tungi.ru

MUHABBAT JIG`ALARI: Hayot davom etadi... (3-bet)

kanda qilmasdi.

Buyog`da Shalola o`zini nimalardandur habardorday tuttar, ammo yurak yutib yuzimga aytolmas, uni o`rniga arazlab olar yoki bir narsadan janjal chiqarishga urib qolardi. Homiladorligini etiborga olib ko`ngliga qarardim. Ammo u tomondan Dilnozani ham yurakdan chiqazolmasdim. O`zimdan nafratlanib ketardim. Tilim rat etib, Dilnozaga tanbeh berib tursamda, aslida yurak-yurakdan uni qo`ng`iroq qilishini kutardim. Ovozini eshitgim, hayolan o`sha baxtiyor davrlarga qaytgim kelaverardim.

Huddi qo`ynimda bir yor, ko`nglimda bir yor edi!

Shuni uchun ham o`zimni yomon ko`rardim.

Jismim buyoqda, hayolim u yoqda. O`ylarim, istaklarim, har qadamim gunoh!!!

* * * * *

O`sha tun. O`ylasam etim jimirlab ketadi.

O`rinda yotgan edim. Yotoqqa Shalola kirib keldi. Kiyimlarini alishtirgach ko`zgu yoniga o`ltirdi va o`ziga ora bera boshladi. Jimgina uni kuzatardim. Menga turmushga chiqqaniga ham, 7 oydan oshibdi. Lekin bir kun yo`qki, o`ziga qaramasa. Qanday ayolim bora! Tartibli, ozoda, sarishta. Uncha e`tibor bermasam ham, barbir o`ziga qarab, ayollik nazokatini yo`qotmaslikka tirishadi.

Tong sahar turib, ko`zga qarshisiga o`tiradi, kech tushib ishlardam horigan bo`lsa ham, yotishdan avval ham yana kuzgu qarshisida o`tirgan bo`ladi.

Lekin er bo`lib birormarta chiroyini math etmabman.

Turib-turib mehrim, muhabbatim jo`shurib ketdi.

- Azizam shundog` ham chiroylisan...

Bir zumda yuzi yorishib ketdi. Lablarida tabassum. Men ham unga kulib qaradim. Chordana qurib o`ltirib oldim. Termulib qarab turganim uchunmi, u ham men tomonga qarab oldi. Stulda o`ltiracha hozirgina, taragan sochlarin o`ra boshladi. Nigohlarini esa mendan olmasdi.

Sochlarini o`rib bo`lgach ham yonimga kelmadi. Mehrli jilmayib, qo`rnini silab qo`yardi. Qarashlaridan go`yo yoniga chorlayotgandek. O`rnimdan turib yoniga bordim.

- Qancha bo`ldi? -dedim asta qorniga kaftim qo`yib.

- Olti yarim oy! -dedi.

Qornida farzandim ko`tarib yurgan jufti halolimni yuzlaridan asta silab, qo`llaridan opib qo`ydim, minnadorchilik bildirgandek.

Birdam:

- Vooy! -deb kulvordi.

Kaftim qornida bo`lgani uchun, bolamizni qimirlagani sezdim.

Hursand bo`lib ketdim.

- Qimirladimi azizam?

- Himmm, tepdi! -erkalanib jilmaydi. - Dadasini yaqinlashganini sezyabdida!

- Rostdan-aaa!

Cho`kka tushdimda, ohista qulog`imni, qorniga qo`ydim.

- O`g`lim eshityabsanmi meni? -dedim pichirlab.

- Ha, dada... -dedi Shalola ham pichirlagancha kulib.

- Seni yaxshi ko`raman! -dedim yana pichirlab.

- Oyimnichi?

Boshimni ko`tardim, Shalola ko`zlarini pastga olib jilmayib turardi.

- Oyisini ham, yaxshi ko`raman...

- Vooy... Voooy!

Shalola hayratdan kulib yubordi. Huddi farzandimiz bizni eshitayotgandek, yana onasini tepardi. Rosti hayratdan, quvoncha o`zimni yo`qotib qo`ydim, mo`jizani o`zginasiya!

Hursandligimdan yana davom ettirdim.

- O`g`lim yana bir tepib qo`ygin... Eshityabasni a`lo a`lo... - Shalolani yana farzandim nomidan gapirishini istardim. Ammo u qiliqlarimdan mazza qilib kulardi. - A`lo, o`g`lim nega indamaysan? Antenasi bor joyga chiqqin ovozing eshitilmayabdi!

Shu payt tumpichka ustidagi telifonim aridek g`ung`ulladi. Ikkimiz ham diqqatimizni telifon tomon qaratdik. Kayfiyatni buzmayin deb, buni ham hazilga yoydim.

- Azizam qarayinchi, hayna-hoy o`g`lim telefon qilayabdi!

- Tezroq bo`taring, intiq qilmey! -dedi u ham kulib.

Tezda borib telefonga qaradim. Dilnoza ekan, bir lahzaga gangib qoldim. Telefon o`chdi va yana sal o`tib vibratsiyasi ishlay boshladi.

- Bir daqiqa... -dedim Shalolaga va eshik tomon yo`naldim. Ovozlar eshitilmasligi uchun tezgina hovli etgiga borib oldim.

- ``A`lo!`` - Telifondan inqillagan ovoz keldi. - ``A`lo... Dilnoza... Dilnoz...``

- ``Ha..``.

- ``Nima bo`ldi?`` -dedim havotirda.

Huddi majag`lanib ketayotgan insonday ingradi.

- ``Hamajoyim og`rib ketyabdi...`` -yig`ilab yubordi, - ``Og`riqlaga chiqolmayabman!``

- ``Yoningda odam yo`qmi? Ering qani, chaqir uni!``

- ``Ishdan qaytmadi! Telefoni olmayabdi!``

- ``Onasini... telefon ishlatgan...`` -be ehtiyor so`kinvordim. - ``Tezyordam chaqirdingmi?``

- ``Ha... Kelishmayabdi!``

- ``Qaynonang, qaynotanga qo`ng`iroq qil, kelib yordam beradi!``

- ``Telefonini ko`tarishmayabdi?``

- ``Menga qara!``

- ``Telefondan qanday qarayman?``

- ``Hozir kesatihni vahtimas... Hovliga chiqolasanmi?``

- ``Chiqolsam keray!``

- ``Ehtiyot bob hovliga chiq, yordam so`rab baqir, uyayib o`tirma... Qo`shnilaring eshitib yordamga chiqadi...``

- ``Ho`p!``

``Ho`p!`` dediyu, telifonni joyida qoldirib ketdi shekili. Inqillagan, ingragan ovozlar tobora past uzoqdan eshitila boshladi. Chaqirishlarimga javob bermay qoldi.

Havotirdan o`zimni qo`yarga joy topolmay qoldim. Boray desam masofa uzoq, buni ustiga uyini ham bilmayman...

O`ylab o`ltirmay Shalolani yoniga kirdim. Endigina o`ringa yotgan ekan.

- Tur azizam...

- Ha, tinchlikmi?

- Dilnozani uyini bilasanmi? -tajjublanib qarab qoldi, - Bilasanmi?

- Ha bilaman! -dedi qovg`larini uyib, jahli chiqqanini namoyish qilgandek, yuzini yonboshga burib oldi, - O`zi sezgandim!

- Shalola rost, men vaqti-vaqti bilan gaplashib turaman. Hozir o`zimni oqlamayman, oldingda vijdonim toza. Senga hiyonat qilmaganman, qilmayman ham. Lekin hozir rashk, araz qilishga fursat yo`q, dugonangni to`lg`oq tutayotganga o`xshide. Insoniylik yuzasidan ham oldiga borishim kerak, hoziroq!

Shalola dik etib o`rnidan turdi.

- Men ham siz bilan boraman...

- Ho`p!.. Tezda kiyin, men ungacha dadamdan mashina so`rab, tashqariga olib chiqaman!..

Shalola ham, tezda kiyinib chiqdi. Havotirga tushib qolganidan hatto meni, tezlashimni ham so`rardi. Tezgina yo`lga chiqdik. U bir nima demoqchidek goh-goh ko`z tashlab qo`yardiyu, lekin lom-lum demasdi, jim o`ltirardi. Sezib turardim, yuragidan nimalarni o`tqazayotganini. Oldida o`zimni ayibdorday sezib, o`zimni oqlashga chog`landim.

- Hiyonat qiladi deb o`ylama... Dilnozani ohirgi marta to`yidan avval ko`rganman. Undan buyog`iga, telefonlashib turdik, bir-ikki daqiqa suhbatlashardik... Ammo salom-alik, sog`liq-salomatlik so`rashdan uyog`iga o`tmaganmiz... Senga aytishim kerak edi, kechir meni...

So`zlarim taskin bermadi, barbir. Qimtinib qo`yarkan yig`lab yubormaslik uchun, labini kafti bilan to`sib oldi. Biroq yuzidan ohista marvarid donasidek yosh dumalab tushdi...

- Iltimos, yig`lamagin!..

Manoli bosh qimirlatib qo`ydida ko`zlarini artdi.

- Hozir o`ngga burilasiz, chapdan ikkinchi uy! -dedi, manzilga yetib qolganimizni anglatib.

Iloji boricha tezroq yetib kelishga harakat qildik. Mendan avval mashinadan Shalola tushdi va tezniga darvozani qo`ng`irog`ini bosdi. Ammo javob yo`q, eshik berk. Tobora havotirda, darvorani qattiq qoqa boshladi.

Shundan so`ng yo`paradagi qo`shni derazadan boshini chiqarib: uylarida hechkim yo`qligini, sal avval tezyordam mashinasi kelib olib ketgani aytdi...

- Yuring shahar tug`ruqxonasiga boramiz! -dedi. Dugonasidan havotirlanganidan, homilador holatida ham tezlik bilan harakat qilardi, meni shoshiltirardi.

Shalola birga kelgani yaxshi bo`ldi. Mashinada homilador ayol borligini ko`rgan qorovil, eshiklarni ochib berdi. Eshik oldidagi navbatchi hamshira esa, Shalolaga yordamga shoshdi.

- Biz tuqqani emas...

- Tishsh...

Shalola labiga ko`rsatkich barmog`ini qo`yib indamasligimga ishora qildi. O`zini huddi tuqqani kelgan ayolday tutib, hamshirani tirsagidan tutib oldi.

- Siz qoling papasha...

Hamshira eshik oldidan qaytardi.

Shalolani nima uchun bunday qilganini ham tushundim. U muammosiz ichkariga kirib olmoqchi edi, uddaladi ham.

Dam siqili, dam beyhalovat bo`lib, uyoqdan buyoqqa yurardim, tez-tez soatga qarardim. Har ikkisidan ham qattiq havotirda edim. Uzoq kutdim, bir, ikki soat o`tib ketdi.

Ostonda hamshira va Shalola paydo bo`ldi. Bir qo`li ko`ylagi yoqalarini tutgan, qarashlari istirobli...

Ko`rdimuu, ichim shuv etdi. Tezgina unga yaqinlashar ekanman, quchog`imga talpinayotgani sezib, asta quchdim. Shu topda hiqqillab yig`lab yubordi...

To`g`riq og`ir kechib, Dilnoza farzandini dunyoga keltiribdiyu, o`zi...

Ko`zlarimga yosh keldi, butun u bilan bog`liq hotirlar bir-bir ko`z oldimdan o`tdi.

``Balki, agar!`` endi bu so`zlardan foyda yo`q...

* * * * *

Mana Dilnozani olamdan o`tganiga ham 7 yil oshibdi.

Bugun 2 sentiyabir, ayolim bilan o`g`limizni 1 sinfga olib keldik.

Eshik oldida, Dilnozani onasi ham turibdi, nabirasini maktabga olib kelibdi. Shalola dugonasini onasi bilan salomlashib ko`rishishga shoshildi. Men esa, maktabda qolishni istamay, buvisiga ergashayotgan, tortinchoq qizaloqqa razim soldim. Arazlashi, yig`lashi, yuz-ko`zlari hatto qarashlarida ham Dilnozani eslatadigan nimalardur bor...

Shularni payqab be ehtiyor yuzimda tabassum zohir bo`ldi...

- Nima bo`ldi, nega hafasan Yodgoram? - Shalola o`zgacha mehr bilan, tizzalarini yergacha egab qizoloq yuz ko`zlaridan o`pdi. - Nima bo`ldi asalim holangga ayt?

- Uyga ketgim kelyabdi, maktabda qomiman! -dedi qizaloq, yig`lamsirab.

Shalola ``Asalim-shakarim!`` deya qizaloqni bag`riga bosdi, yuz-ko`zidan o`pdi, sochlarini, yuzlari silab qizaloqqa maktbda: ustozlar, chiroy dugonalar borligini, maktab qiziqarli ekanin tushuntira boshladi. Orada o`g`limizni ham tanishtirib qo`ydi.

Hech qancha vaqt o`tmay, qizaloqda ishtiyoq, jajji lablarida tabassum paydo bo`ldi.

- Toychoq, Yodgorani hafa qildirib qo`ymagin! -dedi o`g`limizni kiyimlarini tog`irlarkan.

- Birortasi yig`latsa abjag`ini chiqazam!

Shalola bir quchog`iga dugonasi qizini, ikkinchisiga o`g`limizni olib quchib qo`ydi.

``Ha toychog`im, qizbolani oldida ovozini do`rrillab gapiradiya!`` dedi kulib Shalola.

Biz esa bir-birimizga yelkalarimiz suygagancha, bir-birini qo`llaridan tutib maktab xovsiga kirib ketayotgan, o`g`lim va Dilnozani qazalog`i ortidan, mehr bilan jilmayib termulib qoldik...

Bir-birlariga juda yarashgan. Balki taqdir bizlar qalbimizda yaralgan muhabbatni, bu jajji yuraklarga ham jo aylar...

NIMA BO`LGANDA HAM HAYOT DAVOM ETADI...

TAMOM...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar