tungi.ru

Muttahamning parvozi (II- qism) (6-bet)

uncha oson emas... Dunyoda adolat bor hali... Agar gazetalarda pan rais oʻz sobiq boshligʻini...

— Nima? — deya oʻshqirdi Dizma.

— Buncha baqirasiz, pan rais? Ogʻzimga urmoqchimisiz? Hozircha sizning gapingiz gap, lekin koʻramiz hali... Men ketdim... Yaxshi qoling...

Bochek ta’zim qilib, eshik tomon yoʻnaldi.

— Shoshma! — deya uni toʻxtatdi Dizma.

Bochek toʻxtab, xoʻmrayganicha Nikodim tomon oʻgirildi.

— Nima deysiz?

— Xoʻsh, nima qilmoqchisan oʻzi?

— Nima qilmoqchisan deysizmi...

— Obbo... gazanda-ey! — Nikodim gilamga tupurdi. Soʻng tupugini oyogʻi bilan ezib stol yoniga borib oʻtirdi-da, telefon trubkasini olib, allaqanday nomerni aytdi.

— Siz bilan gʻalla bankasi pravleniyasining raisi gaplashyapti. Salom, pan direktor.

— Minnatdorman, yomon emas. Fabrikangizga bir odamni ishga ololmaysizmi?

— Ha, durust, ancha qobiliyatli... ha... Bochek. Yuzef Bochek.

— Demak, kelishdik-a? Katta rahmat... Ha, kerak boʻlib qoldi-da. Salomat boʻling.

Dizma iljayib turgan Bochek tomon oʻgirildi.

— Hu, jin ursin seni. Mana, ish beryapman senga.

— Gʻoyat minnatdorman, pan rais.

— Faqat bilib qoʻy, Bochek, — Dizma kattakon mushtini sobiq boshligʻining tumshugʻiga tiradi, — bilib qoʻy: miq etmasliging kerak.

— Boʻlmasam-chi, pan rais, ogʻiz ham ochmayman! — Shunday deya Bochek Dizmaning mushtiga burni tekgudek engashib ta’zim qildi.

Nikodim yozuv stoli yoniga oʻtirib, yon daftarining bir varagʻiga adres yozdi.

— Ertaga kunduzi soat birda shu adresga borasan.

— Rahmat, pan rais.

Bochek xayrlashmoqchi boʻlgan edn, Nikodim qoʻllarini choʻntagiga tiqdi.

Bochek yana bir bor ta’zim qilib, chiqib ketdi.

— Ablah! — deya toʻngʻilladi uning ortidan Dizma. U Bochekning koʻzlarida nafrat uchqunlarini sezib qoldi. Shu boisdan Nikodim, garchi sobiq boshligʻi endi uni «sotmasligiga» imoni komil boʻlsa-da, boʻlajak xavfning oldini olish uchun biror chora oʻylab topishga jazm qilib qoʻydi.

Bu orada kabinetga shu kuni kelgan xatlarni koʻtarib Kshepitskiy kirib keldi. U buxgalterlardan biri xatlar boʻlimidagi mashinistka qizga ishqiy maktublar yozayotgani toʻgʻrisida gap topib kelgan edi.

— Qaysi qiz ekan u? — surishtirdi Nikodim.

— Deraza oldida oʻtiradigan koʻhlikkina qora soch qiz bor-ku, oʻsha.

— Direktor nima deyapti?

— Uning hech nimadan xabari yoʻq.

— Buxgalterni haydab yuborsammikin!

Kshepitskiy yelkasini qisdi.

— Jabr boʻlmasmikin? Xotnn, bola-chaqasi bor.

— Obbo toʻngʻiz-ey! Unga hamma gapdan xabarim borligini aytib qoʻying, yigʻishtirsin oʻsha oshiq-ma’shuqlikni.

Kshepitskiy bosh irgʻadi-da, qogʻozlarini ochib, ish haqida gap boshladi.

Nikodim parishonlik bilan bir oz quloq solib turgach soʻradi:

— U chiroylimi?

— Kim?

— Oʻsha qora soch qiz-da.

— Ancha koʻhlikkina.

Dizma ogʻzining tanobi qochpb jilmaydi, — Anovi masalada qandoq?

Kshepitskiy stolning chetiga oʻtirdi.

— Pan rais, biror xotin haqida bu masalada qandoqligini aniq aytib boʻlarmishmi? Xe-he-he!

Nikodim uning tizzasnga urib qoʻydi.

— Voy ovsar-ey! Agar mening qanday ayol bilan uchrashib turganimni bilganingizda esingiz ogʻib qolardi.

— Pani Yashunskaya bilan emasmi, mabodo?

— Be, qurbaqa-ku!

— Men oʻsha ayolni bilamanmi?

— Bilasiz. Aniqrogʻi uni qizlik paytida tanir edingiz. Qani, toping-chi?..

— Sira eslolmayapman.

Nikodim barmogʻini yuqori koʻtardi-da, ma’nodor qilib dedi:

— Pani Kunitskaya.

— Nina?.. Nina?! Boʻlishi mumkin emas.

— Chin soʻzim.

— Yoʻgʻ-e, ishonmayman...

Dizma kaftini kaftiga ishqadi.

— Ketvorgan ayol! Men sizga aytsam — naq ofati-jonning oʻzi!

— Jahlingiz chiqmasinu, pan rais, lekin men Ninaning duch kelgan odam bilan don olishishiga hech qachon ishonmayman.

— Duch kelgan odam bilan deb kim aytdi sizga? Men duch kelgan odam emasman-ku.

— Siz bilan boʻlgan taqdirda ham, ishonish qiyin, — dedi Kshepitskiy oʻjarlik bilan, — bir vaqtlar men ham urinib koʻrgandim — qiyo boqmagan edi. Endi boʻlsa eri bor...

— He oʻlgurdim oʻsha eridan, — dedi zardasn qaynab Nikodim. — Munkillab qolgan chol-ku, erkaklik qolibdimi unda! Meni esa Nina sevadi, bildingizmi? Bir koʻrishda ishqi tushib qolgan!

Kshepitskiy boshligʻiga ishoninqiramay qarab qoʻydi. U Ninaning didi qanchalik nozikligini yaxshi bilar va uning pan Dizma bila oshiq-ma’shuqlik qilishini sira tasavvur qila olmasdi.

— Nima, gapimga ishonmayapsizmi?

— Ishonaman: ayollardan har narsani kutsa boʻladi. Kshepitskiy aslida bu fakt yana bir bor Dizmaning qandaydir ohanrabosi borligidan dalolat beradi, deya xayolidan oʻtkazdi. Sekretar' bu ohanraboning nimadan iboratligini bilmasdi, biroq har kuni uning quchini his etardi.

— Men uchun jonini berishga ham tayyor! — deya maqtanishda davom etdi Dizma.

— Unga uylanmoqchi emasmisiz, mabodo?

Nikodim yelkasini qisdi.

— Shir yalangʻoch-ku, nimasiga uylanaman?

— Koborovo-chi? Uning biror qismi Ninanikidir axir.

— Qogʻozda butun Korobovo uniki. Lekin faqat qogʻozda.

— Shoshmapg! Shoshmang... Eslayolmayapman...

Dizma sekretariga ahvolni qisqacha qilib tushuntirib berdi.

Kshepitskiy bosh chayqadi:

— Hm... qiziq...

Shu payt telefon jiringlab, ularning suhbati boʻ-linib qoldi. Direktor Vandrishevskiy Kshepitskiydan zarur ish boʻyicha oldnga birrov kirib ketishni iltimos qilgan edi.

Oʻsha kuni kechqurun Dizma kkyaz' Rostotskiyning uyidagi qabul marosimida boʻldi. Bu oila faqat poytaxtdagina emas, balki butun Pol'shada moʻ’tabar xonadon hisoblanardi. Chiroyliroq koʻrinish uchun Nikodim hatto frak kiymoqchi ham boʻldi. Biroq «Bonton» bunday hollarda smoking kiyishni joiz koʻrgani boisidan Nikodim Kshepitskiyga qoʻngʻiroq qilib, uning maslahati bilan frak kiyish niyatidan qaytdi.

Bir vaqtning oʻzida ham xat tashuvchi, ham raisning xizmatkori vazifasini oʻtaydigan Ignatiy Dizmaga eshikni ochib berar ekan:

— Bugun pan rais xuddi Valentinoning oʻzi boʻlibdilar-qoʻyibdilar, — dedi.

— Zoʻr kiyinibmanmi?

— Xotinlarning bari oʻlib qolishadi! — deya Ignatiy koʻkragiga urib qoʻydi.

Bu gapdan soʻng Dizma oʻzini birmuncha dadilroq his eta boshladi, ochigʻini aytganda, u bir oz qoʻrqib turgan edi.

Ministrlar yoki anovi pani Pshelenskayaga qaraganda haqiqiy aristokratiyaning yoʻrigʻi boshqa edi-da, axir. Bir vaqtlar, hali Liskovda yashab yurgan kezlari, u knyaz' va graflarni dunyoda eng ajoyib qissa «Moxov» asarida hikoya qilingandek tasavvur etardi. Bir gal u hatto tush ham koʻrgan edi. Tushida u badavlat Mixorovskiy amlokining xoʻjayini emish va anovi ablah Bochekning kichik qizi panna Bochekka oshiq boʻlib yurganmish. Biroq, Koborovoda telba graf bilan tanishgach, Dizma barcha zodagonlarning u bilan Ponimirskiyga oʻxshab gaplashishidan choʻchib qolgan edi.

Shu boisdan ham Nikodim anchaga dovur uni taklif qilgan aristokratlar xonadoniga borishdan qoʻrqib yurdi. Faqat tashrifnomasini yuborish bilan cheklanib yurgan Nikodim bugun birinchi marta jamoatga koʻrinishga jur’at etdi.

U knyaz' Rostotskiyning uyida Yashunskiy bilan Varedaning yonida boʻlishini oʻylab, oʻziga oʻzi dalda berardi. Chindan ham u dahlizda Vareda bilan uchrashib qoldi. Polkovnik pal'tosini yechib, xizmatkorga uzatmoqda edi.

Salom-alikdan soʻng ular bir-birlarini qoʻltigʻidan tutib, keng marmar zinapoyadan ikkinchi qavatga koʻtarilishdi. U yerdagi zalda yigirmaga yaqin mehmon bor ekan.

Zal eshigi oldida qora sochlariga oq oralagan, qaddi-qomati kelishgan knyaz' Tomash ikkita mehmon bilan nemischalab suhbatlashmoqda edi.

— E’tibor ber, Nikus', — dedi Vareda, — anovi pitrak baqaloq berlinlik diplomat — baron Reynits boʻladi. U mashhur poygachi. Balki eshitgandirsan?

— Ha-ha... Boshqasi-chi?

— Graf Iyeronim Konespol'skiy. Oʻzi burlakka oʻxshaydi; aytishlaricha, uning onasi...

Vareda gapini tugatmagan ham ediki, Dizmaga koʻzi tushib qolgan knyaz' Tomash suhbatdoshlaridan kechirim soʻrab, ularning oldiga keldi. Nikodim bilan Vareda mezbonning ortidan yurib, mehmonxonaga kirishdi.

— Salom, salom. Nihoyat, pan rais ham biznikiga qadam ranjida qilar ekanlar-da. Bu deyman, polkovnik, sizni generallik epoletlarida ham koʻramizmi, ishqilib? Marhamat, tanishinglar, — dedi knyaz' Dizmani ikki suhbatdoshiga tanishtirib. Polkovnik ular bilan anchadan beri tanish ekan.

Nemis tilida gaplasha boshlashdi. Knyaz' Dizmaning xoʻjalikni boshqarish sohasidagi iste’dodini koʻklarga koʻtarib maqtay ketdi. U Nikodimni dam-badam ekonomikaning Napoleoni deb atardi. Diplomat odob bilan bosh irgʻar, graf Konespol'skiy esa nuqul knyazning gapini ma’qullardi.

Nogahon gʻoyat ozgʻin xonim divandan turdi.

— Sizni xotinim bilan tanishtirishga ruxsat etgaysiz. U anchadan beri siz bilan tanishishni orzu qilib yurardi, — dedi knyaz' va Dizmani oʻsha ozgʻin xonim tomon boshladi. Bu xonimni koʻrgan odam uning yoshini darhol aniqlayolmasdi. Harqalay unga yigirma besh ham, qirq ham berish mumkin edi. Xonim uzoqdan jilmayib keldi-da, knyaz' mehmonning familiyasini aytib ulgurmasdanoq, xitob qildi:

— Bplaman, bilaman, menga aytishdi. Salom, pan rais. Nihoyat, millatimiz asosi boʻlmish pomeshchiklarning joniga ora kirgan odamning qoʻlini qisishga muyassar boʻlganimdan gʻoyat xursandman!

Shunday deya u barmogʻiga kichkinagina uzuk taqqan besoʻnaqay qoʻlini Dizmaga uzatdi.

— Ziroatchilarni demoqchisan-da! — deya mayinlik bilan xotinining gapini tuzatdi knyaz'.

— Axir bular sinonim emasmi? — jilmaydi knyaginya Nikodimga qarab.

— Kechirasizlar, mezbonlik burchini ado etishim kerak, — dedi knyaz' ta’zim qilib, ularning yonidan nari ketar ekai.

— Grafinya Konespol'skaya bilan tanishishni istamaysizmi? U sizning muxlisingiz. Toʻgʻri, u Venada tarbiya koʻrib, polyak tilida yaxshi gapirolmaydi, biroq sizning ishlaringizga juda qiziqadi. Apropos , siz nemis tilida gapirishni afzal koʻrasizmi yoki ingliz tilida?

— Menga polyak tili ma’qul.

— Eh, qanday vatanparvarlik! Sizni tushunaman. Chet ellar adabiyotini oʻqish uchun xorijiy tillarni oʻrganish mumkin, biroq hammasidan ham ona tilimiz afzal. Masalan, Jan Ogiyskiy... Siz Jan Oginskiyni taniysizmi?

— Uncha yaxshi tanimayman.

— Sizga aytsam, u bir oz gʻalati odam, lekin kim bilsin, bunday uslubni qoʻllash Vatanimiz oldida katta xizmat hisoblanar? U, chet ellik kishilar bilan faqat polyak tilida soʻzlashaylik, degan shior tashlagan. Ajoyib-a, toʻgʻrimi? Rost-da, biz Parij yoki Londonga borganimizda ularning tilida gaplashamiz-ku axir! Shunday ekan, ular ham mamlakatimizga kelishganda bizning tilimizda gaplashishsin.

— Toʻgʻri, lekin ular tilimizni bilishmaydi-da.

— Ha, ha, tushunaman, nazariyot boshqa-yu, amaliyot boshqa. Siz haqsiz. Jan Oginskiy — gʻalati odam, deb aytdim-ku axir.

Mehmonxonaning narigi burchagida asosan xonimlardan iborat sakkiz chogʻlik kishi allanima toʻgʻrisida qizgʻin suhbatlashib oʻtirishardi.

— Sizlarga rais Dizmani tanishtirishga ijozat etgaysizlar, — dedi ularga murojaat qilib fransuz tilida knyaginya.

Erkaklar oʻrinlaridan turib, oʻzlarini tanitishdi-da, Nikodimning qoʻlini qisishdi. Lyalya Konespol'skaya nemischalab allanimalarni bijilladi, koʻziga monokl' taqqan chol takabburlik bilan ingliz tilida bpr narsa dedi. Bu gaplardan Dizma ikki marta oʻz ismini tushundi, xolos.

U esankirab qolib, bir koʻngli juftakni rostlamoqchi ham boʻldi. Biroq knyaginya gʻoyib boʻlgandi; unga stul surib qoʻyishdi.

Dizmaning oʻtirishdan boʻlak chorasi qolmaga edi. U noiloj jilmayib qoʻpdi. Oraga jpmlik choʻkdi, shunda Nikodim biror gap aytishi lozimligini tushunib qoldi. Lekin miyasi gʻovlab ketgan edi. Nikodimning zardasi qaynay boshladi — nega bu odamlar u tushunmaydigan xorijiy tillarda gapirishadi, axir? U biror narsa deb javob bermoqchi boʻldi, biroq tiliga hech nima kelmadi.

Shu payt grafinya Konespol'skayaning yonida oʻtirgan siyqabosh va baqaloq odam uning joniga ora kirdi.

— Shunday qilib, — deya gap boshladi u, — pan raisning kamgapligi haqidagi mish-mishlarning afsona emasligiga ishonch hosil qildik.

— Nihoyat. polyak tilida gapiradigan odam ham bor ekan-ku! — deb yubordi Nikodim chidab turolmay. U noqulay ahvolga tushib qolganidan shu qadar siqilib ketgan ediki, beixtiyor shu gap ogʻzidan chiqib ketdi. Shundai soʻng, u endi rasvo boʻldim, deb oʻylay boshladi.

Barcha kulnb yubordi. Nikodim rasvo boʻlish u yoqda tursin, hatto oʻtkir gap aytganini payqab, hayratga tushdi.

— Siz chet tillarga qarshimisiz? — deya soʻradi qoshlari ingichka qilib terilgan, ogʻzi pistadek keladigan yoshgina qiz.

— Sira ham qarshi emasman! Lekin, menimcha, Oginskiy haq. — Nikodim ancha oʻzini bosib olgan edi. — Adabiyotni oʻqish va chet ellarga safar qilish uchun xorijiy tillarni bilish kerak, albatta. Ammo uyimizda polyak tilida gaplashishimiz lozim.

— Ah! Oʻjimijni tilni bilmashak-chi? — deya soʻradi grafinya Konespol'skaya.

Dizma bir zum oʻylanib turdi-da, soʻng javob qildi.

— Bilmagan odam oʻrgansin.

— Ofarin, ofarin! — degan tovushlar eshitildi.

— Chigal masalani hal qilish deb shuni aytsa boʻladi, — dedi ishonch bilan oltin gardishli koʻzoynak taqqan, qora sochli barvasta kishi, — bu narsa davlatimizning obroʻsiga bogʻliq.

Monokl' taqqan takabbur chol yonidagi keksagina ayol tomon egilib, asta dedi:

— Oliy hazratlarining kamergeri bizni yana buyuk davlat toʻgʻrisidagi mulohazalari bilan siylaydigan boʻldi. Boʻlajak valiahd getman!

Hamma jilmaydi, barvasta kishi esa e’tiroz bildira boshladi:

— Hazilingizni qoʻying, ordinat . Men doim mamlakatimizni buyuk davlatga aylantirishning ikkita yoʻli bor, deb aytib kelganman: boshqa xalqlar oldida obroʻyimizni koʻtarishimiz va Yevropaning aristokrat xonadonlari bilai quda-andachilik qilishimiz lozim. Shu boisdan ham bugun oramizda mening fikrimni quvvatlab chiqqan davlat arbobi oʻtirgaiidan gʻoyat xursandman. Chunki...

U gapini davom etar ekan, Nikodim monokl' taqqan cholning oʻziga papiros uzatganidan foydalanib, soʻradi:

— Nega siz uni boʻlajak getman deb atadingiz?..

— Iye! Hali bilmaysizmi? Axir u krakovlik pomeshchik, deputat Lyaskovnitskiy boʻladi. Juda olifta lekin birovga zarari tegmaydi... Baronessa fon Lidemarkka uylangani boisidan oʻzini magnat deb hisoblaydi.

— ...Alohida davlat tuzishni... — deya davom etdi Lyaskovnitskiy, — bizning tabaqamiz asrlar davomida orzu qilib kelgan. Charneskiy dengizni suzib oʻtgani, Julkevskiy Moskvani ishgʻol qilgani, Yan Varnenchi esa Venani zabt etganini unutmasligingiz lozim...

— Toʻgʻri aytayapsiz, — uning gapini boʻldi boyagi baqaloq, — lekin, azizim, hozir zamon oʻzgarib ketgan.

— Xoʻsh, nima qilibdi? Ilgarilari polyak dvoryanlari chegaralarda qon toʻkishardi, bugun esa biz Vatanimiz ichkarisida davlat gʻoyasining himoyachisi sifatida ota-bobolarimiz ishini davom ettirayapmiz. Biz davlatning tayanchi, agar istasangiz — uning xazinasi erurmiz.

— Chamasi, bizning xazinamizda, — dedi sekingina boyagi keksagina ayol, — faqat shu fikr qoldi, xolos.

Hozirgina ordinat deb atalgan monoklli chol Nikodim tomon ta’zim qilib dedi:

— Xazinamiz tez kunda konkret boylik bilan toʻldirilishiga umid qilamiz.

Grafinya Konespol'skaya fusunkor tabassum bilan Dizmaga murojaat qildi.

— Ach, sagen Sie, bitte, Her Prasideut ... Ach, pardon .

Grafinya soʻzlarni juda buzib talaffuz qilarkan, polyak tilida soʻzlay boshladi: — balkim, sizniki manga aytadi, bunday adjoyip fikr qaday miyaga keladi?

— Qanday fikrni aytyapsiz?

— Gʻalla obligatsiyasi haqidagi anov genial fikr-a? Meniki sira ham hal... haligi odamlar bor-ku...

— Topqir odamlar, demoqchimisiz? — deya unga yordam bermoqchi boʻldi ordinat.

— Mais non Okonomi , por exemple muzikada Stravinskiy oʻxshakan keshilar...

— E-ha, — izoh berdi siyqabosh baqaloq, — pani Lyalya, yangi oqim kashfiyotchilari demoqchilar.

— Ha, ha, — deya tasdiqlari grafinya, — meniki buday genial fikrlar qaday uylab chiqorilishga judda kizikadi.

Nikodim yelkasini qisib qoʻydi.

— Bu juda oson narsa: odam kresloga oʻtirib, bir oz xayol suradi-da, yangi fikr oʻylab chiqaradi.

Nikodim boshini qoʻliga tirab qanday oʻtirish lozimlignni koʻrsatib ham berdi. Buni koʻrib hamma kulib yubordi. Boyadan beri Dizmani lornet orqali kuzatib turgan kul rang koʻylakli xonim bosh irgʻab dedi:

— Pan rais, siz tengi yoʻq ekansiz. Bunday yumor menga Bester Kitonni eslatadi: u ham biror kulgili gap aytganda oʻzini doim beparvo koʻrsatardi.

— Siz badjahil odam ekan, — dedi Lyalya ranjigan boʻlib. — Meniki, buday fikrni uylab topish kiyinmi, deb suragan edi.

— Sira ham qiyin emas, — deya javob qildi Dizma, — juda oson. Faqat bir oz...

U xorijiy soʻzlar lugʻatida bu soʻz qanday yozilgani u intuitsimi yoki inflyatsiyami ekanligini eslayolmadi va shu boisdan tavakkal qilib dedi:

— ...Intuitsiya kerak.

Yana kulgi koʻtarildi. Shu payt uy bekasiga koʻzi tushib qolgan keksa xonim xitob qildi:

— Janetta! Raising juda dilbar odam ekan-da!

— Qanday ajoyib espret d’a propos , — deya qoʻshimcha qildi qoshi terilgan qiz.

Knyaginya behad xursand edi. Toʻgʻri, Dizma bundan oldingi yigʻinga kelgan Adlen Jerboning amakivachchasi kabi shov-shuvga sabab boʻlmadi, ammo bugun ham barcha «yigʻin yulduzi»dan mamnun edi. Dizmaning atrofiga borgan sayin koʻproq mehmonlar yigʻila boshlashdi. Nikodim ozgʻingina baronessa Lesner bilan salomlashdi. Dizma bu xonimni Pshelenskayanikidagi bridj oʻyinida uchratgan edi. Chamasi, pani Pshelenskaya baronessadan sir saqlamas ekan, chunki xonim Nikodimdan darhol «anovi boyaqish Jorj Ponimirskiy» yaxshi yuribdimi, deb soʻradi.

— Rahmat, yomon emas.

— Siz Ponimirskiy bilan tanishmisiz? — deya soʻradi qoshi terilgan qiz.

— Boʻlmasam-chi! — dedi javoban Nikodim. — U bilan Oksfordda birga oʻqiganmiz.

Ponimirskiylar oilasi haqida gap boshlandi, bu yerdagilar ularni yaxshi bilarkan. Payt poylab turib gapga deputat Lyaskovnitskiy aralashdi:

— Bu oila fojiasi naqadar mudhish-a! Qizlarini sudxoʻrga erga berishibdi. Uning familiyasi nima edi?

— Kunitskiy, — deya eslatdi Nikodim.

— Tengsiz nikohlar, — gapida davom etdi deputat, — bizning tabaqamiz sha’niga dogʻ tushirib qoʻyishi mumkin va...

— Pan deputat, — deya uni toʻxtatdi knyaginya, — gapingizni boʻlganim uchun kechirasiz, lekin sizdan bir narsani soʻramoqchiman...

Lyaskovnitskiy uning oldiga kelgach, grafinya shivirlab dedi:

— Yodingizda boʻlsin: rais, menimcha, Ponimirskiylarning qarindoshi boʻladi.

Bu orada Pshelenskaya haqida gap ochildi. Baronessa, pani Pshelenskayaning yoshi ellikdan oshdi, derdi, biroq ordinat, u hali qirq beshga ham bormagan, deya e’tiroz bildirardi. Nikodim jamoatni xabardor qilib qoʻyishni lozim topdi:

— Pani Pshelenskaya endi oʻttiz ikkiga toʻldi. Barcha unga ajablanib tikilib qoldi, shunda siyqabosh baqaloq soʻradi:

— Buni qayoqdan bilasiz, pan rais? Balki, yoshi kattaroqdir?

— Nega bilmas ekanman, — dedi qat’iy ohangda Dizma, — aniq bilaman: menga buni pani Pshelenskayaning oʻzlari aytganlar.

Bu gapni mutlaqo jiddiy gapirgan Nikodim umumiy qaxqaha koʻtarilganidan ogʻzi ochilib qoldi. Konespol'skaya nuqul unga, tilingiz zahar ekan, derdi.

Dizma garchi bu jamoaga ancha koʻnikib qolgan boʻlsa-da, Yashunskiyni koʻrib, ancha yengil tortdi. Nikodim atrofidagilardan kechirim soʻrab, ministrning yoniga bordi. Ular deraza oldiga borib turishgach, Yashunskiy unga allaqanday latifani aytib bera boshladi.

— Ajoyib odam, — dedi Dizmaning ortidan deputat Lyaskovnitskiy.

— U kim bilan gaplashyapti, — deya qiziqsindi yoshi oʻtib qolgai xonim.

— Ha... Rais Dizma... Hatto oddiy suhbat paytida ham muhim ishlar haqida oʻylayotgani shundoq sezilib turibdi. Juda qiziq odam ekan.

— Davlat arboblari odatda shunaqa boʻladi, — dedi komil ishonch bilan deputat.

— Juda dilbar odam ekan, — deya gap qotdi qoshi terilgan qiz.

— U chindan ham kurlyandiyalik baronlardanmi? — soʻradi yoshi oʻtib qolgan xonim.

— O, boʻlmasam-chi, — deya tasdiqladi oʻzini shajara bobida juda bilimdon deb hisoblaydigan Lyaskovnitskiy. — Shubhasiz.

— Juda Commeit faut odam ekan, — deya xulosa qildi knyaginya.

Nikodim uyiga barvaqt qaytdi-da, knyaz' Rostotskiyning mehmonxonasida oʻzini odamshavandalarcha tutib, obroʻ orttirishini bir oz oʻylab koʻrgach, uxlagani yotdi.

Shunday qilib, u oliy tabaqa kiborlar bilan ham tanishdi va ular Nikodimning hurmatini joyiga qoʻyishdi. Uni turli kunlarda oʻtadigan bir necha yigʻinga taklif qilishdi. Nikodim yigʻin kunlarini yon daftariga yozib qoʻydi. U iloji

O‘xshash hikoyalar