tungi.ru

Snayper 5 (kamolov) (2-bet)

sudrashga tushdi. Hali o'ldirmasliklariga amin bo'lgan Mirsoli o'zining sevimli usullarini ishga soldi. Oldin barzangilar ag'anadi. Ketidan esa «Begun» ham yuztuban polga yiqildi. Mirsoli uning boshiga oyoq tiradi-da, shivirladi:

— Hozir enamning xunini to'laysan. To'lamasang, o'lasan!.

* * *

* * *

O'zini kimsan katta bir shaharda xo'jayin hisoblab yurgan «Begun» tepasidagi bo'y yigit qarshisida rostakamiga ojiz qolgandi. Uning gap-so'zlari, qahr to'la nigohlaridan alamzadaligini allaqachon his etib ulgurgandi. Shu kunga qadar o'zi suyanib, ishonib kelgan shotirlarining Mirsoliga kuchi yetmaganiga guvoh bo'lgandan beri juda asabiy edi. Shu bilan birga Mirsoliga tan bergandi…

Baxtga qarshi Mirsoli o'z niyatini amalga oshira olmadi. Ulgurmadi. Podpolkovnik so'zida turib maxsus xizmat tashkiloti askarlariga xabar bergan ekan. Kutilmaganda ular ichkariga bostirib kirib, hammani polga cho'zilib yotishga majbur etdi. Mirsoli ham bu ko'rsatmadan bebahra qolmadi. U bilardi. Bu ish shunchaki yo'liga qilindi. Hozir tepasida podpolkovnik hozir bo'ladi-yu, asta o'rnidan turg'azadi. «Begun» va uning hamtovoqlari esa bo'limga olib ketiladi. Faqat… Onasining o'chini olmagani alam qiladi. Kim bilsin? Podpolkovnik ortiqcha qon to'kilishini xohlamadi chog'i, Mirsolining iltimosini qondirmabdi…

Shunday bo'ldi ham. Podpolkovnik haqiqatan askarlar ortidan xonaga kirib keldi. Ammo u yolg'iz emasdi. Yonida baland bo'yli, fuqaro kiyimidagi erkak ham bor edi. Mirsoli yer ostidan ularga tikilib qaradi va podpolkovnikning yaqinlashishini, hurmat bilan o'rnidan turg'azishini, bu ishi uchun askarlarga tanbeh berishini kutdi.

Nadomatlar bo'lsinki, podpolkovnik butkul ters ish qildi. Shoshilmasdan Mirsolining tepasiga yaqinlashdi-da, yoqasidan g'ijimlab o'rnidan turg'azdi.

— O'rtoq polkovnik, — deya yonidagi erkakka yuzlandi u istehzo aralash tirjayib. — Mana qahramon! Bilasizmi bu nima ish bilan shug'ullanadi?

Erkak Mirsoliga sovuq qarab oldi-da, yelka qisdi.

— Bu qotil, killer, — davom etdi podpolkovnik. — Shu kungacha besh begunohning yostig'ini quritib ulgurdi. Bizdan qochib yurgandi, mana, bugun qo'lga tushdi.

— Shunaqami? — deya erkak Mirsoliga yaqinroq kelib ko'zlariga tik boqdi. — Shu ona suti og'zidan ketmagan bola killermi?

— Ha-da, ja nishonni aniq uradiganlar xilidanakan. Bir kun kelib bizniyam nishonga olishdan tap tortmaydi bu xunasa!

— Buni to'g'ri «Sizo»ga olib borishsin, — podpolkovnikka buyurdi erkak. — Shaxsan o'zim gaplashaman bu retsidevist bilan. Qolganlarni bo'limga olib bor-da, o'zing shug'ullan! Bilasan-a nima qilishni?

— Xafa qilyapsiz, o'rtoq polkovnik, — yaltoqlanib kuldi podpolkovnik. — «Begun»ni juda sog'inib yurgandik. Xayriyat, yana ko'rishdik!

Podpolkovnik shunday deb askarlarga ishora qildi. Ular barchalarini tashqariga sudraklashdi.

Mirsoli nimadir demoqchi bo'ldi. Bir necha marotaba og'iz juftladi. Nimayam qilsin? Askarlar turtkilay-turtkilay uni ham tashqariga olib chiqib ketishdi.

* * *

* * *

Shundagina angladi, tushunib yetdi. Podpolkovnikning sotqinlikka qo'l urganiga sira shubhasi qolmadi. So'nggi onlardagi achchiq so'zlari, nafratga yo'g'rilgan nigohlari uning kimligini, asl niyatini oshkor etib qo'ydi. Mirsoli ich-ichdan ezilib ketayotgan bo'lsa-da, podpolkovnikning maqsadi yaxshiligiga o'zini ishontirishga urinardi. Ammo qalbi qarshi edi. U his etardi, unsiz faryod chekardi. Mirsolini intiqomga undardi.

«Demak, bularga shuning uchun ham zo'ravonlar ishonmas, do'stlik qilmas ekan, — o'ylardi u militsiya mashinasida ketib borarkan. — Pulni undirdi, ishlarini men orqali bitirdi, endi qamoqqa tiqishga ahd qilibdi-da! Lekin nega? Nahotki, vijdoni qiynalmayotgan bo'lsa? Nahotki, qo'rqmasa? Be, bular qo'rqishni bilarmidi?!. O'zlarini bek deb hisoblaydi. Bizga o'xshaganlarni oyoq uchida ko'rsatishadi. Mana, bugun shunga amin bo'ldim. Xo'sh, endi nima qilaman? Bankda shuncha pulim qolib ketadi. Xudo biladi, bular meni bir umrga qamab yuborishsa-chi? Kim kuyadi menga? Pullarim-chi? Kimlar egalik qiladi ularga? Anavinga o'xshagan haromilarmi? Yo'q, men qamalmasligim kerak. Nima qilsam bo'ladi? Shu taxlit o'tiraversam, mashina hademay «Sizo»ga yetib boradi. Undan keyin esa hammasi tugaydi. Yo'q, men qochaman, nima qilib bo'lsayam, qochib qolaman. Ammo qanday qilib? Panjara ortidaman. Narigi tarafimda mentlar qurol quchoqlab o'tiribdi. Bularning qo'lidan qutulishning o'zi bo'lmaydi. Kallani ishlatishim shart. Eh, nimalar bo'lyapti o'zi? Boyagina qo'limni qaerga uzatsam, yetadi deb o'ylovdim. Aslida o'sha podpolkovnikning gaplariga laqqa tushmasam bo'larkan. O'g'riboshi bergan pullarni biznesga yo'naltirib, tinchgina yashayversam bo'larkan. Yo'q, hali alamimdan chiqib ulgurmadim. Qiladigan ishlarim tiqilib yotibdi. Miyamni ishlatsam, bu qafasdanam qutulishga yo'l topiladi… Ha, topdim… Hozir… Hozir…»

Mirsoli xayoliga kelgan fikrdan jonlanib tilga kirdi.

— Kamandir, mashinani to'xtatmasangiz bo'lmaydi, — dedi o'zini o'ta bezovtalanganga solib. — Iltimos, to'xtating!

— Nima bo'ldi yana? — narigi tarafda o'tirgan militsionerlarning biri zardali ohangda so'radi. — Tinchlikmi?

— Hojatga chiqmasam bo'lmaydi, — dedi Mirsoli atayin inqillab. — Qorin burab boryapti. Iltimos, to'xtating mashinani!

— Mumkinmas! — dedi militsioner. — Chida, mergan, chida!

— Axir… Siz ham odamsiz-ku! To'xtatsangiz hech nima bo'lmaydi-ku!

— Nima yeganding o'zi? — ikkinchi soqchi masxaraomuz kulib savol tashladi. — Namuncha tirraqi sigirga o'xshab inqillamasang?

— Agar… To'xtatmasangiz, o'lib qolaman. Hazil harom hozir… Ishoning, chidashning sira iloji yo'q. Hali yo'l olis bo'lsa… Jon aka, bir daqiqaga to'xtata qoling!

— Uf-f, — militsioner daricha orqali haydovchiga yuzlandi. — To'xtataqol! Chor atrof o'rmon-ku, qochib qaerga borardi? Tag'in ishtonini iflos qilib yurmasin dayus! To'xtat!..

Mashina to'xtadi. Soqchi qo'llari kishanlangan Mirsolini yo'l chetiga boshladi.

— Men yoningda turaman, — dedi u qalin o'rmonga hushyor boqib. — Tezroq bo'l!

— E, aka, men uyalaman, — dedi Mirsoli norozilanib. — Haligi… Kattakoniga chiqishim kerak. Siz tepamda tursangiz, qanday… Qo'rqmang, qochib ketmayman shu ahvolda!

— Qochib qaergayam borarding, — dedi soqchi. — Qochsang, mana shu qalin o'rmonda ayiq, bo'rilarga yem bo'lasan. Bo'pti, sal nariga boraqol! Faqat tezroq bo'l!

Mirsoli uchun bu ayni muddao edi. Qorong'ilikda qalin o'rmon chetiga — mashinadan nariroqqa borib bir muddat militsionerlarni kuzatdi. Ular sigaret tutatgancha o'zaro gaplashar, shu orada Mirsoli ketgan tarafga ko'z tashlab olishardi.

Mirsoli asta-asta, juda ehtiyotkorlik bilan ichkarilayverdi. Xayoliga na ayiq, na bo'ri keldi. Qanday bo'lmasin militsionerlardan uzoqlashish ilinjida bo'ldi. Biroq soqchilar ham anoyi emasdi. Zum o'tmay, ularning qichqirig'i atrofni tutdi. Qaysidir biri javob bo'lmagach, osmonga qarata to'pponchadan o'q ham uzdi.

— Vey, mergan, qaydasan, maraz? — deya ular Mirsolini ta'qib qilishardi. — To'xta! O'zingga jabr qilma! Mayli, kechiramiz seni! Faqat to'xta! Bu o'rmonda vahshiy hayvonlar ko'p! To'xta-a-a!!!

Sal o'tib militsionerlarning hayqirig'i tindi. Hoynahoy topa olmasliklariga amin bo'libmi, Mirsolini ta'qib qilishdan voz kechishdi.

* * *

— Yaxshi bo'ldi, — shivirladi Mirsoli halloslagancha oldinga intilarkan. — Ajalim yetmagan bo'lsa, biror yo'lini topaman. Qolgani chikora! Turmasidan qutulib qolsam, bas! Xudoyim, o'zing yo'limni och! Hali qiladigan ishlarim ko'p! O'zing panohingda asra!..

Bu o'rmonlarda yo'l bilmagan odam adashishi tayin. Ammo ochdan o'lmaydi. Agar u ovchilar uychasiga duch kelsa, albatta yegulik topadi. Ovchilar adashgan kimsalar, yoki boshqa ovchilar tang ahvolda qolmasin degan niyatda albatta yegulik qoldirishadi. Mirsoli ham ancha yo'l bosgach, shunday uychaga ro'baro' bo'ldi. Yonida quroli yo'qligi tufayli ora-sirada quloqqa chalinayotgan mahluqlarning tovushidan cho'chiy boshlagandi. Bu ham yetmagandek qo'llariga mahkamlangan kishan azob berardi. Qandaydir yo'lini topib kishandan xalos bo'lmasa, og'riqqa bardoshi yetmasligini ko'ngli sezardi.

U shosha-pisha uychaga kirdi-da, qorong'ilikda paypaslana-paypaslana gugurt topdi. Shundan so'ng mushkuli hiyla osonlashdi. Kichik xontaxta ustida bir bo'lak non va konserva qo'yilgan ekan. Sigaret qoldiqlarini tekshirib ko'rib, kunduzi shu yerda kimlardir bo'lganini his etdi.

«Demak, yaqin atrofda qishloq bor, — o'yladi u nonni jonholatda kavshay boshlarkan. — Shahar ham uzoq emasligi aniq. Chunki mashina u qadar uzoq yo'l bosmadi. Agar omadim kelib yaxshi odamga uchrasam, birinchi navbatda nima qilib bo'lmasin bankdagi pullarimni olishim kerak. Ana undan keyin boshqa shaharga gum bo'laman. Aks holda anavi podpolkovnik sira tinch qo'ymaydi. Baribir qo'lga tushiradi. Yo'q, u marazning qo'liga tushadigan ahmoq yo'q. Bir amallab o'zimni tiklab olay, birinchi nishon xuddi o'shaning o'zi bo'ladi. O'ch olish qanaqaligini ko'rsatib qo'yaman u ko'rnamakka. Ahmoq ekanman-da o'zim ham! Nima qilardim pul berib?!. Kallamni uzib tashlamasdi-ku! Yo'q, o'shanda vaziyat shuni taqozo qilgandi. U yebqochar hamma kirdikorlarimni bilardi. Bermasam, qo'ymasdi. Ming xil yo'l topib baribir qamoqqa tiqardi… Nima qilib o'tiribman? Qochishim kerak. Anavi mentlar qidirib kelayotgan bo'lsa, qo'lga tushaman-ku! Shoshilish zarur, shoshilish!.. Yo'q, oldin kishanni yechib olishim zarur! Hozir…»

Mirsoli alyumin idishdagi konservani qo'liga oldi-da, ehtiyotkorlik bilan uychadan chiqdi. Gugurt chaqa-chaqa daraxtlardan biri yoniga mahkamlab qoqilgan qirrali temirni topdi va kishanni o'sha temirga ishqalayverdi. Taxminan yarim soatcha ishqaladi. Nhoyat kishandan xalos bo'ldi va quloq tuta-tuta yaqin orada hech kim yo'qligiga amin bo'lgach, qaytadan o'rmonga o'zini urdi.

* * *

Qancha yo'l bosdi, bilmaydi. Lekin terlab ketganidan ancha yurgani ma'lum edi. Shu payt uzoqdan chiroq miltillaganiga ko'zi tushdi. Mirsoli chiroq haqiqiy panoh va xaloskordek tuyilib charchaganiga-da qaramay o'sha tarafga chopa ketdi.

— Demak, men yo'lga yaqin yerdan yurgan ekanman, — o'zicha so'zlanib borardi u. — Xudoyim har bandaning rahmini yeydi. Ishqilib yaxshi odamni uchratay! Tag'in kasofatlarga ro'baro' etmagin, xudoyim!..

Nihoyat chiroqqacha yetdi. O'rmon yoqasida bittagina pastak uy qo'qqayib turar, chiroq yoniqligiga qaraganda ichkarida kimdir borligiga shubha qilmasa bo'lardi.

Mirsoli uyga yaqin keldi-da, derazani cherta boshladi. Oldiniga hech kim ovoz bermadi. Mirsoli yanada qattiqroq chertdi. Birpasdan so'ng deraza pardasi bir yonga yig'ilib, sochlari qirib tashlangan, bo'yniga sochiqmi, matomi o'ragan erkak paydo bo'ldi.

— Senga nima kerak? — so'radi erkak.

Shundagina erkakning qo'lida miltiq borligini ko'rdi. Ammo bir tuki seskanmadi. Shu odam uyidan panoh berishiga qattiq ishondi.

— Amaki, men adashib qoldim, yordam bering! — yolvorgan ohangda so'z qotdi Mirsoli. — Iltimos, yordam bering! Musofirman!

— Yoningda kimlar bor? — so'radi erkak tahdid bilan. — Gapir, kimlar bor yoningda?

— Hech kim yo'q, — dedi Mirsoli javdirab. — Ishonmasangiz, chiqib ko'ra qoling! Bir o'zimman!..

— Bo'pti, aylanib o'tib eshikdan kir!

Mirsoli yog'ochdan bunyod etilgan bu uyni aylanib o'tib, kichik taxtali eshik orqali ichkariga kirdi.

Erkak ehtiyotkor ekan. Mirsolini qo'lida qurol bilan qarshi oldi.

— Shu mahal o'rmonda nima qilib yuribsan? — so'radi erkak. — Nega yolg'izsan?

Mirsoli o'ylanib qoldi. «Haqiqatni aytsammikan, aytmasammikan?», degan xayolda ikkilandi. Uy egasini tanimagani uchun ham og'izga ehtiyot bo'lishni lozim topdi.

— Og'aynilar bilan qo'ziqorin terishga keluvdik shahardan, — yolg'ondan javob qilishga tutindi Mirsoli. — Qiziqishda ichkarilab ketib qolibman. Keyin yo'ldan adashdim.

— Shunaqami? — Mirsoliga sinchkov nazar soldi erkak. — Yolg'onni eplay olmas ekansan. Hozir qo'ziqorin mavsumi emas. Aytaver, menam senga o'xshagan odamman. Turmadan qochdingmi?

— Nega bunday deyapsiz? — javob berishga shoshilmay so'radi Mirsoli. — Qanaqa turma?

— Bu o'rmon qancha mahbuslarni bag'riga olganini bilmaysan-da! — dedi erkak. — O'zim ham o'shalarning biriman. Faqat men qochmaganman. Muddatni o'tagandan keyin odamlardan ko'nglim qoldi. Chunki bu dunyoda yaxshi odamning o'zi yo'q. Men shunday hisoblayman. Odamlar xato qilishingni poylab yashashadi. Xato qildingmi, shartta tepangga kelishadi-yu, ezg'ilab tashlashadi. Ha mayli, gapir, nega qochding turmadan? Kimlar bilan o'tirding? «Kallakesar» bilanmasmi mabodo? Adashmasam, u «Sizo»da haliyam!..

Bu gaplardan so'ng Mirsoli erkakning rostdan ham sobiq mahbus ekanini bildi. Ayniqsa, «kallakesar»ni tilga olishi uni ishonishga majbur etdi.

— Ochig'i, hali turmaga tiqib ulgurishmagandi, — gap boshladi Mirsoli. — Olib ketishayotganda bir amallab qochdim. Bir podpolkovnik meni sotibdi. Qancha pulimni olgandi, muammolarini hal qilib bergandim. O'sha yaxshiliklar evaziga meni sotdi, amaki!

— Shunaqami? — erkak qo'lidagi miltiqni bir chetga qo'ydi-da, boshini changallagancha bir muddat o'yga toldi. Biroq sukut uzoq cho'zilmadi. Erkak ilkis boshini ko'tarib, yana Mirsoliga tik boqdi. — Mentlar bilan osh-qatiq bo'lganmiding? Nega?

— Osh qatiq bo'lmadim, o'lay agar! — dedi Mirsoli mushtlarini tugib. — Men uzoqdan kelib o'shalarning qo'liga tushib qoldim. Bo'ynimga yo'q ayblarni qo'yib tashlashgandi. Pul berishga, ba'zan yordam qilishga majbur edim…

— Ha mayli, bu sening ishing. Xo'sh, «kallakesar»ni ko'rganmisan?

— Ko'rganman, — dedi Mirsoli. — Kamerasiga kirib suhbatidayam bo'lganman. Ko'rinishidan haqiqiy mujik edi.

— Ha, haqsan, — erkak shu gapdan keyingina yuzlariga iliqlik yugurib bo'shashdi. — U dayus bilan ilgari zonada o'tirganmiz. Keyin men o'zimni chetga olib qo'ya qoldim. U esa jinoyat qilishda davom etdi. Mana, yana qamaldi… Qurib ketsin!.. Menga qara, buyog'iga nima qilmoqchisan? Shaharga qaytasanmi?

— Bilmay qoldim, — dedi Mirsoli asabiy lab tishlab. — Hozir hoynahoy qidirishayotgandir. Ammo u ablahlarning qo'liga tushmasligim kerak.

— To'xta, oting nima? Qara-ya, tanishmabmizam!

— Sasha Krutoyman, — dedi Mirsoli erkakka qo'l uzatib. — ismi-sharifim ham, taxallusim ham shu.

— Eshitgandim sen haqingda, — dedi erkak deraza tomonga qarab olib. — Juda yaxshi merganligingni aytishgandi. Qolaversa, anavi «Begun»ga o'xshagan pastkashlar sendan «Bolshoy» vasiyat qilgan pullarniyam tortib olmoqchi bo'lishganini aytishuvdi.

— Xuddi o'sha «Begun»nikiga o'ch olish uchun kelganimda mentlar bosdi. Boya aytganim podpolkovnik o'sha yerda qo'limga kishan soldirdi.

— Ha-a, malla, past bo'yli, labi nuqul uchib yuradigan mentmi? U g'irt pastkash-ku! Itdan tarqagan qancha oshnalarimizning yostig'ini quritgan.

— Ha, xuddi o'sha.

— Senga maslahatim, agar rostdan tengsiz mergan bo'lsang, birinchi bo'lib o'sha polkanni yo'q qilgin! Bo'lmasa, okaxonlaring birin-sirin yo'q bo'laveradi. Qo'lingdan keladimi shu ish?

— Nega kelmasin? Niyatim ham shu o'zi. Nasib bo'lsa, shaharga yetib olsam, uning holiga maymunlar yig'laydi, ha! Alamim ko'p unda!.. Aytgancha, amaki, o'zingizni tanishtirmadingiz-ku!

Erkak kula-kula Mirsoliga qo'l uzatdi.

— Tanishib qo'yaylik! Men Grigoriy Lavrentevichman. Bratvalar meni «Tixiy» deb chaqirishadi. Menga qara, Krutoy, qolgan gaplarni ertalab gaplashamiz. Charchagansan, hozir yotib uxla!

— Xo'p bo'ladi, — dedi Mirsoli o'rnidan qo'zg'alib. — Bu yaxshiligingizni albatta qaytarman, amaki!

— Bo'pti, ana, karavotga cho'zilaqol! Xayrli tun!..

* * *

Mirsoli umrida birinchi marta uxlamay tong ottirdi. Turli chalkash o'ylar domiga tortaverdi. Xavotir qalbiga har o'rlaganda, dunyoning barcha yaxshiliklaridan umidini uzaverdi. O'ziga, xudoga bo'lgan ishonch esa qur-qur unga dalda berib, bezovta ko'ngliga g'ira-shira bo'lsa-da, sokinlik baxsh etdi. Shunday holatda «Tixiy»ning uyg'onishini kutdi. Nihoyat allaqaerlardan xo'roz qichqirig'i quloqqa chalina boshlaganda, yerga tong sharpasi hukmini o'tkazish arafasida uy egasi chiqib keldi.

— Xo'sh, yaxshi uxladingmi, mergan? — so'radi u Mirsoliga sinchkovlik bilan boqib. — Ko'zlaring qizarganiga qaraganda uxlamagansan, shundaymi?

— Har xil xayollar yeb tashlayapti, — dedi Mirsoli qovoq uyib. — Uxlash tugul munday cho'zilib yotish ham yoqmadi.

— Ha-a, sen qaltis ishga qo'l urgansan, — dedi «Tixiy». — Turmaga tushgan odamning qochishi hazilakam gapmas. Tutib olishsa, oldin rosa do'pposlashadi ko'plashib, keyin karserga tashlashadi. Aytgancha, karser nimaligini bilasanmi?

— Eshitgandayman.

— Karserda enangni uchqo'rg'ondan ko'rishing aniq. Sovug'i, bitga o'xshagan qumursqalar chaqishi, och o'tirish… Eh-he, joningni sug'urib olguday qiynashadi ifloslar. U yerdan chiqqaningdan keyin esa yana muddat qo'shishadi. Ko'ribsanki, turma haqiqiy uyingga aylanadi.

— Nima qilsam shulardan uzoq, tinch bo'laman? — uy egasiga umidvor tikilib so'radi Mirsoli. — Nahotki, biror yo'li bo'lmasa? Iltimos, menga yo'l ko'rsating! Unutmayman!

— Yo'l har qachon topiladi. Faqat kallani ishlatish kerak, xolos, yigitcha. Sen-chi, birinchi navbatda basharangni sal o'zgartirishing kerak.

— Qanday qilib?

— Katta pul ketadi bunga. Pul bor senda. To'g'rimi? «Bolshoy» bergan pullarni sarflab tugatmagandirsan, harqalay?

— Bor, — dedi Mirsoli hiyla dadillashib. — Bankda. Faqat uni mentlarga bildirmay, ularning ko'ziga ko'rinmay olib chiqish kerak.

— Bemalol olib chiqsang bo'ladi. Sal yerga boqib, shoshilibroq yursang, payqamay qolishadi. Ana undan keyin men aytgan manzilga borasan. Meni aytsang, do'xtir darrov qabul qiladi.

— Keyin-chi?

— Ishing bitgandan keyin boshqa shaharga jo'na! Samolyotga chiqma, sezib qolishlari mumkin. Darvoqe, senga yana bitta manzil beraman. Yaqin oshnam bor. «Paganyala»si «Temir». O'sha senga yangi pasport olishingda yordam beradi. Isming, tug'ilgan yering, otangning nomigacha yangilaysan. Ana unda zo'r bo'ladi. Bilasanmi, yana bir gapim bor. Buni shart deb qabul qilsangam bo'ladi.

— Xo'sh, xo'sh, amaki, aytavering!?.

— Puling ko'p bo'lsa, turmadagi bir-ikkita bratvalarga yordam bervor! Qiynalganlari, kasalga chalinganlari bor. Xudo seni albatta yarlaqaydi. Keyin… Bratvalar ham unutmaydi. Qilasanmi shu ishni?

— Albatta, amaki, — dedi Mirsoli. — Manavi muammolarni bir yoqlik qilishim bilan siz aytgan shartni bajarishga tushaman. Xotiringiz jam bo'lsin!

— Barakalla! — «Tixiy» Mirsolining yelkasiga qoqib bosh silkitdi. — Yur, endi birgalashib choylashaylik! O'zim seni yo'lga solvoraman, mergan. Qani, tur o'rningdan!

Mirsoli ko'ngli tog'dek ko'tarilib, dast o'rnidan turdi-da, uy egasiga ergashdi.

* * *

Oradan yarim soatcha vaqt o'tgach, «Tixiy» Mirsolini ergashtirgancha tashqariga chiqdi. Osmon yana qora bulutga burkanibdi. Shu sabablimi, achchiq izg'irin yuzlarga yopishib, etni junjiktirardi.

— Sen o'rmon oralab to'g'riga ketaverasan, — tayinladi u Mirsoliga. — Lekin yo'l olisroq. Qo'rqmasdan ketaver, shomgacha katta yo'lga chiqvolasan.

— Rahmat sizga, amaki, — dedi xayrlashish uchun qo'l uzatish asnosida Mirsoli. — Yaxshiligingizni unutmayman!

— Unutmaganing yana yaxshi. Omadingni bersin, mergan! Oq yo'l senga!

Mirsoli uy egasi ko'rsatgan tarafga qarab jo'nadi. Shu ko'yi ancha yo'l bosdi. Ammo hadeganda katta yo'lga yaqinlasha qolmasdi. Shu asnoda hash-pash deguncha kech ham tusha boshladi. Mirsoli ko'ngli qandaydir xavfni sezgan kabi norozilanib, yurishdan to'xtadi va «Tixiy» bergan yo'l xaltasidan yeguliklarni chiqarib oldi.

— Ishqilib qariya aldamagan bo'lsin, — dedi o'ziga o'zi kolbasa kavshab atrofga o'g'rincha qarab olarkan. — Bularning hech qaysisiga ishonib bo'lmaydi aslida. Bittasi anavi podpolkovnikmi? Aka-uka bo'ldik deb turib qonimni ichdi. Ha mayli, buyam peshonada bor ekan. Qishloqda maza qilib yurish o'rniga o'zim shu yo'lni tanladim. Endi chidashga majburman…

Mirsoli qorni to'ygandan so'ng xaltani qaytadan yelkasiga ildi-da, yo'lga tushdi. Borgan sari qorong'i tushib borardi. Katta yo'lga chiqib olmasa, bu qalin o'rmonda tunashga majburligini bilardi va shu haqda o'ylagani sayin yuragini vahm bosardi. Shu taxlit yana ikki soatcha yo'l yurdi. Nazdida o'rmon tobora quyuqlashib borar, yo'ldan esa darak yo'qdek edi. Odam uzoq yo'l yursa, baribir oyoqlari toliqib, tinkasi qurirkan. So'nggi

O‘xshash hikoyalar