Muttahamning parvozi (II- qism) (5-bet)
erkaklik kuchi yogʻilib turibdi. Ehtimol, bu qoʻpol, ibtidoiy kuchdir, lekin u shu qadar qudratliki, unga boʻysunmay iloj yoʻq. Kasyaning fikricha, qoʻpol, dagʻal, orsiz emish. Birinchi gapi toʻgʻri. Ikkinchisiga kelsak, men hali bu haqda biror fikrga kelganim yoʻq. Menga u yoqyapti».
Nikodim jilmaydi-da, choʻntagidan yon daftarini olib, oʻzi tushunmagan soʻzlarni yozib oldi.
— Xoʻsh, bu yogʻida nimalarni yozibdiykin?
Bu yogʻida tush koʻrgani va Kasya bilan arazlashib qolgani haqida bir necha sahifa yozilgan edi. Nikodim yana oʻzining ismi tilga olnngan joyni oʻqidi:
«Kasya buni tushunmaydi. U Nikodimni yomon koʻradi, chunki oʻzining hayotga munosabatai juda gʻayri tabiiy. Agar ayolligimni bir chelta surib qoʻyilsa, men kimman oʻzi? Axir mening butun mohiyatim ayolligimda-ku. Aqlim, estetik qarashlarim — hammasi faqat ayollik mohiyatimga xizmat qiladi. Erkak kishi menga faqat ruhan emas, balkim jisman ham ta’sir qilsa, buning nimasi ajablanarli ekan? Kim bilsin, uning oʻrnida boshqa shunday sogʻlom va baquvvat erkak boʻlsa, u ham, ehtimol, menga xuddi shunday ta’sir koʻrsatishi mumkin edi».
— Buni qarang-a! — deya bosh chayqadi Nikodim. — U kishiga erkak boʻlsa kifoya ekan-da.
U derazadan tashqariga koʻz tashlab, qoʻrqmay oʻqiyverishi mumkinligiga ishonch hosil qildi. Keyingi sahifalardagi yozuv yangi boʻlib, hali siyohining rangi oʻchmagan edi.
«Bugun u Varshavaga joʻnab ketdi. Bosh ministr chaqirtiribdi. Gʻussa chekish — juda gʻalati tuygʻu. U ruhiy osoyishtalikka rahna soladi. Nikodim Varshavada menga xiyonat qilarmikin? Biron narsa deyish qiyin, uni hali yaxshi bilmayman. Nikodim toʻgʻrisida oʻylaganim sayin, uning qandaydir siri borligiga, u shu sirni oʻziga qalqon qilib olganiga ishonyapman. Kim bilsin, bu qalqon muhabbatning gʻolibona, kuchli ta’sirida biror kun ochilarmikin? Ochilganidan soʻng dilimga gʻulgʻula solmasmikin?
Bilmayman. Aslini olganida u haqida hech nima bilmayman, menga faqat bir narsa ayon: doim fikri yodim oʻshanda, asabimning har bir tori oʻsha bilan boʻlishni istaydi. U juda kam gapiradi, shu qadar kam va sodda gapiradiki, agar har kuni peshanasi tor bu odamning tiyrak aqli tinimsiz ishlashiga shohid boʻlmaganimda uni cheklangan odam deb oʻylashim mumkin edi. Kasya uni madaniyatsiz deyapti, yolgʻon. Ehtimol, unga sirtqi jilo yetishmas, ehtimol, uning tarbiyasida kamchiliklar bordir. Toʻgʻri, uning Oksford universitetida oʻqiganini nazarda tutganda bu hol bir oz ajablanarli tuyuladi. Biroq boshqa tomonini olganda, balki, u ataylab shunday qilar. U hayotning mohiyatigagina e’tibor berishini ta’kidlash uchun ham uning taomillariga beparvo qaraydi. Bu narsa uning kiyinishida ham seziladi. Uning qomati kelishgan, bunga shubham yoʻq. Faqat kostyumi uni bir oz besoʻnaqay qilib koʻrsatadi. Uning chiroyli yoki xunukligi haqida ham koʻp oʻyladim. Nikodim chiroyli emas. Lekin menga husn kerakmi? U meni oʻzining erkaklik mohiyati bilan shaydo qilyapti. Men uning qoʻllari chiroylikroq boʻlishini istardim. Bugun unga kattagina xat yozib yubordim. Uni juda sogʻinganman».
Keyingi sahifa fransuzcha gap bilan boshlangan boʻlib, soʻng quyidagilar yozilgan edi.
«Falokat roʻy berdi. Gazetalarni oʻqiganimda hushumdan ketib yiqilayozdim. Uning Koborovoga qaytmasligi mumkin degan fikrning oʻzidanoq a’zoyi badanim titrab ketyapti».
— Obbo, rosa jigaridan uribman-ku! — deya toʻngʻilladi Nikodim va bu arsa kishiga juda xush yoqsa-da, keyinchalik koʻp tashvish orttirishi mumkin, degan xayolga bordi.
«Leon unga tabrik telegrammasi yubordi. Yo tangrim, qani endi u Leonning taklifini qabul qilib, shu yerda qolsa! Men Varshavaga koʻchib borishni orzu qilyapman.
Yoʻq, bu mumkin emas. Pshelenskaya xolam yoki birorta tanish odamni uchratib qolishdan choʻchib, koʻchaga chiqolmayman bu yerda.
Men ularning koʻzlariga qarayolmayman, ammo shu bilan birga uni koʻrishdan voz kechishga qurbim ham yetmaydi».
Keyingi sahifadagi yozuv bundai ham qisqaroq edi.
«Kechasi bilan uxlayolmay chiqdim. Yo parvardigor! Ehtimol, u boyib ketar!!
U meni sevarmikin?
Bu toʻgʻrida undan soʻraganimda Nikodim qisqagina qilib: «Ha», — deya javob qildi. Bu javob juda koʻp narsani bildirishi yoki dilida menga nisbatan hech ni-a yoʻqligidan dalolat berishi mumkin».
Nikodim yangi sahifani ochdi-da, derazaga qaradi. Xiyobonning oxirida avtomobil' koʻrindi. Kunitskiy qaytib kelmoqda edi.
Dizma shoshilib oʻrnidan turdi-da, xotiranomani joyiga qoʻydi va sekingina koridorga chiqib, yugurganicha zinapoyadan pastga tushdi. U juda vaqtida tushgan ekan — katta eshik ochilib, ostonada Kunitskiy paydo boʻldi. Chol quchoq ochib, Dizmani bagʻriga bosa ketdi.
— Azizim, pan Nikodim! Yashang-e! Chin qalbimdap tabriklayman! Telegrammamni oldingizmi? Xoʻsh, qalay? Ishni keng koʻlamda tashkil etyapsiz. Gazetalarda sizni juda maqtashyapti... Sizni chin koʻnglimdan tabriklayman. Darvoqe, sizga faqat yaxshilik tilashimni oʻzingiz ham bilasiz.
— Rahmat.
— Qani, qani, oʻtiring, azizim pan Nikodim, qadrli pan rais. Sizga bir narsa taklif qilmokchiman.
U Dizmani kresloga oʻtkazdi-da, keyin birdan shoshilganini payqab qoldi:
— Balki, dam olishni istarsiz?
— Yuq, charchaganim yoʻq.
— Xudoga shukur. U holda, marhamat qilib, gapimni tinglasangiz. Agar taklifimni rad etgudek boʻlsangiz, darhol javob bermang. Maylimi?
Nikodim jilmayib, koʻzlarini qisdi:
— Siz nima taklif qilmoqchi ekanligingizni oʻzim topsam-chi?
— Topa olarmikinsiz? — deya ajablandi Qunitskiy.
— Siz boshqaruvchi boʻlib qolishimni istaysiz? Shunday emasmi?
Qunitskiy oʻrnidan sapchib turib, yana Nikodimni bagʻriga bosdi. U turli dalillar keltirib, tezda Nikodimning boshqaruvchilik lavozimida qolishi kerakligini ikki karra ikki toʻrtdek isbotlab berdi.
— Banka pravleniyesining raisi, azizim pan Nikodim, davlat amaldori emas-ku axir. U korxona boshligʻi, xolos, shu boisdan ham barcha vaqtini bankaga sarflashi shart emas.
Nikodim avvaliga oʻzini bir oz ikkilanayotgandek koʻrsatib turdi-da, soʻng Qunitskiyga, agar gʻalla bankasining raisi mening boshqaruvchim boʻladi, deb hech kimga aytmasangiz, mayli, dedi.
Turgan gap, Kunitskiy bu shartni bajonu dil qabul qildi.
Bu orada Nina qaytib keldi. U Nikodimning ta’zimiga javob bermadi, biroq juvonning porlab turgan koʻzlari shu qadar koʻp narsani aytmoqchi ediki, agar Kunitskiy sezgirroq boʻlganida darhol hammasini bilib olgan boʻlardi.
Nikodimning roziligidan quvonib ketgani uchunmi, harqalay chol bu holni payqamay qoldi. U vagʻillab xotiniga, pan Nikodim Koborovoni oʻz holiga tashlab ketmayotgani va ularga gʻamxoʻrlik qilib, bu yerga tez-tez kelib turajagidan qanchalik xursand ekanligini tushuntira boshladi.
— Men ham gʻoyat xursandman, — dedi Nina va kechirim soʻrab, kiyimini almashtirgani chiqib ketdi, chunki Koborovoda yakshakba kunlari soat ikkida ovqatlanishardi.
Kunni uchovlon oʻtkazishdi. Bundan Ninaning noroziligi yaqqol koʻrinib turardi: Kunitskiy bankaning ishlari va uning ochilish muhlati bilan qiziqar, umumiy krizis haqida gap sotar, soliqlar hamda ijtimoiy talablarni kondirish uchun boʻlayotgan xarajatlarning ogʻirligi toʻgʻrisida mulohaza yuritar edi. Biroq endi u hosilning moʻlligidan shikoyat qilmay qoʻygandi.
Kechki ovqatdan soʻng ular avtomobilda sayr qilishga qaror qilishdi. Oqshom havosi gʻoyat ajoyib edi. Yoʻl oʻrmon oralab ketgandi. Osmondan oy moʻralardi, kumush yogʻduga koʻmilgan yoʻl qandaydir sirli jozibasi bilan qishini oʻznga maftun etardi. Xayol daryosiga gʻarq boʻlgan Nina avtomobilning yumshoq oʻrindigʻiga suyandi. Bu sayrning gʻaroyibligini hatto Nikodim ham his etib turardi. Yolgʻiz Kunitskiygina tinmay bidirlab borardi.
Ular soat oʻndan oshganida uyga qaytib kelishdi. Nina darhol tepadagi oʻz boʻlmasiga chiqib ketdi. Kunitskiy esa Dizmani u yotadigan xonaning eshigiga qadar kuzatib bordi-da, yaxshi uyqu tilab, qaytib ketdi.
Nikodim yechina boshladi.
Endi u Ninaning xotira daftari toʻgʻrisida bemalol oʻylab koʻrishi mumkin edi. Hali biror qat’iy fikrga kelib boʻlmasdi. Faqat bir narsa aniq edi: Nina uni benihoyat sevib qolgan boʻlib, Nikodimning bir kun emas, bir kun unga uylanishiga umid qilardi.
Dizmapi hammasidan ham xursand qilgan narsa— Nina uning Oksfordda oʻqigani va juda aqlli odam ekaniga ishonishi edi. Chamasi, Nikodim juda toʻgʻri yoʻl tanlagandi. Uylanish masalasiga kelsak...
Ochigʻini aytganda, Dizma bu haqda birinchi marta jiddiy oʻylanib qoldi. Nina unga yoqardi, albatta, innaykeyin grafinyaga uylanish ham hazil gan emas: u taniydigan arkoni davlatlardan birontasi ham haqiqiy zodagon xonimga uylanmagan edi... Lekin, boshqa jihatdan yondashganda, bisotida bir tiyini boʻlmasa-da, shunday katta talab qoʻyadigan xotinga uylanish... Faqat koʻylaklarining oʻziga qancha pul ketadi! Har kuni uch xil kiyinsa, chet elga sayohat qilsa, uzuk va bilaguzuklarni pista poʻchogʻidek bilsa! Axir ular ajralishgan taqdirda Kunitskiy unga sariq chaqa ham bermaydi-ku...
Toʻgʻri, Nikodimning bankadagi maoshi katta, ammo shuyam yetmaydi. Keyin, kim biladi, uni raislikdan boʻshatib yuborishlari mumkin — u holda Dizma yelkasida tirik tovon bilan boshini qayoqqa suqadi?... Qani endi, Kunitskiy xotinidan ajrashgandan keyin ham uni boshqaruvchilikdan boʻshatmasa!.. Lekin bu haqda soʻz ham boʻlishi mumkin emas.
Yana bitta qiyinchnlik bor: u Ninaning anovi aqldan ozgan akasini nima qiladi? Bir kami oʻsha tentakni boqishi qoluvdi...
Nikodim chiroqni oʻchirib, koʻrpani boshiga tortdi. Ponimirskiy haqidagi fikr masalani uzil-kesil hal qilgan edi.
«Ahmogʻi yoʻq», — dedi oʻziga oʻzi Nikodim va boshqa yoniga oʻgirilib yotdi.
Uning endigina koʻzi ilina boshlagan ham ediki, birdan xiyobonga toʻkilgan shagʻal ustidan kimningdir shipillab yurib kelayotganini eshitib qoldi.
«Kim ekan kechasi bu yerda sanqib yurgan? « — Nikodim boshini koʻtardi.
Birdan uning yuragi orqasiga tortib ketdi.
Daraxt shrxlarining sirli sharpalari bilan oʻynashib turgan oy shu’lasida u xonasining parkka qaragan oynaband zshigi oldida allakimning turganini koʻrib qoldi...
«Oʻgʻri» — deya dilidan kechirdi Nikodim.
Haligi odam bir zum qotib turdi-da, soʻng qoʻlini koʻtarib, eshikni taqillatdi.
Nikodimning eti jimirlashib ketdi. Behosdan: «Ponimirskiy! Butunlay aqldan ozib, meni oʻldirgani kelibdi», — degan xayol kechdi dnlidan.
Eshik qattiqroq taqilladi. Dizmaning qoʻrquvdan qimir etishga majoli qolmagan edi. U faqat dasta aylansa-da, eshik ochilmaganini koʻrgandan keyingina xiyol oʻziga keldi, demak, eshik qulflogʻliq ekan.
Bu narsa unga bir oz dalda berdi. U sapchib oʻrnidan turdi-da, devorni panalab, eshikka yaqinlashdi va eshik oynasidan moʻraladi.
Qaradi-yu, hayratdan qichqirib yuborishiga sal qoldi.
Eshik ortida Nina turardi.
Nikodim shosha-pisha shimini kiydi-da, eshikin ochdi. Nina xonaga sirgʻalib kirib, uning boʻynidan quchdi.
Dizma uni karavot tomon surgab qoldi.
— Yoʻq, yoʻq, — dedi juvon unamasdan, — oʻtinaman sendan... Bu ishni qoʻy... Mana bu yerga oʻtiraylik... Meni hatto shu jihatdan tushunganing uchun ham seni shu qadar sevaman... Sen-chi? Sen meni sevasanmi?
— Sevaman.
— Jonginam...
U Dizmadan tez-tez boʻsa olar ekan, sogʻinch, orzu-umid va quvonchlarini hikoya qilardi.
— Bilasanmi, agar bu yerga kelib, seni quchoqlamasam, sen yonimda boʻlsang, birorta boshqa ayol seni mendan tortib olmasligiga ishonsam, oʻzimni qanday xotirjam va osoyishta his etishimni aytmasam, kechasi bilan uxlayolmay chiqqan boʻlardim. Ayt-chi, menga xiyonat qilganing yoʻqmi?
— Yoʻq.
— Rostdan-a?
— Shu paytga qadar xiyonat qilganim yoʻq.
— Ochigʻini ayt, — qattiq turib oldi Nina, — Varshavada oʻynashing yoʻqmi?
Nnkodim uni oʻynashi yoʻqligiga ishontirgan edi. Nina mukofotiga uning yuz-koʻzidan oʻpdi.
Dizma jur’atsizlik qilganidan tajang boʻlib, hatto Nina bu yerdan chiqib ketgach, meni latta deb atamasa goʻrgaydi, deya xavfsiray ham boshladi.
Bu orada Nina uning yangi martabasi va ehtimol, endi ular turmush qurishlari mumkinligi toʻgʻrisida gap ochdi. Endi ustomonlik qilishning vaqti kelgan edi. Nikodim xiyol oʻylanib turdi-da, bir oz kutish lozimligi, hali maoshi kamligini aytdi.
— Ikkinchidan, oʻzing Varshavada yashashni istamayman, degan ediig. Men esa oʻsha yerda yashashga majburman.
Nina ma’yus tortdi. Ha. Rost... Balki, Barshava yaqinidagi biror joyga koʻchib borishi mumkindir. Nikodim ishga avtomobilda qatnayveradi... Shunday deya juvon kelajak rejalarini tuza boshladi.
Nikodimning uyqusi keldi. U mudrab qolmaslik uchun papiros tutatdi.
— Eh, — deya gap boshladi Nina, — bizning bolalarimpz boʻladi. Bolalik boʻlish qanday baxt-a! Ayt-chi, jonim, sen bolalarni yaxshi koʻrasanmi?
Dizma bolalarni jinidan battar yomon koʻrar edi. Lekin u Ninaning koʻngliga qarab:
— Juda yaxshi koʻraman, — deya javob qildi.
— Qanday ajoyib! Bizning ancha bolalarimiz boʻladi...
— Menga qara, — deya uning gapini boʻldi Nikodim, — yotoqxonangdan chiqib ketganingni ering sezgani yoʻqmi?
Nina tashvishga tushib qoldi. Chindan ham u bu yerda koʻp oʻtirib qolgan edi. Aslini olganda u hech nimadan qoʻrqmasdi-yu, lekin har qalay janjal chiqmagani ma’qul edi.
Ular oʻpishib xayrlanishgach, Nina chiqib ketdi.
Dizma karavotga yotib, ustiga koʻrpa tortdi-da:
— He, jin ursin bunaqa sevgini! — deya toʻngʻillab qoʻydi.
10-bob
Davlat gʻalla bankasida ish juda yurishib ketdi. Iqtisodiy eksperiment kutilganidan ham yaxshi natija berdi. Yevropadagi boshqa mamlakatlar Pol'shaga jiddiy e’tibor berib, ayniqsa agrar mamlakatlarning matbuoti oʻz hukumatlaridan rais Dizmaning uslubini qoʻllashni talab qila boshladi.
Raisning oʻzi hukumat doiralariga yaqin odam boʻlib qoldi, hatto oppozitsiya ham uni hurmat qilib, ahyon-ahyonda uning nomiga maqtov gaplar aytib turardi. Buning hech ajablanarli joyi yoʻq edi, albatta.
Uning metin irodasi tufayli davlat gʻalla bankasi xoʻjalik ishlari keng koʻlamda oqilona olib boriladigan, juda yaxshi tashkil qilingan korxona sifatida shuhrat qozondi.
Rais Dizma gʻoyat mehnatsevar odam sifatida nom chiqardi: ha, ha, bu odam oʻta uddaburonligi bilan ham ajralib turardi. Uning kabineti mijozlar kamdan-kam paytdagina kiritiladigan muqaddas bir joyga aylanib qoldi. Faqat sekretar' Kshepitskiygina u yerga istagan paytida kirishi mumkin edi. U har kuni raisning oldiga boʻlim boshliqlarining yozma axborotini olib kirar, bankaning adresiga kelgan xat va hujjatlarni koʻzdan kechirar, umuman, barcha kundalik ishlardan xabardor boʻlib turardi.
Har kuni soat oʻn birda raisning huzuriga maslahatli ishlarni hal qilish uchun direktor Vandrishevskiy kirardi. U oʻz fikricha, ancha mulohaza qilishni talab etadigan eng murakkab ishlarni bayon etardi, biroq rais har gal sira oʻylab oʻtirmay:
— Bu taklif rad etilsin. Yoki:
— Ijobiy ma’noda hal qilinsin, — deb qoʻya qolardi.
Buni koʻrib direktor avvaliga shubhalanib qoldi, biroq vaqt oʻtishi bilan raisning fikri doim toʻgʻri chiqishiga u ishonch hosil qildi. Turgan gap, u mazkur ishda raisning sekretar' Kshepitskiy bilan qilgan suhbatlari muhim rol' oʻynashini xayoliga ham keltirmas edi.
Bu orada raisning kvartirasidagi tashrifnomalar solinadigan vaza ancha toʻlib qoldi. Unikiga faqat siyosiy arboblar va korchalonlargina emas, balki aristokratlar ham qadam ranjida qilishmoqda edi. Har gal knyaz' Tomash Rostonkiyning tashrifnomasini birorta boshqa kartochka yopib qoʻyganida Nikodim darhol uki eng yuqoriga olib qoʻyardi.
Dizma ishi koʻpligini bahona qilib, mehmonlarni juda kam qabul qilardi. Ammo oʻzi «Bonton» kitobidagi koʻrsatmalarga qat’iyan amal qilar va aytilgan joydan qolmas edi.
Pani Pshelenskaya bilan tanishligi va sehrli «Oksford» soʻzi Nikodimning oldida arkoni davlatlar va mashhur zodagonlar xonadonining eshigini lang ochib berdi. Knyaz' Tomash uni barchaning oldida hozirgi zamonning Vokul'skiysi der, mul'timillioner Zbignev Shversnagel' esa yigirmanchi asrning Nekkeri , deb atardi. Shu boisdan ham hukumat va neftchi magnatlar orasida jiddiy ixtilof tugʻilganida ikkala tomon rais Dizmadan hakamlik qilishni iltimos qildi. Dizma Sulaymon paygʻambardek oqillik bilan hukm chiqardi: u avvaliga ishni paysalga solib, magnatlarning koʻnglini oldi. Soʻngra mamlakatda chetdan neft' keltirish uchun mukofot toʻlash maqsadga muvofiq emas, deya hukumatni mamnun etdi.
Shu munosabat bilan matbuotda yana Nikodimning rasmi bosilib chiqdi. Shuhratining bunday keng tarqalishi natijasida tez kunda boshiga qanday gʻavgʻo tushishini bilganida Dizma bundan sirayam quvonmagan boʻlardi.
Bir kuni u gazetalardagi oldi-qochdi gaplarni oʻqib oʻtirgan edi, Kshepitskiyning kabineti — qoʻshni xonadan vagʻir-vugʻur soʻzlar eshitilib qoldi. Allakim raisning oldiga kirishga urinardi. Kshepitskiyning noroziligiga qaramay, toʻpolon koʻtarishga harakat qilardi.
Dizmaning gʻazabi qaynab ketdi. U oʻrnidan sapchib turib, eshikni ochdi:
— Jin ursin, nima toʻpolon oʻzi?!
Eshikni himoya qilib turgan Kshepitskiy axborot berdi:
— Pan rais, bu yerda Bonchekmi yoki Bochekmi degan qandaydir odam sizning oldingizga kirishga urinyapti...
Sekretar' ogʻzidan gapini aytib boʻlmasdanoq past boʻyli baqaloq odam oldinga oʻtib vagʻillay ketdi:
— Salom, pan Nikodim, bu menman!
Dizmaning yuziga qon yugurdi. Uning oldida panjalarini choʻzib, Liskovdagi pochta kontorasining noziri pan Bochek turardi. Nikodim darhol oʻzini bosishga harakat qildn.
— Salomatmisiz, qani, marhamat...
Nikodim eshikni yopdi-da, Kshepitskiyning quloq solishida choʻchib, Bochekni kabinetning burchagiga boshlab bordi va oʻzi divanga oʻtirib, mehmonga stulni koʻrsatdi.
— Xoʻsh, menda nima ishingiz bor, pan Bochek?
Bochek endi bir oz hadiksiray boshladi.
— Men, shunchaki, eski tanish boʻlganligim uchun oldingizga keldim, pan Nikodim.
— Pan Bochek, — deya uning gapini boʻldi Dizma, — Ministrlar Sovetining raisi meni «Pan Nikodim» deb chaqiradi, siz esa bir oz oʻpkangizni bosib, menga «pak rais» deb murojaat qiling.
— Meni kechirasiz, eski tanish boʻlganimiz uchun ogʻzimdan chiqib ketdi... pan rais.
— Bu gaplarni unuting. Xoʻsh, mendan nima istaysan, Bochek?
— Sizdai bir narsani iltimos qilmoqchiman, pan rais. Axir eski qadrdonmiz...
— Yaxshi, yaxshi, murodingizni ayting.
— Oʻtinaman, meni himoyangizga olsangiz. Bir oydan beri ishsizman. Xotin, bola-chaqa degandek...
— Ishdan haydashdimi?
— Boʻshatishdi, e-e-e... pan Nik... pan rais. Gʻanimlar taftish komissiyasi yuborishdi. Komissiyada okrut boshqarmasida ishlaydigan Skvoronek degan odam ham bor edi. Odam emas, maxluq ekan u. Oʻsha Skvoronek qimmatbaho posilkalar qayd qilinadigan daftardan allaqanday xatolar topdi. Oʻsha daftarni bir vaqtlar oʻzingiz yozib borguchi edingiz...
— Sekinroq, jin ursin seni, buncha baqirasan!
Bochekning yogʻ bosgan mitti koʻzlari taajjubdan olayib ketdi. Axir u sirayam baqirgani yoʻq-ku... Sobiq xizmatchisi bu gaplarni bironta odam eshitib qolishidan choʻchimayapganmikin... Bochek apcha ziyrak odam edi.
— Xoʻsh, mendan nima istaysan?
— Meni ishga olsangiz demoqchiydim. Chunki...
— Menda hech qanday ish yoʻq. Hamma joy band.
— Hazillashayapsiz chogʻi, pan rais. Bir imo qilsangiz bas-ku...
— Sirayam imo qilishni istamayman, eshitdingmi, Bochek? Istamayman! Oʻzing ayt-chi, nega endi imo qilishim kerak ekan, a? Bir vaqtlar qoʻlingda ishlaganimda, azizim, sen menga baqirarding, odam oʻrnida koʻrmasding, endi boʻlsa... Hali koʻp yalinasan... Ish u yoqda tursin, shimildiriq ham bermayman, bildingmi!
Bochek qovogʻini solib oʻtirardi.
— Hech vaqo bermayman! U kishini qarangu! Bir vaqtlar osmondan kelardilar, endi tovonni oʻpgudek boʻlyaptilar!
Qizishib ketgan Nikodim oʻrnidan turib, depsindi.
— Kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi?! Rais bilan ministrlarning doʻsti bilan gaplashyapsan! Ahmok! Tur oʻrningdan!
Bochek shoshilmaygina oʻrnidan turdi.
— Agar buyursam — zinapoyadan ketingga tepib tushirib qoʻyishadi! Hech kim hech nima demaydi! Yaxshilikcha, bu yerdan joʻnagin-da, tilingni tiyib yur, tushundingmi? Oʻsha sassiq pochtaxonang toʻgʻrisida, meni bilishing haqida bironta odamga aytsang, koʻrasan. Ogʻzingni ocha koʻrma! Endi yoʻqol!
Bochek joyidan qoʻzgʻalmay bir oz jim turdi-da, soʻng yerga tikilganicha dedi:
— Yaxshi, ketaman. Lekin zinadan ketimga tepib tushirish uncha oson emas... Dunyoda