tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Yo`lchi YULDUZIM... (3-bet)

basharali, mendan 4, 5 yosh katta yigit kirib keldi.

Dilmira biroz esankirab akasiga salom berdi.

- Kim bu?

- Sharof aka! -dedi boshini quyi solib.

- Qorangni o`chir... -dedi menga qarab, qo`li bilan eshikni ko`rsatib.

Bunday momilaga o`rganmaganman. Jahlim chiqib javob qaytarishga chog`langandim. Ammo Dilmira ``Ketaqoling!`` deganday ko`zlarini multiratdi. Endi darvoza hatlagan edim, shapaloq ovozi eshitildi. Shu zahoti o`grildim. Dilmira yugurib kirib ketdi. Akasi esa men tomon yaqinlashdi.

- Nima? -dediyu darvoza eshigini daraqlatib berkitdi.

Avvaliga rosa jahlim chiqdi. Lekin akasi singlisini begona bilan ko`rib or qildi deb o`zimga taskin berdim. Mayli harqalay dadasi roziku.

* * * * *

Dilmirani dadasi rozi, endi menikilarni roziligi zarur. Qulay fursatni kutgunimcha 3, 4 kun o`tib ketdi. Oyim bir joyga olib borishni buyurgan edilar. Atayin ``Yo`ldan adashding!`` deyishlariga ham qaramay mashinani Dilmirani ko`chasiga olib keldim. Biroz uyi yonida to`xtadim.

- Oyi bo`lajak kelinizni uyi...

- Aaaa!!!

- Yaxshilar qarab oling... -asta mashinani yurg`azdim, - Bo`lajak qudalariz... -deb gap boshladim. Dilmirani dadasi qay korhona egasi, oyisi qatta ishlash, bitta akasi va o`zi ham bitta erka qiz ekanligini aytib o`tdim.

Oyimni aldamadim, lekin har ikkimizni ko`nglimizda boshqa-boshqa niyatlar bor edi. Oyim uchun obro`li qudalar. Men uchun esa...

Hullas eng muhimi oyim rozi...

* * * * *

Oylaviy maslahat qilingandan keyin oyim va ikkita qo`shni ayolni olib o`zim olib bordim.

Oyimlar kirib ketishdi. Men ko`chada mashinada o`tirgan edim. Birdan ichkarida baqir-chaqir bo`lib ketdi. Tezda ichkari kirib bordim. Oyim va qo`shni ayollar bir tomonda. Dilmirani oyisi u tomonda, o`rtada dadasi bu yoqda esa akasi. Shovqin ko`tarayotgan akasi ekan, dadasiga bir nimalar deb baqirardi.

O`tgan safar akasi borasida adashgan ekanman. Suvni loyqalayotgan aslida shu ablah ekan. Dadasiga qarab bir ismni takitidlardi: ``Dilmirma Usmonxonga tegadi!

Meni ko`rgacha dadasi qo`li bilan menga ishora qildi, va qiynalib dedi: ``Mana kuyuv!``

Allaqachon chuv tushganliglarini tushingan oyim sirazi so`z qaytardilar.

- Yo`q, sizni qizizni kelin qilmayman!

- Oyi... -dedim.

- Bo`l oldimga tush... -dedilaru, shitob bilan ko`chaga otildilar.

Dilmirani dadasi tomon yurdim. Qo`llarini ohista siqdim.

- Amaki, gap bitta qizizga uylaman...

Meni qo`llaganday, do`rrildoq ovozda hirrillab, tez-tez bosh irg`adilar.

- Dadaaaa! - akasi qo`lini bigiz qilib baqirib yubor, - Dadaaaa, qasam ichaman bularga kun yo`q...

Yoqamga yopishgandi, bir siltab o`zimdan nari itardi.

- Amaki qasam ichaman, qizizga uylanmasam bu dunyodan tog` o`taman!

Akasi hoholab kulvordi.

- Olov bilan o`ynashyabsan...

Qo`lidan nimayam kelardi. Uni do`q, po`pisasida jiddiy qaramadim...

Shu kundan uyimizda, no tinchlik boshlandi.

- Sen menga pand berding, endi men topgan qizga uylanasan!

- Siz topgan qizlar menga yoqmaydi...

Bir amallab dadami rozi qildim, ammo oyim hanuz norozi, huddi pilastinkaday bitta gap,

``Meni haqoratlashgan joyga qudo bo`lmayman!``

Aslida bu bir bohona edi.

Juma nomoziga masjidga chiqqan edim. Masjiddan qaytayotib chollar ichida bobomoi ko`rib qoldim. Ona tomondan bobom. Darhol salomlashib uyga taklif qildim. Qishloqdagi chollar bilan ziyoratga kelishgan ekan. Bobom uyga kelishgach, oyim arz qilib qoldilar.

- Dada bu nabirayz meni kuydirab ado qildi! -deb gap boshladilar va gapni aylantirib uylanish masalasiga taqadilar, so`ng bizlarni yolg`iz qoldirdilar.

Bobom jiddiy judayam qattiqqo`l inson. Bobomdan hayiqib turaman, nafaqat men balki oyim, dadam ham...

- Toy nima be boshlik bu?

- Bobojon men... -deb bor gapni aytib berdim. Dilmiradan tortib uning dadasi haqida ham. Oyimni boylikka ruju qo`ygani ham qolmadi, hamma hammasini bobomga tushuntirdim...

Bobom ham bir necha daqiqa o`yga cho`mib qoldilar. So`ng oyimni chaqirdilar:

- Mohiraaa!

- Labbay dada...

Bobom vazminlik bilan so`z boshladilar:

- Yolg`iz qizimizsan! Sendan boshqa farzandimiz yo`q, bilasanmi oying har kuni yo`linga ko`z tikadi!

- Dada doyim boraman deyman...

- Ohirgi marta qachon borganing esindami?

Oyimning yuz qiyofalari o`zgardi. Birozgina yelka qisarkanlar ohir hursundilar.

- Dada bollardan ortib, bular katta bo`lgandan keyin...

Kutilmaganda bobom bitta changitib so`kdilar. Oyim sakrab turib ketishdi.

- Senga ota-ona, farzand keraymas senga boylik keray, insofsiz! -bobom mahsilari qo`njidan biroz pul olib, oyimni oldilariga tashladilar, - Ol qizim ol...

- Kechring dada...

Oyim uyatdan boshlarini egib oldilar.

Bobom biroz sukut saqlab o`tirgach, asta qo`zg`aldilar.

- Endi qaytay...

- Buguncha qolsayz bo`lardi dada...

- Uyda onang yolg`iz qoladi.. Ha indinga onang bilan kelaman. Toyni uylaymiz...

Oyim menga bir qarab olgach, manoli bosh irg`ab rozi ekanlig`larini bildirdilar. Shu bilan bobom ketdilar. Oyim menga indamadilar, ammo uyga kirib olib anchagacha yig`lab o`tirdilar.

Bobam aytganlariday, bir kun o`tgach buvimni olib keldilar. Bobom, buvim birga o`zlari Dilmiraga sovchi bo`lib bordilar. Bir hafta o`tgach to`y harakatlari boshlandi. Ikkinchi haftaga bizni to`yimiz bo`lib o`tdi. Bobomni o`zlari to`yni boshida turishdi.

Qaraya, Bahorni boshida tasoduf tufayli uchrashgan edik. Bohorni so`ngi oyida to`yimiz bo`lib o`tdi. Biz eng baxtli juftlik edik...

Ammo bu uzoqqa cho`zilmadi, to`yimizni chillasi chiqtiyam-ki, qaynotam olamdan o`tdilar. Kuyov bo`lim, uch kun o`sha yerda belimni bog`lab marhumni ohiratini so`rab turdim. Lekin keyngi kuni, qaynog`am singlisiga qo`yib haydab chiqardi. Qaynonam hech nima demadi. Lanatilar keyin bilsam, Dilmira asrandi qiz ekan. Buni ustiga anovi ahlab, Dilmirani bir do`stiga uzatmoqchi ekan. Aslida birinchi uchrashganimiz, Dilmirani mast bo`lgan holatida... O`sha kuni akasini qistovi bilan uchrashuvga chiqqan, yoqtirmagan kishisida yomon tasurot qoldirish uchun atayin 3, 4 qadah kanyak ichvorgan ekan. U yaramas bu holatdan foydalanib qolishga harakat qilgan. Baxtiga yo`l patrul hizmatidagilar ular o`ltirgan mashinani to`xtatib qolgan. So`ng bizning taqdirimizga bog`liq vaziyat ro`y bergan. Yani Dilmira meni mashinamga o`ltirgan...

Bir so`z bilan aytganda, men Dilmirani sevaman. Boyligini qizig`i yo`q. Lekin bobom ketgach oyimning aqlini yana pul boshqara boshladi. Kelindan foyda ko`rmadilar. Shuni uchun ``Kelinni vazifasi!`` deb asta Dilmirani uy ishlariga ko`mib ezg`ilay boshladilar.

Asli uyda hizmatkor bor. Kelnoyim kelin bo`lib tushgandan buyon na qo`liga supurgi olgan na kabgir. Chunki uning dadasi akamga mashina sovg`a qilgan. Dilmirani esa qo`lidan latta tushmasdi. Qachon qaramay artgan, tozalagan qirtichlagan. Uning pora beradigan kishisi yo`q. Boshini silagan birdan bir yaqini ham o`lib ketdi. Qolgan yaqinlari esa nomigagina yaqin kishilar...

Dadasini o`limidan keyin ancha o`zini yo`qotib qo`ygan. Buni ustida oyim yomon ko`rib qolganliklari, Dilmira battar ezilardi.

- Qiynalmayabsanmi? -desam.

- Yo`q, vazifam-ku! -derdi.

Meni o`zimni esa kimdurlar taqib qilardi. Hayotimda baxtsizliklar urchiy boshladi. Avvaliga mashinam balonlari puchchayib qolaverdi. Keyin tormuz buzulib, avtohalokatga uchradim. Hammasi tosoduf emasdi. Jarohat olmadim lekin mashinaga o`ltirishdan cho`chib qoldim.

Bu muammolar ishxonamga yetib bor. Ishxonaga borsam boshliq yoniga chaqirtirdi. Xonasiga kirdim, bitta mushdek o`ralgan qog`ozni stol ustiga qo`ydi.

- Bu nima?

Hayron bo`lib, qog`ozni ochdim. Nasha bor ekan.

- Bu nasha!

- Ol yo`qat... -dedi qo`pol ohangda, - Keyin arizangni yoz...

- Tushunmadim?

- Seni ish stolingdan topildi...

- Hazilashyabsizmi?

- Gapni ko`paytirma, yaxshilikcha arizangni yoz. Bo`lmasa tegishli joyga xabar beraman...

Qarasam hecham tushunadigan odamga o`xshamaydi boshliq. Jahlim chiqsada ish, oylik berganiga rahmat aytib ishdan bo`shadim.

Bir ahvolda uyga kelgandim. Kelnoyim qarshimdan chiqdi.

- Qaynijon lataryezga yutuq chiqdi! -dedi kelnoyim suyunchilaganday.

Asta narida qozon qirtichlab o`ltirgan Dilmiraga ko`zim tushdi. Havodan tarqab ulgurmagan kuyindi isi dimog`imga uruldi. Tushungan bo`lsam, ovqatni kuydirib yuborgan.

- Shag`amiz yonibdida kelnoyi? -dedim kinoya qilib.

- Bu nima deganiz?

- Shunchaki gapda! -deb uni gaplarini nazarimga ilmagandek kulib qo`ydi.

Dilmiraga yaqinlashar ekanman, u o`rnidan turib salomlashdi. Ikki qo`li qopqora, terlab ketgan yig`lavorgidek bo`lib turibdi. Meni urishib beradi, deb o`yladi sheki ayibdorday boshini egib, labini pildiradi. Sal qovog`imni solib biror nima desam yig`lab yuborishi tayin. O`zi ishdan bo`shaganimni alami achitib turganga qaramay jilmaydim.

- Nimalar qilyabsan jonim?

- Ovqatim yonim bekdi... -dedi bir yutinib olarkan, bilagiga peshonasidagi terni artishga harakat qildi, - Qancha yuvmay ketmayabdi...

- O`zindan aylanay hotinjon boplabsan, malades! -maqatagandek ko`zimni bir qisib qo`yarkanman, kaftim bilan peshonasidagi terni artdim. To`zg`agan sochlarini rumoli tagiga qistirib qo`ydim, - Yuvib ketqaza olmaysan, tashla yuvma! -dedim.

Ko`zlari qizarib, bir uy bir kelnoyim tomonga qarab qo`ydi.

- Oyim urushdilar, tozalab qo`y deyishdi!

- Qo`llaringni yuv o`zim tozalab beraman... -dedim.

Qozonni qo`yib, ichiga keraksiz qog`ozlardan yoqib quritib oldim. So`ng ombordan elektir parmalagichni (Drel) olib chiqdim. Uchiga po`lat cho`tkani qo`yib o`n daqiqada qozonni yarqiratib berdim...

- Mana jonim bey hijolat ovqatlarni yoqvoraver, o`zim tozalab beraveraman. Faqat uyga o`t qo`yvorma...

Hazil qilib ko`nglini ko`tarishga harakat qildim...

* * * * *

Kelnoyim aytganidek lataryamga yutuq chiqibdi, teskari manoda aytganda. Dilmira umirada oshxonaga kirmagan ekan. Oshxonaga kirdi deguncha, qo`li kuyadi yoki barmog`ini kesib oladi. Tayorlagan ovqatiniyu umuman og`izga olib bo`lmaydi. Hech yo`q bir mahal ovqat uyda yeyilardi. Oyim esa ovqatni hizmatkorga emas, atayin Dilmiraga tayorlatkizishardi. Ovqat keldimi, bir qoshiq ichib ko`rardilaru, menga dashnom berardilar.

``Bu xotiningni qo`lini chopib tashlash kerak, masalliqni uvoli tutadi!``

Ovqat vaqti bo`ldi deguncha yuragim qon bo`lib ketardi. Dilmiraga tayinlab qo`yardim. ``Uydagilar oldida yolg`ondan so`kib, urushaman o`zinga olma!`` deb. Ammo oyim bosh chayqab qo`yardilar: ``No`miring o`tmadi!``

Ilojim qancha, oyimdan huddi azroyildan qo`rqanday cho`chiydi. Shunchalik to`lib ketganki, sal qattiq gapirsam yuragi vayron bo`lib ketadi. Hafa qilishga qo`lim bormaydi, uni sevaman. U ham harakat qiladi, lekin negadur o`xshamaydi. Yolg`izlatib qo`ymaslik uchun qo`ldan kelgancha yordamlashdim. Ammo uyda o`tirolmasdim, tirik tavon bo`lib. Yangi ish izladim, bir muncha vaqtdan keyin ishga joylashdim...

Orada bir necha oy o`tdi. Yangi mashmasha mendan keyin uylanganlarni ham hotini xomilador bo`libdi. Dilmiraga esa tug`mas kelin deb tamg`a urushdi. Oyim hadeb takitlayverganlaridan keyin bunga o`ziham ishonib qoldi. Ruhan ezilib telbaga o`xshab qoldi...

O`sha kunlar uyga qaynog`am kelibdi. Oyim bilan gaplashibdi. Shundan keyin, oyim bizni ajratish payiga tushdilar. Oyimga nima degan bilmayman, har holda yaxshi gap emas. Keyin meni yonimga keldi, po`pisa qilib ketdi. Bilsam stolimga tashlab qo`yilgan nasha uni ishi ekan. Aytishicha yaramas o`zini birso`zli yigit deb hisoblarkan. Bir ishga kirishdimi ohiriga yetqazar ekan. Singlisini og`aynisiga vada qilgan ekan. Hammasini ochiqchasiga aytib o`zicha ogohlantirgan bo`ldi. Hudodan bardosh, dushmanlarga insof so`rab o`zimni bosdim...

Hotirjamlikni saqlab bekor qilibman, yana avvalgidek voqea bilan ishdan haydaldim. Bu safar 15 sutka o`tirib ham chiqdim. Shu qamalib qolishim, Dilmirani ruhan ezilib betob qilib qo`ydi. Oyim bizni ajratishga jiddiy kirishdilar. Ko`z o`ngimda rafiqamni aqildan ozayotgani ko`rish, meni ham esdan og`dirib qo`yay derdi. Hayot ko`zimga qorong`u bo`lib ketgandi. Oyim tomon bo`lishim meni hayotiy qoydalarimga to`g`ri kelmas. Ularni tutayotgan ishi noto`g`ri. Rafiqatni yonini olganim sayin, uydagilardan dashnom etishatardim. ``Kasalvant xotinni boshinga urasanmi?`` deyishardi. A`qlimga sig`dira olmasdim, qanday qilib sevgisiz yasham mumkun. Yoki o`zlari sevib-sevilmay yashashayotgani uchun bizni ham ko`ra olishmayabdimi? Tushuna olmasdim, jig`arlarim esa meni tushuna olishmasdi. Go`yo uyimizga shayoton in qurib olgan, oylamdagilarni boshqarayotganday edi.

Ibodatlarimda ollohdan yig`lab so`rardim, oylamga insof, rafiqamga shifo, o`zim bardosh, sabr. Lekin ohlarim ollohga yetmayotgandek edi.

Oyim bir necha marotaba Dilmirani oyisiga odam jo`natgandi qizini, ko`ch ko`ronini olib ketishini so`rab. Biroq ulardan darak bo`lavermasdi. Oyim esa tobora esdan og`ayotgan kelini ko`rib battar tutoqardi...

Navbatdagi janjal bo`shlangandi. Shu topda qorang`u hayotimni porlatib, quyosh ko`tarilgandek bo`ldi. Mehmonga kelgan bobom va buvum janjal ustidan chiqib qolishdi...

Buvim nabira kelnlarini ahvolini ko`rib yig`lab yubordilar. Bobom ancha tarbiyaviy soat o`tqazishdi.

- Dada bularni birga bo`lishi avvaldan xato edi. Ajrashsin shunda ikkisiga ham yaxshi bo`ladi! -dedi oyim.

- Rishtalarni uzish katta gunoh, gunohga botma qizim. Bu qilmishlaring uchun yaratgan oldida javob berasan. Bollarni ho`rlama. Uyinga sig`mayotgan bo`lsa, biz olib ketamiz...

Shunday qilib o`sha kuniyoq bobomlar bilan qishloqqa jo`nadik. Ikki kun o`tib ortimizdan ko`ch-ko`ranomizni ham jo`natib yuborishdi. Shu zaylda qishloqdagi hayotimiz boshlandi. Dilmiraga buvimni o`zlari qaradilar. Tez orada asablari joyiga keldi. Buvim hayot maktabidan olgan bilimlarini asta Dilmiraga o`rgata boshladilar. Avvallari qilgan ovqatlari, ishlari bari qo`rquv taririda o`xshamas ekan. Qishloqqa kelib, buvimni erka nabira keliniga aylanib, ovqatlariga maza kirdi. Yana boshqa qiralari, fazilatlari ochildi. Mahalla kelinlari bilan, dugona bo`lib ketdi. Hullas soddalik, samimiylik qorishib ketgan qishloq havosi bizlarga juda hush yoqdi. Ko`p o`tmay, rafiqam homilador bo`ldi...

Qo`limda diplomim borligi uchun, shahardan ish izlashga kirishdim. Turli tuman joylarda, xar-hil ishlarda ishladim. Qaynog`am ablah bo`lgani bilan, rosdan bir so`zli chiqdi. Yillar o`tsada taqibini to`xtatmadi. Siyohrang BMW mashinasi paydo bo`ldimi, tamom ishdan ayrilardim. Narkamand, bangi, o`g`ri, qotil hullas shunga o`xshash ayiblar bilan tuxmatga uchrayverardim. Shu tariqa ohirgi manzilim Plaramada yog`och chopuvchi bo`ldi. Bu ishda ko`p ishlayman deb umid qilaman, chunki ishim o`zimga yoqadi. Shu bilan oyla tebrataman...

* * * * *

- Dadasi tayyor bo`ldi... -ayolimning vozidan so`ng hayolim tarqadi, - Ko`ra tayorlaysizmi? -deb tavada tayorlagan sovusini ko`rsatib.

Olov pasayib lov-lov qo`g` tushibdi.

- Hozir jonim setkalarni tozalagin...

Ayolim mahsus ikki tomonli setkalarni yuvib tozalagunicha, men tezda cho`g` atrfiga g`isht qo`yib qo`lbola ko`ra tayorladim. So`ng birgalashib baliqli taomni tayorladik.

Ajoyib pishdi, suyaklari salga ajraydigan hil-hil bo`lib.

Bobom, buvim bilan birgalashib tanovul qildik. So`ng dasturxonga, yegan ichganimiz haqqiga duo o`qildi. Bobom, buvim o`z yotoqlariga kirib ketishdi...

O`rinda yotarkanman, ayolimni harakatlarini kuzataman. Avval uhlab qolgan qizimizni ustini yopib qo`ydi. So`ng beshikdagi o`g`limga ko`krak tutdi, keyin alla aytib beshikni tebrata boshladi. Alla ohanggiga mast bo`lib juftimga termulaman. Kundan kunga uni yanada qattiqroq yaxshi ko`rib borayotganimni his qiladim.

Turib-turib yurakni sovuqlik bosadi. Qaynog`amga hamla qilganim, ko`z oldimda gavdalanadi. O`ldirib qo`yganimda, yaqinlarimni ahvoli nima kechardi! O`ylaganim sayin dahshatga tushaman, ollohni o`zi asradi...

O`g`limizni uhlab qo`ygach, beshikni yotog`imiz yoniga o`rnatdida yonimga yotdi.

Baxtdan ko`zlari porlab, keln paytlaridek erkalandi.

- Qo`liz dard ko`rmasin. -dedi pichirlagancha qo`limni silab.

- Mehribonim, go`zalim...

Yuzlaridan silab erkalay deb qo`l cho`zdimu, qadog` bosgan qo`llarim yuziga botmasin deb qo`limni tordim. Ammo barmoqlarimdan ushlab, o`zi yuziga bosdi. Yuzida tabassum bilan ko`zlarimga tikildi.

Ko`zlaridagi mehir, muhabbatni ko`rdim. Turmush qurganimizda ko`p narsalar vada qilgandim. Endi esa hatto farzandlarimiz tug`ulganida ham, ottirib bitta uzuk ham oberaolmayotganimdan hafa bo`lib ketdim. Asta peshonasidan o`parkanman shivirladim:

- Asalim hech narsang yo`q, er bo`lib obera olmadim. Qara bo`yningdagi zanjir ham pirastoy-aaa!

Bu so`zimdan hafa bo`lganday, yuzi hiralashdi.

- Meni hamma narsam bor, hudoga shukur... Bolalarim, mehribon bobom, buvim... Eng muhimi menda siz bor... - ohista jilmayib yuzimda o`pdi, so`ng ko`ksimga boshini qo`ydi. - Siz meni YO`LCHI YULDUZIMSIZ...

* * * * *

MAJNUN:

- Plaramada devor soyasida o`tirgan edik. Sharof so`zlarini yakunlar ekan, tizzasiga shapati urib ishga shaylanganday o`rnidan qo`zg`alarkan:

- Hullas shunaqa gaplar, Majnun! -dedi, qo`lidagi teshaga tirsagini suyabgancha jilmaydi, - Majnun huddi o`ziz bilan o`ziz gaplashganday bo`ldizmi?

- Nega? -dedi gapini manosiga uncha e`tibor bermay.

U yana jilmaydi.

- Ahir bir sizni hayolot mahsulizmiz, barchamiz to`qima obriz!

- Juda unchalik to`qima emas... Qisman hayotiy. Sizlarni men o`rtog`larim, qo`shni, mahalladosh, hamqishloq men tanigan, ozmi ko`pmi hayot yo`lidan habardor insonlardan olaman. O`ylab qaralsa ular har bir bitta mavzu, men biroz bo`ttirib, kam-ketigini o`zimdan qo`shib yozaman! Mana sen obrizingda, kursdoshimni, uni bazi hayot yo`lini pratatib qilib oldim... -dedim.

Sharof birdam o`ychan tikildi.

- Muallif sizga havasim keladi, siz hayotiysiz men esa!... -dedi.

- Meni esa sizlarga... Chunki sen idiylashtirilgansan. Insofli, imonli, sabirlisan... Biz esa bazida bu narsalar unutib qo`yamiz...

Oraga anchayin skunat cho`kdi. Sharof teshasini ko`tarib ishini boshlashga tayorlanar esan, birdan to`xtadiyu menga qaradi.

- Aytganday nega kelgandiz? -dedi.

- O`tin kerak edi, arradan chiqqan garbil, yoqiladigan pech uchun o`tin!

- Ko`mir olsayz bo`lmaydimi?

- Kamenni pech uchun, ko`mir hafli. Yong`oq, chinorni o`tini niq bo`ladi. Yaxshi yonadi issig`i ko`mirniki singari kuchli bo`ladi! -kuldim, - Menam uydagilarga tez-tez baliq, tovuq pishirib beraman, bunday o`tinlarni cho`g`ida pishgan kavoblar boshqacha bo`ladi. Ayniqsa qish kunlari...

U uyum yog`ochlar tomon ishora qildi.

- Qancha olasiz?

- Ikki kamaz, qanchaga tushadi?

- 800, 1 mln so`mgacha. Ammo biz egasi emasmiz, buni yog`och egasi bilan gaplashib olasiz! Ha, o`ziz yuklab oling, yaxshilab taxlab olasiz ko`p keladi. Boshqalar yuklasa g`avak qilib tashlashadi...

- Rahmat malumot uchun...

- Omon bo`ling Majnun, oylaviy hayotiz baxt tilayman. Hikoyangizni o`qiganlarga aytar so`z:

Oylalari tingch, juftlari bilan bir-birlariga,

YO`LCHI YULDUZ bo`lshsin...

- Omon bo`l... -deb navbatdagi qahramonim bilan hayrlashdim.

TAMOM...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar