tungi.ru

MUHABBAT JIG`ALARI: Hayot davom etadi... (2-bet)

farazimni, tasiri sezilgani ko`rib, yana so`zimni davom ettirdim:

- Jonim maktub qoldirdingmi? -dedim.

Biroz hayron bo`ldi.

- Yo`q untibman... Aaa sizchi?

- Ha qoldirdim... Sen ham yozishing kerak edi. -tanbeh ohangida davom etdim, - Ahir onalarimizdan uzur so`rashim kerak. Bizni o`limimiz ularni ham o`n yillab umirlarini qisqartiradi... Farzand o`stirish onsonmi! Oying, sen 18 ga kirguningcha nima qilganini o`ylab ko`rmadingmi? Bitta kechrim xati yozishga ham yaramadingmi?

So`zlarim g`oyat tasir qilganidan peshonasini ter bosdi. Hatto kaftlari ham namlanib ketdi. Birozgina yurgandik.

- Ozroq o`ltiraylik boshim aylanib ketyabdi! -dedi.

- Ho`p. Kel manabu yerda o`ltiramiz...

Yo`l chetiga o`tib, bir-birimizga suyanib jim o`ltiraverdik.

Dilnoza o`yga tolib qoldi.

Men esa u haqida o`ylardim: hozir ota-onasi haqida o`ylayotgandur. Endi fikridan qaytar deb umid qilardim...

- Balki! -men tomonga qaradi, - Balki o`zimizni suvga cho`ktirarmiz?

``Ooo men nimani kutgandim-u, bu telba nimani gapiryabdi!``

- Yurchi ho`y narida soymi-yu, zakamni borga o`xshaydi!

``Yoo xudoyim, o`zing kuch ber!``

Telba qiz o`rnidan turib o`sha tomonga yo`l soldi.

``Inson o`limni istasa, shunchalar darajada a`ql, hushini yo`qotadimiya!``

O`zimni go`yo unga hayrihohdek tutib unga qo`shildim.

- Sayoz-ku? Buzni ko`mmasa kerak! -dedi soyga termulib.

- Ha, ko`mmaydi!

- Boshqa joy topamizmi?

- Kel jonim yaxshisi bir yo`l tutaylik! -og`zimga termuldi. - Seni o`zim o`ldib qo`yaqolay!

- Aaaa! -dedi ko`zlarini katta-katta ochib.

- O`zingni o`ldirsang, qattiq azoblanasan... Yaxshisi seni bo`g`ib o`ldiraman, so`ng suvga uloqtiraman. Belimga tosh bo`g`lab ortingdan o`zim ham boraman. Keyin o`zing aytganingdek jannatlarda birga bo`lamiz!

Atayin bu holatni qo`rqinchliroq qilib tasvtirlashga urundim.

Ko`zlari jovdirab turib-turib:

- Roziman mayli! -dedi.

Bu gapidan keyin, toqatim tog` bo`ldi. Jahlim chiqdi, bey ehtiyor qo`llarim musht bo`lib tuguldi.

``Ehh elaba qiz, chindan o`zim o`ldirib qo`yaqolsammikin!``

- Ko`zingni yum!

Ko`zlarini yumib oldi. Yon tomoniga o`tdim. U bor gavasi bilan ko`ksimga yelkasini suyandi. Nafas olishi tezlashdi. Tanasida qaltiroq turdi. Bir qo`lim bilan, bo`ynidan quchib, oldim.

Atrofga qaradim, hechkim yo`q. Bosh va ko`rsatkich barmoqlarim orasiga burnini qisib, kaftim bilan og`zni kerkitdim. O`zini mahkam ushlab oldim. Ozgina sonyalar ichida ko`zlari, otnikidek bo`lib ochildi. Saldan keyin tipirchilay boshladi.

``Ey hudo nimalar qilyabman! Chindan o`ldirib qo`ymasaydim!``

Ko`zlarida o`limning butun daxshati namoyon bo`la boshladi. Zo`r berib, qo`llari bilan qo`limni olib tashlashga uruni boshladi.

``Unga saboq bo`ladi. Yana biroz tutib turay, yana biriz!``

Ko`z qorachiqlari, tepaga ketib qola boshladi. Shu topda qo`llarimni oldim. U esa yerga quladi. Hansirab, chuqur-chuqur nafas olarkan, gapiraman deb yo`talib qoldi. Bir necha sonya dimi chiqmay o`ltirdida, birdan ho`ngrab yig`lab yubordi.

Yonida cho`kka tushgancha, to`zg`agan sochlarini asta to`g`irladim, yuzlaridan silab chakkasidan o`pdim. Asta quchog`imga oldim.

- Bo`ldi jonim, bass qilaylik. Ortiq meni qiynama. O`lim sen o`ylagandek yechim emas...

- Meni baribir yashagim kelmayabdi! O`lishni istayman! -dedi.

Endi o`zimni tutolmadim, siltab tashladi.

- Bo`ldi basss...

- Qoch qo`lini tor... Men yashashni istamayman...

Sensirab ko`kragimdan itarib, jinnidan shaytonlab baqira boshladi.

Jahil ustida chalama-chaki, yuziga uch, to`rt bor tarsaki urdim. So`ng mahkam quchoqlab oldim.

O`pkam to`lib, alamdan o`kirvordim.

``Nahotki... Nohotki! Yaqindagina ishqtdan sarmast yurgandik. Endi esa bu telbalik. Eeevoh nima jin urdi buni? Muhabbatni shunday telbanamo tomonlari ham bormidi?``

Quchog`imdan bo`shatdim. Boya tarsaki tushurganimda, burniga qaltis tegibdi shekili, burnidan qon oqayotgan edi. Kiyimimni ko`krak qismi ham qondan bejalibdi.

Shoshib cho`kkalab oldimda, uning yuzini tepaga qilib, boshini tizamga qo`ydim. Rumolchamni olib burnidagi qonni to`xtatishga urundim. U jim yotgancha, har bir harakatimni kuzatardi. Orada ikki daqiqalar vaqt o`tdi.

Birdam yuziga termulib qoldim. Qo`llarini cho`zib, yuzimni siladi. Fahimlasam ko`zimdan yosh oqayotgan ekan. U ko`zyoshlarimni artayotgan ekan. Men ham uning ko`zlaridagi yoshni sidirdim.

- Qara shunchalar ham achinarliki ahvoldamiz! Holimizga maymunlar tugul o`zimiz ham yig`layabmiz!

Istehzo bilan jilmaygani battar asabimga tegdi.

- Baribir yashashni istamayman! -dedi shivirlab.

O`rnimdan sakrab turdim. Bilaklaridan mahkam ushlab, siltab o`rnidan turg`izdimu yo`l tomon tortqiladi.

- Yur buyoqqa...

- Ayyy qo`lim... Qo`limni og`rityabsiz!

Bilaklarini yanada mahkamroq siqdim, kuchliroq og`riq berdim. Kamiga siltab-siltb tortdim.

- O`chir ovozingni...

- Qayoqqa obketyabsiz?

Qo`lini qattiq siltab, oyog`ini tirab olib, to`xtashimga majbur qildi.

- Sen bu men sevgan Dilnoza emassan! Aniq bilaman ichinga shayton o`rnashib olgan! Seni o`qitvorish keray! -dedim.

Uning rayiga qaramay, sudraguvdek qilib yo`lga olib chiqdim. Hali o`n metr ham yurmagan edik. Orqadan kelgan eski maskivich, yo`limizni to`sib to`xtadi. Bir kishi o`tilib tushdiyu: qizni qo`yib yuborishimni buyurib yoqamga yopishdi. Kutilmaganda jag`imga bir musht ham tushurdi. Aftidan Dilnozani tortqilab ketayotganimni ko`rib, notog`ri hayolga borgan.

Lekin jahil ustida qazdor bo`rib qolishni istamay, mushtini o`ziga qaytardim. Orada janjal chiqdi. Mashinadan esa keksaroq onaxon ham ``hay-haylab!`` lapanglagancha tushdi. Bu orada Dilnoza meni himoya qilmoqchi bo`lib o`rtaga tushdi. Anashundan keyin u kishi bizni tushunganday, o`zini tutib oldi. Menga tashlanishni to`xtatdi. Onaxon ham o`rtaga tushdi.

- Nima bo`lyabdi? Bu qizdan nima istaysan?

- Sizga izoh berishim shartmas! -dedim Dilnozani qo`lidan mahkam tutib.

- Sen gapir qizim! Senga nima qildi?

- Uzur onaxon sizlarga taluqli esam... -dedimda yana Dilnozani tortqiladim.

- Shoshma... Shoshma... Shoshmanglar... -onaxon yo`limizni to`stdi, - O`ltir mashinaga. O`ltirlaring...

Onaxon qo`ymadi. Majbur mashinani orqa o`rindig`iga o`ltirdik.

- Senlarni ortingdan arvoh quvdimi, nima? -dedi, kishi usti boshimiz hayrat nazarida ko`z tashlab.

- Yo`q, ajal! -dedim dag`al ohangda. Musht tushurgani uchun, uncha hushlamaganimni namoy qilib.

- Nima bo`ldi sizlarga bolalarim! -onaxon biram muloyim, dardkash ohangda so`zlay boshladi. - Umm, qizim nima bo`ldi? Sen bolam nega bu qizni torqilab ketayotganding?

Ichimdan kuchli hursinish otilib chiqdi.

Onaxon ko`zimmga najot farishtasidek bo`lib ko`rindi. Ayniqsa so`zlash ohanggi, nurli chehrasi meni gapirishga majbur qilayotgandek. Bir necha sonya yonimda o`ltirgan Dilnozaga termuldim. Onaxon esa jimgina, tilga kirishimizni kutib o`ltirardi.

- O`zimizni o`ldirmoqchi edik! -dedim.

- Astog`furulloh... -onaxon be ehtiyor yoqqasini ushladi, - Astog`furulloh! Nima uchun?

Biz javob o`rniga boshimizni ham qildik.

Endi onaxonni chehrasida nafrat uchqunladi. Bundan ko`rish mumkunki, hayollariga nimani kelganini!

- Jismimiz pok... Siz o`ylagan ishlar bo`lmagan! -dedim.

Bu so`zlarimdan keyin, onaxonni yuzlarida yengillik ko`rindi.

- Bolajonlarim, ko`nglizni oching. Nima sabab, bu yo`lni tanladiylar? Tortinmay aytaverilar, shu yerdagi gap shu yerda qoladi...

Dilnozaga qaradim, tobora uyatdan boshi egilib ketmoqda. Gapirishga holi ham yo`q.

- Biz, bir-birimizga ko`ngil qo`ygandik. Endi, to`y qilib birga bo`lishimizga qarshilar chiqmoqda! -yana bir Dilnozaga qarab oldim, - Biz birga o`lib, jannatda birga bo`lmoqchimiz!

Bilaman, o`z joniga qarst qilganlarga hech qachon jannatdan joy berilmaydi. Shuni uchun so`zlarimga ohang berib, bu so`zlar aslida yonidagi telbaniki ekanligini shama qildim. Onaxon o`ylaganimdan ham faxmu-farosati o`tkir ayol ekanlar. Nima manoda so`z ketayotganini darov tushundilar...

Shuni uchun menga emas, Dilnozaga qarab so`zladilar.

- Sizlar kattaga gunohga qo`l uribsizlar! Jismingizdagi jon, bu Tangri toloning bizga bergan omonati. Omonatga hiyonat esa bu juda katta gunoh! -onaxon diniy tomondan chuqur bilimga ega ekanlar. Shunday tasirli, gapirar edilar, har bir so`zlari yurakka yetib borar, beyhos ko`zlarimizni namlardi. Uzoq gapirdilar, hadislardan misollar keltirdilar. So`zlari ohirida: - Sevish-sevilish yaxshi, ammo avvalo qalbga ollohni joy etib, sevish darkor. Bu dunyo sinovli dunyo! U yoq haqiqiy hayot manzil. Jannat kirmoq istasanglar, Olloh iymon keltiring, bandalarining gunohlaridan kechguvchidir Olloh. Iymon keltir, bolam, iymon keltir, qizim. Iymon nuriga chulg`angaysiz!..

Qiyomatni yaqinlashtirma, fikralingni tozalala, bunchalik alamzada bo`lma, jon qizim, iymon keltir, tavba qil...

Dilnoza dunyoning, alamga-hasratg to`lgan. Fisqu-fasotidan, ezilgan qalbini tilib yuborgudek, o`tli alamli xorsindi. Hiqqildoq naeas olib, uni shamol mos shiddat bilan chiqardi. Go`yo barcha istiroblarini shu nafasi olis-olislarga olib ketganday boshini omonat ko`tarib, menga termuldi. So`ng yuzini kaftlari bilan to`sib, birdan ho`ng`rab yubordi.

- Bo`ldi yig`lama!

Tinchlantirishga urundim.

- Yo`q, qaytarma! -onaxon qo`llarini cho`zib, uning boshini siladi. - Yig`la qizim, to`yib yig`lab ko`nglingdagi g`uborlarni chiqarib yig`la...

Dilnoza, u huddi yoshboladay o`krib yig`lardi...

* * * * *

Mashina ko`cha boshiga kelganda onaxon:

- Sen mashinada tush... Bu qizimni uyiga o`zim olibboraman! -dedilar.

- Qo`rqma jonim! -deb shivirladimda, qo`llaridan oxista siqib qo`ydim va mashinadan tushdim.

Uzoq kutdim. Nihoyat mashina qaytdi. Yonimga kelib to`xtadi. Mashinaga o`ltirdim. Onaxon so`z boshladilar:

- Suyganingni ota-onasiga topshirdim. Uyda quron tilovaqt qilishlikni ham tayinladim. Ammo otasi biram bajjahil ekan. Vaziyatni sal oydinlashtirishga majbur bo`ldim... Endi bunday qilasan bolam. Ertaga sovchilaringni yuborasan!..

Ichim yorishib ketdi. Judayam quvondim.

- Rahmat sizga... Mushkulimizni oson qildiz... -dedim, onaxondan cheksiz minnador ekanimni bildirib.

- Lekin bolam... -onaxon ham og`ir hursindilar. - Lekin bir narsani doyim yoding tut: agar o`sha qiz sening taqdiringa yozilgan bo`lsa, albatta sen unga uylanasan! Agar aksi bo`lsa, bechora qizni arosatda qiynama! -dedilar.

Onaxon ohirgi jumlalarni bekorga aytmadilar. Nimadandur ko`ngillari to`lmagani shundoq sezilib turar edi.

Estasi kuni yana oyimga yalindim. Baribir ona o`g`li uchun hastandan past kelishga tayyor bo`larkan. Avvalgi safar eshikdan qaytargan uyga yana sovchi bo`lib bordilar...

Bu safar yaxshi kutib olishibdi. Lekin qizlarini o`z tengilari bermoqchi ekanliklarini ochiq oydin aytishibdi. Oyim yana boshlarini, sarak-sarak qilgancha quruq qaytdilar.

Shundan so`ng Dilnozani telifoni butkul o`chdi. U uy qamog`iga bandi qilishdi.

``Ming lanat... Doyim kurash, kurash, kurash...`` deyishadi.

Lekin qanday kurashish mumkun, ota-ona bilan?

Doyim ham qizbolani ihtiyorini o`zida qoldiraverishmas ekan. Ayniqsa ota obro`parast bo`lsa, bundan qiyini bo`lmasa kerak. Biz uchun kurashishni ikki yo`li mavjud. Biri ahloq-odob: ayni damda bu yo`lda bizni imkonyatlarimiz 0% ga teng. Ikki yo`l bu: ahloq odob doyirasidan chetga chiqish! Ularni majbur qilish... Ammo bu yo`lni ohiri, sharmandalik, uyat, ota-ona, qaynota-qaynona oldida doyim ayibdordeb boshni egishga majbur qiladi. Bunga esa har ikkimiz ham ko`nolmaymiz.

Biz uchun boshqa yo`l ochildi. Alamlarni ichga yutib bir-birimizga baxt tilashdir...

Uni uyiga sovchilar serqatnov bo`lib qoldi. Men esa qarib ikki haftadan buyon undan biros sas kutardim. Nihoyat begona no`merdan qo`ng`iroq bo`ldi.

Uning ovozi, muloyim salomi! Darov tanidim.

- ``Kim bu?``

- ``Menman Dilnoza!``

- ``Sen meni Dilnozammisan? Yoki anovi olabuji Dilnozami?``

Bir necha sonya jim bo`lib qoldi.

- ``Dilnozangizman!`` -dedi, so`zlarim mag`zini chaqib.

- ``Hudoga shukur, jonim ado qilding odammi!``

- ``Kechring... Shundoq bo`lib qoldi!``

- ``Endichi? Shuvuring tiniqmi?``

- ``Haa... Kechring, oldizda juda uyatdaman!``

- ``Mayli, hammasi o`tmishda qoldi, endi u xotiralarni unutaylik!``

Telifonda uning ovozi eshitilmay qoldi.

- ``Dilnoza!`` -yana jimlik, -``Jonim...``

- ``Himmm!``

Yig`layotganini sezdirib qo`ydi.

- ``Yig`lama...``

- ``Qanday yig`lamay? O`zi hammasi hal bo`ldi! Men endi boshqaga tegaman! Menga baxt tilang. Endi o`zga choram yo`q. Men o`shanga tegmasam, dadam meni oq qilar ekanlar!``

Uning shu so`zlaridan keyin, onaxonning taqdir haqidagi o`gitlari yodimga tushdi.

``Demak Dilnoza mening taqdirim emas ekanda!``

Uni yana umidvor qilib arosatda qoldirishim beyfoydaligini, juda aniq tushunib turardim.

- ``Ho`p, jonim baxtli bo`l. Seni ohirgi marta Jonim dedim, Dilnoza!``

Yig`i ovozi va telifon o`chdi.

* * * * *

O`n kun o`tdi. Yana telifonim jiringladi.

- ``A`lo eshitaman...``

- ``Men Dilnoza! Qayerdasiz?``

- ``Ishda...``

- ``Hozir salondan qaytdim. Hademay ular keladi. To`yimga keling, sizni ohirgi marta ko`ray!``

- ``Yo`q bormiman!``

- ``Nega? Meni sog`inmadizmi? Nahot so`ngi marta ko`rishni istamasayz?``

- ``Tasovur ham qilolmisan, ammo bormiman... Seni oq libosda, begonani yonida ko`rishga chidolmayman! Seni chimildiqqa kuzatayotganlarini ko`rishga bardoshim yetmaydi!``

- ``Unda siz uchun, uni hech qachon, o`zimga yaqinlashtirmayman!``

- ``Tentak bo`lma?! Chimildiqqa hiyonat qilma. Uni haloli bo`lasan, meni emas!``

- ``Hayr...``

- ``Hayr baxtli bo`l...``

Chimildiqda uni o`ziga yaqinlashtirmaslikni, o`zim jo`n deb Dilnozadan iltimos qilgan bo`lardim. Ammo bunday qilishga haqqim yo`q...

* * * * *

Oradan yana ancha vaqt o`tdi. Telifonim jiringladi.

- ``A`lo eshitaman!``

- ``Assalom alaykum... Men Dilnoza!``

- ``Vaalayku assalom... Dilnoza tinchlimi kech bo`lganda?``

- ``Uyda, yolg`izman, vohima bosyabdi!``

- ``Qo`rqma, telvizir yoki musiqa qo`yib ol...``

- ``Sizni sog`indim...``

- ``Meni emas, eringni sog`in! Sen unikisan meniki emas...``

- ``Kechring og`zimdan beyhos chiqib ketdi...``

Men ham jon deb beyhosdan uni sog`inganimni aytgan bo`lardim. Ammo erli ayolni boshini aylantirishga, vijdonim chidamaydi.

- ``Dilnoza charchaganman yotib uxlashim kerak!``

- ``Ho`p, mayli yaxshi dam oling, tushlarizda meni ko`ring!``

* * * * *

Ertasi. Yana telifon qo`ng`irog`i.

- ``A`lo eshitaman!``

- ``Salom!``

-`` Tinchlimi?``

- ``Himmm! Erim ishdan kelmoyabdi. Bir o`z zerkib ketdim!``

- ``Telvizir ko`r, musiqa tingla!``

- ``Gaplashmoqchiman!``

- ``Dugonalaringa qil, har holda ayol, ayolni tilini tushunadi!``

- ``Eeee, men siz bilan gaplashmoqchiman!``

- ``Men bilan nimani ham gaplasharding! Buni ustiga shoshib turibman!``

- ``Unda ertagacha!``

* * * * *

Dilnoza aytgan erta ham keldi. Tan olishni istamayman, ammo ich-ichimdan Dilnozani telifon qilishini kutyabman.

Telifon jiringladi.

- ``A`lo eshitaman!``

- ``Qalaysiz?``

- ``Yaxshiman... Tinchlimi, ering bug`un ham yo`qmi?``

- ``Yoo... U spalnida yotibdi. Men faqat sizni ovozizni eshitgim keldi!``

- ``Esing joyidami? Bor kir eringni oldiga!``

- ``Nima!`` -arazlaganday ovoz ohanggi o`zgardi. Erkalanib dedi: ``Meni sog`inmadizmi?``

- ``Yo`q, sog`inmadim!``

- ``Aldayabsiz!``

- ``Rost...``

- ``Unda xayr ertagacha!``

- ``To`xta Dilnoza!``

- ``Him...``

- ``Endi menga qo`ng`iroq qilma...``

- ``Shunaqami?`` -dedi arazi yanada oshib.

- ``Sen erlik ayolsan... Iltimos meni ham bo`ynimga zildek gunohni ortma!``

Bir necha sonya jim bo`lib qodi. Balki o`ylab ko`rayotgandur.

- ``Hayr...`` -dedi, mahzun ovozda hayrlasharkan, - ``Sizni baribir yaxshi ko`raman!``

- ``Alvido Dilnoza... Men ham yaxshi ko`raman...``

Uni qanchalik sog`ingan, ovozini eshitishga, jamolini ko`rishga muhtoj bo`lmay, bunaday qo`ng`iroqlarga chek qo`yishim darkor edi. Yo`qsa mendan umidvor bo`laveradi. Bu esa ohir oqibat o`ziga zarar bo`ladi. Uni sevaman, lekin oylasi buzilishi, shaniga dog` tushishini hecham istamayman...

* * * * *

Shu suhbatdan keyin. Yana oradan ikki oy vaqt o`tdi.

Yarim tun telifonim jiring`ladi.

- ``A`lo eshitaman!``

- ``Assalom alaykum.``

- ``Va`alayku assamol!``

- ``Yaxshi yuribsizmi?``

- ``Rahmat... O`zing yaxshimisan, oylang tingchmi?``

- ``Him... Hammasi joyida...``

- ``Yaxshi...``

Ovozi hiralashdi. Yengil hursungancha gapirdi:

- ``Bugun mazam bo`lmagandi. Do`ktirga borgandik...``

- ``Tinchlikmi?`` -dedim havotirda.

- ``Men... Men... Men ona bo`laman!``

- ``Tabriklayman! Qanday ajoyib hushxabar, eshitib hursand bo`ldim. Ana endi baxting to`kis bo`ladi...``

Nafas olishi uzulib-uzulib eshitila boshladi. Demak yig`layabdi.

- ``Qo`rqyabman!`` -dedi.

- ``Ona bo`lishdan qo`rqyabsanmi?``

- ``Himm...``

- ``Bunchalik tentak bo`lma. Har bir his tuyg`uyingni, qorningdagi jajji yurak, his qiladi!``

- ``Aytishdi...``

- ``Aytishgan bo`lsa fikrlaringni chalg`itma. Bolangni sog`lig`ini o`yla!``

- ``Ho`p...``

Yana skunat.

- ``Sizni sog`indim...``

- ``Hayr Dilnoza...``

- ``Hayr...``

Homilador bo`lganini eshitib, hursand bo`ldim. Ana endi, bolasiga andormon bo`lib, meni unutishi onson bo`ladi.

* * * * *

Ohirgi suhbatdan keyin yana bir yarim oylar vaqt o`tdi.

Tushlik vaqti telifonim jiringladi. No`merni tanib, bir chetga o`tdim.

- ``A`lo!``

- ``Assalom alaykum...``

- ``Va`alykum assalom. Yaxshi yuribsanmi yengil bo`lib...``

- ``Himm... Eshitdim tabrikliman, Shalola yaxshi qiz!``

- ``Rahmat...``

- ``To`yizga bormoqchiman! Menga ham taklifnoma yuborasizmi? Yo Shalola bergan teklifnoma ikkingizni nomizdanmi...``

- ``Yo`q... Menga qolsa, yaxshisi kelmaganing maqul!``

- ``Juday bag`ritosh bo`lib ketibsiz!``

- ``Senga taqiq qo`yolmayman. Dugonang nima qilishni o`zin bilasan! Lekin o`ylab ko`r, oramizdagi munosabatdan uni habari bor edi... Aytchi bir-biringni ko`zingga qanday qaraysan?``

- ``Baribir boraman... Ko`rushguncha!``

Dilnoza borgan onam ikki bor rat javobi olishdi. Uni to`yidan key ota-onam yoniga chaqirdilar:

- Seni ham uylaymiz! -dedilar.

- Mayli, sizlar kimga desayz o`shani, baxtli qilishga vada beraman! -dedim.

``Kim bo`lsa ham, ko`rmasdan, bilmasdan uylanaveraman!`` deb qatiy qaror qilgandim.

Oyim esa Shalolaga sovchi bo`lib boribdilar. Ular rozi bo`lishibdi. Shalola bilan, ko`rishdik. Ammo tuzuk-quruq gaplashmadi ham. Tashabbus oyla kattalarida bo`ldi...

* * * * *

To`yimiz chiroyli o`tdi. Shalola bilan zo`r emas-ku, ammo bir-birini tushuna oladigan er-xotin bo`ldik.

To`yimizdan bo`lganidan keyin, ko`p otmay yashrin no`merdan qo`ng`iroqlar bo`la boshladi. Ko`tarib ovoz qilsam, javob bermasdi. Avvaliga kimdur o`yin qilyabdi deb o`yladi. Qattiq gapirdim, so`kdim. Biroq har oqshom shu takrorlanardi. Keyin yashrin no`merdan, qo`ng`iroq bo`lishi bilan qizil tugmani bosadigan bo`ldi.

Bir kun SMS keldi: ``Telifonni o`chirmang!``

Bu yashrin qo`ng`iroq egasi, Dilnozamikin deb ikkilanib yurardim. Ammo uylanganimdan keyin tinch qo`yishiga, dugonasini oylasiga futir yetadigan munosabatga kirishmasligiga ishongan edim.

Navbatdagi qo`ng`iroq, yashrin no`mer. Asta ko`tarib qulog`imga tutdim. Jimlik, diqqatimni jamlab skunatni tinglashga harakat qildim. Yengil nafas ovozi.

- ``Dilnozaa!`` -skunat, biroq nafas olish tezlashdi. - ``Bu sensan!``

- ``Assalom alaykum!``

Judayam dardli ovoz.

- ``Va`alaykum...``

- ``Dugonam tuzukmi?``

- ``Yaxshi yuribdi!``

- ``Yangiliklar bormi?``

- ``Bor...``

- ``Tabriklayman!``

- ``Rahmat... O`zing qalaysan?``

- ``...!``

- ``Nega ingrayabsan, biror joying og`riyabdimi?``

- ``O`zi shunaqa bo`larkan, homiladorlik vaqtida!``

- ``Mayli salomat bo`l, uyga kelib qoldim...``

- ``Ha mayli Shalolaga salom ayting... Eee yo`q unga hechnima aytmang, yana mendan hafa bo`lib dili og`rimasin!``

- ``Tushunaman... Faqat Dilnoza bunday qo`ng`iroq qilishni bass qilgin... Har qanday sir ham birkun oshkor bo`ladi. Shunda uyalib qolmaylik...``

- ``Ho`p...``

U har safar ``Ho`p!`` deyaverdi. Lekin o`zini bilganidan qolmas, vaqti-vaqti bilan qo`ng`iroq qilib turishni kanda qilmasdi.

O‘xshash hikoyalar