tungi.ru

MUHABBAT JIG`ALARI: Hayot davom etadi...

MUHABBAT JILG`ALARI: Hayot davom etadi...

MARUF:

- Uning og`riqdan, ingrab aytgan har bir so`zlari haligacha quog`im ostida jaranglaydi....

* * * * *

Dilnoza bilan tinishishimiz juda ajoyib bo`lgandi. Avvaliga bir ahmoqlik tufayli, meni yomon ko`rib qolgandik. Keyin yana bir baxtsiz tasoduf tufayli oramida muhabbat uchqunlagan edi...

Narigi mahalladagi Zokir otani, katta o`g`li Mansur aka elchixonda ishlar edi. Bir necha yillar, hizmat burchi tufayli yurtimizdan tashqarida bo`ldi. O`sha yerlarda oylasi bilan yashadi.

Nihoyat hizmat vazifasi tugab qishloqqa qaytib keldi. Mansur akani uch o`g`li va bir qizi bor edi.

O`g`illari ham chet elda o`qib, o`sha yerlarda uylanib qolib ketishdi. Mansur aka qishloqqa faqat ayoli va en kenja qizi bilan qaytishdi.

Men ham ayni shu kunlarda yigitlik burchimni o`tab qaytgandim. Shunga yarasha yurish, turishimda harbiylar hos, odatlarni yaqqol ko`rish mumkun edi. Kelganimga bir hafta bo`lgan bo`lsa, shu hafta davomida ko`pgina bollardan qishloqqa yengi kelgan ketvorgan qiz haqida juda ko`p eshitdim. Ammo o`zini ko`rish haligacha narib etmagandi.

Uydagilarga inistitutda o`qimoqchi ekanligimni, buni uchun avval ripititirda tayorgarlik ko`rmog`im kerakligini aytdim. Ular rozi bo`lishdi. Shu masalada yaqin do`stim Sarvar bilan, u tayorlanayotgan muallimni yoniga borib qaytayotgan edik.

Sarvar turtdi:

- O`rtog` orqaga qara-qara! -dedi.

Ortimga o`grildim. Naqt olov, otashini yuzlab metrlar naridan sezish mumkun.

Sochlar silliq yozilgan, egniga qizil sivitir, shim, balnt poshnili tufli kiygan qiz, qo`lida ikkita sumka ko`targancha nozlanib qadam bosib kelardi.

- Yomon ketvorgan ekan. Oyog`larni qara uzun, ko`kraklar bo`liq, qomatga ummmm! -dedi Sarvar qizga o`zicha baxo berarkan.

- Rost juda chiroyli ekan... Lekin bunday qizlar osmodagi yulduz, qo`limiz yetmaydi jo`ra! -dedim.

- Bir quchish uchun jonimni berardim... -dedi Sarvar.

Harbiy hizmatda bo`lib, ko`pgina yomon illatlarimdan qutilganim uchunmi! Do`stimni og`zidan chiqayotgan bachkana so`zlari g`ashimni keltirdi.

- Do`st sal og`zinga qarab gapir, yaqinlashib qoldi, eshitsa hafa bo`ladi... -dedim.

- Ha endi o`zizcha...

Gaplarim do`stimga uncha hush yoqmadi. ``Siz armiya ko`rgan, biz beybosh...`` degan monoga oborib bir g`ijinib qo`ydi...

Ikkita mahallani tutashtiradigan yo`llardan bo`lak, yana bir yo`lakcha bor edi. Ikki kishi yurishiga mo`ljallanga. Shu yo`lakchadan yurilsa ancha vaqtni tejash mumkun edi.

Qizdan avval biz yo`lakchaga kirgan edik. O`n metillar ichkariga yetganda Sarvar to`xtab qoldim. Ortimizdan keayotgan qiz ham deyar uch metrlar yaqinimizga kelib qoldi.

Muloyim jilmayib dedi:

- Akalar o`tqazib yuborilar!

- O`tqazmasak nima qilasiz? -dedi Sarvar shilqimlik qilishga shaylanib.

- Iltimos!

Qiz yana muloyim jilmaydi.

- Balki sumlariz o`g`irlik qilayotgandur. Ho`p desay ko`tarishib yuboray?

- Rahmat... O`zim eplayman, yo`lni bo`shatsayz katta yordam bergan bo`lardiz!

Yaqinlashib qolgan qiz qadamini sekinlatdi.

- Sarvar yur... -dedim.

- Men shetta turaman... -dedi.

- O`tqazvor o`rtoq...

Sarvarni devor tomon tortdim.

Qiz minnadorona qosh qoqib, mayda qadamlar bilan yonimizda o`tarkan. Sonyaning qanchalardir ulushida higohlarimiz to`qnashdi.

Muakammal sanat asari go`yo, beyqiyos go`zallik. Rangpar xushbichim chexra, nozik dahan, tik qomat, shahlo ko`zlar... Huddi bu olamda o`zidan boshqa hurliqo yashamaydigandek chaqnab boquvchi nigohlar...

Bu hislarni hech qachon unuta olmasam kerak!

Hali a`qlim yig`ib ulgurmay, qizni quchog`imda ko`rdim. Yuzimga tushgan tarsakidan, hayollarim bulut barchalaridek har tomonga tarqab ketdi.

Qiz nafrat bilan boqib, allanima deb haqoratlagancha tez-tez orqasiga qab jadallagancha ketdi. Tarsakidan lovvillab ketgan yuzimni silagancha, do`stimga baqirdim.

- Esing joyidami? Nega itardim?

- Bitta tarsaki yeb o`lib qolmading-ku! Zato quchoqlab olding... -dedi yelka qisib, tirshayib.

- Yaxshi ish qimading Sarvar...

Ichimga go`yo do`zah olovi tushganday, lov-lov yonardi. Do`stimni ahmoqlarcha qilgan ishidan rosa afsuslanar edim. Men qiz muloyim ovozda gapirganini eshitdim. Kulib qaraganini ko`rdim. Lekin birgina qaltis hazil sabab, uning nafratli nigohiga ham guvoh bo`ldim. Menga shunisi alam qilardi...

Shu voqea sabab, u qizda yomon tasurot qoldirdim. Endi har to`qnash kelganimda, ko`zlarida shavqatsiz nafratni ko`rganday bo`lardim. Shu tariqa kunlar, haftar, oylar o`tdi. Bu qizni nafratli boqishigayu, ortimdan pichirlab qarg`ab qo`yishiga, ko`nikib ulgurgandim...

Yoz oqshoqlaridan biri, qishloqda to`y bor edi. Bir nechta o`rtoqlarim bilan, to`yga ketayotgan edik. Do`kondan pista olish maqsadida to`xtab, o`rtoqlarimdan bir necha metrlar ortda qolib ketayotgan edim. Pistani cho`ntagimga solayotgan paytim teifonim qo`limdan tushib ketdi. Telifonim uncha qimmatbaxo emas-ku, baribir pulimga ichim achishib telifonimni olmoq uchun engashdim. Bir qarich narida, telifon ekranining shulasida allanima yarqiradi. Telifonimni olarkanman, o`sha narsani ham oldim. Ayollarning bir poy sirg`asi. Yo`lda yotganidan o`yladim: sohta arzon bo`lsa kerak!

Tashlab yuborishga ko`zim qiymadi. Chiroyli ekan, cho`ntagimga solib qo`ydim...

Elektiraset to`kni ko`p o`chavergani sabab, to`y doyimgidan ancha vaxtli tugadi. Bir pasta to`yxona bo`shab qoldi. O`rtog`larim bilan ortga qaytayotgan edik. Ikkitasi Qodir banginikida qumor bo`layotgani eshitib o`sha tomon yo`l burdi. Yana bira sevgan qizini uyiga kuzatib qo`yish uchun ketdi.

Yolg`iz o`zim uyga qaytkanman, Durbekni do`koni ochiqligini ko`rib, bir stakan o`riksharbat ichib olish uchun to`xtadim. Sharbat ho`plab gaplashib turganimizda, ikki kishi cho`ntak fanar yoqib o`tib ketdi. Ularni ortidan o`ychan kuzatib qolarkanmiz. Durbek hursingancha so`kindi.

- Qarang aka! -stalba chirog`iga ishora qildi, - Odamlaga nima bo`lyabdi-aaa?! Ularni yo`lini yotish uchun chiroq qo`ysak, sindirib ketib! O... ...eylar!

- Bolarni ishidurda!

- Qayoqda manabu! -qo`shni xovliga ishora qilib, - Go`rsuhtani ishi alkash... - Qo`shnisi doyim ichib shundoq shikal chiqarib yurishidan achchiqlanib dedi: Ichavergan odamni tomi ham ketib qolarkan!

Gapini tugatib ulgurmay yna to`k uzib qoldi. Endi Eelektirasetning qilayotgan ishidan noliy boshladi.

Elektirasetda ishlaydiganlar ohirgi yillarda shunday odat chiqarib olgandi. To`y kuni albatta to`kni uzishadi, agar to`y boshlagan odam bitta qiyiqda tugun ko`tarib, osh, aroq, mayda-chuda olib bormasa...

Shu masalani Durbek bilan ozroq muhokama qildik. To`k ha degan ulayvermagach, men uyga qaytishim kerakligini, u do`konni berkitishini aytib xayrlashdik.

Qovun tilimidek oyning shulasi, sal bo`lsada yo`lni yoritgan. Yulduzli kecha, ko`chada go`yo mendan boshqa hechzoh yo`qdek. Hoyol surib, tungi go`zallikdan baxra olib uyga qaytayotgan edim. Orqadan visir-visir ovozlar kelgandek bo`ldi. Yana o`sha fanar ko`targan ikkisi, bu safar ularni ayollar ekanligini ko`rdim. Qandaydur yurishlari sekin va yo`ldan nimanidir izlashardi...

...Ooohh jin ursin ihtiysiz cho`ntagimga qo`l soldim. Qo`limga sirg`a ilindi. Aniq sezib turibman, bu ikkisi manashu sirg`ani qidirishyabdi.

``Nima qilsam ekan-a?!

Yo`liga tashlab qo`yaymi? Yokim qo`liga beraymi! Nima bo`lsa ham narsani egasiga qaytarish kerak!``

Qadamimni sekinlatdim. Ular yonimgacha kelib, qolishdi. Endi gapirmoq uchun og`iz juftladimu, ularni tanib shashtimdan qaydim. Ulardan bir Shalola, ikkinchisi esa meni o`ldugek yomon ko`radigan qiz. Dilnoza...

Go`yo kimgadur qo`ng`iroq qilib, tusha olmayotgan odamday telifonni qulog`imga qo`yib teskari qarab oldim. Ular esa birozgina narida, menga parvoham qilamay o`zara suhbat qurishardi.

- Topilmayabdiku! Balki ko`ylaginga ilib qolgandur, uyingni yaxshilab qaradingmi o`zi? -dedi Shalola achingan ohangda, ovozini siqib.

Dilnoza yig`lamsiragan kuyida javob qaytardi:

- Qidirmagan joyim qolmadi! Boshqa qayerni ham izlashni bilmay qoldim! -yig`i aralash, chuqur uhh tortdi, - Yur yana bir marta qidrib kelaylik?

``Demak sirg`a Dilnozani! Bunchalik yig`lagudek bo`lib izlashidan, qandaydur qiymaga ega, yoki u uchun juda qadirli!``

- Kech bo`p ketdiyu!.. -dedi Shalola o`g`rinayotgani yashirishga urunib: - Kel ertaga ertalab, tong yoshishi bilan chiqamiz?

Dugonasini gapiga ko`nishni istamaganday, atrofga fanar yoqib ko`rayotgan Dilnoza meni payqagan bo`ldi. Shundan so`ng ovozlari eshitilmay pichirlasha boshladilar. Men esa o`zimni, huddi kimnidur kutib turgan, yo`lovchiday tutib. Ularga nigohimni tashlamasdan qulog`imga telifon tutgancha, uzoq yo`l boshiga tikilib qarab turaverdim...

Biroz turgach ular uyi tomon keta boshladi. Masofani saqlagancha ular ortidan yurdim.

Hayolimni esa bir-biriga qarama-qarshi fikrlar band etgandi.

Ichimdagi shayton: berma o`zinda olib qol!

Rahmon: sirg`ani egasiga qaytar!

Shaytonga quloq tutib, shart ortga burib ketay desan, vijdon yo`lim to`sadi. Vijdonimni oldida uyalib qolishdan qo`rqaman...

Rahmon tomon bo`lib, olib borib bersamchi?

Bordiyu u meni noto`g`ri tushunsachi. Haligacha shapalog`ining jaranggi qulog`im ostida turibdi!..

Go`yo ichimda yorug`lik va zulmat o`rtasida katta jang ketayotgandek edi.

Birdan to`k keldiyu, barcha stalbalar, ko`cha chiroqlari chaqnab, ko`cha yorishib ketdi. Negadur beyihtiyor o`zimni panaga tordim. Tordimu o`zimdan jirkanib ketdi. Huddi o`g`ridek tasavvur qildim o`zimni. Biram sovuq va jirkancha hissiyot, ichimni shovuq shamol misoli sovutib yubordi...

- Heey to`xtalaring! -dedim ular tomon yurib.

``Nima bo`lsa bo`ldi. Balki meni o`g`riga chiqazar. Mayli u bilmasa, yuragim pokligini olloh biladiku!``

- Shoshmaylar... Birornima yo`qottilaringmi? -dedim Shalolaga qarab.

- Biz... Biz... - deb kalovlanib aytaymi, aytmaymi deganday Dilnozaga qaradi.

- Sirg`a... -dedi shivirlagancha Dilnoza.

Bir yutinib oldimda kaftimni uzatib yoydim. Go`yo hozir tarsaki yeyishini sezganday, yuzim qiziy boshladi. Dilnoza kaftimdagi sirg`ani olar ekan. Hayrat bilan sirg`aga so`ng menga qaradi.

- Topibbbb... -dedimu, nafasim ichimga tushdi. Uning sochlari yuzimni siladi. O`tkir nafasi qulog`imga uruldi. Qo`llari bo`ynimdan qattiq quchdi. - Oldimmmm!

Qisqagina shok holatiga tushdim. Go`yo jannat ostonasida turgandek edim. Yoqimli, juda yoqimli hislar. Bu hislarni, ortiqcha ifodalashga til ojiz...

U meni quchib oldi. Bu lahz atiga 3, 4 sonyalar davom etdi. Too Shalolaning ``Voy!`` degan so`zlar eshitilmaguncha. U qanday tezlikda yopishgan bo`lsa, shunday tezlikda o`zini nari oldi. Uyalib ketganidan hatto yonboshga yuzini burib oldi. Shalola esa bu holatdan hangu-mang edi...

- Topib oldim... -dedim, hijolatli skunatni tarqatib.

- Maruf aka rahmat sizga... - Shalola dugonasi o`rniga minnadorchilik bildirarkan, - Yur... -dedi Dilnozani hijolatli holatdan olib chiqib ketishga shoshildi.

Dilnoza esa kutilmaganda qilib qo`ygan ishi sabab, uyalganidan gapirishga ham o`zida kuch topolmay dugonasiga ergashdi.

Men esa bir umurga tattuvgulik yoqimli hislar og`ushida uyga qaytdim. Bir narsani o`ylardim. To`g`ri u beyhos kelgan hislarini jilovlay olmadi. Balik shunday bo`lish kerakdim. Asli bu menga atalgan mukofotdur!!!

Shu birpoy sirg`a sabab, Dilnozani men haqimdagi fikri o`zgardi. Endi to`qnash kelib qolsak, jilmayim qaraydigan, yonimdan sekinlab salomlashib o`tadigan bo`ldi. Bora bora bu salom-aliklar qo`l berib salomlashish, so`ng to`xtab bir necha daqiqa gaplashishga aylanib bordi.

Oramizda bir-birimizga hurmat va samimiylik bor edi. Shunga qaramay, qishloq joy gap-so`zlar tez tarqaladi. Or-nomus o`limdan avzal ayniqsa qizbola uchun. To`g`ri chetel havosidan nafas olgan qiz edi. Lekin a`ql-forastli, iffatli qiz. Noto`g`ri qadam bosib, ota-onasini boshini egishni istamasdi. Qishloq muhiti, balant-pastini allaqachon tushunib yetgandi.

Biroq baxtimizga yoz to`ylar mavsumi. To`ylarda uchrashib turardik, uyigacha kuzatib qo`yardim. Yetmaganiga qo`ng`iroqlashib, SMS almashib turadigan bo`ldik. Bilaman qalb ko`npislarimiz bir-birimiz ishora qilib turadi. Men uni sevaman... O`ylashimcha unga ham yoqaman...

* * * * *

Avgus oyi.

Inistitutga imtixon topshirdim. Armiya xizmatim davomida olgan ballarim sabab, ota-onam yuzini yorug` qilib Grantlar qatoridan o`rin oldim.

Qarindosh-urug`, do`stu-birodarlarni chaqrib dasturxon yozdik. Hamma meni, ota-onamni tabkirlagan.

Kech bo`lganiga qaramay, bazi mehmonlarim haligacha ketmagandi. Ko`pgina do`stlarim bilan gurunglashib o`tirgandik. Qo`l telifonim jiringladi. Quloq tutsam uning yoqimli ovozi: salomlashdi.

- ``Dilnoza men...`` -dedim. Unga talaba bo`lganimni aytmoqchi edim. U so`zimni bo`ldi.

- ``Bir daqiqaga, ko`chaga chiqing!`` -deb telifonni o`chirdi.

Mehmonlarga ``Bir daqiqa!`` dedimu ko`cha tomon otildim.

Darvozam oldida Dilnoza qo`lida velosapedini rulini tutgancha turardi. Hayajonini tabassumi ortiga yashirishga urundi, ammo shoshilib gapirishidan sezdirib qo`ydi.

- Tabriklayman. Eshitib juda hursand bo`ldim... - tez-tez nafas olarkan, jilmayib yuzini yerga qaratgacha, qo`lidagi bo`yinbog` (galustuk)ni uzatdi, - Yaxshi kunlarizda taqib yuring...

- Rahmat Dilnoza... -dedim asta rulni tutub turgan barmog`llari ustiga qo`limni qo`ydim.

Bir necha sonya, tabassum bilan bir-birimizga termulib qoldik.

Uning yuzini havotir bosdi, qo`rquv aralasha atrofga bir-bir ko`z tashlab qo`ydi. Buni sezib qo`limni oldim.

- Dilnoza bugun meni juda hursand qilding...

- Siz bilanan fahrlaman... -dedi ketishga taraddutlanib, velosapedini balonini yo`l tomon salgina burib.

- Shoshma... -dedim. Gulzor ichidagi nomohshom gulining, jimjiloqday keladigan gulini uzub, Dilnozaga tutdim. - Seni yaxshi ko`raman...

Yuzi qizarib hayo bilan yerga boqdi. Qo`lidagi jajji gulni ohista ushlagancha, kiprik ostida o`g`rincha ko`z tashlab qo`ydi. So`ng boshini birozgina yontomonga qayib jilmaydi.

- Ko`rushguncha...

- Ko`rushguncha... Ehtiyot bo`lib ketgin...

- Ho`p... -degancha velosapedini minib ketdi.

Hammasi oydinlashdi. Bir-birimizni sevishimizni bilib oldik. Buyog`i, o`kdim-kuydim, jonim-jahonim...

Kunlar, haftalar, oylar, fasillar yeldek o`taverdi!

Kuz, Qish, Bahor va yana Yoz!

Orzular og`ushida uchib, ishq saltanatida men shux u malika bo`lib, muhabbatdan sarmast yuraverdik...

Odatiy kunlarning biri, tatilda bekor yurmay deb Plasmasa sexida vaqtinchali ishchi bo`lib ishlab yurgandim. Ishdan qaytayotganimda qo`ng`iroq bo`ldi.

- ``Jonim qalaysan, darrov sog`inib qoldingmi?`` -dedim telifonni ko`targanim hamoni.

- ``Sizga zarur gapim bor uchrashaylik...``

- ``Tinchlikmi ovozing tashvishli?``

- ``Ko`rishganimizda aytaman!``

- ``Ho`p, jonim seryal boshlanganda. O`zimizni joyda kutaman...``

Kares seryali boshlangan vaqtda men yo`lakchani u boshidagi qari, tut daraxti tagida uni kutardim. Ancha turdim, nihoyat yengil qadam tovushlari eshitildi. Yaqinlashishi bilan tut panasiga o`zini oldi.

Ahvoli achinarli, ko`zlaridagi chaqin, labidagi tabassum yo`qolgan.

- Nima bo`ldi jonim? -qo`llarini kaftlarim orasiga oldim. - Ko`rinishing uncha yaxshimas!

- Sovchilar kelyapti uyimizga!

- Nima!!! Bu odatiy holku, bo`yi yetgan qizni uyiga supurgi so`rab keladigan ko`p bo`ladi. Ayniqsa sendek qizi bor xonadonniku, gapirmasa ham bo`ladi...

- Meni olib ketishadi! -dedi. U bu so`zlarni hozir, kimdir uni olib ketib qoladiganday gapirdi.

Be ehtiyor kulgum qistadi.

- Shunchalar tezmi? Zo`r sovchilar ekanda! -dedim. Gapni hazilga burib, uni kuldurmoqchi edim. Lekin battar kayfiyatini buzdim.

- Dadam: boy oila ekan, shular bilan quda bo`lamiz deyaptilar...

- Sen nima deding? -u indamay yuzini kafti bilan to`stdi. - Nima rozi bo`ldingmi?

- Nimalar deyabsiz? -ko`zlariga yosh quyuldi, - Hech qachon rozi bo`lmiman!

- Ha jonim, meni sevsang hech qachon rozi bo`lma... Bo`ldi yig`lama... -yoshlarini sidirdim, - Qara ertaga sovchilarimni kutib olaver...

- Rost aytyabsizmi?

- Hafa qilyabsan... Qor yog`sa ham, do`l yog`sa ham borishadi albatta! -dedim.

- Ho`p kutaman!

- Endi bitta tabssumingni ko`ray, toki ota-onamga dadil gapira olishimga kuch bo`lsin tabassuming!

U jilmaydida, belimdan quchoqlab yuzini ko`ksimga bosib oldi. Asta yelkalaridan quchdim.

- Jonim endi boraqol, birov ko`rib qolmasin!

U itoatkorona, mendan uzoqlashdi va jadallagancha uyiga chopib ketdi.

* * * * *

Buvim va oyimlarning boshlari egilib qaytganlari ko`rib ichimdan bir nima uzulib ketgandek bo`ldi.

- Suv-suvga oqadi, boy-boyga boqadi, bolam! - hudoni zorini qilib, buvimni, onamni ko`ndirib, jo`natgan edim. Buvim alam bilan ko`ziga yosh oldi. - Qizini boshqaga berarkan! Essiz-essiz qaytayotganimizda oynadan qarab turgan qizni ko`rib jigarlarim pora bo`ldi bolam!

Shu kuni buvim shundoq ezilib ketdilar. Keyin bilsam sovchilarimni ostonadan qaytarishibdi. Juday alam qildi, jahlim chiqdi.

``Ahir nima uchun, hech kimdan kam bo`lmasam!``

Navbatdagi uchrashuvda o`zim istamagan holda jahlimni Dilnozaga sochdim.

- Uyingdagilarga, seni baxting emas, obro`li kuyov kerak ekanda! Dadang sovchilani ostonadan haydabdi-ya!..

Jahlimni ko`rib rang quti o`chib ketdi. Aslidaku unda ayib ham yo`q, lekin yurakni alam kemerib tursa inson o`zini tuolmas ekan.

Baqirganimga qaramay yana men tomon talpindi. Vaziyatni tushutirisha urundi.

- Meni osha yigitga erga berishmoqchi... Dada so`z berdi, oyim ham o`shalarni maqul ko`rmoqdalar. Men unga o`lsamham tegmayman! Sizdan boshqasi bilan yaxshagandan ko`ra o`lganim yaxshi! -dedi.

Negadur qarashlar manosi, go`yo xayotdan to`ygan insondek gapirardi.

- Menga ishonasanmi?

- Ha...

- Yur ota-onangni oldiga boramiz! Tushuntiramiz... Mana ko`rasan rozi bo`lishadi...

- Ooo yo`q, dadam meni tiriklayin ko`madi. Ha, siz dadamni bilmaysiz! Men ulardan judayam qo`rqaman...

- Yoningda men bo`laman!

- Yo`q undan ko`ra o`lganim yaxshi... -u qo`limdan mahkam ushladi. Ko`zlar go`layib ketdi. - Kelin o`zimizni o`ldiramiz. Bu hayotda birga bo`lolmasak, u hayotda birga bo`lamiz!

Quloqlarimga ishonolmay qo`ldim. Nahot shu so`zlarni Dilnoza aytmoqda!

- Seni taniyolmayabman!

- Nima qo`rqyabsizmi? Ahir sen uchun jonimni beraman degandiz!..

Endi g`ururimga tegadigan ohongda gapira boshladi. U to`g`ri aytmoqda u uchun jonimni beraman deganim rost edi. Lekin men bunaqangi ahmoqona o`limni nazarda tutmagan edim.

Ha u meni telbalarcha sevar ekan, shuni uchun ham niyati jiddiy tus olib borardi.

- O`zimni o`ldiraman. Mana ko`rasiz, halli hammalari afsus qilishadi...

Rosti judayam qo`rqib ketdim, uning bu tahlid, telbanamo fikr yurutishidan.

- Yo`q... - shoshib qoldim. - Birga o`lamiz, faqat ertaga ho`pmi? -dedim.

- Him... Kelishdik... -dedi.

Ko`p eshitganman o`zini o`ldirisha chog`langanlar haqida. Go`yo a`qlini yo`qotib, faqat o`zin o`ldirish fikri miyyasiga o`rnashib qolarkan. Dilnozani gap so`zlari qarashlarida ham huddi shunday sovuqlik bor edi. O`zgarib qolganini shundoq ich-ichimdan sezardim.

Ertagacha o`ylab ko`rar. Bordiyu shashtidan qaytmasa, majburlab bo`lsada, birorta masjidga olib borib, bu shaytoniy fikrlardan halos qilish uchun imomga o`qittiribyuboraman, degan o`yda tilimga kelganini gapirvordim.

Tun bo`yi tangriga nola qildim: sevgilimni o`zing asra, jismiga joylanib olgan, shaytoniy hayollaridan o`zing qutqar...

Tong yorishdi go`yo asirga cho`zilgan tun ortda qoldi.

Erta tongdan o`zimiz kelishgan manzilda uchrashdik. So`ng telbalarday boshimiz oqqan tomon yo`l soldik.

Uning ko`rinishi, alvalgidanda battaroq. Nigohlari suvuq, harakatlari telbanamo. Go`yo o`lim sharpasi boshqarib borayotgandek. Qo`limdan mahkam ushlab olgancha, po`yz yo`li tomon boshlab ketayotgani sezardim.

- Nima qilamiz jonim?

- Poyizni tagida o`lamiz!

U bu so`zlari, doyimiy ishlatiladigan so`zday hotirjam talaffuz qildi.

``Astog`furullo!``

Afsuski u hali ham o`z fikridan qaytmagan.

- Yaxshi o`ylabsan... Poyez tanamizmizni majag`laganda, og`riqdan hamma alamlarni unitamiz...

``Jin ursin, tilimdan qanday so`zlar chiqayabdiya!``

Biroq so`zim tasir qildimi, qo`limni qattiqroq siqdi, qadam bosishi ham keskin sekinladi. Daxshatli o`lim haqidagi farazimni, tasiri

O‘xshash hikoyalar