tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Yo`lchi YULDUZIM... (2-bet)

o`rindiqdagi kichik to`shakchani olib ikkiga bukladim va ohista bir qo`lim bilan bo`yni tagidan ko`tardim va ko`rpachani yostiqcha o`rnida boshini tagiga qo`yib qo`ydim. O`rindiqni yana o`z holatiga qaytardim...

Judayam lobar, beyozor unga qarasam yuragim ko`ksidan chiqgudek dupurlaydi. Unga bunchalik termulishim no to`g`ri, kim bo`lmasin u himoyasiz yotganida, unga qarashim hayosizlik. Shaht bilan oynachalarni qayirib uni tasvirini yo`qotdim. Tun qorong`usi bo`lgani uchun old oynada u akslanardi. Uning hatto kiyimiga ham nigohim tushmasligi uchun ko`zlarimni yumib oldim. Endi butun vijudim quloqqa aylandi. Uning ohista olayotgan nafisi eshitilardi. Uning uyqusida alahlaydigan odati bor ekan. Goh gohida tushunarsiz allanima deb gaprib qo`yar, goh malum sonyalar yig`lagandek bo`lardi...

Bu qiz munchayam o`ziga bog`lamasaya! Gul parini ismi nima ekan? Sevgani bormikin?

Shunga o`xshash yuzlab javobsiz savollab miyamni band etdi. Uni o`ylab daqiqalar qanday yugrib o`tib ketayotganini sezmay qodim. Bir qarasam bir, keyin ikki va uch.

Birdan uning chuqur nafas olgani eshitildi. Ko`zlarimni ochdim va u tomonga asta ko`z tashladim. U gavdasini tuyqus ko`tardiyu, allaqaydan qo`rquv bilan hansirab menga tikildi. Ko`zlari jovdirab mashinani har yeriga ko`z tashladi. Birrov hadiksib usti boshiga ko`z yugurtirdi. Qo`llari bilan boshiga yostiq qilingan ko`rpachani ushlab turdi. Nazarimda nimanidur tushunib, tinchlanganday bo`ldi. Oyog`iga yopilgan kiyimimni qattiq changallab menga tikildi. Ko`zimni uni qorachiqlari goh pastga, goh menga qadalayotgan manoli shahlo ko`zlariga tikdim. Ko`zlarida allaqanday chaqin bordek edi. Salgina qimirlab etagini tog`irab oldi. Qo`lidagi sifartifkamni uzatarkan, past qaltiroq ovozda:

- Rahamat... -dedi.

Mashinadan tushgach atrofga bir qarab oldi va jadallagancha 5, 6 qadam nari odimladi. Ammo taqqa to`xtab ortiga qaytdi. Mashinani eshigini ochib yarim gavdamni tashqariga chiqardim. U boshini ham qilgancha yelka qisib dedi:

- Uzur pulim yo`q!

Shunchaki jilmayib qo`yaqoldim.

U yana bir bor rahmat aytdiyu, temir panjaralar bilan o`ralgan gulzorlar panasidan jadallagancha ketdi. Chap tomondan uchunchi hashamatli honadonga kirib ketdi. Biroz turgach ortimga qaytdim. Yuragim allanechuk tez-tez urar, tomirlarimdagi qonim gupurib oqardi. Dam isib, dam sovub ketayotganday. Ko`zlarimga uyqu kelmasdi, tonggacha mashina o`rindig`idan qimirlamadim. Tong yorishdi, ishga borishim kerak, lekin hafsalam yo`q. Shunga qaramay yuvinib, taranib nonushta qilgan o`ltirdim. Ilgarilar uydagilarni hamma gapi asabimga tegardi. Negadur ularni gap-so`ziga mutloqo beyparvo bo`lib qolgandim. Faqat o`sha qiz haqida o`ylayverardim. Yeyishimda ham mazza yo`q. Tanam ish foalyati butkul o`zgarib qolgan. Tuzalmas kasallikka chalinganim tayin. Bilaman endi tuzalishim amrimahol...

Chala-chulpa nonushta qilgan bo`ldim-u ishga shoshdim. Hovlida chiqqanimda qulog`imga allaqanday musiqa ovozi eshitilganday bo`ldi. Diqqat bilan quloq solsam, mashina ichidan kelyabdi. Radio yoniq qolgan deb o`ylab, eshikni ochdim ovoz kuchaydi. Orqa o`rindiq tastida qizg`ich kichikroq sumkacha yotibdi, ovoz uni ichidan chiqyabdi. To olgunimcha ovoz ham o`chdi. Sumkacha o`rindiqqa og`dardim. Ichidan telifon, dastrumolcha, pamada, lak va bitta yurakcha shakli bor zanjir chiqdi. Qiziqib yurakchani ichini ochdim. Yoshgina qizaloq va bir chiroyli ayol suratlari joylashtirilgan. Bu orada telifondan yana musiqa yangradi. Birzum erkandagi no`merda tikildim, ko`k tug`mani bosdim va qulog`imga tutdim. Qizbola ekanligini his qilib turardim, lekin negadur jim edi. Men ham ``a`lo``, deyishga shoshmadim.

Orada bir daqiqa yaqin sukun bo`ldi.

- ``A`loo...`` -degan qizbolani ovizi keldi.

- ``Eshitaman!``

- ``Aaaassalom a`laykum!`` ovozida biroz hayojonni bor edi.

- ``Va`alaykum assalom!``

- ``Kechirasiz, qo`lizdagi telifon sizga qanday tushib qoldi?`` -dedi muloyimlik bilan gapirarkan bir tomoq qirib oldi, - ``Meni telifonim edi!``

Ehtiyotkorlik bilan gapirayotganini tushunib olish qiyinmas edi.

- ``Seni telifoning bo`lsa, meni mashinamga, qanday tusib qoldi?``

O`ylanib qoldi shekili, yana biroz jim bo`lib qoldi.

- ``Siz bugun tongda, uyimga olib kelib qo`ygan taksi egasi emasmisiz?`` -dedi.

- ``Agar mashinada uhlab qoladigan qiz sen bo`lsang, men o`shaman!``

Yana biroz skut.

- ``Sumkacha ham bormikin?``

- ``Bor...``

- ``Anovi yoshiz nechida?``

- ``Yoshimni nima ahamyati bor?`` -dedim, lekin aytgim keldi, - ``21 da!``

- ``Akajon iltimos narsalarimni opkelib bering!``

- ``Hozir vaqtim yo`q ishga shoshyabman!``

- ``Unday bo`lsa, narsalarimni ehtiyotlab qo`ying iltimos! Ha o`zizni no`mirizni ham aytvorin, vaqtimizga qarab qo`ng`iroqlashamiz!``

- ``Ho`p, yozib ol...`` -unga telifon no`merimni berdim, - ``Kechki payt bo`shayman vaqtinga qarab biror joyni aytsang narsalaringni elitib beraman!``

- ``Voy rahmat... Anovi meni telifonimni o`chrib qo`yin iltimos... Ko`rishguncha hayr!``

- ``Hayr...``

Aytganidek telifonini o`chrib qo`ydim. Narsalarini sumkachasiga soldim-u, xonamga olib kirib qo`ydim.

* * * * *

Ishdan qaytib uni sumkachasini olvoldimda yana taksi qilgani chiqib ketdim.

Mashinada o`ltirarkanman qo`ng`iroq qilishini kuta boshladim. Har telifon jiringlaganda u bo`lsa kerak deb o`ylardim. Ammo undan darak yo`q.

``Qanidi tezroq ko`rishsagu sumkachasi qaytarsam, shunda u lobarni yana bir bor ko`rardim!``

Ichim to`lib uh tortarkanman uning sumkachasi qo`limga oldim. Ichidagilarini o`rindiq ustiga to`kdim. Boyagi zanjirni yana qo`limga oldim. Yurakcha ichidagi suratlarga diqqat bilan tikildi. Har ikki suratda ham anovi qizga o`xshab ketadigan jihatlar bor. Menimcha kichik qizaloq o`sha qiz, ayol esa uning onasi...

Narsalarini sumkachasiga qayta soalarkanman, nafis gullar tasviri tushurilgan dasrumolchasi diqqatimni tortdi. Asta qo`limga oldim. Undan hushbo`y ifor kelardi. Asta barmoqlarim bilan siladim. Nazarimda huddi uning barmoqlarini silayotgandek edim...

``Eee jin ursin, menga nima bo`lyabdi o`zi!`` Turib-turib o`zimdan-o`zim uyalib ketdim.

``Nahotki o`sha qizni sevib qoldim. Bir uchratishdaya? Yana ichadigan yetti yot kishiga ``Jonim-jonim!`` deb murojat qiladigan beytarbiya qizniya!``

O`zimni u qanchalar yomon qiz deb ishontirishga urunmay, yurak qurg`ur menga qarshi chiqayotganday. U hayolimga keldi deguncha battaroq dupurlardi. Go`yo yurak bir tomonu, aql bir tomon. Yaproqlari cheksiz gulni ko`tarib olganmanu, sevaman, sevmayman deb yaproqlarni uzib olaveraman ammo bu yaproqlar hecham tugamaydi.

``Lanati qayoqdanam o`sha qizni uchratdim-aaa!``

Jinniga o`xshab peshonamni rulga ura boshladim.

Bir qarasam yo`paramda ikkit begona anchayin yoshroq qizlar og`zi ochilib qarab turibdi. Umirda menday jinnini ko`rmagan shekili.

``Nima?`` degan manoda qosh uchurdim.

Biri kuldi, ikkinchisi ko`rsatkich barmog`ini chakkasida o`ynatdi, ``Esi pas!`` deganday.

To`satdan qattiq signalni chalvordim. Ikkisi ham bir sapchib tushdi. Ularni jahldan bujmaytirgan yuzlarini ko`rim menam ustilaridan kuldim. Shu payt telifonim jiringlayotganini payqab qoldim. Bu safar bizor beyparvo bo`lib ko`tardim.

- ``A`lo, eshitaman!``

Eee voh, yana o`sha yoqimli ovoz salomlashdi.

- ``Akajon vaqtiz bormi, narsalarimi olib kelib berolasizmi?``

- ``Ha albatta! O`sha joyga olib boraymi?``

- ``Yo`q uyerga kelmang. Katta yo`ldan kiraverishizda Sharshara go`zallik saloni bor, uni yonida bolakaylar uchun o`yingoh qurilgan, shu yerni kelolasizmi?``

- ``Himm hozir boraman!``

- ``Ho`p kutaman!``

Mashinani tezda o`sha manzil tomon haydadim. Osong`ina topib keldim. Mashinani o`chirarkanman qayerda ekan deb atrofga ko`z tashladim. Yon tomonimdagi uyni derazasidan kimdur qaraganday bo`ldi. Ha bu o`sha ekan, ko`p kuttirmay o`sha uydan chiqib keldi. Mashinadan tushdim, yaqinlashib salomlashdi. Bey ihtiyor unga qo`l cho`zibman. Qo`limni qaytarmadi ohista siqib so`rashdi.

- Mana shumkachang!

- Rahmat...

Shosha pisha sumkasini titkilab. Birinchi bo`lib, yurakchali zanjirni qo`liga olganidan birdimki unga juda qadrli.

- Kattakon rahmat... -yana jilmayib pastki labini tishladi, - Kechring, bu gal ham pul olvolish yodimdan ko`tarilibdi! -dedi hijolat tortib.

- Hechqisi yo`q, bo`p turadi!

Hayrlashganday boshini qimrlatib qo`ydida ortiga o`g`rildi. Shu joyda biror mo`jiza, yoki qandaydir biror gap aytishini kutgandim.

- Meni ismim Sharof... -dedim, uni to`xtatishga chog`lanib. Ortiga qarab bir bosh qimirlatib qo`ydi, aslida u ham ismini aytadi deb o`ylagandim. U kirib ketib qolmasin deb biroz shoshib qoldim, - Balki no`meringni berarsan?

Indamadi bir labini qiyshaytirdiyu darvozadan kirib ketdi. Shu topda ichimdan birnima uzib ketganday bo`ldi. Ich-ichimdan alamni tuydim. O`rnimda boshqasi bo`lganda. Istagan vaqtida telifonini yoqib no`mirini bilib olardi. Bunday g`iromlik qilmagandim. Yoki mashinadagi holat, boshqa birov bo`lganda balki vaziyatdan foydalanib qolarmidi. Ismini aytganda ham bunchalik alam qilmasdi. Boshqa hech qachon ko`rishmasmiz, ammo hech yo`q sevib qolgan insonimni ismini bilardim...

Bir alamdan ichim qaynasa, bir o`zimni ovutaman.

``Balki sevgani bordur! Unga yoqmagandurman! Yokim senlab qo`pollik qilgandurman!``

Turlihil tahmimlarga bordim.

Har tomonini o`yladim. Nima bo`lganda ham undan o`pkalashim no to`g`ri edi. Men sevdim degani, u ham meni sevishi kerak degani emasligini yaxshi tushunardim.

O`zimni ovutishga, uni yurakdan chiqarib tashlashga chog`landim.

``Aslida bir-birimizga munosib emasdik!`` deya o`zimni ishontira boshladim. ``Shunchaki go`zallik oldida, his tuyg`ularga erk bervordim. Bu sevgi emas. Shunchaki havas... Havas... Havas... Vassalom!``

Uyga kelgach beyhos cho`ntagimga qo`limni soldim. Cho`ntagimdan uning dastrumolchasi chiqdi. Qachon o`g`irlab olishga ulgurdim esimda yo`q. Burnimga yaqinroq olib keldim. Hushbo`yi dimog`imga uruldi.

``Yana bir kun uchratsam berarman! Balki o`zimda olib qolarman!``

Ikkilanish bilan cho`ntagimga solib qo`ydim. Yotog`imga kirdim, kiymlarni alishtirib o`ringa yotdim. Budennikka qo`yish maqsadida telifonimni oldim. Qarasam SMS kelibdi. Mashinada ekanligimda kelgan bo`lsa eshitmagandurman. SMS ni ochdim.

*ISMIM Dilmira yuzi qizargan smayl va tagida telifon no`mer!!!*

Shoshgancha unga qo`ng`iroq qilishga tushdim. Ammo tezda shashtimdan qaytdim. Sevgi degan achchiq og`uni yulib, bir kecha kunduz uning qiynog`ini o`z tanamga his qilganim uchun. Balki boshqa ko`ngilda no`mer bergandur!

Tezda qo`ngiroq qilsam, ``Yuragidan uribman!`` degan fikrga borib, keyin meni battar qiynoqqa solchi! O`ylab ko`rdimu men ham SMS yozdim:

*ISMIM Sharof o`yga tolgan smayl va telifon no`merim!!!*

Negadur shu SMS jo`natib ancha hotirjam tortib qoldim. Har qalay uyqu bosdi. O`rnimdan turib shimimni cho`ntagiga solib qo`ygan uni dastrumolchasi oldida ko`kragim ustiga qo`yib uhlab qolibman...

Budennik ovozi... Yana bir farahbahsh tong otdi. Turib yuvinib taranib ishga taraddudlandim. Telifonni olarkanman unga SMS kelgani ko`rdim. Ochdim.

*Hayrli tong, yaxshi odam!*

Tezda javob yozdim:

*O`zinga ham hayrli tong go`zal qiz!*

Voh bunday SMS dan keyin dunyo ko`zimga boshqacha ko`rinib ketdi. Xonamdan chiqarkanman, allaqachon qo`limga ushlab olgan uning dastrumolchasini bir hidlab oldimda cho`ntagimga soldim. Men uchun Baxt tutmorchasi vazifasini bajarayotgandek edi.

Ishtiyoq, kuch, g`ayrat, yashash zavqi! Biror o`lchov asbobi bo`lganda bu hislar menda keragidan ham ko`pni ko`rsatishi tayin...

* * * * *

Kun bo`yi SMS almashdik, 10, 20 lab SMS lar. Ammo hech birimiz birinchi qo`ng`iroq qilmadik.

O`yin qilmayotganini his qilardim. Shuni uchun kechga borib o`zim qo`ng`iroq qildim.

O`ziyam kutib turgan ekanmi ikkinchi go`dokdayoq ko`tardi.

Birinchisi shunchaki oldi, qochdi gaplar. 5, 10 daqiqa suhbatlashdik. Keyin bu odatga aylanib bordi. Har kuni saat tungi o`ndan keyin qo`ng`iroqlashadigan 10, 15 daqiqa suhbatlashadigan, tun bo`lishini intizor kutadigan bo`ldik. Suhbatimiz xar hil mavzuda bo`lardi. Shunchaki suhbatlashsak, bir-birimizni ovozimizni eshitsak bizga shu yetarli edi.

Ismimizni aytib murojat qilmasdik. Dilmira har gal, ``Yaxshi odam!`` deb gap boshlasa. Men ``Malhamijon!`` der edim. Shu tariqa deyari bir oy telifon orqali dildan yaqinlashdik. Endi ishonchim komil, Dilmiraga yoqaman. Biroq sevgimni aytganimcha yo`q. Uchrashmagunimizgacha unga dil izhori qilmaslikka qaror qilgandim. Telifondagi izhori dildan ko`r, yuzma-yuz ko`rishganimiz men uchun maqul. Har qalay ko`zlar qalb oynasi...

* * * * *

Sabrim yetmasdi. U bilan yana yuzma-yuz ko`rishgim kelardi. Navbatdagi qo`ng`iroq qilishimda aynan shuni maqsad qilgandim.

- ``Salom Yaxshi odam, meni sog`indizmi?`` -dedi telifonni ko`targani hamoni.

- ``A`lik... Juda sog`indimda! Seni ko`rish uchun ayni damda ko`p narsadan vos kechardim.``

Shu bugungi suhbatimiz ohirida taklif qildim:

- ``Kel dam olish kuni biror joyda uchrashaylik!`` -u jim bo`lib qoldi, - ``A`lo`... Eshityabsanmi yaxshi qiz?``

- ``Uzur Sharof aka!``

``Nega?`` degan savolni berib o`tirmadim. Qandaydur sababi bo`lmasa, darovdan rat etmasligini tushunardim.

- ``Hijolat bo`lma, shunchaki taklifda... Vaqti bo`pqolar aylanishga ham!``

- ``Hafa bo`meng, jon derdim, lekin...``

- ``Mayli ertagacha. Tushumga kirarsan, senga zo`r joylarni ko`rsataman!``

- ``Yo`g`ee, unda tushda kurushgunch!``- uning kulgusi eshitildi, - ``Hayrli tun!``

Shu tariqa hayrlashdik.

* * * * *

Orada 10, 15 kun o`tdi. Dam olish kuni edi. Tushga yaqin telifonim jiring`lab qoldi. Qarasam Dilmira. O`zi qo`ng`iroq qilganidan judayam quvonib ketdim. Telifonni ko`tardim.

- ``Vaaay malhamijon o`zinmisan?``

U shunday masum ohangda salomlashdi-ki, uni yig`layotganini darhol tushundim.

- ``Hee nima bo`ldi nega yig`layabsan?``

Telifonda jimlik. Bilib turibman, ovozini yashirib yig`layabdi. Yuragimni g`ashlik bosdi. Telifondan mutloqo begona qizning ovozi eshitildi.

- ``Sharof akamisiz? Iltimos ........ shu yerga keling!`` -dedi.

- ``Mana hozir tezda yetiba boraman...``

Shoshib mashinani yurg`azdim. Aytgan manzili tomon o`qdek uchdim. Sumkachsini olib borib berganimda, bir uydan chiqgan edi. U uy dugonasini uyi ekan. Bu gal ham o`sha xonadondan chiqdi. Qo`lida kattakon sumka dugonasi ikkisi shoshib chiqishdi. Nimadur bo`layotgani tayin, dugonasi Dilmarani qaytarishga urunardi. Hatto bir necha daqiqa ushlab ham turdi. Biroq u shoshtidan qaytmadi, mashinaga o`ltirib oldi.

- Sharof aka yuroqoling tezroq...

- Qayoqqa?

- Bilmimanan qayoqa busayam tezroq ketaylik!..

Uning ko`chasidan chiqib katta yo`lga tushgandik, shundan keyin bir chetga o`tib to`xtadim.

Huddi nima qilarini bilmay qolgan telba.

- Gapir senga nima bo`lyabdi?

Ko`ziga yosh quyildi. - Ular meni taqdirimni hal qilyabdi...

- Nima qildi... Kim?

- Meni boshqaga uzatmoqchi! -yig`lay boshladi, - Sharof aka qochib ketaylik. Iltimos biror joyga olib keting!

Nahot men bilan har kuni, kulishib suhbat qiladigan qiz shu bo`lsa!!!

Qo`llarini ko`ksiga qo`ygancha, o`tinib iltimos qilardi. Ko`zlaridan oqayotgan duv-duv yoshni ko`rib, ko`zlarimga hech nima ko`rinmay ketdi. Qattiq quchoqlab oldim.

- Ho`p, ho`p ketamiz. Faqat yig`lama, yig`lama jonim! -peshonasidan o`pdim, - Seni sevaman, sen uchun har narsaga tayorman. Mayli qochib ketamiz, bir amallab kunimizni ko`rarmiz! Yig`lamasang bas...

Meni qattiq quchoqladi.

- Sizni yaxshi ko`raman!

Hech narsani o`ylab ko`rmadim ham, qo`llarini mahkam siqdim. Kun botarni mo`ljal olib, poytaxt tomon yo`l soldik...

A`qil ishlamas, o`ylab ko`rishni ham istamasdim. Faqatgina yurakni istagi, yonimdagi o`rindiqda o`tirgan qizning, borligi kifoya.

U esa o`ychan bir nuqtaga tikilgancha jim ketardi. Malum bir masofani bosib o`tgandik. Birdan qamchi urgandek, o`krib yig`lab yubordi.

``Dada... Dadajon!``

Tuyqus mashinani chetga oldim. Boya qanday yalinib, yolvorib ``Olib keting!`` degan bo`lsa, endi huddi shunday yig`lab uyiga olib borib qo`yishimni so`rardi.

Balki shuncha masofa o`tgandan keyin, bu tutgan yo`li hato ekanligini o`ylab ko`rgandir. Nima bo`lganda ham uyiga qaytaraman. Lekin yuragimni g`ulg`ula bosadi, uning ``Meni boshqaga uzatishmoqchi!`` degan so`zlari hayolimdan ketmaydi. Turli bulmog`ur fikr kela boshladi. Rostdan o`g`irlab ketsamchi! Meniki bo`lishidan boshqa chorasi qolmaydigan ishga qo`l ursammikin!

Afsus nimaga qo`l urmay, mendan ko`ra unga ko`proq jabr bo`ladi. Nomussiz qiz baxt topishi amrimahol. Ilojim qancha, barcha umidim yaratgandan. No umid qilmagin deya taqdirimizga tavakkal Dilmirani uyiga olib bordim.

Kiymlarini solib olgan kattakon sumkasini ko`tarib tusharkan:

- Siz ketaqoling tezroq... -dedi, havotirda atrofga alanglab.

- Qo`rqma, hadeb yig`layverma. Hali hammasi yaxshi bo`ladi. Men tezorada uydagilarni yuboraman. Uyingdagilarni fikri o`zgaradi, mana ko`rasan!..

Unga dalda berdim. So`ng mashinani ortga burdim, burulishga borib biroz kuzatdim. U darvoza oldida ozroq turdi so`ng kirib ketdi. Ollohni panohiga topshirib uyga qaytdim. Biroq yarim yo`lga yetmay, telifonim jiringladi.

- ``Eshitaman!``

- ``Sharof aka, ketib qoldizmi?``

- ``Tinchlikmi nima bo`ldi?`` -dedim havotirga tushib.

- ``Dadajonim siz bilan ko`rishmoqchilar, qaytib kelaolasizmi?``

- ``Ha, mana hozir boraman!``

Rulni ortga burgani hamoni, vujudimni allanechuk hayajon bosib oldi. Dilmirani anchayin, yengil ohangda gapirganidan. Vaziyat biz tomonga hal bo`lishini yurakdan sezardim. Dilmirani o`zi kutib oldi.

- Nega chaqirdilar ekin?

- Kiravering bilib olasin, -ko`zlari yonib, asta jilmaydi, - Marhamat hizmatchi ayol va dadajonimdan bo`lak hechkim yo`q! -dedi hovliga yo`l ko`rsatib.

Hayajon yuqori bo`lsada, ancha dadillik bilan ichkariga kirdim. Uylar ikki qavat qurilgan, pastdagi eshiklardan biri deyarli hovli barobar, ostonasi ham pog`onasiz suyri. Aynan o`sha xonaga boshladi.

Eshikdan o`tishim bilan nogironlar aravachasiga ko`zim tushdi. Hona anchayin qorong`u bo`lsada, divanda yotgan 50, 55 yoshlardagi soch, soqoli oqarib ketgan kishini bemalol ko`ra oldim.

- Assalom a`laykum! -dedim.

Kishi gavdasini ko`tarishga urunar ekan. Shunarsiz qilib alik oldi. Ortimdan xonaga kirgan Dilmira tezda dadasini suyab o`tirib olishiga yordamlasha boshladi. Kishini ahvoli juda yomonligi bilib tezda qo`lida tutdim, o`tirib olishiga ko`maklashdim. Shunda uning bir yuzi, ayniqsa labini qiyshayib qolganini ko`rdim. Keyin bir oyog`i va bir qo`li ham ishlamas ekan. Asosan yengil harakat va ko`z ishoralari bilan muloqat qilarekan. Dilmirga imladi, u esa dadasini nima deganini tushunganday stul olib kelib dadasiga yaqinroq qo`ydi.

- Sharof aka o`ltiring!

- Rahmat... -deb stulga o`ltirdim.

Kishi yana imo qildi. Endi Dilmira tashqariga chiqib ketdi. Lekin eshik ochiq, eshik oynasi devor soyasida qisman ko`zgudek akslanardi. Men o`tirgan joydan esa, o`sha aksdan yon tomon ko`rish mumkun edi. Dilmira eshik ortida devorga suyanib turgani shundoq ko`rinardi.

Kishini o`pkasi ham kasalshekili, biroz yo`talib oldi. Huddi mast odamday, bir so`zni qayta qayta gapriab menga savol berdi.

- Qizim bilan orang?

- Qizizda ko`nglim bor. Niyatim pok va jiddiy. Dilmirani qo`lini so`rayman!

- Ishing?

- Ishlayman, bir tashkilotda oddiy hodim bo`lib!

- Ko`ngli yarim! -yana yo`tal tutdi. - Vada berasanmi?

- Qizizni ardoqlayman!

- Hech tashlab qo`ymisanmi?

- Olloh tani-jonimni sog` qilsa, hech qachon zorlik ko`rmasligi uchun harakat qilaman...

Biroz ko`zimga tikildi, so`ng lablari ostida tishlari ko`rindi.

- Senlarni duo qilaman...

Mamnun ko`zi pirpiradi va ketaver deganday eshik tomon ishora qildi. O`zi esa ohista yostiqqa bosh qo`ydi. Bo`lajak qaynotamga ollohdan shifo tiladimda hovliga chiqdim. Eshik ortida Dilmira turardi. Bir-birimizga jilmayib qaradik. Baxtiyorligimizdan qo`llarimiz tutashdi. Asta darvoza tomon yurdik.

- Vahimi qilib yig`laysan! Qara jonim hammasi zumda o`z o`rniga tushdi...

- Himmm...

Shu payt darvoza yoniga mashina kelib to`xtadi.

- Akam... -dedi havotirda.

Eshikdan kekkaygan basharali, mendan 4, 5

O‘xshash hikoyalar