`lganlari uchunmi Asal biznikiga o`ynagani chiqibdi. Oyim ko`rinmadilar ammo dadam bilan Asal uyni o`rtasiga bu dunyo o`yinchoqlarni to`kib olib o`ynab o`tirishgan ekan. Anchadan buyon uymizga chiqmay qo`ygan mittivoy Asalni ko`rib allanechuk quvonib kettim.
- Asalxonmi bu qiz? Voy mittivoy bobosini topvolibdiyu! -dedim erkalab.
- Amatim, - qiyqirib kulib o`rnidan turdiyu ikki qo`lini ko`ksiga qo`yib, chuk tillarida salom berdi va ko`ylakchasini etagini keng yoyib ko`rsatdi, - Amati oyim menga yangi ko`ylak tikib beydilay...
- Oooo! Asalimni munchayam chiroyli bo`lmasa ko`ylakchasi? - yoniga o`tirib tizamga oldim, - Asalim bobosi bilan nima yasayabdilar? -dedim, dadam yeg`ib o`tirgan logo qarishga ishora qilib.
- Zuhyaxonga! - qo`lidagi atlas ko`ylakli Zuhra deb aytadigan qo`g`irchog`ini bag`riga bosdi, - Bobom qasy quyib beyyabdilar...
- Zo`rku! - dedim menam logolarni terib.
- Amati bugun ishga boymisizmi?
- Bormima Asalim!
- Sizam biz bilan hola-hola o`ynen! -dedi yelkasini ko`ksimga tirab erkalanib.
- Asalim, - peshonasidan o`pib erkaladim, - Amaki-amaki o`ynasam bo`miydimi?
- Man bilmimanuu unaqa o`yinni?
Asal bilam beg`ubor suhbatimizni eshitib dadam kulvordilar.
- Asal qizim amakisini yaxshi ko`radimi? -dedilar dadam.
- Hmm judayam! - Asal o`rnidan turib bo`ynimdan quchdi, - Amatim yaxshilar, meni Asalim deydilar... Buvim, oyim, men amatimi yaxshi ko`yamiz! -degancha yuzini yuzimga bosib bo`ynimdan mahkam quchdi.
- Menam Asalimni juda yaxshi ko`raman. Shuni uchun Zuhraxon qo`g`irchog`iga chiroyli uycha qurib beraman! -dedim.
- Haaa, - Asal tizamdan tushdiyu, qo`g`irchoqni idish-tovoqlarini oldi, - Siz, bobom katta qasy quygunizcha men Zuhya bilan ovqat pishiyamiz!
Tavba bu mittivoyda qandaydur sexri bor. U bilan suhbatlashgan inson bolaligiga qaytgandek bo`lib, dunyo tashvishlarini unutvoradi. Balki shungadur oliymalumotli, bir korxona egasi bo`lgan dadam ham bazi-bazida yoshboladek Asalga qo`shili o`yin o`ynab qoladilar. Dadamga qarab zavqim oshadi, tabiyatan sermulohoza jiddiy inson lekin manashu mittivoy Asalni yonida soatlab, gaplashib logo o`ynab o`tiraveradilar!
- Bobo, amati ovqatlayini yeb olilay!
Asal bitta likopchani dadam, yana birini meni yonimga qo`ydi. O`zimcha qoshiq, sanchqilarda bir nimalar yegan bo`ldim.
- Oh... Oh... Oh... Amakisi Asal qizimi ovqati biram mazali bo`libdimi? -dedilar dadam ham o`yinga berilib.
- Haqiqatdan juda mazali. Yaxshiyam Asalxon biznikiga chiqqani bo`lmasa bizga kim buna ovqat pishirib berardi? -dedim dadamga qo`shilib Asalni maqtab. Asalxon esa bolalarcha zavq, shavq bilan o`yinga berilib ketardi...
O`yin-o`yinku, lekin rostakamiga qorin to`qlamasam bo`lmasdi.
- Dada oyim qanilar? -dedim.
- Oying... - dadam jiddiylashib, qadlarini rosladilar, - Oying sovchilikka ketti...
- Sovchilik?
- Ha, buyoqqa yur o`g`lim... - dadam o`rnidan turdi, - Asal qizim sen o`ynab tur men hozir kelaman!
Dadamga ergashib narigi honaga kirdim.
``Yoo ollohim!``
Dadamni birinchi savolidan hayratda qoldim yo`q men tush ko`ryabman deb o`yladim. Onam Shirinni qo`lini so`rash uchun onasi bilan gaplashgani kirib ketganlarini aytdilar. Agar rosdan ham Asalga otalik qilish niyatim bo`lsa, bu boradagi qarorimni qo`llab quvatlashlarini aytishdi. Aytishlaricha o`sha kuni tunda eshikka chiqqan ekanlar, chirog`im yonig`ligini ko`rib eshigim oldiga kelishibdi va tasodufan opam bilan bo`lgan suhbatimga guvoh bo`libdilar. Ularga nima turtki bo`lgan bilmayman, lekin onam ikkisi rozi!
Dadam Shiringa uylanishimga faqat bir shart bilan, har qanday vaziyat bo`lmasin hech qachon yuziga solmaslik sharti bilan rozi ekanliklarini aytishganda ularni quchuoqlab olishdan o`zimni zo`rg`a tutib qoldim.
``Rahmat dada!``
Shu ojizgina aytgan rahmatimdan so`ng butun og`riqlarim, istiroblarim tanamni tark etgande o`zimni yengil his ettim.
Taqdirni o`yinini qarangki, Shiringa intilganim sayin unga yetqazuvch yo`da turfa to`siqlar, chigalliklar paydo bo`lib unga yetishish imkonsiz bo`lib boraverdi. Qismatga ko`nib, undan umid uzganimda esa olloh o`zi yo`limni ochdi!
Qanday ko`chaga chiqib, Shirinni xovlisiga kirib qoldim esimda yo`q! Endigina uydan chiqayotgan onam va Nuriya amam bilan darvozaxonada to`qnash kelganimda o`zimni angladim. Ular hech qanday so`z aytishmadi shunchaki biroz hayrat bilan o`rtimdan qarab qolishdi. To`g`ri Shirinni xonasiga kirib bordim. O`sha paytda shikafdan nimadur olayotgan edi. Meni ko`rib allanima dedi, ammo uni so`zlarini eshitmadim.
- Men seni sevaman!
Shirinni birinchi bor yuzlaridan o`pib bag`rimga bosdim. Bir lahzaga butun borliqni unutdim. Dilimda faqat shukuronalik yangrardi.
- Qo`yvoring! -dedi, ojizgina qarshilik qilib.
- Hech qachon, - yanada qattiqroq quchdim, - JONIM SEN MENI BIRINCHI MUHABBATIM, YAGONA MUHABBATIMSAN...
U hech narsa demadi, faqatgina o`zini bo`sh qo`yib yuzini ko`ksimga bosib, belimdan qattiq quchoqlab oldi...
* * *
Birinchi muhabbat! Bahor osmonidagi pardek oppoq bulutga o`xshaydi, pokiza va beg`ubor tuyg`u! Biroq u shu qadar balantda suzadiki, qo`l cho`zib yetish amrimahol, boz ustiga, uni taqdirning beshavqat shamollari qay manzillarga olib ketishi ham noma`lum... Qashqab qolgan ko`nglizga esa undan faqat
sargardon shirin hislaru, bezovta xayollar yodgor qoladi. Shuning uchun ham oshiq qalblar ko`pincha yoshlikda yo`qotgan oppoq bulutlardek qadrdon tuyg`ularini qo`msab, bir umur pinhona yori ketgan yo`llarni poylab yashar ekanlar!!!
TAQDIR HECH BIRIMIZNI BIRINCHI MUHABATIMIZDAN AYIRMASIN. OLLOH O`ZI MADADKOR BO`LSIN...
Tamom...
Muallif: -MAJNUN-